Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli «Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz ta’minlash to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi. Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi 80-93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |