ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-901-905
Academic Research, Uzbekistan 902 www.ares.uz
obrazgina xarakter darajasiga ko‟tarila oladi. Asar qahramonining xarakterini
ochishda, nafaqat, uning xatti – harakatlari, balki uning ruhiyatlarida yuz berayotgan
o‟zgarishlar ham muhim rol o‟ynaydi. Olim yuqoridagi fikrlarini davom ettirar ekan,
o‟z fikrlarini mohiyatini tushuntirish uchun turli tomondan yondashadi. “Nazariy
adabiyotlarda xarakterning mohiyatini aniqlaydigan ikki asosiy xususiyat ko‟rsatiladi:
a) shaxs iroda yo‟nalishini ko‟rsatuvchi narsa xarakterni belgilaydi. N. Pogodinning
uqtirishicha, “agar odam burnini qashisa, sekin yoki tez yursa shu bilan xarakter bo‟la
bermaydi, xarakter – shaxs irodasining yuzaga chiqishi, harakatda ifodalanishi”
demak, xarakter eng, avvalo, shaxs irodasi, o‟sha irodaning yo‟nalishi, uning yuzaga
chiqishi va ifodalanishi bilan belgilanadi. (M. Qo‟shjonov). Shaxsning iroda
yo‟nalishi muhitning shaxsga faol munosabati va, aksincha, shaxsning muhitga
munosabatidan paydo bo‟ladi; b) xulq-atvorni belgilaydigan individual ruhiy belgilar:
mardlik, qo‟rqoqlik, insoflilik, insofsizlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik,
ishyoqmaslik, dangasalik kabilar. Bunday individual ruhiy xususiyatlarsiz xarakterni
tasvirlab bo‟lmaydi”. Ko‟rinadiki, olim nazariy adabiyotlarga tayangan holda
xarakter mohiyatini aniqlashda ikki asosiy xususiyatni ko‟rsatadi. Ulardan birinchisi,
shaxsning iroda yo‟nalishi deb olsa, ikkinchisi, xulq-atvorni belgilaydigan individual
ruhiy belgilar deb ko‟rsatadi. Demak, biz shaxsning iroda xususiyatida, asar
personajining xarakterini ochishda uning tashqi harakatini ko‟rsak, individual ruhiy
belgilari orqali uning ichki dunyosini anglashimiz mumkin bo‟ladi.Bu borada asar
bosh qahramonlaridan biri Normat xarakteri, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shaxs
dinamikasi Normat obrazida butun bo‟y-basti bilan namoyon bo‟ladi.Asar boshida
Normat kamgap, sipo, birovga ozor bermaydigan odam sifatida tasvirlansa-da, ammo
uning nomus-or uchun jonini qurbon qilishga tayyorligini, so‟zini birovlarga berib
qo‟ymaydigan inson ekanligini asar davomidagi voqealardan bilib olish mumkin
bo‟ladi.
O‟z dalasida ishlayotganda rais Mirzaqul bilan tortishib qolib, uni o‟roq bilan
chopib tashlashiga bir bahya qolishi, xotining xiyonati tufayli qishloqdoshlaridan
yashirinib yurishi, Xolmat merganni ushlashda Mirzaqulning haqoratiga javobi,
umuman, nomusini birinchi o‟ringa qo‟yishi Normat xarakteridagi muhim qirralarini
yanada yorqinroq ochib beradi. Asarni o‟qib borar ekansiz, Normat xarakteridagi
o‟zgarishlarni ilg‟ay boshlaysiz, Ho‟sh bularning hammasi qay tariqa ro‟y berdi?
Bunga sabab nima edi? Bu o‟zgarishlarning hammasi nima bilan bog‟liq edi?
Normat xarakterini o‟zgartiruvchi bosh omil urush edi.U avvallari o‟ziga ishongan,
mard, or-nomus tuyg‟ularini birinchi o‟ringa qo‟ygan, jiddiy, kamgap insondan
butunlay boshqa insonga aylanib qolgandi. Asarda Normat obrazi orqali yozuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |