"Navro 'z" bayramini о 'tkazish ssenariysi
Tadbir o'tkaziladigan.zal bаyram libosida qilib bezatiladi. Zalning to`rida "Assalom Navro'z" уоn, tomonIarida bahorni madh etuvchi shiorlar yozilgan plakat va yozuvlar ilingan bo'ladi. Zalning har то'rt tomonida stollar to'rt -olti kishi o'tiradigan qilib did bilan qo'yiladi. DasturxonIar to'shalgan stol usti gul va bahorning tansiq taomlari bilan bezatiladi (Sumalak, ko'k somsa, chuchvaralar, xar-hil o'zbek milliy taomlari). Bahor faslini madh etuvchi kuy jarangdor sado bеrib turadi. Bayramga maktab о' quvchilari, о'qituvchilar, faxriylar, mahalla oqsoqollari taklif etiladi. Bayramni olib boruvchi barcha bayram qatnashchilarini bezatilgan dasturxonga taklif etadi. Shu tariqa Navro'z bayrami tantanali ravishda boshlanadi.
Aylabon Lutfiy - karam Navro'zi olam keldilar.
О'smadan qoshi qalam Navro'zi olam keldilar.
Boshlovchi: Onа yurtim bag'ring to'lib ol nafas.
Ozodlikning Nаvro 'zlari muborak!
Xar chexrada barq urmoqda istiqlol.
Turkistonim istiqboldan ber darak.
Erk nasibi yelaversin gurkirab.
Dala-tuzing chechaklarga burkansin.
Alp o'g'loning tuprog'ingga bosh urib.
Maysalardan birlashmoqni o'rgansin.
Boshlovchi: Assalomu alауkum Navro 'z qatnashchilari!
Sizlami yangi yil bahor bayrami bilan сhin qalbimdan tabriklayman.
Aziz mehmonIar! Navro'z bayrami uchun tayyorlangan tadbirimizga marhamat!
Bugungi bayramingiz ko 'ngilli о 'tsin.
Navbat san'atkorlarga beriladi. Navro' zni madh etuvchi qo' shiqlar zal bо’ylab jaranglaydi.
Bosblovchi: Navro' z! Bahor! Asrlardan beri xalqimizning bunday an'anasi bor. Вu an'anasi
Navro 'z saylidir. Shoirman, mussavirman, san'atkorman degan kishi borki, bu shodiyonani tasvirlashga
albatta urinib ko' radi. Вu shodiyonadan qalbi larzaga kelmagan ijodkor xali tug' ilmagan. Вu fasl muhabbat va uyg'onish fasli, qo'yi baraka, mehnat va jasorat fasli.
Boshlovchi:
To'lg'ondi yer,yengil to'lg'ondi. Bo'sh tuproq bag'rini yorib. Nozik yashil maysa uyg'ondi
Navdalarni uchida kulib, Fasillar ichida o’xshashi yo’q Bizga yoqqan Bahor uyg' ondi ...
- На bahor uyg'ondi. Bahor bilan birga odamlar qalbida shijoat uyg'ondi.Dalalar uyg'ondi. Dalalarda jasorat uyg'ondi, mehnat uyg'ondi. Navro'z saylidan qaytayotgan dehqon tо'g'ri dalasiga уо'l oladi. Navro' z, shu zahmatkash dehqonlar haqqi hurmati qadaming qutlug' bo'Isin. Tabrik so'zi beriladi, San'atkorlar bahorni madh etuvchi qo'shiqlar kuylaydi, Bayram
qatnashchilari raqsga tushadilar,
Bosblovchi: О'уnamoq, kuylamoq kerak
Kelganda Navro'z bayrami
Bog' aro yurmoq kerak,
Kelganda Navro'z bayrami
Lolalar termoq kerak
Kelganda Navro'z bayrami
Gashtini surmoq kerak, Kelganda Navro'z bayrami
На, bu faslda ayollar somsa-yu sumalak pishirish bilan ovvora bо 'ladi, Erkaklar ketmon-u о 'roq charxlab yerga kerakli bo'lgan asbob-uskunalar tayyorlaydilar. Xuddi ana shu kezlarda og'ilxona mollarini oftoga boyjoylarga olib chiqiladi, Qish bo' yi ifloslangan junlarini yuvib taraladi. Вu faslda yerga ko' chat о' tkaziladi,urug' tashlanadi,
Shundan so'ng bir guruh qizlar "Navro'z" haqida she'rlar mushoirasini davom ettiradi.
Qizlar she'r o'qiyotganda "Bahor" valsi kuyi san'atkorlar tomonidan ijro etiladi. Navbat san'atkorlarga
Ьегiladi,
Boshlovchi:
Lolalar alvon-alvon,
Sumalak berar darmon
Sumalak уеtmау qolgan,
Bir umr qilar armon.
Bilasizmi? "Sumalak" ne degani? "Sumalak" aslida "Sumalak" o`ttiz farishta degani. Sumalak
pishayotganda qozon boshida o'ttiz malak о'tiradi. Oshpaz emas o'shalar, pari-yu farishtalar pishiradi.
Tong maxali hamma charchab uxlab qolganda farishtalar sumalakga tuz soladilar. Farishtalar qo 'lidan tuz yegan sumalak shirin bo'ladi. На do'stlar, sumalak - qutlug' osh, uni yegan savob topadi.
- Afsona shunday talqin topgan.
Tarixiy guvox berishicha esa "Sumalak" forscha "Samoni" bug'doy maysasi so'zidan kelib chiqqan deb
faraz qilishadi. Navbat san'atkorlarga beriladi.
Boshlovchi:
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar
Osmonda boshuraziz mehmonim
Navro'zing muborak, O'zbekistonim!
- На, пе-пе davrlar о 'tdi boshingdan, О' zbekistonirn. Ne-ne zamonlar о 'tdi. Ne-
nе bo`ronlar nе-nе g'oyalar yemirilib ketdi.Lekin xalqning asriy bir an'anasi hamon yashab kelmoqda.
Ви mehnat, ezgulikni, bahorni ulug'lovchi umumxalq bayrami "Navro'z" saylidir.
Navbat san'atkorlarga beriladi.
Boshlovchi:
Tumalar yurtinga qaytgani kabi
Bag'ringa qaytmoqda alyor baytlaring
Moviydan xayolchang ko 'rinish berar
Ming shukur tabarruk ulug' zotlari
Вuyuk daxolarni bergan bo' stonim
У angi yiling qutlug' , О' zbekistonim ...
- Вu faslda odamlar to`da-to' da bo 'lib sayrlarga chiqishadi. Bir - birlarini bahor bilan qutlshadi. Bir -
birlariga faqat yaxshilik ulashadi. Gullar ulashadi, birga kuylashadi. Odamlar bir-birlariga faqat baxt tilab
kuylagan bunday paytda olam sevinchga to'lib ketadi.
Shundan so'ng qiziqarli savol-javob o'yinlari boshlanadi.
boshlovchi: Maysalarning yashil tug'yoni dilda
QalbIarda nish urgan orzular go'zaI
Yurtim tuprog'ingga kirib kelmoqda
Xirotdan Navoiy bitgan shox go'zal
O'zliging muborak, O'zbekistonim
Navro 'zing muborak, O'zbeksitonim!
Navro'z bahorning boslanishi, boychechak bahorning elchisi. Boychechakni ko'rganda faqat
еzgu niyat qilish kerak. Shu Navro'z tongida qo'lida boychechak tutib qiyqirib o'ynayotgan shu bolalar
baxti uchun nе-nе urushlardan bag'ri kuygan xalqim ulkan koinotdagi mitti sayyora Ona zaminga
tinchlik omonlik tilaydi:
Yomon yurmasin, to' zon turmasin.
Gullar so'lmasin, inson o'lmasin.
Hammasin, hammasin osmon asrasin
Dushman hammasin bolalar sasin
Sovuq nafasin olov yamlasin.
Ko'ngilli o'tayotgan "Navro'z" sayli shu tariqada davom etadi .•
**********************************************
ASSALOM NAVRO’Z! nomli tadbir ishlanmasi
Начало формы
Tadbir
Mavzu:Assalom Navro’z!
1-boshlovchi:
Salqin saharlarda bodom gulida
Binafsha labida qirlarda bahor.
Qushlarning ovozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda qirlarda bahor.
2-boshlovchi:
Yana bahor keldi yana olamga,
Ajib bir go`zallik ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug` damda
Ulug` yelkadoshim muzaffar hayot.
-Assalomu alaykum qalbi qaynoq mehri buloq, so`zlari dur bo`lgan o`qituvchi, ustozlar va bilimga chanqoq o`quvchi yoshlar.
1-boshlovchi:
Qish qahratonidan bezillagan qalblar-u, go`zallikka tashna ko`zlar , mag`rur qorli tog`lar boshidan sizayotgan sho`x jilg`alar, ko`ngillar torini betakror ifori ila mayin chertayotgan pushtirang bodom gullari, moviy osmon-u undagi qatot-qator turnalarning mahzun nolalari zumrad bahordan darak bermoqda.
2-boshlovchi:
Ha, bahor uyg`onish, yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavq-u shavqqa oshufta bo`ladi. Bahor bayramlar, shodiyonalar fasli.
1-boshlovchi:
Ajib nafosatda uyg`ondi olam,
Tabiat labida xandon tabassum.
Yam-yashil qirlarda Navro`z jilvasi,
Go`dak kulgusidek quvnoq va mas`um.
2-boshlovchi:
Jilg`alar qiqirlar, toydek irg`ishlar.
Boshin ko`taradi maysalar hayron.
Ajib bir chiroyni baxsh etmish olam
Bu kun o`lkamizda Navro`z hukmron.
1-boshlovchi:
Hayotimizning go`zal onlarini bahor fasliga qiyos etamiz. Negaki, bahor ham yoshlik, ham go`zallik timsoli.
Ko`hna maskan, ko`hna bir diyor,
Nafosatda tengi yo`q saroy.
Unda hamon yashar bir ruxsor,
Seplari mo`l fusunkor bahor.
2-boshlovchi:
Bahor yangilanish, yasharish fasli, o`lkam bo`ylab qanot qoq. Sening tashrifing, qalblarda, dillarda bir olam orzularni olib kelsin.
Bahor bir sen, quvonch bir sen,
Qalbim ruhi tashrifisan sen.
Qiyosingdir g`uncha misoli
Haroratdir o`tli visoli.
1-boshlovchi:
Bugun baxtdan sarmast chehralarda, shukronalik duolarida, sho`x-shodon yallalarda Navro`z shukuhi.
Bugun butun dunyoda go`zal va betakror bo`lgan milliy bayramimiz Navro`z keng va tantanali nishonlanayotgan bir paytda maktabimizda ham bu tadbirning debochasi sifatida “Har tuning qadr o`libon, har kuning o`lsin Navro`z” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.
1-boshlovchi:
Yana tenglashibdi kecha va kunduz,
Ko`kda nur taratar yarqirab yulduz.
Lablarda tabassum, aytib shirin so`z
Assalom yangi kun, assalom Navro`z!
Yurtimizga biz orziqib kutgan borliqdagi uyg`onish va yangilanish timsoli bo`lgan Navro`zi olam kirib keldi. Bu betakror ayyomni har bir xonadon, har bir oilada bag`rimizni keng ochib “Xush kelibsan o`lkamga Navro`zi olam, qadaming qutlug` bo`lsin, yurtimizga tinchlik-omonlik olib kel” deb qarshi olish azaliy odatimizga aylanib qolgan.
Navro`z ayyomi bilan qutlash uchun so`z navbatini maktabimiz MMIBDO` Yodgorova O.S.ga beramiz.
2-boshlovchi:
Shu an`anaga sodiq qolgan holda maktabimiz o`qituvchi va o`quvchilari bugungi tadbirda milly urf-odatlarimizga bir nazar solish maqsadida kuy-raqs, qo`shiq,milliy laparlar, milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi dastur tayyorlaganlar. Bu dasturimizda 8-9-sinf o`quvchilarimiz o`rtasida milly taomlar va sahna ko`rinishlari bo`yicha bellashuvlar o`tkaziladi. Bu bellashuvni baholab boradigan hakamlar bilan tanishing.
“Ro`molim”raqsi.
1-boshlovchi:
Oq yomg`irlar yog`moqda sim-sim,
Chor atrof bog`, gul-u lolazor.
Xush kelibsan, mening ilk sevgim
Xush kelibsan, yurtimga bahor!
2-boshlovchi:
Maysalarga boshimni qo`yib,
Adirlardan to`yaman ifor.
So`ng quvonchdan yig`layman to`yib,
Xush kelibsan o`lkamga bahor.
1-boshlo2-boshlovchi:
Bahorning ko`klami sozi muborak,
Qirlarning chiroyi nozi muborak.
Yangi kun, yangi yil, yangi tilaklar,
Olib kirgan Navro`zi olam muborak.
1-boshlovchi:
Navro`z kelsa sumanbar malak,
Ikki qo`llab tutar sumalak.
2-boshlovchi:
-Navro`z yashnash, yasharish bayrami tabiatning uyg`onishi bilan bog`liq yangi kunning boshlanishidir.
1-boshlovchi:
Qirlarning to`shida eriyotir qor,
Termulib qor kabi eriydir ko`zim,
Horimay, sog`-omon keldingmi, bahor.
Keldingmi, qadami qutlug` Navro`zim!
Navro`zoy kirib keladi.
2-boshlovchi:
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek “Navro`z hayot abadiyligining tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining shu bilan birga ming yillik milly qiyofamizning urf-odatlarimizning mangulik ifodasi tasdig`idir”
1-boshlovchi:
Bokiralik timsoli bahor,
Bu go`zallik, yasharish asli.
Tuhfa etar qalbga beg`ubor,
Sog`inchlarni muhabbat fasli.
2-boshlovchi:
1-boshlovchi:
Surxon o`lkasida bahor tarovati.
2-boshlovchi:
Quyosh tegrasida aylanib falak
Tabiat bezanib, misli kelinchak
Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak.
Assalom yangi kun, Assalom Navro`z!
1-boshlovchi:
Atlas kiygan qizlar ko`zga ko`rinar go`zal,
Go`yo atlas yaxshi kuyday e`zozda azal.
Navbatni adrasu atlaslar makoni Marg`ilon joylashgan Andijon milliy ohanglari
2-boshlovchi:
Beshik bilan bog`liq bo`lgan xalqimiz an`analarini davom ettirish beshik to`yiga keng yo`l ochib berish lozim. “Beshikka chaqaloqni belash marosimi”ni tomosha qilamiz.
1-boshlovchi:
Navro`z bilan keladi shodlik,
Navro`z bilan elda obodlik.
Navro`z kelsa gullaydi bog`lar.
Navro`z kelgach yashnaydi tog`lar.
Endi yigit-qizlar aytishuviga navbat beramiz.
2-boshlovchi:
Milliy taomlar va chiqishlarni baholash uchun so`z navbatini hakamlar hay`ati a`zolariga beramiz.
1-boshlovchi:
Marhamat, hakamlar hay`ati a`zosiga beramiz
2-boshlovchi:
Kelinglar azizlar, har birimiz xalqimizni eng go`zal va eng ulug` ayyomi Navro`zi olam bilan qutlab, dasturimizga yakun yasaylik.
1-boshlovchi:
Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim.
Navro`zing muborak, O`zbekistonim!
**************************************
Navro'z muborak
1-boshlovchi:
Bu hayotning ziynati
Bahru bashorat assalom,
San`ati so`z naqshi bu
Nuri hidoyat assalom
Xislati birla jahon
Ahliga ne`mat assalom
Jumlai insonga barobar
Yaxshi odat assalom
2-boshlovchi:
Salomdan avvalo boshlayin so`zni
Ko`ngilni jo`r etib ko`ngil nazmiga
Baxtiyor bu davra chorlaydi sizni
Bu kun o`zbek elim bayram bazmiga
2-boshlovchi:
Bizga ilm va saboq berib charchamayotgan qadrli ustozlar, qalbi mehrga limmo-lim muxtarama onalar. Bugungi tadbirimizga xush kelibsizlar
2-boshlovchi:
Ayol hayot chashmasi, ayol hayot chirog`i.
2-boshlovchi:
Fidoiylik timsoli
2-boshlovchi:
Marhamat bu bellashuvda qatnashuvchi ustozlarni davraga taklif etamiz. Marhamat ular bilan tanishing.
2-boshlovchi:
Biologiya, kimyo fani o`qituvchisi Yavkacharova Zarinabonu
2-boshlovchi:
Jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Eshmurodova Habibaxonim.
2-boshlovchi:
1.Tanishtirish.
“O`qituvchi ona, murabbiy, ustoz” sharti asosida bellashadilar.
O`qituvchi oshxonada.
4.Dil izhorlari.
5.Erkin mavzu shartlari asosida bellashadilar.
2-boshlovchi:
Ayol - bu so`z zamirida olam-olam ma`no go`zallik, sadoqat, mehr-muruvvat kabi oliy hislatlar yashirin.
2-boshlovchi:
Hayotda ma`no-yu mazmun yo`qolar,
Yurak tanholikni kuyini chalar.
Bayramlar-bayramga o`xshamay qolar.
Agar bu dunyoda ayol bo`lmasa.
2-boshlovchi:
Ustozlar 1-shartga tayyorlangunga qadar 6-sinf o`quvchilari ishtirokidagi dilkash raqsga beramiz.
2-boshlovchi:
Baski bu dunyoning moyasi ayol ,
Jami ezgulikning doyasi ayol.
Ruhni xudo, tanni ayol yaratar.
Xudoning yerdagi soyasi ayol.
2-boshlovchi:
Ayol borki olam munavvar, ayol borki yashaydi inson.
Ayol inson tafakkurining gulshani, fazlu kamolining mehriboni.
Ayol uchun o`z farzandlarining tarbiyalashdan, voyaga etkazishdan buyuk baxt bo`lmasa kerak.
2-boshlovchi:
Endigi navbatni “Zar-shou” jamoasiga beramiz.
2-boshlovchi:
Yurtboshimiz I.A.Karimov ayollar to`g`risida shunday ta`kidlaydi:
“Ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i umrimizning guli deb e`zozlasak, demakki oilamizni, vatanimizni e`zozlagan bo`lamiz”
2-boshlovchi:
Endi 3-shartga navbatni beramiz. Shartga ko`ra ustozlarimiz oshxonadagi mahoratlarini namoyon etish maqsadida o`zaro bellashadi. Bu shartga tayyorlangunlarigacha bugun allomalarning ayolga bo`lgan ta`riflarini tinglaymiz.Marhamat.
2-boshlovchi:
Endigi navbat “Qiy-chuv” jamoasiga beramiz.
2-boshlovchi:
Navbatni 4-shartga beramiz.
2-boshlovchi:
Boshimizda tengsiz osmonsan o`zing
Sen-la hayot zamon zamonsan o`zing.
Odamzodning yarmi ayol bo`lsa agar.
Qolgan yarmin yaratgan insonsan o`zing.
Sen bilan topgaymiz yorug`lik kamol
Ishqda sajdagohsan ey sohib jamol
Yaralgansan faqat muhabbat uchun
Ular qalbga hokimi mutloqsan ayol
2-boshlovchi:
Endigi navbatni 5-shartga beramiz.
2-boshlovchi:
Bellashuvni yakunlash uchun hakamlar hay`ati a`zolariga beramiz.
2-boshlovchi:
Sig`may qolsam shunday keng bu jahonga
Osmonlarga ruhim bo`lsa parvona.
Jonsir tanim ustida ham parvona
Onam yig`lar, onam yig`lar onam u.
**************************************
«Assalom Navro`z»
1-boshlovchi (Sarvinoz):
Assalom, ona yurt,tonglar o`lkasi !
Ta`rif tavsingiz yo`q nihoyasi.
Senga bag`ishlanur muqaddas qo`shiq,
Bu O`zbek elining o`z madhiyasi!
2-boshlovchi (Umid):
Yana ko`ktubida sayraydi qushlar,
Yana ko`xna yam-yashil ko`rpa.
Yana tandan ketdi mudrash-u tushlar,
Yana yoshdek dilda o`ynar ming turfa.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Assalomu aleyko`m fan bog`ining bog`bonlari, mexribon ustozlar hamda qalbi qaynoq, ilmga chanqoq o`quvchi-yoshlar!
2-boshlovchi (Umid): Mana o`lkamizga o`zining zarrin sepini yoyib, husnu tarovatini ko`z-ko`z qilib fasllar kelinchagi Bahoroy kirib keldi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Ha, Bahor uyg`onish, yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavqu shavqqa oshufta bo`ladi. Bahor bayramlar, shodiyonalar fasli.
2-boshlovchi (Umid): Tog`ri aytasiz bahorning ilk kunlaridanoq ko`ngillarda quvonch, beg`uborlik,yaqinda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar”ayyomini nishonladik. Endi esa qadimiy va hamisha navqiron, ulug` ayyomimiz Navro`zi olam eshik qoqmoqda.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Har bahorda Navro`z tantana qiladi. Bahordagi an`ana xalqimizni hech qachon tark etmagan,aksincha. Navro`z sayli yil sayin takomillashib, sayqallanib, boyib borgan. Navro`z ko`p ming yillik tarixga ega.
2-boshlovchi (Umid): Qani bo`lmasa, Navro`z tarixi bilan tanishaylik.
Saxnada bayramona libosda yettita o`quvchi chiqadi.
Kamola: Sharq xalqlarining azaliy va adabiy bayrami bo`lgan Navro`z 4000 yilik tarixga ega Navro`zning kelib chiqishi va shakllanishi oid qimmatli manbalar Zardushtiylik muqaddas kitobi hisoblangan “AVESTO”, mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom, Abdulqosim Firdavsiy, Nosiriddin Rabg`uziy, Yusuf Xos Xojib, Navoiy kabi mutafakkirlarimizning qimmatli ma`lumotlarda Navro`z muhabbat, do`stlik, poklik va insonparvarlik sifatida ulug`lanadi.
Mashhura: Abdulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida keltirilishicha,
Jamshid (qadimgi Eron shohlaridan biri) temir eritib, qurol yasashni, ip yigirib, kiyim tikishni, uy, hammomlar qurishni ixtiro qildi, so`ng kishilarni o`z qobilayati, hunariga qarab guruhlarga ajratadi. Nihoyat, bir kuni taxt yasatib unda osmonga ko`tariladi, bu farvardinning birinchi kuni edi. Hamma juda baxtiyor shu kuni yangi yil boshi bo`lib, an`anaga aylanib qoladi. (“Farvariddin” pahlaviycha so`z bo`lib, u hamal burjiga oiddir, ya`ni bahorning birinchi oyi 21-martdan 22-aprelgacha bo`lgan davrdir.)
Shahodat: Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ” kitobida quyidagilarni yozgan: “ U kunni “Navro`z” deb atashning sababi Jamshid podshoh bo`lgach, majusiylar dinini yangiladi va bu kun “Navro`z” – “Yangi kun” deb ataldi”.
Ashurov Sh: Sharqning buyuk donishmandi, falakkiyot bilimdoni Umar Xayyom o`zining “Navro`znoma” asarida “Navro`z” so`zi birinchi marta Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi (er.avv. III-II asrlar) “Avesto”da tilga olinganligini qayd etadi. Navro`z bayram sifatida tilga olingan “Avesto”da inson hayotining mazmuni 3 ma`noda mujassam topmog`i lozimligi ham qayd etilgan. Bular – ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amallardir.
Shavqiddin: Navro`z kunida bir soat bor: shu soat Feruz (baxt falag) ruhlarni maxluqotlarni yaratishga haydaydi. U kunning eng saodatli soatlari quyosh soatlari. Uning tongida yorug`lik imkoni boricha yerga yaqinlashadi, odamlar unga qarash bilan o`zlarini baxtli sanaydilar.
Akmal: Biz ko`hna tarix sahifalariga Navro`zni Izlab sayir etar ekanmiz, nigohimiz XII asrning mashhur tilshunos olimi M.Koshg`ariyning “Devonu lug`ati turk” sahifalariga tushadi. Chunki jahonga mashhur bu asarida Navro`zni insonlar qalbidan joy olgan qo`shiqlarni talqin etadi.
Rasul: Tarix, zamonlar, asrlar guvohki, Navro`z ezgulik, poklik, muhabbat timsolida ulug`lanib, nihonlanib kelinmoqda. Hamisha shoirlar Navro`zni maxf etib keladilar.
Tongni uyg`otib,
Dilga so`z keldi.
Dilni kuylatib ,
Gul Navro`z keldi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Qoyil agar Navro`z haqida ta`riflar yodlanadigan bo`lsa unda Lutfiy, “Gul va Navro`z” dostonni yozib mamlakatga osoyishtalik, mehnatkash xalqqa farovon, baxtli, saodatli hayot tilardi.
2-boshlovchi (Umid): Alisher Navoiy Navro`zni samimiy sevgida, Farhod-u Shirinlarning, Layli-yu Majnunlarning otash qalbida izladi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Xullas, Navro`z Beruniydan Durbekka qadar, Navoiydan Nasimiygacha, Zulfiya, Abdulla Oripov, boringki, qaysi bir ijod ahlini oling, Navro`zni tarannum etmagan bo`lsa.
2-boshlovchi (Umid): O`rtoqjon, keling, endi navbatni xalq qo`shiqlariga beraylik.
2 – shart “Raqs”
2 – shartda o`quvchilar sumalak raqsini ijro etib beradilar.
3 – shart “Milliy udum va o`yinlar ”
Aytishuv(qizlar va yigitlar o`rtasida).
Yigitlar (Umid): Anor ekan joyning ichin o`ydim-o`ydim,
Qizlar ziyofati uchun serka so`ydim.
Sen esimga tushganingda dol bo`yida,
Ichib turgan choyimni yerga qo`ydim.
Qizlar (Sarvinoz): Kun isisa, suv bo`yida salqinlaymiz,
Betni yuvsak, oydek bo`lib yarqillaymiz.
Navbahorda o`lan degan ko`p bo`ladi,
To`ylab yursak siz chechanga yaqinlaymiz…
Yigit va qizlar aytishuvi avliga chiqqan mahal sahnada Bahoroy va Navro`zjonlar paydo bo`ladi.
Abdurasulov Sh: To`xtanglar, biz tomon kelayotgan kim bo`ldi?
Mashhura: Iye, tanimadingmi, ular har gal qarshi oladiganimiz Bahoroy va Navro`zjonlar-ku!
Hamma: Xush kelibsan ,Bahoroy, Xush kelibsan, Navro`zjon.
Bahoroy: Mana men go`zal bahor,
Yetib keldim sizlarga.
Jon kiritdim daraxtlaru,
G`unchalar,ildizlarga.
Oppoq o`rik gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Yashillanib,goh olovlanib,
Kamalekdek ming xil tovlanib
Mehmon bo`lib keldim sizlarga.
Navro`zjon: Assalomu aleykum beg`ubor qalblari o`yin kulguga, qo`shig`u raqsga, san`atga ixlosmand, xadrli yoshlar! Mana o`lkamizda so`lim bahor. Hammayoqda go`zallik, yangilanish,yasharish. Yoshu-qari,barcha-barchaning qalbida shodlik,beg`uborlik. Yurtimizning har bir go`shasida, har bir mahalla, xonadonida baxtiyorlik, quvonch, sho`x kuy va qo`shiqlar avjida.
Bahoroy:Nimasini aytasiz. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek,Har tuning qadr o`lubon,Har kuning o`lsun Navro`z! Azizlar, biz sizning Navro`zni, bahodirni maxf etuvchi qo`shiq va raqslaringizni miriqib tomosha qildik, endi xalqimizning Navro`zga oid qanday milliy an`ana va udumlarni bilasiz?
Sarvinoz:Navro`zda o`tganlarni xotirlaydilar.
Shahodat: Navro`zda qarindosh-urug`larnikiga boriladi.
Mashhura: Navro`zda qariyalarga bayram taomlari jo`natiladi.
Rasul: Navro`zda g`iybat qilinmaydi.
Shavqiddin: Navro`zda otni ,itni urmaydilar.
Sherzod: Navro`zda bug`doy undirilib, sumalak pishiriladi.
Ashrov Sh: Navro`zda yangi liboslar kiyiladi.
Abdurasulov Sh: Navro`zda yaxshi niyyatlar qilinadi.
Umid: Navro`zda ko`cha va dalalar tozalanadi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): do`stlarim kelinglar, Navro`zda o`ynaladigan o`yinlarni o`ynaymiz.
Qizlar:kim oladi-yo, kim oladi deb o`rtaga ro`molchani tashlaydilar.
Keyin Rasul va Akmal men olaman-o shuginaniyo deb,ikkovlari ham yengiladi.Shunda polvon bobo bolalar bilan so`rashib, ro`molchani oladi va bolalar polvon boboni maxtashadi.
Polvon bobo: Qani,men bilan kim sinashadi?
O`zbek kurashi polvonlaridan biri (Shavqiddin): Mana,biz bor deydi va u boboni hurmatini qilib, yengilib beradi va bobo ketadi.
Navro`zjon: Ofarin bolajonlar,siz rostanam o`z milliy urf-odatlringizni qadrlar ekansiz.
Bahoroy: Navro`z shunday bir xalq bayramiki, u faqat hamma davralardan shodiyonalargina, farovonliklargina, baxt-iqbolga daxldor onlarnigina saralab oladi, o`ziga singdiradi,doimo boyib boradi. Shu bois ham Navro`zga to`ylar ulanib ketadi.
Shunda bolalar Navro`zjon va Bahoroy bilan xayrlashadilar.
Qizlar (Sarvinoz): Balli, yigitlar, endi bizga ruxsat. Bugun biz mahallamiz faxri-onaxonimiz Rizvon buvinikiga Navro`zning shoh taomi sumalak pishirmoqchi edik.
Yigitlar (Umid): Ho-o,shunday ketari yo`q,biz sizlarga bayram uchun shuncha ntomosha ko`rsatdi, siz ham biz uchun biror sovg`a tayyorladingizmi?
Qizlar Navro`zga xos bo`lgan milliy laparlardan “Yallama-yorim”ni, xalq qo`shiqlaridan “Do`ppi tikdim”ni ijro etib, raqsga tushib beradilar. So`ng yigitlardan ruxsat so`rab uyga ketadila.
Sherzod:Qizlar sumalakka ketdi,endi biz nima qilamiz?
Rasul:Biz ham ketamiz.
Shavqiddin:qayoqqa?
Umid: Ko`pkariga.Unda mening bobom ishtirok etadi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Kelinglar, endi Navro`zni qutlab,dasturga yakun yasaylik.
Hamma:Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim,
Navro`zing muborak, O`zbekistonim.
************************************************
Бошловчи: Ассалом улуғлар меҳри зиёлар
Юраги қуёшу қалби дарёлар
Сизга ҳам азизлар дилдан эҳтиром
Қўллар кўксимизда деймиз ассалом
Ассалому-алайкум азиз зиё таратувчи мураббийлар, устозлар даврамизда файз қўшиб турган лобар қизлару-алмомиш йигитлар, мана бугун юртимизга баҳор айёми кириб келди. Азиз даври аҳли аввалом бор сизларни кириб келаётган янгиланиш, покланиш фасли бўлмиш баҳор, Наврўз айёми билан самимий қутлаймиз. Сизларга соғлиқ, бахт ва саодат, баҳорий кайфият, нафислик, гўзаллик тилаб қолган ҳолда институтимизда ташкил этилган малака ошириш курси тингловчилари томонидан тайёрланган «Кел эй Наврўзим» деб номланган байрам дастуримизни бошлашга сизлардан ижозат сўраймиз. Бугун барча курс тингловчилари ўзларининг дилрабо қўшиқлари, куйлари ва жозибали рақслари билан сизларнинг дилларингизни мафтун этишга тайёрланиб келган. Марҳамат тинглаб дам олинг азиз устозлар.
Деҳқон бобо чиқиши, лапарлар, Навоий вилоят урф одатлари ва туй маросимлари. Тарих курси тингловчилари ижросида.
Жарчи: даврани бошлаб беради.
Жарчи: Хой-хой одамлар!
Боғда битган бодомлар.
Эшитмадим деманглар
Эшитганлар жилманглар
Институтга Наврўз келди!
Навоий вилоятида келин салом маросимини ўтказиш тарих курси тингловчилари иштирокида.
Бошловчи: Дўстлар! Наврўзни қутлаб, дилларни чоғ этайлик.
Байрам тантанасида дилни кенгроқ этайлик.
Наврўзни менсимаслар ерга боқиб уялсин,
Ўйнаб-кулиб ғайрилар, юрагин доғ этайлик.
Келгуси авлодимиз яйраб есун десак биз,
Мевали дарахтлардан кўп экиб боғ этайлик.
Боғ меваси неъматдур, яшилликдан ҳаво соф,
Мевасин бол, баргларин зилол-япроқ этайлик.
-Қўшиқ. Фурқат ғaзали билан «Фасли навбаҳор» ижро этади мусиқа маданияти курси тингловчилари.
Севингил, эй кўнгул, охирки жисминг ичра жон келди,
Қувон, эй жони маҳзунким, ҳаёти жовидон келди.
Сафардин ул парий етти, мени маҳзунни шод этти,
Кўнгил эски ғам кетти, тан ичра жон келди.
Хирад, йиғ бу масофингни, таҳаммул, қўй газофингни,
Вараъ, тарк айла лофингни, ки ошуби жаҳон келди.
Дамеким, андин айрилдим, кўнгулни ҳамраҳи қилдим,
Бугун келди кўнгул, билдимким, ул номеҳрибон келди.
Келибтур ёшурин ул шаҳ, мени мажнун эман огаҳ,
Парий эрмас эса, бас, ваҳ, нечук кўздин ниҳон келди.
Фалак боқти фиғонимға, ажал раҳм этти жонимға.
Хазонлиғ бўстонимға гули боғи жинон келди.
Муғанний, бир навое туз, Навоий, нағмае кўргуз,
Аёқчи, томса тут тўққиз, ки Доройи жаҳон келди.
-Қўшиқ: Фурқат (Ноқис) сўзи, К.Отаниёзов мусиқаси билан “Доғман” ижро этади мусиқа курси тингловчиси
Қорликлар қоядан эниб оҳиста,
Жилғалар қаҳқаҳа ураверади.
Бойчечак ҳидини таратиб аста,
Юртим узра шамол елаверади.
Қаҳратондан омон қолган майса
Дилдираб мақомлар қилаверади
Шодлиги ичига сиғмаган бола
Қоқигул, исмолоқ тераверади.
4 -Қўшиқ: Хоразм халқ қўшиқларидан “Лазги” ижро этади мусиқа курси тингловчилари
Бошловчи:Аёл борки гўзаллик яшар
Аёл борки олам мунаввар
Аёл борки хаёт муқаррар
Аёл борки табиат яшнар
Наврўз лапарлари: Математика курси тингловчилари ижросида томоша қилинг.
–Шеър “Баҳор” Хатирчи туман 17-мактаб мусиқа маданияти ўқитувчиси ўқийди.
Қўшиқ: Рус халқ қўшиқларидан “Чыстушкы” рус тили гуруҳи тингловчилари ижро этади.
Бошловчи: Қадим юртга қадим наволарим
Қумлар босиб қурилмасин дарёларим
Алпомишга алла айтган момоларим
Руҳини шод этай десанг халқ бўл элим
– Қўшиқ Садойи сўзи билан “Ёр бўлинг” ижро этади мусиқа маданияти тингловчиси.
Бошловчи: Аёзли дамлардан чиқдик биз омон
Булбуллар ошиқар гулшанлар томон
Тақдирда баҳорга етмаслик ёмон
Баҳорнинг эркаси-ассалом Наврўз
Замину самода покланиш фасли
Тупроққа уруғлар қадалар гаштли
Бу кунга етмоқлик бахт эрур асли
Баҳорнинг эркаси-ассалом Наврўз
Қўшиқ. Муҳаммад Юсуф сўзи билан “Настарин” ижро этади мусиқа маданияти ўқитувчилари
Шеър: “Баҳор”, Сахна кўриниши. Бошланғич таълим 2-гуруҳ тингловчилари ижросида томоша қилинг.
Кўриниш: Инглиз тилида “Келин салом” инглиз тили гуруҳи тингловчилари
Баҳор, бу наздимда гўё камалак
Хуснини турфа хил қилаверади.
Ҳаттоки очилиб осмону фалак
Қуёш ёғдусини тўкаверади
Янги кун муборак, азиз инсонлар,
Ҳайқириб бақиргим келаверади.
Мангу яшаринг-у, билманг ҳазонлар,
Юрагим қувончга тўлаверади.
Қўшиқ. Хоразм халқ қўшиқларидан “Олма пишганда келинг” ижро этади мусиқа маданияти ўқитувчилари
Бошловчи: Қорли тоғлар кўрсатсада қаршилик
Ўлкамизга етиб келди яхшилик
Ҳар эшикни йўқлаб чиқди яхшилар
Табиатнинг аёнисан, Наврўзим
Йил бошининг саломисан Наврўзим
- Қўшиқ А.Навоий ғазали халқ куйи билан “Тановор” ижро этади мусиқа маданияти ўқитувчиси, рақсида психолигия курси тингловчилари
Рақс: “Доира рақси” ижро этади психология курси тингловчиси
Бошловчи:Яна кўнгиллардан рутубат кетди
Яна шулалардан қамашмоқда кўз
Яна дилдорликнинг фурсати етди
Демак баҳор келди, келмоқда Наврўзим
–Қўшиқ. Рустам Абдуллуев мусиқаси билан “Наврўз” ижро этади мусиқа маданияти ўқитувчилари.
Бошловчи: Деразамдан мўралайди қиш
Ташқарида ёғар оппоқ қор
Менга одат орзиқиб кутиш
Соғинганим келақол баҳор
Келақолгин умидим Наврўз
Сени кутар дала қир боғлар
Тўрт фаслда сенинг нафасинг
Орзуларим ушалган чоғлар.
-Қўшиқ: Ўзбек халқ қўшиғи “Мастоналарга” ижро этади мусиқа маданияти ўқитувчилари.
Бошловчи: Мусаффо тонгларда файзу-барака
Сохибкор деҳқонлар чиқар далага
Қўшиқлар улашар наво яллага
Баҳорнинг эркаси-ассалом Наврўз!
-Қўшиқ: Навбат шўх яллаларга курс тингловчилари ижросида Бошловчи: Қорликлар қоядан эниб оҳиста,
Жилғалар қаҳқаҳа ураверади.
Бойчечак ҳидини таратиб аста,
Юртим узра шамол келаверади.
Қаҳратондан омон қолган майса
Дилдираб мақомлар қилаверади
Шодлиги ичига сиғмаган бола
Қоқигул, исмолоқ тераверади.
1 –Қўшиқ. Комилжон Отаниёзов мусиқаси Хоразм халқ қўшиғи “Оразибон уфориси” ижро этади Қизилтепа туман 5-мактаб ўқитувиси Холиқов Камол.
Баҳор, бу наздимда гўё камалак
Хуснини турфа ҳил қилаверади.
Ҳаттоки очилиб осмону фалак
Қуёш ёғдусини тўкаверади
Янги кун муборак, азиз инсонлар,
Ҳайқириб бақиргим келаверади.
Мангу яшаринг-у, билманг ҳазонлар,
Юрагим қувончга тўлаверади.
Қўшиқ. “Баҳор” ижро этади мусиқа маданияти ўқитувчи.
– Тош кўтариш. –Барча курс тингловчилари
Футбол тўпини оёқда, бошда ва кўкракда ўйнатиш: БЎСМ ва жисмоний тарбия курси тингловчилари
Тэкван – до – кўргазмали чиқиш: БЎСМ ва жисмоний тарбия курси тингловчилари.
Бошловчи: Уфқларни туташтирди камалак
Қозонларда қайнар халим, сумалак
Табиатнинг аёмисан Наврўзим
Йил бошининг саломисан Наврўзим
Беллашув. “Дўппи тикдим ипаклари тиллодан” МТМ тарбиячилари ва бошланғич таълим курси тингловчилари ижросида рақс. “Баҳор” қўшиғи
Бошловчи: Дунёнинг шодлиги йиғилса бутан,
Дўслар дийдоридан бўлолмас устун!
Сизлар ҳам жам бўлиб бугунги тўйга,
Давримиз ҳуснига қўшингиз хусн.
***************************************
Poyi qadamingdan aylanay Navro’z
O’quvchilar “Binafsha” guruhi ijro etgan “Kamolot” qo’shig’i bilan sahnaga kirib kelishadi.
Boshlovchi:
- Assalomu alaykum qadrli bayram qatnashchilari, muhtarama mehmonlar, munis onaxonlar! O’lkamizda bahor nafasi kezib yurgan ayni damlarda hamyurtlarimiz kayfiyatida ham o’zgacha ko’tarinkilik. Yosh – u qari yasharish va yangilanish, fasllar kelinchagi bo’lmish Bahoroyni allanechuk intiqlik bilan kutishadi.
Siz azizlarni bahoringiz, yangi kuningiz bo’lmish Navro’zingiz bilan muborakbod etish maqsadida 10 – maktabning - sinf o’quvchilari “Poyi qadamingdan aylanay, Navro’z” nomli bayram dasturini tayyorlaganlar. Marhamat tinglab tomosha qiling!
“Bahor valsi” yangraydi, 6 ta qiz va 6 ta o’g’il bola raqs ijro etadilar.
Salom senga bahor ayyomi,
Salom senga Navro’zi olam.
Senga olqish, alyorlar aytar,
Bugun har bir dili pok odam.
2 – o’quvchi: Maysa boshin ko’tardi yerdan,
Gulbahordan bermoqda darak.
Momolar – u onaxonlar jam,
Doshqozonda qaynar sumalak.
Boshlovchi:
Aziz bolajonlar, bayramimizga Bahoroy ham tashrif buyurganlar, qani, birgalikda uni kutib olaylik – chi.
BAHOROY:
Men bahorman, gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Kirib keldim, aziz bolalar,
Olib keldim gul – u lolalar.
Meni derlar go’zal bahoroy,
Yetib keldim shoshib sizlarga.
Jon kiritdim, iliqlik bilan,
Maysalar – u gul, ildizlarga.
8 nafar qizlar ijrosida “Gullar” qo’shig’iga raqs.
1 – o’quvchi: Keldi bahor, keldi ko’klam,
Bizlar bahor elchisi.
Bizni bahor boshlab keldi,
Navro’z bahor kuychisi.
2 – o’quvchi: Ye, Vatanim bahori,
Ifor ochib kulasan.
Sen pushti va zangori,
Gullar bilan to’lasan.
BAHOROY:
Bolajonlar, hozir sizlarga bir nechata topishmoq aytaman, topasizlarmi?
Bolalar: (barabariga) - Ha!
Bahoroy:
- Qirda yoydim qizil gilam,
Ko’rinadi go’zal biram.
Hamma birgalikda:
- Lolaqizg’aldoq
1 – o’quvchi:
Dalalardir makonim,
Yomg’irdir osh – u nonim,
Bahor qandayin yaxshi,
Qizil gullarning naqshi.
2 – o’quvchi:
Kuldi lolaqizg’aldoq,
Bahor keldi yo.
Yashnab ketdi hamma yoq,
Qizlar kuldi yo.
Gullar, mening gullarim,
Gulga to’lar yo’llarim.
“Chaman – chaman bog’imda” qo’shig’ini hamma ijro etadi.
BAHOROY:
Yerdan asta unadi,
Ilk bahorda kuladi.
Hamma:
Boychechak
1 – o’quvchi: Ochildimi boychechak,
Endi har yon gul demak.
Chunki bahor elchisi,
Shu mittigul boychechak.
2 – o’quvchi: Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli.
Bog’imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.
“Boychechak” qo’shig’ini hamma birga kuylaydi.
Bahordan berdi darak
Oson bo’lmadi kutmak.
Senga talpingach yurak,
Sevgan gulim boychechak.
Boychechak, boychechak,
Sevgan gulim boychechak.
Boshlab berding bahorni,
Toza kumush nahorni.
Olibsan ixtiyorni,
Seplaringni yoy chechak.
Boychechak, boychechak,
Seplaringni yoy chechak.
Boshlovchi: Shuning bilan bugungi “Poyi qadamingdan aylanay Navro’z” deb nomlangan bayram tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizni yana bir bor kirib kelayotgan Navro’zi olam bahor bayrami bilan muborakbod etamiz. Har doim labingizdan kulgi, chehrangizdan tabassum arimasin.
***********************************************
Navro’zing muborak O’zbekistonim
Assalom fasli bahor, assalom ey ahli davra
Xushu xursandlik bugun, yangraydi shodiyona
Marhabo ey azizlar, xush kelibsiz davramizga
Bahor va shodlik ayyomi – Yangi kun muborak sizga
Avval yuragingga mo’ralaydi u
So’ngra kurtaklarga o’rgatadi so’z
Zaminning ko’zidan qochadi uyqu
Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro’z
Serquyosh yurtimiz mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida katta o’zgarishlar yuz bera boshladi. Avvalo, bu xalqimizning tarixan uzoq yillik milliy turmush va tafakkur mahsuli bo’lgan an’ana va urf – odatlari, ma’naviy qadriyatlari tiklanganligida namoyon bo’lmoqda. Haqiqiy o’zbekona urf – odatlarimizning hayotdan o’rin olayotgani, qadriyatlarimizning o’z mavqeini topayotgani ham shuning boisidir. O’zbek o’zligiga ishona boshladi.
Quloq tutib maysa ohiga
Malham qo’ygan ko’ngil dog’iga
Hijron yoqqan o’rik shoxiga,
Oq ro’molin otgan kelinchak
Salom Navro’z!
Assalom Navro’z!
Ma’naviy boyligimiz bo’lgan Navro’z va hayitlarning tiklanganligi juda savobli ish bo’ldi. Kattalarga hurmat, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiqko’ngillilik, odamlarga xayrixoxlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdardlik va o’zaro yordam tuyg’usi xalqimizga xosdir
Ana shu yasharish, go’zallik, nafosat bayrami Navro’zi olam bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog’lik, ishlaringizda omad, zafarlar tilaymiz
Bu tong egnida atlasdan ko’ylak
Shafaqqa o’ralgan qizlarday gulgun
Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak
Sanamlar qo’lida intizor bu kun
Bahoroy kirib keladi
Xush kelibsan bahorim
Bu diyorga marhabo
Shuhrati olamga ketgan
Gul diyorga marhabo!
Bahoroy: Assalomu – alaykum meni intiq bo’lib kutgan azizlarim, mehribonlarim. Barchangizga qorli tog’lardan, qir – adirlardan, keng dalalaru, chaman bog’lardan salom keltirdim. Sizlarni shodlik va mehnat bayrami, nafosat va go’zallik ayyomi Navro’zi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman va huzuringizga Navro’zoyni chorlayman.
Quyosh tegrasida aylani falak
Tabiat bezanib misli kelinchak
Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak
Assalom, Yangi kun, assalom Navro’z
Yana tenglashibdi kecha va kunduz
Ko’kda nur taratar yarqirab yulduz
Lablarda tabassum, aytib shirin so’z
Hamma: Assalom Yangi kun, assalom Navro’z
Navro’zoy: Salom mening qadrdonlarim! Ollohga shukronalar bo’lsin siz – la diydor nasib etganiga mana 4 000 yil bo’lyapti, silzar bilan birgaman. Mustaqillik sharofati bilan men qad rostladim, bugun esa ezgulik va poklanish bayrami bilan sizni qutlash baxtidan mamnunman
Bahoroy:
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar
Yurakda muattar chechaklar kular
Bir suluv kelinchak salomga kelar
Qadaming qutlug’ bo’lsin, aziz mehmonim
Navro’zing muborak O’zbekistonim
Navro’zoy:
Istiqlol tongida dillar chulg’ondi
Yuraklar to’lg’onib, dillar uyg’ondi
Navro’z navolari jonni yayratib
Ona yurt og’ushi dilga burkandi
Hurlik Navro’zida aytingiz alyor
Alyorlarga jo’r bo’lsin so’z ila ash’or
Navro’z - bahor bayrami. O’lkamizda bahor – yilimiz o’z umrini yangidan boshlaydi. Yurt soya – salqin bo’lsin, o’tgan – ketganlar rohatlansin deb, navro’zgacha yo’llarga ko’chat, bolalarga atab hovli va bog’larda meva nihollari ekiladi. Ko’chalar tozalanib, ariqlar qaziladi. Hammyoq supurib sidiriladi.
Navro’zga atab yoshlar rang – barang kiyimlar tikadilar. Qariyalarga sarpo tayyorlanadi. Navro’z uchun uzum, qovun, olma kabi yoz mevalari saqlangan bo’ladi. Shinni, qiyomlardan tashqari, turli qandolatlar, sumalak pishiriladi.
Bayram urf – odatlari
Navro’zda uy – joyni tozalaydilar
Navro’zga qadar daraxtlar tanasini oqlaydilar
Navro’zda bug’doy undirib, sumalak pishiriladi
Navro’zda yaxshi niyat qiladilar
Navro’zda navro’z taomlari pishiradilar
Navro’zda araz – ginalarni unutadilar
Navro’zda qarindosh – urug’larga boradilar
Navro’z kuni ota – ona qabrini ziyorat qiladilar
Navro’zda g’iybat qilmaydilar
Navro’zda otni, itni urmaydilar
Navro’z kuni bemorlarga bayram taomlari jo’natadilar
Tabrik uchun so’z navbati maktab ma’muriyatiga beriladi
Qo’shiq va raqs: Bahorim mening!
Tadbirimiz tugadi, diqqat e’tiboringiz uchun rahmat xayr
*************************************
Navro`z-bahor bayrami.
(tadbir senariysi)
Maqsad: O`quvchilarga tabiatdagi o`zgarishlar, bahor fasli, Navro`z bayrami, milliy udumlar, urf- odatlar haqida ma`lumot berish. Ona tabiat go`zalliklaridan zavqla-nishga, xalq og`zaki ijodi namunalarini sevib o`rganishga undash. Vatanparvarlik tuyg`ularini rivojlantirish.
Sinf bayramona bezatilgan. “Navro`z” bayramiga bag`ishlab devoriy gazeta chiqarilgan. Tarbiyaviy soatni o`qituvchi ochib beradi.
1-boshlovch: Assalom davramizning siz aziz mehmonlari.
Assalom ilmu-fanning sohibu davronlari.
Mehribon buvujonu , onajonlar assalom,
Yuzlarida kulgu balqqan qizlarjonlar assalom.
2- boshlovci: Xush kelibsan go`zal bahor
Chin ko`ngildan assalom
Xush kelibsan yana bir bor
Sengadir shirin kalom.
1-boshlovchi: Mana o`lkamizga zarg`aldoqlardan gulchambarlar taqib, xushro`y
Navro`zi olam kelmoqda!
2-boshlovchi: Navro`z-bu yangi kun demakdir azal
Eski kundan shaksiz yangi kun afzal.
Shu kun kuy kuylaymiz, o`qiymiz g`azal.
U kelar yangicha rizqu –ro`z bilan
Assalom yoronlar,gul Navro`z bilan.
O`quvchi: Chakkasiga gul taqib
Kirib keldi Navro`zim
Daraxtlarga dur taqib
Kulib keldi Navro`zim.
Dala dashtda maysalar
Salom alik aytsalar.
Qanday go`zal ko`rinish,
Yashillikka cho`milish.
Doshqozonda sumalak
Boychechaklar xush darak.
Qizg`aldoq cho`g`day gilam.
Sevinchdan ko`zlarda nam.
Bolalar yayrashadi,
Qo`shiqlar yangrashadi.
Momolarning dunyosi
Ijobatdir duosi.
Bobolar halim solar
Latifa aytib tolat
Ichakuzdi hazillar
Qiziydi sho`x bazmlar
Elga rizq- ro`z ulashib
Tandir nonin ushatib.
Yayrab keldi Navro`zim
Yashnab keldi Navro`zim.
1-boshlovchi: Bahor! Ona zamin borliqni barcha jonzotlarni, muborakbod etmoqda. Uning farzandi bo`lmish mo`tabar inson ham ko`hna Ona yerni hamisha sevib ar-doqlaydi.Odamlarga rizq nasiba olib kelgan bunyodkor bahor! Sening yaratuvchi qudra-tingga hech bir kuch bas kelolmaydi.
2-boshlovchi: Yil o`tib zamin uzra zarrin yellar esib yeru- ko`kka jon bag`ishlab Navro`z keldi. Ushbu ulug` bayraming har gakgi tashrifi bir-biridan quvvatli, bahor qushlari, gullari kabi yangi va xilma –xildir.
O`quvchi: Azizlar, aytinglarchi, ushbu go`zal bayram qachondan boshlab nishinlanmoqda?
O`quvchi: Kelinglar, hozir Navro`z tarixi bilan tanishaylik.
Tarixing tavsifing tillarda doston.
Quyosh charaqlaydi, moviydir osmon.
Hofiz qo`shiq aytar, raqs tushar jonon.
Sevinch bag`ishlaysan keksayu yoshga
Navro`zjon bu galgi kelishing boshqa.
Bir yon katta kurash, bir yon ko`pkari.
Askiya , aytishuv, o`lanlar bari.
Yangalarning aytgan avjli yor-yori.
Sevinch bag`ishlaysan keksayu- yoshga
Navro`zjon bu galgi kelishing bashqa.
Shoirlarning aytar so`zi bo`lib kel.
Yaylovlarda qo`y-u qo`zi bo`lib kel.
Mayli dilbarlarning o`zi bo`lib kel.
Sevinch bag`ishlaysan keksayu- yoshga.
Navro`zjon bu galgi kelishing boshqa.
O`quvchi: Inson to nafas olarkan u kuy qo`shiqsiz, sayroqi qushlarsiz, dala –bog`lar-siz, qirmizi lilalarsiz yashay olmaydi.
Qizlar: “ Bahor valsi “ raqsini ijro etadilar.
Navro`z tarixi. “Navro`z” fors tojikcha so`z bo`lib “ Yangi kun” degan ma`noni anglatadi. O`rta Osiyo va Yaqin shrq xalqlarining qadimiy an`anaviy yangi yil bayrami hisoblanadi. Navro`z juda qadimdan, Islom dini qabul qilinmasdan 30 asr ilgari Ahomaniylar davridan nishonlana boshlagan. Navro`z bahorgi tun va kunning tengligiga, ya`ni 21-22 martga to`gri keladi.
O`quvchi: Yomg`ir savalar mayin.
Maysa yashnar kun sayin
Men ham endi o`ynayin
O`rtoqjonim bu Navro`z.
Marjon taqdi majnuntol
Arilar keltirar bol.
Lola peshvoz qaddi dol.
O`rtoqjonom bu Navro`z.
Qaynar shirin sumalak.
Tovlanar yoy kamalak
Gulga qo`nmish kapalak.
O`rtoqjonim bu Navro`z.
Olam gul ichra yashnar
Ming bir tovusga o`xhsar.
Yashil poyondoz to`shar, bu Navro`z.
1-boshlovchi: Navro`z-bu haqiqiy xalq bayrami.Navro`zda odamlar hovli-joylarni tozalaydilar, gullar ekadilar.
2-boshlovchi: Har bir xonadonda ko`k somsa, ko`k chuchvara, qatlama pishiriladi. Navro`z ayyomining o`ziga xos go`zal urf-odatlari asrlar osha bizlargacha yetib kelgan. Ularning ayrimlari bilan hozir tanishamiz.
1-qiz: Hayotingiz shirin bo`lsin, Muqaddasxon!
2-qiz: Sizniki ham shirin bo`lsin, Lazizaxon!
1-qiz: Har doim gulday ochilib yuring Dinoraxon!
2-qiz: Siz ham, Dilnozaxon!
Bu yil suvga serob bo`lsin. Hosilimiz mo`l bo`lsin. Elda tinchlik bo`lsin.
1-bola:Tongda bulbul taratdi,
Bir yoqimli hush navo.
Nazarimda bahorni
Olib keldi u go`yo.
Bulbuljon bahor qushi,
Bulbuljon Bahor o`zi.
Bulbul: Bulbul derlar otimni
Surishtirmang zotimni.
Mittigina qushchaman
Og`aynim bog`-u chaman.
1-bola: O`zing kichkina,
Ovozing yaxshi.
Qani bulbulcham
Bir sayrab berchi.
Bulbul: Mayli o`rtoqjon
Mayli sayrayman.
Ko`m-ko`k bog`ingda
Uchib yayrayman.
“Bulbulcham” qo`shig`i
1-boshlovchi: Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan.
Hamma bir-biriga jigar so`z ekan.
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan.
Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan.
2- boshlovchi: Assalom, tong kabi otgan Navro`zim!
Assalom, yuzlari yorug` Navro`zim!
Bayramingiz muborak bo`lsin, aziz mehmonlar.
Yangi yilingiz muborak bo`lsin, hey bolajonlar!
Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan.
Bahoroy dugonalari bilan kirib keladi.
Hay-hay o`lan jon o`lan
Navro`z keldi yor-yor
Navro`zoyni kutgani.
Xalqim chiqdi or –yor.
Bahoroy: Assalomu-alaykum aziz mehmonlar!
Men bahorman, gullarim bilan ,
Iliq quyosh nurlarim bilan
Qo`shiq aytib sho`x irmoqlarim,
Yelday o`ynab, ko`k yaproqlarim.
Mahmon bo`lib keldim bolalar.
Olib keldim gulu lolalar.
Men Bahorman,, go`zal Bahorman,
Sizga sevinch bilan boqarman.
Men huzuringizga yolg`iz kelganiz yo`q. Bu dugonam Maysaxon, bu dugonam Suvsuluv, bu dugonam Guljon, bu dugonan Oftoboy. Men ularsiz go`zal “Bahor” bo`la olmayman. Hozir dugonalarim sizlarga topishmoqlar aytadilar, qani tipinglar-chi.
Suvsuluv: Tosh-u qumlarni surib,
Tog’ dan kelar yugurib.
Maysaxon: Bahorda o`sib chiqdi.
Yam-yashil bo`lib chiqdi.
Oftoboy: Nur sochar,o``tli yashar.
Boqay desang ko`z qamashar.
Guljon: O`zi qizil, go`zal biram.
Qirga yozar go`zal gilam.
Bahoroy: Balli bolajonlar, to`g`ri topdingizlar.
1-boshlovchi: Rahmat Bahoroy, davramuzga chiroy qo`shdingizlar. Biz bilan birga bo`ling.
Otalari chiroyli yurtim,
Onalari chiroyli Yurtim.
Jannatmakon deydilar ajab.
Bog`-rog`lari chiroyli yurtim. 2-boshlovchi: Yigitlari chiroyli yurtim.
Gul qizlari chiroyli yurtim.
Aslo senga ko`zlar tegmasin.
Bayramlari chiroyli yurtim.
1-bola: Azal –azal Navro`zjon
Bayramlarning zo`rida.
Nuroniy chol- kampirlar
Turar davra to`rida.
Keling Navro`z sayliga,
Siz ham keeling mayliga.
2-bola: Navro`z nishonasi bu.
Bobodehqon ish boshlar.
Ezgu niyat bilan u.
Yeriga urug` tashlar.
Keling Navro`z sayliga,
Siz ham keling mayliga.
1-bola: Bizning elda bu ayyom,
Sumalaksiz o`tmaydi.
Yalpiz somsa yopmasdan.
Aziz mehmon kutmaydi.
Keling Navro`z sayliga,
Siz ham keeling mayliga
1-boshlovchi: Tabiatga sochib qo`yib turfa rang,
Chorlab turar bepoyon urf bir qarang
Quchoq ochib yuguraman bosh yalang
Ey bahor-ey, bahorjon-ey, bahorjon.
1-boshlovchi: Har tong maysa qulogida dur sirg`a
Marvaridlar sochilibdi adirga
Yur ko`klamni quchib qaytarib birga
Bu bahordir, bahorjon-ey, bahorjon.
Raqs.”Binafsha”
Navro`z bayram elimda
Zavqim qaynar dilimda,
Qalbim bahor jo`shaman
Shox raqsga tushaman.
1-boshlovchi: Aziz mehmonlar. “Navro`z” bayrami barcha sharq mamlakatlarida keng nisholanadi.
2-boshlovchi: Bizning bayramga bag`ishlangan tarbiyaviy soatimiz yakunlanayotgan bo`lsada, Ona yurtimizda sayl davom etadi.
Biz sizlarga yaxshi kayfiyat, ko`tarinki ruh tilab qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |