Nazariy poetika



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana07.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#328338
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
nazariy poetika

Ko`pqatlamliligi.

  Badiiy  til  ko`pqatlamli  bo`ladi.  Unda  umumxalq  tilining  qariyb 

barcha ko`rinishlari  ishtirok  etadi.  Bundan  tashqari,  muallif  tili  bilan  personajlar tili ham 

bir-biridan    muayyan    jihatlari    bilan    farq    qilib    turadi.    Badiiy    asarda    ishtirok  etuvchi  turli 

tabaqalarga,  ijtimoiy  toifa  hamda  guruhlarga  ega  bo`lgan  shaxslar  ham  o`z  til    xususiyatlari  

bilan  birbiridan  farq  qilib  turadilar.  Personajlar o`zining yoshi, saviyasi  jihatidan  birbiridan  

farq  qilib  turadi,  bu  esa  ularning tilida, nutqida o`z aksini  topadi.  Masalan,  A.Qodiriyning  

«O`tkan  kunlar» romanida  davlat arboblari, savdogarlar, sarbozlar  (askarlar),  qullar,  kosiblar,  

sarkardalar, jinoyatchi  unsurlar, devona hamda jinnilar ishtirok etadilar.  

Bulardan  tashqari,  bir  vaqtning  o`zida  bir  necha  qavatli  nutq  shakllari  ham badiiy  

asarlarda  uchrashi  mumkin.  O.Yoqubovning  «Oqqushlar,  oppoq  qushlar», «Ko`hna dunyo» 

romanlarida ikki, uch qavatli nutq shakllarini ko`ramiz. Muallif  tili  yoki  muallif  nutqi  asli  har  

bir    san‘atkorning    voqelikni    badiiy  ifodalash  uslubidir.  Muallif  tili  voqea,  holat  va 

qahramonlarni  ta‘rif  va  tavsif  qilishda,  lirik    chekinishlarda    ko`rinadi.    Muallif    tili,    muallif  

nutqi  qahramon-personajlar nutqidan farq qiladi.  

 Muallif nutqi dastavval axborot beradi. Muallif nutqi personajlarning ishlari va holatlari,  

voqealar  haqida  axborot  beribgina  qolmasdan,  ularga  noma‘lum  bo`lgan juda ko`p holat va 

hodisalar haqida ham xabar beradi. Masalan, Homidning Otabekka qarshi ishlari,  ya‘ni  Otabek  

nomidan  taloq  xati  yozganligini  Otabek  va  Kumush bilmaydi.  



Lekin muallif xabarlari orqali kitobxon biladi.  

Muallif nutqi orqali personajlarning o`zlari his etmaydigan holatlarni ham bilib olamiz.   

Ba‘zan  muallif    nutqi  personaj  nutqi  bilan  qo`shilib  ketadi.  Natijada ikki ovozli nutq 

hosil bo`ladi.  

Personaj  nutqi:  kishilarning  o`zaro  suhbatlarida,  yolg`izlikdagi  o`y-xayollarida, 

maktublarida yuzaga chiqadi.  

Asar  tilining  xalqchilligi  yozuvchining  xalqchilligini  ko`rsatadi.  San‘atkor  xalq  tilining 

ifodali,    estetik    ziddiyatlarinigina    emas,    uning    grammatik  va    stilistik  xususiyatlarini    ham  

namoyish  qiladi.  Badiiy  til  imkoniyatlari  faqat  xalq  nutqida yangi,  tesha tegmagan  so`zlarni 

topib  ishlatishgina    emas,  adabiy    tilda  ishlatiladigan  so`zlarning    ma‘no    ottenkalarida    yuz  

bergan    o`zgarishlarni    ham  payqash    va    ulardan  foydalana  olishdir.  Ba‘zi  so`zlar  shu  qadar 

tezlikda yangi qirralar kasb etadiki, ularni lug`atlarda aks ettirib ulgurilmaydi.  

 Xalq  tili  o`zining  ko`pqirraligi,  stilistik,  fonetik  vositalarga  boyligi  bilan  ajralib  turadi.  

Yozuvchi  obraz  yaratar  ekan,  ana  shu  vositalarni  ishga  soladi.  Badiiy asar tilida omonim, 

sinonim va shu kabi leksik unsurlar muhim ahamiyat kasb etadi.  

 Maqollar  ham  obraz  yaratishda  muhim  o`ringa  ega.  Ulardan  muallif  nutqida ham, 

personajlar  nutqida  ham  foydalanish  mumkin.  San‘atkor  maqol  va  matallardan  ularni  

o`zgartirmasdan,    qisman    o`zgartirib,    butunlay    qaytadan    ishlash    yo`libilan  foydalanishi 

mumkin. Masalan, 

Mashaqqatsiz yorning vasliga etib bo`lmas.  G`.G`ulom.  

       (Joningni kuydirmasang, jonona qayda).  

Uyimda tinch-omon uxlay olaman,  

       Qatorda norim bor, norim bor qator.         G`.G`ulom.  

       (Qatorda noring bo`lsa, yuking erda qolmaydi).  

Obraz  yaratishda  xalq  nutqida  majud  bo`lgan  tayyor  frazeologik  iboralar,ideomatik 

birikmalardan ham foydalaniladi. Masalan,  

odamning ko`zi            ko`zi uchmoq           ko`z ochib ko`rgan  

ishning ko`zi               ko`zi yorimoq          ko`rarga ko`zi yo`q   

tizzaning ko`zi           ko`z tutmoq            ko`z-quloq bo`lib turmoq   

buloqning ko`zi          ko`z yummoq          ko`zi qiymaydi  

yoki  

«Uning  iste‘dodiga  hamdu  sanolar  o`qib,  cho`ntakni  qoqib  yuruvchi haybarakachilar



». (O.YOqubov «Oq qushlar, oppoq qushlar»).  

Omonimlar  shakldosh  so`zlar  bo`lib,bunday  tasvirda  muayyan  o`rin  egallaydi.  Masalan, 

«o`t»  so`zi  quyidagi  ma‘nolarni  ifoda  etadi:  o`t-olov,  o`t-o`simlik,  o`t-odam  a‘zosi,  o`t-buyruq 

fe‘li.  


 Omonimlar  vositasida  shoir  Atoiy  ajoyib  xushohang  qofiyagina  emas,  kutilmagan 

so`z o`yini ham yaratadi:  

Boqar oxulayn har yon o`shal ikki qaro ko`zlar,  

Hadangi g`amzasin otmoq uchun go`yo qaro ko`zlar.  

Badiiy    tasvirda    omonimlar    so`z    o`yini    qilishi,    kechinma    va    manzaralarni 

chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi:   

To qildi yuzung havosi jonim,  

Yuz sori ango havo bo`lubdur.            




Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish