Demak, dostonga munosib libos bo’lgan Layli va Majnun haqidagi afsona syujetini badiiy bayon etish, hattoki hayot mantiqi ufurib turgan obektiv voqelik ham ushbu doston uchun maqsad emas, vosita xolos. Ya’ni afsona hamda real hayot lavhalari ulkan, azaliy va abadiy haqiqatni ifodalovchi majoz. Syujet voqeligini haqiqat deb bilgan va unga ergashgan o’quvchi dostonning faqat zohiriy qatlamini kashf etadi, shuning o’zi bilan kifoyalanganda ham katta ma’naviy boylik sohibiga aylanadi. Ikkinchidan, tasvir va ifoda tarzidagi badiiyyat sof filologik talqin, tarixiy poetika nuqtai nazaridan yuksak ahamiyatga ega. Ammo shunisi borki, hazrat Navoiyning pirovard maqsadi bu ham emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |