Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi


Biologik kurash usuli va uni rivojlanish istiqboli



Download 1,09 Mb.
bet11/36
Sana09.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#143175
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
o`simlik xim qil maruza matni

3.Biologik kurash usuli va uni rivojlanish istiqboli

Biologik usul deganda qishloq xo’jalik ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashda ularning tabiiy kushandalaridan, kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar va ularni hayotiy mahsulotlaridan foydalanishga aytiladi.

Bo’g’im oyoqlarining tabiiy kushandalari oziqlanish harakteri jihatidan entomofaglarga ya’ni xashoratlar bilan oziqlanadigan turlarga yoki akarifaglar ya’ni kanalar bilan oziqlanadigan turlariga mansubdir. Biologik kurash choralar bir nechta usulda olib boriladi. Tabiatda bo’lgan tabiiy entomofaglardan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish;

-tajavuzkor yuqori samarali entomofaglarni chetdan keltirib iqlimga moslashtirish;

-parazit va entomofaglarni laboratoriya sharoitida ko’paytirib zararkunanda tushgan dalalarga qo’yib yuborish;

-zararkunanda hashoratlarda chuqur kasallik jarayonini chaqiruvchi mikroorganizmlardan foydalanish.

Hozirgi paytda bu usul bilan O’zbekistonda bir qancha zararkunandalarga qarshi kurash chorasi olib boriladi. Masalan, tut daraxtiga katta zarar yetkazadigan komstok qurtiga qarshi 1947 yil olib kelingan Psevdofikus malinus paraziti, olma daraxtiga zarar yetkazuvchi qon bitiga qarshi subtropik rayonlardan keltirilgan Afilyunis mali paraziti yaxshi natija beryapti.

Keyingi usul bu entomofaglarni laboratoriya sharoitida sun’iy ravishda ko’paytirib qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashdir. Hozirgi vaqtda respublikamizda 700 dan ortiq biolaboratoriyalar tashkil etilib, ularda g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi kuzgi tunlam va ko’sak qurtiga qarshi parazit xashoratlardan trixogramma va brakon so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo’llaniladigan yirtqich hashorat oltinko’z ko’paytirilyapti.

4.Fizik-mexanik va genetik kurash usullari

Zararkunandalarga qarshi kurashda fizikaviy, mexanikaviy kurash usullari alohida o’rin tutadi.

1. Fizikaviy usul deganda zararli organizmlarga qarshi gurli xil fizik omillarni qo’llash tushuniladi. Fizik omillarga elektr toki, yorug’lik nuri, harorat o’zgarishlari (past yoki baland) radiaktiv nurlardan foydalanish va boshqalar kiradi.

Fizikaviy harorat o’zgarishlaridan ombor zararkunandalariga qarshi kurashda, urug’larda kasallik toxumini zararsizlantirishda (bug’doyni qora kuyadan, chigitni gommozdan va h.k.) keng qo’llaniladi. Begona o’glarga qarshi kurashda olovli kultivatorlardan ham foydalaniladi.

2.Zararli hasharotlarni o’ldirishda elektr tokidan foydalanish to’g’risida juda ko’plab tajribalar olib borilmoqda. Bu masalada ma’lum muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Biroq elektr, tokidan foydalanish texnologiyasi va uning o’simlikka tasiri bo’yicha tadqiqotlar xali oxiriga yetkazilmagan.

3.Zararli hasharotlarga qarshi kurashda yorug’likda hasharotlar tutqichlardan foydalanishda ham ma’lum muvaffaqiyatlarga eri. shildi. CHunki, hasharotlarning ko’pchiligi tunda yorug’likka uchadi. Hasharotlarni bu xususiyatidan zararli turlarga qarshi kurashishda foydalanishga uzoq vaqglardan beri qiziqib kelinar edi. Biroq xozirgi paytda elektr yorug’ligida hasharot tutqichlardan faqat bashorat maqsadidagina foydalanilmoqda. Kurash vositasi sifatida foydalanilmasligiga sabab bu tutqichlarda ko’plab foydali hasharotlar ham nobud bo’ladi.

4. Mexanik kurash chorasidan ham o’simliklarni himoya qilish tizimida keng foydalaniladi. Bunga kasal daraxtlarni va shohlarni kesib yo’qotish, zararli hasharotlar yoki ularni tuxumlarini terib yoki ezib yo’qotish, mexanik tutqichlar (olma qurtiga qarshi) belbog’lar qo’llash va boshqalar tushuniladi.

5. Genetik usul deganda hasharotlar geniga turli xil kimyoviy va fizik omillarni ta’sir etgirish orqali ularni boshqarish hamda chidamli navlar yaratish borasidagi olib borilayotgan ishlar tushuniladi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish