Nazariy tilshunoslik masalalari



Download 13,57 Mb.
bet52/69
Sana28.06.2022
Hajmi13,57 Mb.
#716554
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Bog'liq
f2512a40664e9cd0d7040a3ffb565595 NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI (3)

Intralingvistika- tilning ichki tizimi, uning birliklari va kategoriyalari, tilning fonologik, leksikologik va grammatik qurilishi, taraqqiyot yo‘llarini o‘rganadi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik - bir-biriga qarindosh bo‘lgan tillarni o‘rganadi.
Qiyosiy-tipologik tilshunoslik – tillarning qarindoshligidan qat’iy nazar,ulardagi o‘xshash va farqli tomonlarni o‘rganadi.
Areal (maydon) tilshunoslik – tilning tarqalish doirasi, tillar xaritasi, mamlakatlarni til tomondan tasvirlash kabilarni o‘rganadi.
Amaliy tilshunoslik – lingvistik masalalarni amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohasi.
Nazariy tilshunoslik – tilshunoslikka doir asosiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar haqidagi tizimdir. Unda til haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar, qarashlar umumlashtiriladi.
Xususiy (konkret) tilshunoslik – har bir konkret tilning fonetik sistemasi, lug‘at sostavi, grammatik qurilishi va ularning taraqqiyot yo‘llari hamda bu tilning boshqa tillarga munosabatini o‘rganadi
Umumiy tilshunoslik – tilshunoslikning turli tillarga oid umumiy masalalarini o‘rganuvchi sohasi.
Fonetik-fonologik sath - til iyerarxiyasining tovush tizimidan iborat quyi pog ‘onasi (quyi yarusi): nutq tovushlari, bo‘g‘in,urg‘u, ohang va b.lar.
Leksik sath - til iyerarxiyasining lug‘at boyligidan iborat yuqori pog‘onasi: so‘zlar, iboralar, ularning turli qatlamlari.
Grammatik sath - til iyerarxiyasining morfologik va sintaktik birliklardan iborat eng yuqori pog‘onasi: so‘z turkumlari, grammatik ma’no va grammatik shakllar, so‘z birikmalari va gap, ularning turlari va konstruksiya modellari.
Divergensiya - til strukturasidagi o‘zgarishlar ta’sirida bir fonemaning ikki fonemaga bo‘linishi. Mas."k"ning "k"va "q"ga ajralishi.
Konvergensiya - tarixiy taraqqiyot natijasida ikki fonemaning bir fonema holiga kelishi: qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida alohida-alohida fonemalar bo‘lgan "" va "o" unlilari shu qonuniyat asosida hozirgi o‘zbek tilida bitta "o" fonemasiga birlashgan.
Pozitsion xususiyatlar - nutq tovushlarining so‘z tarkibidagi o‘rni (unlining urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘g‘inda, undosh tovushning kuchli yoki kuchsiz pozisiyada bo‘lishi), shu omil ta’sirida yuz beradigan hodisalar.
Sintagmatik xususiyat - so‘z yoki bo‘g‘in tarkibida tovushlarning zanjirsimon joylashuvi, birin-ketin kelishi, gorizontal chiziq bo‘ylab joylashuvidan kelib chiqadigan xususiyatlar.
Shakllantiruvchi vazifa – fonetik birliklarning “qurilish materiali”, leksema yoki morfemalarning ifoda planidagi moddiy asos sifatidagi vazifalari.
Tanituvchi vazifa - fonetik birliklarning so‘z qiyofasini "tanib olish" va shu orqali so‘zning ma’nosini "eslab qolish" uchun xizmat qilishi.
Umumiy fonetika - fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beruvchi turi.
Xususiy fonetika - fonetikaning muayyan bir til tovush-lari, ularning turlari, fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi.
Tarixiy fonetika - xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan til tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tarixiy taraqqiyotda) o‘rganadi.
Tavsifiy fonetika - xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan tilning fonetik tizimini statika holatida (til taraqqiyotining oldingi bosqichlarida yuz bergan hodisalar bilan bog‘lamay) o‘rganadi.
Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o‘rganadigan fonetika.
Eksperimental fonetika - nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o‘rganadigan fonetika.
Lug‘aviy birliklar – so‘z va iboralar (leksema va frazemalar).
Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar) – tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar.
Nolisoniy omillar (ekstralingvistik faktorlar) – til taraqqiyotiga (shu jumladan,leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta’sir o‘tkazuvchi omillar: ijtimoiy-siyosiy tuzum, psixologiya, urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san’at va boshqalar.
Umumiy leksikologiya – leksikologiyaning barcha (yoki ko‘pchilik) tillar lug’at boyligi taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlarni aniqlash va yoritish bilan shug’ullanuvchi turi
Xususiy leksikologiya – leksikologiyaning muayyan bir til lug‘at boyligi haqida ma’lumot beruvchi turi.
Tavsifiy leksikologiya – ayrim olingan bir tilning lug‘at boyligini shu til leksikasining avvalgi taraqqiyoti bilan bog‘lamay o‘rganadigan leksikologiya.
Tarixiy leksikologiya – ayrim olingan bir tilning lug‘at boyligini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘lab o‘rganadigan leksikologiya.
Semasiologiya – leksik birliklarning semantik tarkibi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha.
Onomasiologiya – leksik birliklarni nomlash va tushuncha anglatish prinsiplari hamda qonuniyatlari haqida ma’lumot beruvchi soha.
Etimologiya – tilshunoslikning so‘z va morfemalarning kelib chiqishini o‘rganuvchi bo‘limi.
Denotat - leksema tomonidan nomlangan narsa-predmet, voqelik.
Referent – til birligi ifodalaydigan tushuncha, fikr predmeti.
Signifikat – til birligi ifodalaydigan ma’no.
Valentlik – leksemaning birikma yoki gap tarkibida boshqa leksemalar bilan aloqaga kirisha olish xususiyatlari.
Tushuncha – obyektiv borliqdagi predmet yoki hodisalarning inson miyasida aks etgan umumiy tasavvuri.
Turkumlik semalari – leksik ma’noga tayangan holda leksemalarning grammatik ma’nolarini belgilaydigan, shu asosda leksemalarning so‘z turkumlariga uyushishini ta’minlaydigan semalar.
Uzual ma’no – leksemaning semantik tarkibida bor bo‘lgan leksik ma’no.
Okkazional ma’no – leksemaning tildagi ma’nosiga xos bo‘lmagan, ayrim shaxsning leksik qo‘llashi natijasida yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nosi.
Leksik qo‘llash – leksemaning okkazional (nutqiy) ma’noda qo‘llanishi.
Bosh ma’no – leksemaning semantik tarkibidagi hosila ma’nolarning o‘sib chiqishiga asos bo‘lgan ma’no.
Hosila ma’no – bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan ma’no.
Grammatik ma’no – 1. Alohida so‘zda ifodalanmagan, biroq uning asosiy qismiga aloqador bo’lgan tashqi belgilarning ma’nosi. Masalan: kitob-lar (so’zning o’zagi – kitob va tashqi belgisi bo’lgan ko’plik qo’shimchasi (-lar o’rtasidagi bog’lanish. 2.So‘z birikmalari va gaplarni tuzishda ularning ketma-ketligidan kelib chiquvchi ma’no.
Grammatik usul – grammatik ma’noning material jihatdan ifodalanishi: affiksatsiya, ichki fleksiya, so‘z tartibi, urg‘u, intonatsiya, qaytariqlar, suppletivizm, yordamchi so’zlar.
Grammatik shakl – grammatik ma’no va grammatik usulning birligi.
Grammatik kategoriya – umumiy ma’no va ifoda usullarini biriktiruvchi vositalar yig‘indisi; so‘z turkumlari va ular ichidagi turli kategoriyalar: kelishik, son, zamon kategoriyalari kabi.



Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish