9-maruza: Morfosentrik nazariya. Sozlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.
Reja:
1.Morfologik sath. Morfosentrik nazariya.
2.Grammatik shakllar va grammatik kategoriyalar.
3.Sozlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.
Tayanch iboralar: morfologiya, morfologik sath, grammatik mano, grammatik shakllar va kategoriyalar,koplik shakli, kelishik shakli.
Morfologiya grekcha morphe "shakl", logos "talimot sozlaridan olingan bolib, soz shakllari haqidagi talimotdir. Demak, morfologiyada soz shakli tushunchasi markaziy orinni egallaydi.
Soz atamasi tilning leksik sathiga mansub bolgan birlik uchun ham, morfologik sath birligi uchun ham qollanadi. Leksik sath birligiga nisbatan qollanilganda leksemaga, morfologik sath birligiga nisbatan qollanganda esa soz shaklga teng keladi.
Sozning grammatik mano ifodalovchi grammatik morfemalar sistemasi grammatik paradigma hisoblanadi. Paradigmaning muayyan bir azosi soz shakli sanaladi.
Paradigma azolari oz ichida ozaro zidlik munosabatida boladi. Ana shu munosabat u yoki bu paradigma azosini togri tavsiflash va uning sistemadagi qiymatini togri belgilash imkonini beradi. Masalan, gul sozining birlik shaklda ekanligini otlarning son paradigmasidagi gullar shakliga qarab belgilaymiz. Shuningdek, shu sozning bosh kedishik shaklida ekanligini qaratqich, tushum va boshqa kelishik shakllariga qarab aniqlaymiz. Bundan korinadiki, har bir paradigma asosini ozi tashkil etgan azolari ortasidagi zidlanishlar tashkil etadi. Zidlanishlar paradigma azolarining yashash va rivojlanish asosidir.
Har bir zidlanishda umumiylik-xususiylik dialektikasi namoyon boladi. Zidlanuvchi azolar birlashtiruvchi va farqlovchi semalar majmuasidan iborat boladi. Birlashtiruvchi sema zidlanuvchi azolarni malum sinfga birlashgirish uchun xizmat qilsa, farklovchi semalar maaum sinf tarkibidagi azolarniig ozaro farkdanishini, oziga xosligini bildiradi. Masalan, gul, gulning, gulni kabi soz shakllari kelishik umumiy grammatik semasi (birlashtiruvchi sema) bilan kelishik paradigmasiga mansubligini bildirsa, gul va gulning ortasidagi farqlovchi sema (birida nol korsatkichli sema, ikkinchisida qaratqich semasi) ularning oziga xos belgilarini ochish uchun xizmat qiladi. Morfologik soz morfemadarning sintagmatik munosabatidan tashkil topar ekan, demak, sozning qurilish birligi morfema varianti sanaladi. Shuning uchun morfodogiyada morfema va uning varianti tushunchasi markaziy urinni egallaydi. Grammatik mano leksik manodan farqli ravishda borlikdagi narsa va hodisalarning umumlashgan manolarini va ular ortasidagi munosabatni bildiradi. Grammatik mano leksema manosi bilan bevosita aloqador va borliqdagi umumiy narsa va hodisalarning inikosidir. U mano leksemaning ozidan bilinib turadi.Grammatik mano sistema sifatida morfologik mano, sintaktik manolarni oz ichiga oladi. Shunday ekan, u bolinuvchanlik xususiyatiga ega. Shunga muvofiq, ularni morfologik mano hamda sintaktik manolarga bolish mumkin. Morfologiya morfologik manolarni organadi. Grammatik mano tildan tashqaridagi predmetlar, hodisalar, xususiyatlarni aks ettiruvchi nosintaktik (referensional), masalan, mikdor, makon, zamon kabi va gap xamda soz birikmasi tarkibidagi soz shakllarining aloqasini bildiruvchi sintaktik manolarga bolinadi.
Grammatik mano muayyan moddiy vositalar yordamida ifodalanadi. Malum grammatik manoni ifodalovchi moddiy vositalar grammatik shakl hisoblanadi: koplik shakli, kelishik shakli va sh.k. Grammatik shakl deganda, malum grammatik manoning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning birtomonini - shakliy tomonini ifodalaydi. Demak, grammatik kategoriya grammatik shakllarning ozaro munosabatidan tashkil topgan umumiylik deyish mantiqan togri bolmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham oz navbatida shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlik sanaladi. Grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalaniladi. Grammemalarni grammatik kategoriyaga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan mano asos bolib xizmat qiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan mano mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Ana shu takrorlanuvchi sema grammemalarni grammatik kategoriya tarkibiga birlashtirishga xizmat qiladi. Kategoriya tarkibidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan oziga xos manosi ham mavjud boladi. Ana shu farqlovchi semalar kategoriya azolarining ozaro zidlanishiga asos boladi. Kategoriya manosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema manosi ortasida tur-jins munosabati mavjud boladi. Aks holda, grammema boshqa kategoriyaning vakili sanaladi.
Grammatik kategoriyaning asosiy tuzilish belgisi zid chanpshdir. Grammatik kategoriya ikki xil yuzaga chiqadi: 1) soz shakllarining ozaro zidlanishi; 2) leksemalarning ozaro zidlanishi. Birinchisi turkumga xos kategoriyalar, ikkinchisi tasniflovchi kategoriyalar soz turkumlarini oz ichiga oladi. Birinchisi munosabatni bildiradi, ikkinchisi esa borliqdagi narsa va hodisalarning ongda aks etgan umumlashgan obrazini nomlaydi.
Grammatik kategoriyalar sintaktik xoslanish xususiyagiga ega. Ular gap va uning tarkibidagi uzvlarni boglash hamda sintaktik birlikni gap qilib shakllantirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun bunday grammatik kategoriyalar ikkiga bodinadi: a) sintaktik birliklarni boglash uchun xizmat qiluvchi (konnektiv) kategoriyalar; b) sintaktik birlikni gap qilib shakllantiruvchi (konstitutiv) kategoriyalar. Birinchisiga egalik, kelshik kategoriyalari (otlarda), ikkinchisiga zamon, mayl, shaxs-son (fellarda) kategoriyalari kiradi.
Grammatik kategoriya sistema bodib, ichki tuzilish birliklariga ega. Uning tuzilish birliklari morfologik va sintaktik kategoriyalardir. Shu kunga qadar grammatik kagegoriya atamasi ostida koproq morfologik kategoriyalar organib kelindi. Bunga sabab antik davrdan buyon asosan, morfologiyani organishga etiborning qaratilganligi, grammatika deganda, asosan, morfologiyaning tushunilganidir. Keyinchalik sintaktik sathning ham chuqur organilishi natijasida sintaksisning ham oziga xos kategoriya-lari mavjudligi aniqlandi.
Lingvistikada lisoniy birliklarning vazifaviy tomoniga etiborning kuchayishi natijasida morfologik va sintaktik kategoriyalar ortasidagi funkiional boglanishni ochib berish imkoniyati tugildi. Bu ikki kategoriya ortasidagi munosabat turli sathlilik munosabati sanaladi. Dastlabkisi ikkinchisi uchun qurilish (konstruktiv) asosi bolib xizmat qiladi. Shuning uchun ham morfologik kagegoriya va sintaktik kategoriyalarni belgilash va ular ortasidagi munosabatni ochish katta ahamiyatga ega.
Sozlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. Adabiyotlarda sozlarni turkumlarga ajratishning asosiy tamoyillari sifatida tushuncha ifodalash, shakliy yaxlitlik, fonetik bir butunlik belgilari korsatiladi. Agar bu belgilarga jiddiy etibor beradigan bolsak, ularning hammasi mustaqil sozlarni ajratishga yordam beradi. Yordamchi sozlar esa bunday xususiyatlarga ega emas. Shunday ekan, yordamchi sozlarni, masalan, -u, -yu, -da singarilarni «soz» atamasi ostida birlashtirish mumkinmi? Tabiiyki, yoq. Chunki ular «soz» (morfologik soz) tamoyillarining birontasiga ham javob bermaydi.
Agar morfotsentrik nazariya asosida tilning morfemik sathida eng kichik manoli birlik sifatida morfemani, undan yuqoriroq bolgan morfologik sathning birligi sifatida soz shaklni etirof etsak, tilnpng sistemaviy tabiatini togri yoritgan va sozlarni turkumlarga ajratishda yuqoridagi ziddiyatni bartaraf qilgan bolamiz.
Morfotsentrik nazariyaga muvofiq, soz shakl ikki va undan ortiq allomorflarning sintagmatik munosabatidan tashkil topgan, gapda muayyan bir pozitsiyada kelib, boshqa soz shakl bilan munosabatga kirishuvchi funknional butunlikdir. Bu til sathlari ortasidagi mavjud bolgan pogonali munosabatni ham va bir sathga mansub bolgan birliklar ortasidagi munosabatni ham ozida mujassamlaydi.
Soz shakl butunlik, qurilma sanaladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin: leksik morfema + grammatik morfema (M ,+Mg). Soz shakl til egalari ongida tayyor bloklar holida mavjud boladi. Soz shakl qurilma ekan, uning qurilish birliklari morfemalar hisoblanadi. Demak, morfema soz shakl tarkibida allomorf holida funksiyalashadi. Soz shakl esa, oz navbatida, morfema variantlarining ozaro sintagmatik munosabatidan tashkil topadi.
Morfemalarning sintagmatik munosabatidan tashkil gopgan butunlik soz shakl sanaladi. Soz shakl morfemik sathdan bir daraja yuqori bolgan morfologik sathning birligidir. Soz shaklning qurilish materiali morfema hisoblanadi. Soz shakl qanday morfemalarning sintagmatik munosabatidan tashkil topishiga kora quyidagi modellardan iborat boladi:
1.Ml - Maf (leksik morfema + shakl yasovchi morfema) 2.Ml + Mk (leksik morfema + komakchi morfema ) Z.Ml + Ml + Maf (yord.) 4.Ml - Mafl (yord.) 5.Mor (Ml + Mafr.) Birinchisi, sozning sintetik shakli modelini, ikkinchisi analitik shaklini, uchinchisi qoshma soz shaklini, tortinchisi esa yasama soz shakli modellarini ifodalaydi. Beshinchisi undov, mimema va modal birliklarining leksik morfema bilan yaxlitligini korsatadi. (Beshinchi model alohida tadqiqotni talab qiladi.) Soz (morfologik soz) ning bunday talqini tilning sistemaviyligi, kop sathliligi, sathlararo pogonali munosabatning mav-judligini ozida namoyon qiladi. Sozlarni turkumlarga ajratishdagi muammolarni ijobiy hal qilishga ham yordam beradi. Morfologik soz sifatida mustaqil sozlargina etirof etiladi va ular obyektiv borliq uzvlarini ong orqali ifodalash nuqtai nazaridan otlar (ismlar) va fellarga bolinadi. Otlar borliqdagi narsa va hodisalarning nomlari, fellar esa harakat-holatlarning nomlaridir.
Borliqdagi narsalar tabiiy sifat va mohiyat birligidir. Har qanday zot (substansiya) muayyan belgilarga (aksidensiyalarga) ega boladi. Shu nuqtai nazardan, otlarni nimaning nomini ifodalashiga kora quyidagi turlarga ajratish mumkin: Narsa-hodisa otlari (substansional otlar). 2.Belgi-xususiyat otlari (aksident otlar). Belgi-xususiyat otlari qanday belgi ifodalashiga kora yana ikkiga ajratiladi: 1. Belgi otlari (sifat, ravish ham). 2.Miqdor otlari (son).
Yuqoridagi tasnif soz shakllarining atash manolariga asoslaniladi. Shu bilan birga, morfologik xususiyatlari ham etiborga olinadi.
Narsa va hodisalarni nomlash nuqgai nazaridan ismlar ikki darajaga bolinadi:
1. Birlamchi nomlar (narsa otlari, belgi otlari, miqdor otlari) va fellar (fel ham nomlash nuqtai nazaridan harakat va holatning nomidir).
2. Ikkilamchi nomlar. Ikkilamchi nomlarga atoqli otlar (antroponim, toponim, gidronim, oronim va h.k.) va olmoshlar kiradi. Bu ikki turkum borliqdagi narsa va hodisalarni bevosita nomlamaydi. Oldin nomlangan narsalarni bir-biridan ajratadi yoki udarga ishora qiladi. Bu jihatdan atoqli otlar va olmoshlar atash manosiga ega bolmagan "ichi bosh" sozlar sifatida ozaro umumiylikni hosil qiladi. Lekin atoqli otlar faqat narsa otlarini bir-biridan ajratish uchun qollanilsa, olmoshlar barcha soz shakllari ornida almashinib kelib, ularga ishora qilish hamda ogzaki va yozma matn tarkibidagi matn qismlarini boglash vazifasini bajaradi.
Bundan korinib turibdiki, belgi oti turkiy tillarda sinkretik xususiyatga ega. U belgini atash nuqtai nazaridan ham, morfologik belgisi nuqtai nazaridan ham bir xil xususiyatga ega.
Nazorat savollari:
1. Grammatik mano va grammatik shaklga izoh be-
ring.
2 .Grammema nima?
3. Grammatik kategoriya qanday yuzaga chiqadi?
4. Sozlarni turkumlarga ajratishning qanday tamoyillari mavjud?
5. Soz shakl nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |