Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi



Download 1,09 Mb.
bet29/36
Sana09.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#143175
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
o`simlik xim qil maruza matni

Dosiostaurus marossanus Thnb

Zarari. Marokash chigirtkasi har xil dala o’simliklarini zararlaydi; arpa, bug’doy, oq jo’xori, tariq, makkajo’xori, tamaki, beda, g’o’za va poliz ekinlariga ayniqsa katta zarar yetkazadi. Bu chigirtka o’zi uchun qulay kelgan yillari keng ko’lamda urchiydi.

Tarqalishi. Marokash chigirtkasi Markaziy Osiyoda, Kavkaz va Kavkaz ortida, Qrimda, hamma yaqin sharq mamlakatlarida, Bolqon yarim orolida, janubiy yevropa mamlakatlari va SHimoliy Afrikada uchraydi.

Bu chigirtka Markaziy Osiyoda quruq cho’llarda, tog’ yonidagi tashlandiq yerlarda uchraydi, shu sababli u cho’l chigirtkasi deb ham ataladi.

Ta’rifi. Urg’ochi chigirtkaning uzunligi 2,5–4,2 sm, erkaginiki 2–3,5 sm keladi. Marokash chigirtkasi jigar rangda bo’ladi. Och qo’ng’ir tusdagi ko’kragining old qismida X harfiga o’xshash oq naqshi bor, bu chigirtka boshqa chigirtkalardan ana shu naqshi bilan farq qiladi.

Ko’krak oldi yon tomonlarida bittadan qora dog’ bor, bu dog’larning orqa tomoniga oq dog’lar tutashib turadi. Qanotustligi va qanotlari qorinchasidan uzunroq bo’ladi. Qanotustligi qora dog’chalar bilan qoplangan och qo’ng’ir tusda. Orqa qanotlari tiniq.

Lichinkalari besh yoshni kechiradi. Ular dastlab qoramtir bo’lib, rivojlangan sari oqara boradi va eng oxirida och qo’ng’ir tusga kiradi, shu bilan birga ko’kragining old tomonidagi X harfiga o’xshash naqsh ancha ravshan ko’rinib turadi, birinchi yoshdagi lichinkalarida esa bu naqsh deyarli ko’rinmaydi.

Hayot kechirishi. Marokash chigirtkasining lichinkalari tog’larda, odatda aprelning birinchi yarmida yoki bahor sovuq kelgan yillarda aprel o’rtasida va hatto oxirida ancha birdamlik bilan tuxumdan chiqadi. Lichinkalar qo’riq yerlarda 3 – 6 kunda chiqib bo’ladi, tuman doirasida esa bu yarim oygacha cho’ziladi. Marokash chigirtkasining tuxumdan chiqish vaqti yaqinlashib qolganligi quyidagicha aniqlanadi: ko’zacha ichidagi tuxum olinib uning uchi bormoq bilan qisiladi, shunda tuxumdan suyuq modda chiqsa, bu lichinkalarning chiqishiga hali ancha vaqt borligini, tuxumdagi shakllangan embrion ezilib sachrasa – lichinkalarning chiqishiga faqat 1 – 3 kun qolganini ko’rsatadi.

Tuproq harorati 410S ga yetganda lichinkalar harakatlanish va oziqlanishdan to’xtaydi; ular bu vaqtda o’simlik soyasida turadilar va harorat bir muncha pasayishi bilan harakatga kirib, to kech soat 17 – 18 gacha ovqatlanadilar. Tuproq harorati 25 – 300S gacha pasayishi bilan lichinkalar kichik to’dalarga bo’linib, o’simliklarga chiqib tunaydilar.

Zarari. Voha chigirtkasining Markaziy Osiyodagi chigirtkalar orasidagi g’o’zaga eng ko’p zarar yetkazadigan zararkunandalardan biridir. Qir chigirtkasi esa cho’lga chegardosh yerlardagi g’o’zalarni zararlaydi. Partov yerlar o’zlashtirilishi munosabati bilan qir chigirtkaning g’o’zaga zarari yanada oshadi. Qizil chigitkalar g’o’zadan boshqa ekinlarga ham zarar yetkazadi; qir chigirtkasi asosan sug’orilmaydigan yerlarda hayot kechiradi.

Qizil chigirtkalarga qarshi o’z vaqtida kurashilmasa, ular katta maydonlardagi ekinlarni tamoman nobud qilib qo’yishlari mumkin. Masalan, Axumov ma’lumotlariga qaraganda, bu chigirtkalar eronning Mozandaron viloyatida g’o’zani tomomila nobud qilgan vaqtlari ham bo’lgan.

Tarqalishi. Voha qizil chigirtkasi Markaziy Osiyoda, Qozog’istonning eng shimoliy qismlaridan boshqa hamma mintaqalarida, Qirg’iziston va G’arbiy Xitoyda, Afg’oniston va eronning shimoliy qismlarida, G’arbiy Sibirning janubi-sharqiy qismida, Kavkaz orti, SHimoliy Kavkaz, Qrim va Ukrainada, Rossiyaning Markaziy qora tuproq mintaqasida, yevropaning janubi-g’arbiy qismida hamda SHimoliy Afrikaning tog’li mintaqalarida uchraydi.

Qir chigirtkasi hozircha faqat O’zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda borligi aniqlangan bo’lsa ham, ammo u Markaziy Osiyoning deyarli hamma lalmi yerlarida tarqalgan bo’lsa kerak.

Ta’rifi. Voha va qir chigirtkalarning erkak va urg’ochilari bir – birlaridan juda katta farq qiladi – urg’ochilari erkaklaridan anchagina katta bo’ladi.

Voha chigirtkasi (Salliptamus italisus L.) erkagining uzunligi 14 – 23 mm, urg’ochisinki 26-38 mm keladi. Tanasining asosiy rangi sarg’ish qum tusdan to’q kulrang tusgacha o’zgarib turadi; aksari chigirtkalarning asosiy rangi bilan qoplangan joylarida ko’pdan – ko’p noto’g’ri shaklli qoramtir dog’chalar bor. Keyingi oyoq sonlarining ichki yuzasi tamoman yoki qisman qizil, yoxud pushti rangda, boldiri esa qizil rangda. Orqasining old qismi yonlari bo’ylab qanotustliklarigacha och rangli chiziq o’tadi. Pastki qanotlarining keyingi qismi pushti rangda. Orqasining old qismida ravshan ko’rinib turadigan uchta qirra bor, ularning biri o’rta va ikkitasi yon qirralardir.

Tuxumlari. Har bir ko’zachada 24 – 64 va ko’pincha 27 – 45 ta tuxum bo’ladi. Tuxumlari sarg’ish – kul rang tusda, cho’zinchoq shaklda, 4 – 5 mm uzunlikda bo’lib, ko’zachaning tik o’qiga nisbatan 900 burchak bilan joylanadi.

Qir chigirtkasining ko’zachalari voha chigirtkasinikidan anchagina farq qiladi. Uning yuqorigi qismi (probirkasi) deyarli tik, salgina bukilib turadigan va oxirgi tomoni birmuncha yo’g’onlashgan pastki qismiga nisbatan uzunroq bo’ladi. Uzunligi 3,5 – 5,8 sm. YUqorigi qismidagi ko’piksimon modda rangi sarg’ish oq. Har ko’zachaga 27 – 68 ta, ko’pincha 40 – 60 ta tuxum burchakma – burchak qilib, ba’zan esa ko’zachaning tik o’qi bo’ylab joylanadi.

Lichinkalari. Qir chigirtkasining lichinkalari voha chigirtkasining lichinkalariga qaraganda birmuncha kattaroq bo’ladi. YOsh lichinkalar keyingi yoshlardagi lichinkalarga nisbatan birmuncha qoramtirroq bo’ladi, shu bilan birga har galgi po’st tashlashdan keyin ularning rangi oqara borib, nihoyat bir xil tusga kiradi.

Birinchi yoshdagi lichinkalarning uzunligi 5 – 6 mm keladi, orqasining old qismi o’rta qismiga birmuncha kirib turadi, oldingi oyoq chanoqlari o’rtasidagi so’gal hali rivojlanmagan bo’ladi. Orqasi old qismi bo’ylab o’tgan qirralar deyarli ko’rinmaydi, mo’ylovchalari 13 bo’g’imdan iborat. Birinchi yoshdagi lichinka deyarli qora tusda, tanasining pastki tomoni ustki tomoniga qaraganda ochroq bo’ladi. SHu bilan birga oldingi ko’krak yonlarining keyingi burchagi, keyingi sonlarining tubi, keyingi sonlari uchidagi bitta yoki o’zaro qo’shilgan ikkita halqa oq tusda bo’ladi. Bunday oq uchastkalar tufayli yosh chigirtkalarning rangi olachipor bo’lib ko’rinadi; birinchi yoshdagi qir chigirtkasi lichinkalarining xarakterli xususiyati ana shundan iborat.

Ikkinchi yoshdagi lichinkalarning uzunligi 6 – 7 mm keladi. SHu yoshdan boshlab orqasining old qismidagi qirralari ancha ravshan ko’rinib qoladi, ko’kragining old qismida – oyoq chanoqchalari o’rtasida o’tkir uchli bo’rtikcha o’sib chiqadi; shu bilan birga orqasining o’rta va keyingi qismlarida pastga hamda orqa tomonga cho’zilib turgan burchaklar shaklida qanot boshlang’ichlari paydo bo’ladi. Ikkinchi yoshda urg’ochi lichinkalarda tuxum qo’ygich boshlang’ichlari rivojlanadi. erkak lichinkalarning mo’ylovlari 16, urg’ochilariniki esa 17 bo’g’imli bo’ladi. Lichinkalarning rangi odatda olachipor holicha qola beradi, ba’zan esa bir xil kul rang tusga kiradi.

Hayot kechirishi. To’qay chigirtkasi ko’zachalarini daryo va ko’l yoqalaridagi pastliklarga, qurib qolgan ko’l tublaridagi qamishzor va g’allasimon o’t poyalarga qo’yadi. Ko’klam va yoz fasllarida bunday joylar sernam va harorat ko’tarilganida zararkunandaning rivojlanishi uchun qulay bo’ladi. SHu bilan birga qamish va g’allasimon o’tlar bu chigirtkalar uchun eng sevimli oziqa bo’ladi. CHigirtkalar o’rnashib olgan tipik joylar tuxum qo’yish joyi deb ataladi.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish