O'zbekiston tarixi 7-sinf



Download 61,58 Kb.
bet3/7
Sana12.01.2017
Hajmi61,58 Kb.
#328
1   2   3   4   5   6   7
Test raqamlari:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob:































Ball:
































Nazorat ishining bali – bahosi:_______________________

3-NAZORAT ISHI

Mavzu: Movarounnahr va Xurosonda Arab xalifaligi hukmronligining zaiflashuvi va mustaqil davlatlarning tashkil topishi. (IX-XIII asr boshlari).

Nazorat shakli: Test sinovi.

1. Arab xalifaligi hududidagi eng notinch va isyonkor o‘lkani aniqlang.

a) Sardiniya;

b) Hijoz;

c) Qoshg‘ar;

d) Oltoy;

e) Movarounnahr.

2. O‘rta Osiyoda Tohiriylar davlati qay tariqa tashkil topgan?

a) Arab xalifaligining parchalanishi natijasida;

b) Somoniylar tor-mor etilishi natijasida;

с) Xalifa Ma’muning Tohir ibn Husaynning Xuroson va Movarounnahrga noib etib tayinlanishi natijasida;

d) Mahalliy aholining arab istilochilariga qarshi ozodlik kurashiga Tohir ibn Husaynning rahbarlik qilishi natijasida.

3. O‘rta asrlar yirik harakatlaridan birining boshlig‘i Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon qachon bo‘lgan?

a) 806-yilda;

b) 704-yilda;

c) 712-yilda;

d) 873-yilda;

e) 855-yilda.

4. IX asrda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida yer egaligi tuzumi o‘rnatilganda O‘rta Osiyoda...

a) Arab xalifaligi hukmronligi gullab yashnadi;

b) Arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan mahalliy feodal sulolalar hokimiyatni egalladilar;

c) Quldorlik munosabatlari eng rivojlangan davr edi;

d) Feodal munosabatlari shakllana boshlagan davr edi;

e) Muhim siyosiy jarayonlar ro‘y bermadi.

5. Qaysi Somoniy hukmdori arab xalifasidan butun Movarounnahrni boshqarish huquqini beruvchi yorliq olgan?

a) Mansuri bin Nuh;

b) Nuh ibn Asad;

c) Ahmad ibn Asad;

d) Nasr ibn Ahmad;

e) Ismoil ibn Ahmad.

6. Somoniylar davlati boshqaruvi nechta "devon" lardan tashkil topgan edi?

a) 8 ta;


b) l0 ta;

c) 12 ta;

d) 15 ta;

e) 18 ta.

7. Somoniylar davlati inqirozining asosiy sabablari nimada edi?

a) Iqtisodiy munosabatlarning zaiflashuvi, yerlarning ijaraga berilishi;

b) Hunarmadchilik va savdo-sotiqning inqirozi;

c) Qishloq xo‘jaligi sohiblarining o‘z yerlarida yirik xo‘jalik yuritilishini xohlamaganligi;

d) O‘zaro urushlar va Somoniy amirlariga qarshi feodal isyonlar;

e) Tez-tez bo‘lib turgan harbiy va tashqi hujumlari.

8. Qoraxoniylar davlati qachon paydo bo‘ldi?

a) V asrning 60-yillarida;

b) IX asrning 20-yillarida;

c) X asrning 80-yillarida;

d) X asrning 50-yillarida;

e) XII asrning 70-yillarida.

9. Qoraxoniylar Buxoroni qachon zabt etdilar?

a) 1010-yilda ;

b) 999-yilda;

c) 813-yilda;

d) 720-yilda.

10. IV-XI asr boshlarida Xorazmda qaysi sulola hukmronlik qilardi?

a) Qo‘ng‘irotlar;

b) Inoqlar;

c) Afrig‘iylar;

d) Xorazmshohlar;

e) Anushteginlar.

11. 1206 yilda...

a) Malik Sanjar qo‘zg‘oloni yuz berdi;

b) Chingizxon taxtga o‘tirdi;

c) Dehli sultonligi tashkil topdi;

d) а, b, с;

e) а, b.

12. IX asr olimi Ahmad al-Farg‘oniy qaysi fanlarni rivojlantirishga hissa qo‘shdi?

a) Falsafa, tibbiyot, filologiya;

b) Tarix, falsafa, geografiya;

c) Manbashunoslik, tarix, geografiya;

d) Astronomiya, geografiya, matematika;

e) Matematika, tibbiyot, geografiya.

13. Sharqda Arastudan keyin yirik mutafakkir - "Muallimi-Soniy" nomi bilan shuhrat topgan alloma...

a) Beruniy;

b) Ibn Sino;

c) Abu Nasr Forobiy;

d) Al-Xorazmiy;

e) Ahmad al Farg‘oniy.

14. Abu Rayhon Beruniy qaysi kitobida arablarning O‘rta Osiyodagi madaniyat va yodgorliklarga shafqatsiz munosabatini tasvirlaydi?

a) Qutayba yurishlari tarixi;

b) Qadimgi xalqlar tarixi;

c) Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar;

d) Ilmi nujum;

e) Yulduzlar haqidagi fan.

15. "Shohnoma" dagi qaysi qahramon Turonning afsonaviy podshosi hisoblanadi?

a) Kayxusrav;

b) Jamshid;

c) Afrosiyob;

d) Suqrot;

e) Siyovush.

16. Islom ta’limotining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan hadisshunos allomani aniqlang.

a) Iso Termiziy;

b) Imom al Buxoriy;

c) Bahouddin Naqshband;

d) Najmiddin Kubro;

e) Ahmad Yassaviy.

17. IХ-ХII asrlarda me’morchilikning asosiy durdonalari qaysi shaharda joylashgan?

a) Xivada;

b) Shahrisabzda;

c) Samarqandda;

d) Buxoroda;

e) Termizda.

18. Arab xalifaligidan birinchi bo‘lib mustaqillikka erishgan davlatni aniqlang.

a) Tohiriylar davlati;

b) Qurdoba amirligi;

c) Xuroson amirligi;

d) Somoniylar davlati;

e) Eron davlati.

19. Movarounnahrda (IX asr) birinchi bo‘lib qaysi mahalliy sulola hokimiyat tepasiga keldi?

a) Safforiylar;

b) Tohiriylar;

c) Somoniylar;

d) Abbosiylar;

e) Ummaviylar.

20. Qoraxitoylar davlati qachon tashkil topdi?

a) 1137-yilda;

b) 1141-yilda;

c) 1017-yilda;

d) 1112-yilda;



e) 1207-yilda.



Download 61,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish