Maktabda oliy va birinchi toifali o‘qituvchilarni ko’paytirish ularga shart – sharoit yaratib berish, oliy va birinchi toifali o‘qituvchilarga kamida bir stavka dars berish hamda fan xonalarini ajratish, o‘quvchilar bilan ishlashi uchun zamonaviy texnologiyani yaratib berish - Maktabda oliy va birinchi toifali o‘qituvchilarni ko’paytirish ularga shart – sharoit yaratib berish, oliy va birinchi toifali o‘qituvchilarga kamida bir stavka dars berish hamda fan xonalarini ajratish, o‘quvchilar bilan ishlashi uchun zamonaviy texnologiyani yaratib berish
- O‘qituvchilar toifasini oshirish uchun ularni bosqichma-bosqich attestatsiyaga jalb etish, oliy yoki birinchi toifa olgan o‘qituvchilarni toifa ololmagan o‘qituvchilarga ustoz qilib biriktirish hamda iqtidorli sinflarga dars mashg‘ulotlarini olib borishi uchun, sinflarni saralash.
- Toifa ololmagan o‘qituvchilarni muddatidan oldin malaka oshirish kursiga yuborish hamda o‘z bilimini oshirish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlarga jald etish
- CHet tili o‘qituvchilarining 8 nafarini sertifikat olish uchun uchun hujjat topshirishini ta’minlash, qo‘shimcha kurslarga jalb etib, o‘z bilimi ustida ishlashlarini tashkil etish.
O‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga o‘lgan holda variativ sinflar tashkil etish orqali ularni keyingi ta’lim bosqichiga samarali tayyorlash maqsadida variativ o‘quv reja ishlab chiqish - O‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga o‘lgan holda variativ sinflar tashkil etish orqali ularni keyingi ta’lim bosqichiga samarali tayyorlash maqsadida variativ o‘quv reja ishlab chiqish
- 2022-2023 o’quv yilida tabiiy fanlar yo’nalishi bo’yicha 10-11-sinf o’quvchilari uchun variativ o’quv dasturi bo‘yicha darslar tashkil etish
- 10-11-sinflarda darslarni muntazam ravishda kuzatish va tahlillarni olib borish. O’quvchilarning qiziqishlariga qarab ularni OTMlarga yo’naltirish bo’yicha turli xil sinovlar olib borish.
- Navoiy Davlat Pedagogika Instituti, Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, bu borada 10-11-sinf o’quvchilarini oliy ta’lim muassasasiga sayohatlar uyushtirish va ular bilan shartnomalar tuzib olish. Har oyda bir marotaba aniq va tabiiy fanlardan online olimpiadalar tashkil etish. Bu olimpiadaga o’quvchilarning ishtirok etishlari uchun homiylar tomonidan moddiy yordamlar ko’rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |