Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi uni soddaroq kuchlar sistemasi bilan almashtirilganda, ya’ni bir markazga keltirilganda bu kuchlar sistemasi
bosh vektor va bosh momentga ekvivalent bo‘lar ekan. Bundan kuchlar sistemasi muvozanatda bo‘lishi uchun bosh vektor va bosh moment nolga teng bo‘lishi zarur va etarli. . Shunday qilib, kuchlar sistemasining muvozanati vektor ko‘rinishda ikkita tenglamadan iborat bo‘lar ekan. Bunda A markaz ixtiyoriy. Vektor tenglamalarni koordinata o‘qlariga proeksiyalab, quyidagi oltita skalyar tenglamaga kelamiz: , , , , , , ya’ni fazoviy kuchlar sistemasi muvozanatda bo‘lishi uchun: 1) kuchlar sistemasining koordinata o‘qlaridagi proeksiyalari nolga teng bo‘lishi, 2) kuchlar sistemasini koordinata o‘qlariga nisbatan momentlarining yig‘indisi nolga teng bo‘lishi zarur va etarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |