Nazorat savollari His-to‘yg‘u tushunchasining mazmunini izohlang?


Hislarni kechirish shakllarini qanday baholaysiz?



Download 21,03 Kb.
bet5/5
Sana29.12.2021
Hajmi21,03 Kb.
#81734
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Мавзу. Nazorat savollari javobi

6.Hislarni kechirish shakllarini qanday baholaysiz?

Hissiy kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo bo`ladi. Ba`zan hissiyotlar juda to`satdan, darhol paydo bo`ladi. Masalan, kishi birdan xursand bo`lib ketadi, darhol g`azabga keladi, achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba`zan shu hissiyotlarning o`zi daf`atan qo`zg`almaydi, balki asta-sekin tug`ila boshlaydi. SHunday hissiy kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo bo`lmasligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo`lmaydi. emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo`lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg`ularning naqadar kuchli bo`lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirayotganligi bilan belgilanadi. Hissiyotning qo`zg`alish xususiyatlari paydo bo`lish yo`lini, kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga bog`liqdir. Atrof muhitning holati, shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi, shu xislat tuzilishiga sabab bo`lgan hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo`lishi va o`tishi, hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog`liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo`lishiga ko`ra, his-tuyg`ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, jiddiylik holatlari (stress) , kayfiyat va boshqalar. Hissiy ton. Hissiyot ko`pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruxiy jarayonning o`ziga xos sifat tomoni tariqasida namoyon bo`ladi. Yoqimli suhbatdosh ekan, kulgili voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko`ngildagi mashg`ulot, xushchaqchaq sayohat, og`ir ish kabilar. Hissiy ton - sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilayotgan narsa yoki hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy buyok, yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog`langan hissiyot. Masalan, og`riq va bir qator kuchli qo`zg`ovchilar yaqqol ifodalangan yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi. emotsiya - bu qandaydir bir hissiyotning bevosita kechirilishidir. Musiqani sezuvchi kishining kontsertda o`zi yaxshi ko`rgan kuyni yaxshi ijrochi ijrosida tinglab, kechirish, his qilish natijasida rohatlanish, hayratda qolish kabi holatlarni emotsiya deyiladi. Ba`zan odam qo`rquvdan, dahshatdan qotib qoladi, qo`rqquvdan va umidsizlikdan o`zini xavfli ob`ekt tomon otadi. Ba`zan emotsiyalar kishiga kuch beradi. “Tog`ni tolqon” qilishga tayyor bo`ladi. Faol emotsiyalar paytida odam jim tura olmaydi. Affekt tez paydo bo`ladigan, nihoyat darajada kuchli, g`oyat jo`shqinlik bilan o`tadigan qisqa muddatli emotsional holatlardir. Affekt lotincha bo`lib, ruxiy hayajon, ehtiros degan so`zdan olingan. Affektlar ko`pincha to`satdan paydo bo`ladi va ba`zan atigi bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishining ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda “portlash”singari birdaniga boshlanib ketadi. Ba`zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo`ladi va bunday holatda organizm bo`shashib, harakatsiz bo`lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko`pincha odam birdaniga qo`rqqanida, to`satdan quvonganida va shu kabi hollarda “o`zini yo`qotib qo`yish” ko`rinishida namoyon bo`ladi. Har bir kishi o`zida boshlanayotgan affekt holatiga tushmaslik uchun ko`rashmog`i kerak.

Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik - turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketib, havfli vaziyat tug`ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to`g`ri kelganda vujudga keladigan harakatdir. Stress holatining paydo bo`lishi va o`tishining psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, kosmonavtlar, elektrostantsiya operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sud’yalar, korxona rahbarlari, o`quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir. Ehtiros - muayyan harakatga va muayyan ob`ektga muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan emotsional holatdir. ehtiros ham uzoq davom qiladigan va barqaror bo`lgan hissiy holatdir. ehtiros doimo aniq bir narsaga qaratilgan bo`ladi, masalan, bilimga, ixtirochilikka, musiqaga, mehnatga bo`lgan ehtiros ijobiy ehtiroslarni, mol - dunyoga xirs qo`yish, qimor, qarta, ichqilikka va hokazoga bo`lgan salbiy ehtirosni ajratib ko`rsatish mumkin.



Kayfiyat - odamning nisbatan zaif va o`rtacha kuchga ega bo`lgan, odatda uzoq vaqt davom etadigan ayrim ruxiy jarayonlarga umumiy hissiy tus berib turadigan holat kayfiyat deb ataladi. Pedagogik faoliyatda butun sinf jamoasida sog`lom ishchanlik, vaqti kelganda jiddiyroq, vaqti kelganda quvnoqroq kayfiyat yaratish ta`lim ishi samaradorligining muhim shartidir.
Download 21,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish