5- Topshiriq
Giperboloik paroboloid (gipar) fazoviy sirtni chizish talab etilsin.
Gipar uchlarining koordinatalari aniq bo‘lmagani uchun avval bitta giparni tekislikdagi proyeksiyasini chizib olish kerak.
aylana (krug) buyrug‘i yordamida aylana markazi sichqoncha bilan ekranda ko‘rsatilib va radiusi klaviaturadan 25 raqami kiritilib chiziladi.
- многоугольник (ko‘pburchak) tugmasi yordamida aylana atrofiga tomonlar soni 4 ga teng bo‘lgan ikkita aylana chiziladi (55-rasm,a)
- отрезок tugmasi yordamida aylana markazini D va B nuqtalar bilan tutashtiruvchi chiziqlar chizib olinadi (55-rasm,b). So‘ngra Delete tugmasi va bilan keraksiz chiziqlar belgilanib yo‘q qilinadi. - отрезать tugmasi bilan esa otriqcha chiziqlar qirqib tashlanadi ya’ni chizmada faqat giparga taalluqli bo‘lgan chiziqlar qoldiriladi (55-rasm,v). Bu chiziqlar bir tekislikda yotadi ya’ni.
a) b) v)
55-rasm
56-расм
Chiziqlarning A va C uchlari koordinatalarini Z o‘qi bo‘yicha o‘zgartirish lozim. AD kesma belgilanadi va Свойства oynasida Конец Z yozuvi zonasiga 15 raqami kiritiladi; AB kesma belgilanib Начало Z yozuvi xonasiga ham 15 raqami kiritiladi; DC va BC kesmalar belgilanib Начало Z xonasiga 20 raqami kiritiladi. Belgilangan kemalarning qaysi uchi ko‘tarilishini ko‘rish uchun tugmasi bilan izometriya ko‘rinishiga o‘tkazib ishonch hosil qilish mumkin (57-rasm, a).
- поверхность Кунса tugmasi sichqoncha yordamida bosiladi va chizilgan chiziqlar ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ketma-ket bosib chiqiladi. To‘rt qirraga tortilgan fazoviy egri chiziqlardan tashkil topgan sirt hosil bo‘ladi (57-rasm, b).
a) b) v)
g) d)
57-rasm
To‘rli segmentni belgilab - массив tugmasi yordamida uni S nuqta atrofida aylantiriladi. (20-rasmga qarang). Elementning ko‘payish soni 8 to‘lish burchagiga esa 360 kiritiladi, markaz koordinatasi esa chizmadan S nuqtani ko‘rsatib tanlanadi. Natijada qurilmoqchi bo‘lgan fazoviy sirtning yuqoridan ko‘rinishi hosil bo‘ladi (57-rasm, v).
- 3M орбита tugmasi bilan shaklga fazoviy ko‘rinish tanlanadi. - Гурро tugmasi bilan giparning to‘ri sirt bilan qoplangan ko‘rinish beriladi (57-rasm, g,d).
Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib 58-a, rasmda ko‘rsatilgan konoid fazoviy sirtni chizishni mustaqil bajarib ko‘ring.
Eslatma: Konoid sirtni hosil qilish uchun 58-b, rasmda ko‘rsatilgandek aylana va ikita aylanaga ichki chizilgan muntazam ko‘pburchak va bitta yoy chiziladi. Kichik ko‘pburchak Z o‘qi buyicha yuqoriga ko‘tariladi, yoy esa 90 gradus ga buraladi.
58-расм