Navro’z senariysi. Chorlov (musiqa) Bahor valsi



Download 34.92 Kb.
Sana19.03.2020
Hajmi34.92 Kb.
Navro’z senariysi.

-Chorlov (musiqa)

- Bahor valsi(musiqa kichkinalar)


  1. Assalom ko’klam sevinchi

Navro’zi olam marhabo

Assalom gullar ilinji

Navro’zi olam marhabo

Qutlug’ bo’lsin poyqadaming

Yurtimizga hush kelding

Tashna ko’ngillar quvonchi

Navro’zi olam marhabo


  1. Assalom navro’zim ona navro’zim

Men seni ko’p kutdim to’rt bo’lib ko’zim

O’zbekni shod etib sen kirib kelding

O’zingni bahtli deb shamoldek yelding

Navro’z kelishi bilan urushganlar yarashar

Yurt o’g’il qizlarga mehr nurin ulashar

Seni esga olganda xamma bo’lar shod-hurram

Chunki senda mujassam o’yin kulgi va bayram
Ko’klamoyim (qo’shiq)


  1. Assalomu alaykum aziz mehmonlar, mehri daryo ustozlar, qadrli o’quvchilar. Sizlarni yurtimiz bo’ylab davom etayotgan qutlug’ bahor bayrami, bahor ayyomining boshlanishi Navro’zi olam bilan muborakbod etamiz.




  1. Yasharish, yangilanish, ezguliklar ulug’langan muborak kun – navro’zingiz muborak bo’lsin deya “Xush kelibsan yurtimga navro’z” shiori ostida bo’lib o’tayotgan bugungi kechamizga hush kelibsiz.




  1. Derlar bahor uyg’onish fasli

Bahor bilan go’zaldir dunyo

Bor go’zallik bahordan asli

Kelar qalbga bag’ishlab ziyo


  1. Yangi ro’zim, yangi iqbol, yangi so’zim

Yaxshilarning hislatidan quvnar ko’zim

Yomoninga qarab o’zing bergin to’zim

Bahor senga yetkazgani rost bo’lsin
Assalom qo’shiq (Fozil)


  1. Bugun o’zgachadir jilvai olam

Bugun o’zgachadir borliqda xanda

Bugun ko’zlaringda xatto quyosh ham

Shaffaq gulshanida tarang chirmanda



  1. Bu kun tong egnida atlasdan ko’ylak

Shafaqqa o’ralgan qizlarday gulgun

Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak

Sanamlar qo’lida intizor bu kun

Keling xozir tabriklash uchun so’zni maktabimiz rahbari Irmatova Rayxona Erkinovnaga beramiz.


  1. Quvonchlardan jo’sh uradi yuraklar

Qalbimizda olam-olam tilaklar

Ulug’ ayyom yana bizni so’roqlar

O’zbegimning bayramlari ko’p bo’lsin

Tinchlik bo’lsin xar to’rttala tomonda

Qushlar quvnoq sayrasinlar chamanda

Shuhrat yozdi sherin go’zal zamonda

O’zbegimning bayramlari ko’p bo’lsin


  1. Bo’y ko’rsatib jahon ichra kamoling

Dunyolarga tinglashmoqda jamoling

Esib tursin mustaqillik shamoling

O’zbegimning bayramlari ko’p bo’lsin

Bir tomonda poyga, kurash, ko’pkari

Dil zavqini yashirolmas yosh qari

To’kilmasin dil rangining oxori

O’zbegimning bayramlari ko’p bo’lsin
Bugun bayram (raqs)


  1. O’tar kuning o’taverar, so’ramaydi

Boshga tushgan qorni birov kuramaydi

Tosh nuraydi pok niyatlar nurashmaydi

Ketar yiling shukurin qil kuzatib qol

Bahor keldi bag’ringni och, hush kutib ol




  1. Kelgin, gulga ham rayxonga bo’l xamnafas

Xasadi qo’y, diling to’la bo’lsin xavas

Vatan bizdan vafo kutar vadalarmas

Gar xamrohing ilmu hikmat, kasbi kamol

Yangi yilda senikidir bahtu iqbol.




  1. Sog’lom farzand inson hayotining totli mevasi. U qalblarga quvonch dillarga shodlik bahsh etadi. Uning beg’ubor kulgusi zaminni yashnatadi. Bunday fusunkar chehrani esa albatta ayol yaratadi. Sog’lom onadan sog’lom farzand dunyoga keladi.

  2. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek xech bir narsa vatanni sportchalik dunyoga tanita olmaydi. Farzandlarimiz sport bilan qanchalik ko’p shug’ullansa shunchalar sog’lom bo’ladi.

Gar mustahkam bo’lsa qo’rg’on Vatan obod

Ezgu niyyat ijobatdir ko’ngillar shod

Yurt koriga yaraydigan farzand bo’lar

Bu qo’rg’onda kamol topgan sog’lom avlod
O’zbek jang san’ati chiqishi(qo’shiq)


  1. Mustaqillik yashnamoqda zafarlarga yo’l ochib
    Yurtboshining har so’zi quyosh yanglig’ nur sochib
    Bo’ling dedi ajdodlarga xur vatanga munosib
    Kurash xalqim baland ko’tar O’zbekiston sharafin




  1. Mustaqillik berdi erking, elni gullat to abad
    Zaxmat ila halol ishla, xur Vatanni qil obod
    Mashaqqatsiz, kurashlarsiz, o’zi kelmas baxt, omad
    Kurash polvon, baland ko’tar O’zbekiston bayrog’in.



  1. Chechaklar ochildi yurtim bag’ringda
    Navro’z kezib yurar xar bir shaxringda
    Qo’shiqlar kuylayman sening axdingda
    Navro’zing muborak ey ona diyor




  1. Har bir xonadonda polvon o’g’ling bor
    Do’stlarga mehring bor so’nmas so’zing bor
    Xar doim ko’zingda porlasin bahor
    Baxoring muborak ey ona diyor


Xush kelding navro’z.(qo’shiq Kamol and Fazilat)


  1. Bu yilgi Navro’z yurtimizga o’zgacha shukuh va tarovat bilan tashrif buyurdi. Navro’z bu orzu istaklar, mehr oqibat, xamda ezgu tilaklar bayramidir.




  1. Navro’z tinch osmon uchun. Bolalarning baxti uchun ertangi porloq kunlar uchun ko’nglida shodlik va shukronalar bilan kelgani rost bo’lsin.


1. Olam olam dur bilan
Bog’lar to’lib nur bilan
Quchog’ingda gul bilan
Xush kelibsan navbahor (baxor oy chiqadi Nargiza)

Mana men go’zal bahor

Yetib keldim sizlarga

Jon kiritdim daraxtlaru

G’unchalar ildizlarga

Oppoq o’rik gullarim bilan

Iliq quyosh nurlarim bilan

Kamalakdek o’ntus tovlanib

Yashillanib goh olovlanib

Mehmon bo’lib keldim azizlar

  1. Bu zamonda maysalar quchib
    Ochilmasdi binafsha lola

Qaldirg’ochlar kelmasdi uchib

Sen kelmasang Navro’zoy jo’shib (Navro’zoy-Nilufar)



Salom ko’m-ko’k bahorim

Soylari sho’x oqarim

Hay-hay go’zal jamoling

Gulkiraydi kamoling

Sarpo kiydi bog’ dalam

Menman navro’zu olam

Oftob shulasi alvon

Kamalak ko’kda Narvon

Qarang go’zal bu bog’lar

Salom aziz mehmonlar

  1. Cheksiz ekinzor bo’ylab

Mehnat xayot jo’sh urar

Dehqon ekkan don-dunlar

Tezda maysadek unar (Dehqon bobo chiqadi-Asad)

Salom senga navro’zi olam

Salom senga bahor bayrami

Senga olqish senga sharafshon

O’tkazaylik bugun gul rayhon

Sizlarga keltirdim ko’chat va gullar

Eksangiz uni yashnagay dillar

Bugun sizlarga tilayman tilak

Azizlarim navro’zingiz bo’lsin muborak
Bolajonlar boshlaylik yalla navo nazmini

Yigit-qizlar raqs tushing boshlang bayram bazmini


  1. Rahmat senga go’zal bahoroy

Hush kelibsan navro’zi olam

Sog’ bo’lingiz dehqon bobojon

Yuzga kiring bo’lingiz omon
1-2. Navro’zni yod etish o’zbekka odat

Navro’z bizga keltirsin bahtu-saodat


  • Navro’z (qo’shiq Nargiza, Nilufar)

  • 1-V sinf (raqs)

  • 1-B sinf (raqs)

  • Gulbahorim (raqs Kattalar terma)

  • Boychechak (raqs xamma)

  • Gulbahor (raqs 7-8 sinflar)

  • Do’ppi (raqs 11-B sinf)

  • Qaldirg’och (raqs Kattalar)




  1. Ezguliklar, muhabbat, xayr-sahovat, shavqat va shafoat ayyomi navro’zi olam shaniga aytilajak ta’rifu taqsinlarni hisobi yo’q. bugun yurtimizning barcha go’shalarida bu qadimiy ayyom milliy qadriyatlarimizga xamoxang xalq sayllari bayram tadbirlari hush kelibsan yurtimga bahor shiori ostida bo’lib o’tmoqda.

  2. Yana bir bor siz azizlarni fusunkor tabiati, qut-barakasi ila ko’ngillarga olam-olam shodlik xamda orzu-umidlar bag’ishlab yurtimizga kirib kelgan qadimiy va hamisha navqiron navro’z ayyomingiz bilan muborakbot etamiz.




  1. Bu kun muborak tong navro’zi ayyom

Bu kun ezgulikka cho’lg’angan olam

Bu kun hayajonda sevinchda yurak



Ey aziz do’stlarim navro’z muborak.
Rustam and Damira (Navro’z)

-Obod vatan bizniki (qo’shiq yigitlar)

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa