Денежний (Pul birligi) maydonining Format polya xossasidagi Денежний degan yozuvni oʻrniga quyidagi kabi 0,00 soʻm koʻrinishidagi ifoda yozilsa, u holda shu maydondagi raqamlar oxiriga soʻm soʻzi yozilgan holda ifodalanadi, ya’ni milliy pul birligi hosil boʻladi.
5. Master yordamida roʻyxatli maydon yaratish
Ayrim maydonlarga chekli sondagi ma’lumotlar qayta-qayta kiritilishi mumkin. Bunday xollarda, shu ma’lumotlarni bir martadan kiritish orqali, avvaldan alohida jadval shaklida saqlab qoʻyish tavsiya etiladi. Soʻngra Мастер подстановок... yordamida kerakli maydonga shu jadvalni ulash orqali ochiladigan roʻyxat yaratiladi.
Buning uchun Мастер подстановок... ishga tushganida navbatma-navbat bir nechta muloqot oynalari ochiladi. Ularning birinchisi (7-rasm)da Обект “Поле подстановки” получит значения из другой таблитси или другого запроса tanlanadi va navbatdagi muloqot oynasi (8‑rasm)da keltirilgan jadval va zaproslar roʻyxatidan kerakli jadval nomi tanlanadi. Далее tugmasini bosilsa navbatdagi muloqot oynasi ochiladi.
Unda tanlangan jadvalning maydonlari roʻyxatidan qaysi biri ulanishi kerakligi soʻraladi (9-rasm). Ya’ni Доступние поляdan Вибранние поляga oʻtkaziladi.
Undan keyingi oynada tanlangan maydon qiymatlarini oʻsish yoki kamayish tartibida ifodalashni tanlash kerak (10-rasm).
Далее tugmasini bosilsa navbatdagi muloqot oynasi ochiladi (11-a rasm). Unda tanlangan maydon qiymatlari tartiblangan holda koʻrsatiladi. Va nihoyat maydon nomini oʻzgartirish kerak yoki yoʻqligini soʻraladi (11-b rasm).
Umuman olganda maydonga ulanadigan jadvalni avvaldan yaratmasdan, balki Мастер подстановок... ning ichida roʻyxat kabi kiritish ham mumkin. Buning uchun Мастер подстановок... ning birinchi oynasi (7-rasm)da Будет введен фиксированный набор значений tanlanadi va navbatdagi oynada shu qiymatlar kiritiladi (12-a rasm). Soʻnggi oynada esa maydon nomini oʻzgartirish kerak yoki yoʻqligini soʻraladi (12-b rasm).
Shundan soʻng Готово tugmasi bosilsa 13-rasmda keltirilgan jadval hosil boʻladi. Natijada ma’lumotlarni kiritib oʻtirmasdan, shu maydondagi ochiladigan roʻyxatdan tanlanishi kifoya boʻladi.
Jadvalga maydoniga rasm joylashtirish uchun Поле объекта OLE dan foydalaniladi. Bunda maydonga joylashtirilgan rasm koʻrinmaydi. Rasmning oʻrniga shu rasmni yaratgan ob’ektning nomi ifodalanadi. Rasmni MS Access 2016 ning Форма va Отчет ob’ektlari yordamida koʻrish mumkin.
Jadval maydoniga rasm joylash uchun, shu maydonda kontekst menyuni ochamiz va Вставит обект... buyrugʻini chaqiramiz (14-a rasm).
Muloqot oynasidan Bitmap Imageni tanlab OKni bosamiz (14-b rasm). Natijada Bitmap Image – rasmlar bilan ishlash dasturi ishga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |