2.3 Oliy o'quv yurtlarida talabalar bilimini baholash mezonlari va texnalogiyasi.
Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng nozik nuqtalaridan biri – OTMlardagi joriy, oraliq, yakuniy va bitiruv imtihonlarning adolatli o‘tkazish masalasidir. Ma’lumki, hozirgi vaqtdagi amaldagi imtihonlar tizimi G‘arbda 1950-yillardan beri mavjud bo‘lib kelgan tizimdan qo‘pol nusxa ko‘chirish bo‘lib, bu tizim bilan talabalar bilimini adolatli baholashga erishilmadi va “mahalliy sharoitlarga” moslashtirib olgan ba’zi kasbdoshlarimiz uni korrupsion sxemaga aylantirdilar, bu hol ancha keng yoyildi, va natija o‘laroq, shunday ham abgor bo‘lgan ta’lim tizimini adolatsiz, jiddiyatsiz, yengil-yelpi va korrupsiya aralashgan sinov, imtihon va attestatsiya tizimi yordamida chalajon ahvolga olib keldik. Ya’ni, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni va ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti, bunga bog‘liq ravishda professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ham ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Aslida OTMdagi sinov, imtihon va attestatsiya tizimi nima uchun kerak va u ta’lim sifatini oshirishda qanday o‘rin tutadi? Imtihon – ta’lim dasturimga kiritilgan predmetlar bo‘yicha talabaning semestr davomida olgan bilimlarini ham nazariy, ham amaliy taraflarini obyektiv baholash demakdir. Obyektiv baholash esa uning shakli va davomiyligidan qat’iy nazar, talabaning o‘zlashtirish darajasini to‘g‘ri va odilona qayd etishi zarur. Haqqoniy, adolatli baholash tizimi oliy ta’lim tizimini tutib turgan ustunlardan biri, shuning uchun butun dunyoda obyektiv baholash tizimini barpo etish va uni mukammallashtirib borish universitet va boshqa OTMlarining asosiy vazifalaridan biridir.
Qolaversa, talabaning bilim va ko‘nikmalari to‘g‘ri va adolatli baholanishi unda ijtimoiy adolatga, ta’lim tizimiga, OTMdagi o‘z ustozlari ishonch va qonun-qoidalarga itoat ruhini ruhini tarbiyalaydi, qolaversa, o‘zining bilim saviyasi haqidagi real tasavvurni shakllantirib, uni yanada o‘qib-izlanishga, o‘zi ustida ishlashga yo‘naltiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5 iyunda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida haqqoniy ta’kidlanganidek, bugungi kunda “... oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti”.
Qarorda oliy ta’lim muassasalari (OTM)da ta’lim sifatini oshirishga to‘siq bo‘lib kelayotgan bir qator muammolar, bugungi kunda uchrayotgan og‘riqli nuqtalar ochiq-oydin sanab o‘tilgan, shulardan biri - talabalar bilimini baholash tizimining eskirganligi va bugungi talablarga javob bermayotganligidir. Haqiqatan ham, ta’lim sifatini ko‘rsatuvchi yagona omil –baholashning reyting tizimi orqali aniqlanuvchi talabaning bilimi va kasbiy kompetensiyasidir. Binobarin, talabaning bilimi davlat ta’lim standartida belgilangan talabga javob beradimi, yo‘qmi, faqat shuni adolatli va tizimli ravishda tekshirish kerak.Shu tufayli Prezidentimiz tarafidan qabul qilingan Qarorda yuqorida tilga olib o‘tilgan holatlarga barham berish uchun baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirish hamda ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini, shu jumladan muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etish xususida juda muhim ko‘rsatmalar berilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, fanlardan dars bergan o‘qituvchi-pedagoglarning yakuniy nazorat jarayonidagi ishtirokini istisno qiladigan tizimning qo‘llanilishi ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi.8
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy va oraliq baholash jarayonlari talabaning mantiqiy fikrlash tarzini, olgan bilimlarini tizimli bayon qilish mahoratini oshirish maqsadida ta’lim bergan professor-o‘qituvchi bilan yuzma-yuz muloqot, suhbat, kollokvium tarzida o‘tkazish maqsadga muvofiq va bunda talaba gradatsiya (baholash) uchun qo‘yiladigan 100 balning eng ko‘p 50 foizini to‘plashi mumkin. Baholashni siklik tarzda boshidan oxirigacha dars bergan prof.-o‘qituvchining inon-ixtiyoriga qo‘yib berish hamisha ham kutilgan natijalarni beravermaydi. Talabaning bilimini obyektiv baholashni oshirish hamda berilgan darsning sifatini aniqlash maqsadida yakuniy baholashlarni boshqa professor-o‘qituvchilar yoki umumiy kurs materiallarini o‘z ichiga olgan testlar yordamida, reyting baholashning kompyuter tizimi orqali amalga oshirish mumkin. Talaba gradatsiya (baholash) uchun qo‘yiladigan 100 balning 50 foizini ana shu tizimda to‘plaganida:
Talabaning bundan oldingi bosqichda olgan baholarining (ballarining) obyektivligi aniqlash;
Professor-o‘qituvchining talabalarga qo‘ygan baholarining (ballarining) obyektivligi va asoslanganligi aniqlash;
Talabaga predmet bo‘yicha berilgan bilimlarning hajmi va uning bu predmetni o‘zlashtirishda erishgan ko‘rsatkichini qiyosiy baholash imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Hech kimga sir emaski, hozir OTMlardagi reyting baholash tizimi o‘zining samarasizligi, noobyektivligi bilan katta muammoga aylandi. Biror mavzuda 10-15 minut gapira olmaydigan, 1 bet ma’lumotni o‘z fikrlari bilan qog‘ozga tushirolmaydigan talabaning hech qanday akademik qarzdorliksiz kursdan-kursga “muvaffaqiyatli ravishda” o‘tishi, OTMlarni bitirib ketishi ana shu reyting tizimi “yordamida” yuz bermoqda. Bu tizimni jiddiy yangilamasdan va o‘zgartirmasdan oliy ta’lim tizimdagi islohotlarda muvaffaqiyatga erishish qiyin.
Talabalar bilim va ko‘nikmalarini baholashning yangi tizimini joriy qilish, albatta, ignadan ip o‘tkazgandek sip-silliq bormaydi. Yillar davomida shakllangan mavjud tizimni bir hamla bilan o‘zgartirish qiyin, ammo bu ishni yakuniy nazoratlarni muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etish bilan boshlanishi va amaliyotning ehtiyojidan kelib chiqqan holda muttasil takomillashtirilib borilishi kerak.
Bu hol, zinhor OTMlardagi professor-o‘qituvchilarga ishonchsizlik degani emas. Jahon ta’lim tarixida bunday keskin burilishlar va talabalar bilimini baholashdagi adolat me’yorlarini buzadigan holatlarga qarshi ko‘rilgan choralar ko‘plab uchratamiz. Singapur, Janubiy Koreya, Turkiya, Chili kabi mamlakatlarda yaqin o‘tmishda oliy ta’lim tizimini takomillashtirishda, korrupsiya va boshqa noqonuniy hollarning oliy ta’lim tizimidan siqib chiqarilishida bunday yo‘llarga murojaat qilingan. Binobarin, bizning ta’lim tizimimizning o‘ziga xos xususiyatlari, talabalar va prof.-o‘qituvchilarining mentaliteti va tafakkur tarzidan kelib chiqqan holda, eski tizimdan qolgan tanish-bilishchilik, tamagirlik, “telefon huquqi” kabi g‘ayriqonuniy holatlarni butunlay yo‘qotish va eng muhimi, mamlakatga bugungi kun talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlab berish uchun bu ishni bugun qilishimiz kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida “talabaning o‘zlashtirish darajasi – professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni” tamoyili joriy etilishi belgilab qo‘yilgan. Bu esa ayrim o‘qituvchilarning ko‘r-ko‘rona dars o‘tib, o‘zining ham, talabaning ham vaqtini o‘g‘irlashdek og‘ir oqibatlarni bartaraf qilishga imkon beradi. Bunda ushbu tamoyil talablariga javob bermaydigan professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘rish belgilangan.
Vaholanki, bugungi mavjud tizimda professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emas, vijdonan va tashabbus bilan ishlaydigan, zamonaviy bilimlarning katta zaxirasiga ega domlalar bilan bir qatorda bir zamonlar qo‘lga kiritgan nomzodlik, doktorlik darajasi bilan kifoyalangan, OTMdagi faoliyatini shaxsiy manfaat yo‘liga burib yuborgan o‘qituvchilar ayni maoshni olmoqda, ayni ijtimoiy muhofaza imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Mavjud attestatsiya tizimi bilan birorta zamonaviy talabga javob bermaydigan professor-o‘qituvchini OTMdan chetlashtirishning hech iloji yo‘q. Shu tufayli talabalarning bilim va ko‘nikmasini baholashning odilona tizimini barpo etish bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimini ham barpo etish zarur. Chet el universitetlarida o‘z bilimlari va kasbiy mahoratini takomillashtirib bormaydigan professor-o‘qituvchi hatto bir muddat (4-5 yil) ham ishlay olmaydi. Talabalar tomonidan anketa so‘rovlarida domlaga berilgan baho va o‘qituvchining so‘nggi paytlarda e’lon qilgan ilmiy va uslubiy ishlarining tahlili professor-o‘qituvchini OTMdan muddatidan oldin chetlashtirishga asos bo‘la oladi. Bizda esa buning tamoman tersi – bundan 20 yil oldin olingan diplom va 100 nusxada chop etilgan uslubiy qo‘llanma bilan har qachon tanlovlardan o‘taverasiz... Chunki professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholash tizimi yo‘q va mavjud mezonlar juda eskirgan.
Shuningdek, talabalar bilimini obyektiv va masshtabli (keng qamrovli) baholash texnologiyasi bo‘yicha kadrlar tayyorlanishi, ilmiy markaz va laboratoriyalar barpo etilishi eng dolzarb vazifalardandir. Bizda aynan ana shu tizimning va malakali kadrlarning mavjud emasligi uchun bu boradagi ishlarimiz chet el tajribasidan qo‘pol nusxa ko‘chirish yoki “sinab ko‘rib, xatoni tuzatish” tamoyili bilan cheklanib qolmoqdamiz. Boshlang‘ich o‘laroq, hozirda 2 oy davom etadigan professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish jarayoni doirasida kerakli-keraksiz narsalarni majburlab o‘rgatish o‘rniga professor-o‘qituvchilarimizga reyting baholash tizimining zamonaviy usullarini o‘rgatsalar edi, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.
Xullas, OTMlardagi talabalar bilimini baholash tizimi hamda professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholash tizimi inqilobiy o‘zgarishlarga muhtoj. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni sobitqadamlik bilan hayotga joriy etish va oshkoralik, shaffoflik, jamoatchilik nazorati bilan oliy ta’limda bu inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin va lozim.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) hamda Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari tashkil etilsin.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholi orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta’limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o‘qituvchilarda zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
hududlar, tarmoqlar va ta’lim muassasalarining xorijiy tillarni o‘zlashtirgan mutaxassislarga ehtiyojlarini tahlil qilish natijalari asosida talab yuqori bo‘lgan xorijiy tillarni o‘qitishni tashkillashtirish;
xorijiy tillarni o‘qitish sohasida “bog‘cha-maktab-oliy ta’lim tashkiloti-korxona” tamoyilidagi uzluksiz ta’lim zanjirini joriy etish maqsadida aholining barcha qatlamlariga mos bo‘lgan tilni o‘rganish bo‘yicha uslubiyot va tavsiyalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, tilning asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun videorolik, o‘yin, ko‘ngilochar ko‘rsatuv, filmlar va boshqa o‘rgatuvchi kontent yaratilishini tashkil etish;
davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish uslubiyotlarini yaratish hamda ushbu yo‘nalishda mutaxassislarning malakasini oshirishda ko‘maklashish;
hududlar, tarmoqlar, davlat organlari va ta’lim tashkilotlari kesimida xorijiy tillarni bilish reytingini yuritish, xorijiy tillarni o‘rganishni yanada ommalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati tuzilmasi hamda Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakilligi namunaviy tuzilmasi 1 — 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 73 nafar, shu jumladan markaziy apparatida 31 nafar va Agentlikning hududiy vakilliklarida 42 nafarni tashkil etadi;
Agentlik va uning vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 34 ta shtat birligi, Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimining 39 ta shtat birligi hisobidan tashkil etiladi;
Agentlik direktori va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Agentlik xodimlari mehnatga haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish sharoitlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
3. Xorijiy tillarga o‘qitishning sifatini oshirish maqsadida:Oldingi tahrirga qarang.(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini ta’sis etilsin.Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta’lim maktablari o‘rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:birinchi bosqich — tuman va shaharlarda o‘tkazilib, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha;ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, g‘oliblar 250 mln so‘mgacha;uchinchi bosqich — respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlansin.Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni tasdiqlasin:xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar va ularga biriktiriladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati hamda ushbu maktablarni jihozlash dasturi;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun maktablar orasida musobaqalarni o‘tkazish tartibi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 50 mln so‘mgacha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
5. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
a) ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilsin.Bunda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida S1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar, davlat oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining xarajatlari esa oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilansin;
b) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etilsin. Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olinsin;
v) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etilsin;
g) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilariga Davlat budjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olishi uchun 1 mln so‘mdan mablag‘lar ajratilsin. Bunda, tavsiya etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ro‘yxati hamda ularni sotib olganlik to‘g‘risida hisobot shakli Xalq ta’limi vazirligi va Agentlik tomonidan belgilanadi.Moliya vazirligi (T. Ishmetov) xorijiy tillar o‘qituvchilarining sertifikatni olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash va ustama to‘lash, shuningdek, ushbu o‘qituvchilar tomonidan adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olish uchun 2021-yilda qo‘shimcha 100 mlrd so‘mgacha ajratilishi hamda 2022-yildan boshlab tegishli mablag‘larni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib borsin.
6. Xorijiy tillarni o‘qitish sohasiga malakali kadrlarni jalb qilish va soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish maqsadida:
2021/2022 o‘quv yilida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari esa uch baravarga oshirilsin;
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tomonidan davlat attestatsiya imtihonlarini topshirish bilan bir qatorda ushbu ta’lim muassasalari hisobidan milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlari orqali ularning bilimlari darajasini aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etilsin. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutilsin.
7. Davlat xizmatchilari tomonidan xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirish hamda davlat organlarini yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida:2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlarida ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba xodimlarni xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama tashkilotlarning budjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan to‘lansin;2022-yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talabgorga qo‘yiladigan majburiy malakaviy ko‘nikma sifatida belgilansin;davlat organlarining rahbarlari o‘rinbosarlaridan biriga xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, shu jumladan Agentlik bilan hamkorlik qilish vazifalari yuklatilsin.Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov), Agentlik, Adliya vazirligi (R. Davletov) va Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda davlat organlarida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritsin.
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Agentlik va Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkillashtirish maqsadida:Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — 2021-yil 1-iyulga qadar Agentlik bilan birgalikda joriy yil ikkinchi yarmi uchun mo‘ljallangan hududlarda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqsin, keyinchalik esa har yili 15-yanvarga qadar bunday “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqib, tasdiqlasin;Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari — har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha tegishli hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini eshitib borsin;Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev) — har yarim yilda ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilishini Hukumat majlislarida muhokama qilib borsin;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — ushbu qarorda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini nazorat qilsin.9
Xulosa.
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o’quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo’yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o’quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko’zga tashlanayotgan bir vaqtda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo’lib kelgan. SHu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud harashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. SHuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o’quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko’nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o’quvchilarning og’zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og’zaki javob berish jarayonida «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:Og’zaki tekshirishning mohiyati shunda ko’rinadiki, o’qituvchi o’quvchilarga o’rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o’zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og’zaki tekshirish o’quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og’zaki tekshirishda o’qituvchi o’rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o’quvchilarga savollar beradi. Biroq, o’quvchilarning nutqini o’stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo’lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko’pgina fanlarda og’zaki tekshirish o’quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida to’ldirib boriladi. Masalan, o’quvchilarning «Qo’shma gaplar» mavzusini qanday o’zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo’l tutish mumkin. Ular o’z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og’zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko’nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga haramay o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og’zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. CHunonchi, uni qo’llash jarayonida.
Ma'lumki, baholash funktsiyalari faqat tayyorgarlik darajasini tasdiqlash bilan cheklanmaydi. Baholash o‘qituvchini o‘rganish, ijobiy motivatsiya va shaxsga ta'sirini rag'batlantirishning eng samarali vositalaridan biridir. Aynan ob'ektiv baholash ta'siri ostida maktab o‘quvchilarida o‘z-o‘zini baholash, o‘z yutuqlariga tanqidiy munosabat shakllanadi. Shuning uchun baholashning ahamiyati, uning funktsiyalarining xilma-xilligi maktab o‘quvchilarining ta'lim faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularning identifikatsiyasini ta'minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlashni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bilim va ko‘nikmalarni baholashning amaldagi tizimi uning diagnostik qiymati va ob'ektivligini oshirish uchun qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Baho (ball) baholash jarayoni, baholash faoliyati yoki harakati, ularning shartli ravishda rasmiy aks etishi natijasidir. Psixologik nuqtai nazardan, baholash va bahoni aniqlash, uning natijasi bilan muammoni hal qilish jarayonini aniqlash bilan baravar bo‘ladi. Baholash asosida belgi uning rasmiy mantiqiy natijasi sifatida ko‘rinishi mumkin. Ammo, bundan tashqari, baho - bu mukofot va jazo xususiyatlarini birlashtirgan pedagogik rag'batlantirish: yaxshi baho - mukofot, yomon baho - jazo. Baholash odatda maktab o‘quvchilarining mavjud bilimlari va ular ko‘rsatgan malaka va ko‘nikmalarga bog'liq. Bilim, ko‘nikma va malakalarni birinchi navbatda o‘qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham ularni takomillashtirish, chuqurlashtirish, oydinlashtirish yo‘llarini belgilash uchun baholash kerak. Shu bilan birgalikda o’quvchi tomonidan o’qituvchiga berilgan baho bu o’quvchi va o‘qituvchining ishlash samaradorlik istiqbollarini aks ettirishi muhimdir, bu har doim ham o‘qituvchilarning o‘zi tomonidan amalga oshirilmaydi, ular bu belgini o’quvchilarning faoliyatini baholash deb biladilar. Ko‘pgina mamlakatlarda o‘quvchilarning baholari ta'lim samaradorligini baholash uchun asos bo‘lib, ta'lim sifatining muhim parametrlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, o’qituvchining qo’ygan bahosi o’quvchida rostdan ham shu bahoga rozi bo‘lgandagina foydali tarbiyaviy samaraga olib keladi. Yaxshi ishlayotgan maktab o‘quvchilari uchun o‘zlarining baholari bilan o‘qituvchi tomonidan berilgan baholarning tasodifligi 46% hollarda bo‘ladi. Va o’z ustida ishlamaydigan o’quvchilar orasida - 11% hollarda mos kelarkan. Agar o’quvchilar o‘qituvchilar talablarini tushunsalar, baholashning tarbiyaviy samarasi ancha yuqori bo‘lishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |