34-Nazariy savol.
. Transport vositalarini mast holda boshqarishni yuridik tahlil qiling..
Transport vositalarini mast holda boshqarish - Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi, Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirishda ifodalanadi.
MJTK 131-modda. Transport vositalarini mast holda boshqarish
Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish —
transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
35-Nazariy savol.
. Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishini yuridik tahlil qiling.
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi - Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelishida (lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa) ifodalanadi.
134-modda. Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi
Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yo‘l-transport hodisasi sodir etilganda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |