“Layli, Layli!” debon chekib un, El deb, "Majnundur, ushbu majnun!" Majnunning ota-onasi uni Layliga uylantirish uchun sovchi yuboradilar. Lekin Laylining otasi qizini aql-hushdan begona bir “devona”ga berishdan or qiladi va Majnunning Layli qabilasiga kelishini ta’qiqlab qo’yadi. Majnunning otasi qabiladoshlari bilan maslahatlashib, Qaysni zanjirband qiladi. Lekin ishq otashi ta’siridan zanjir uzilib, Majnun uyidan chiqib ketadi. U bedard qabiladoshlarini ham, yaqinlarini ham, umuman jamiyatni unutish darajasiga boradi, zero bu holat haqiqiy oshiq uchun xos xususiyatdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |