Test savollari
1. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari to’g’ri keltirilgan qatorni aniqlang?
A) aktsiz solig’I, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig’i, yer solig’i
B) soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza, stavka, hisoblab chiqarish tartibi, soliq davri, soliq hisobotini taqdim etish tartibi, to’lash tartibi
C) ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar, yagona ijtimoiy to’lov, respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar, davlat boji, bojxona to’lovlari
D) Barcha javoblar to’g’ri
2. Soliq to’lovchida soliq yoki boshqa majburiy to’lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) to’lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasi – bu …
A) soliq solinadigan baza
B) soliq davri
C) soliq solish ob’ekti
D) soliq stavkasi
3. Soliq solish ob’ektining soliq yoki boshqa majburiy to’lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko’rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalovchi soliq elementi – bu …
A) soliq solinadigan baza
B) soliq davri
C) soliq solish ob’ekti
D) soliq stavkasi
Do'stlaringiz bilan baham: |