NAZARIY MAShG‘ULOT
1-МОДУЛ. Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat xaqida tushuncha
I.Reja:
1. Tabiatning inson hayotidagi roli..
2.Tabiat bilan tanishtirish jarayonida tarbiyachi shaxsiga qo’yiladigan talablar
3.Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati
4.“Avesto”tabiatni muhofaza qilishga oid ilk yozma manba.
5. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tabiatshunoslik fani sohasidagi ilmiy meroslari.
6.Fanning metodika sifatida yaratilishida pedagog asoschilarning qo‘shgan hissalari.
II. Mavzuning maqsadi:
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Tabiat,inson va jamiyat haqida tushuncha.
Sharq va G‘arb olimlarining tabiat, uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi qarashlari. Inson rivojlanishida tabiatning roli.Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining rivojlanishi.
III. Mavzuning vazifalari:
Tabiatni o‘rganish inson kamolotining muhim omillaridan biri ekanligini anglash.
Barkamol shaxsni shakllanishida tabiatdagi hodisalarni ta’siri haqidagi ta’limotlar.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasini fan sifatida yaratilishi haqidagi ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar ijodi bilan tanishtirish.
IV. Tayanch iboralari: tabiat, jonli tabiat, uy, makon, , atrof-muhit, tabiatshunoslik, kuch, qobiliyat, tabiat bilan tarbiya uyg‘unligi.
V. Atamalar:
Biosfera – yerda hayotni paydo bo‘lishi
Ekologiya – uy, makon
Populyastiya – aholi
Autekologiya – “o‘zi”
Sinekologiya – birlikda
Tabiat va uning odamlar hayotidagi ahamiyati. Tabiat - bu organik (tirik) va noorganik (notirik) dunyoni o‘zida qamrab olgan bir butun olam
Tabiat - goyat xilma-xil shakllari, tarkibiy kismlari bilan insoni-yatni kurshab turgan organik va anorganik olamlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat esa undan paydo bo‘lib, ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning bir mohiyati tabiiy (biologik), ikkinchi mohiyati ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi ko‘proq keng va qisman tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tabiat butun ob’ektiv borliq, real voqelik, turli-tuman ko‘rinish-lardagi olam. Tor ma’noda tabiat fan, asosan tabiiy fanlar tabiatshunos-lik o‘rganadigan ob’ektdir. Tabiatning adabiyotlarda ikki darajasi ajra-tib ko‘rsatiladi: birlamchi va ikkilamchi. Bularning birinchisi insoniyat-dan xoli, mustasno tarzda, sof tabiiiy holda mavjud bo‘lgan tabiatdir; ik-kinchisi insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy ne’matlar - tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskan-lari - shahar, qishloq va boshqalar.
Tirik organizmlarning ma’lum bir muhitda yashash qonuniyatlarini, ya’ni organizmlarning o‘zaro va ularni o‘rab turgan atrof-muhit bilan bog-liq bo‘lgan hayot tarzini o‘rganadigan fan ekologiya deb ataladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |