Paxtakor tumani XTB tasarufidagi 13- umumiy o’rta ta’lim maktabida “ Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish davomida havfsizlik va yong’in havfsizligini ta’minlash” mavzusida o’tkazilgan yig’ilish
B A Y O N N O M A S I 10.03.2022-yil
№ 3
Rais: Z.I.Shodiyeva Maktab direktori Kotibi: N.Xamrayeva . Xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Ishtirok etdi: Paxtakor tuman FVB boshlig’i A.To’rayev, FVB inspektori Sh Sulaymonov, hamda maktab o’quvchilari va o’qituvchilar jamoasi to’liq tarkibda.
Kun tartibidagi masalalar:
“ Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish davomida havfsizlik va yong’in havfsizligini ta’minlash”
2.O’quvchilar o’rtasida “yong’in xavfsizligiga qarshi kurashni targ’ib etish.
Eshitildi:
Maktabda o’tkazilayotgan “ Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish davomida havfsizlik va yong’in havfsizligini ta’minlash” tadbiri tavsilotlari bilan yig’ilish qatnashchilarini ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari J.Eshmurodov tanishtirib yig’lishni ochib berdi. Kun tartibidagi 1- masala yuzasidan maktab direktori Z.I.Shodiyeva so’zga chiqib 2022-yilning “ Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish davomida havfsizlik va yong’in havfsizligini ta’minlash” lozimligini e’lon qilinganligi to’g’risida o’z fikrini aytib o’tdi,va shu mavzu yuzasidan so’zni Paxtakor tuman FVB boshlig’i
I A.To’rayevga berdi. U “ Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish davomida havfsizlik va yong’in havfsizligini ta’minlash” yuzasidan yig’ilish qatnashchilariga tushunchalar berib, yong’in hodisalarining oldini olish yong’in xafsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish lozimligini aytdi va “Yong’in xafsizligi kunlari ” tadbirini o’tkazishga keng jamoatchlikni jalb etish fikrini bildirdi.
2-masala yuzasidan maktab ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari J.Eshmurodov so’zga chiqib yong’inni oldini olish to’g’risida ko’proq elektr jixozlaridan tog’ri faydalanish kerakligini aytib o’tdi.Yig’ilish so’ngida bo’lib o’tgan sovol-javob va muzokaralardan so’ng
Yigilish qaror qabul qiladi.
“ Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish davomida havfsizlik va yong’in havfsizligini ta’minlash” munosabati bilan uni tashkil etish va maktab hududida havfsizlik choralari kuchaytirilsin.
Ish vaqti tugagandan keyin barcha elektr uskunalarini o’chirish ta’minlansin.
Belgilangan vazifalarni bajarilishini doim nazorat qilib borish maktab xo’jalik ishlari director o’rinbosari N.Xamrayeva zimmasiga yuklatilsin.