Navoiy viloyati Uchquduq tumani 20- maktab texnologiya fani o‘qituvchisi Otayeva Munojot Shukurilloyevnaning “Kimyoviy tolali gazlamalar. Kimyoviy tolali gazlamalardan savatda “Kuzgi gullar” kompozitsiyasini tayyorlash texnologiyasi ” mavzusidagi samarali usullari Psixologik iqlim yaratish Qizlar fazilatlari chevar oqila mehnatsevar bilimli pazanda hayoli 1- guruh Lola 2-guruh Atirgul Guruhlar nomi:
Baholash kartochkalari OFARIN BARAKALLA TASANNO QOYIL “Kuzgi gullar” kompozitsiyasi ko‘pincha gazlama qoldiqlaridan tayyorlanadi. Xonalarni jihozlashda katta guldastalardan foydalanish mumkin. Bunday gullarni tayyorlashda tabiiy va kimyoviy tolali gazlamalarni ishlatish mumkin. Gullarni tayyorlash uchun faqat yangi gazlamalardan emas, balki eski gazlamalardan ham foydalaniladi. Biroq ularni ishlatishdan avval yaxshilab yuvish kerak. Gul tayyorlanayotgan gazlama bo‘lagiga dastlab ishlov beriladi, ya`ni tabiiy va kimyoviy tolali gazlamalar kraxmallanadi, shoyi va trikotaj materiallar esa jelatin bilan qotiriladi. Jelatinlangan gazlama qattiqroq va namgarchilikka ancha chidamli bo‘ladi, bundan tashqari mato yaxshiroq shakl oladi va berilgan shaklni uzoq vaqt saqlaydi. “Kimyoviy tolali gazlamalar. Kimyoviy tolali gazlamalardan savatda “Kuzgi gullar” kompozitsiyasini tayyorlash texnologiyasi ” Qurigan gazlama bo‘lagi yaxshilab dazmollanadi. So‘ngra undan turli shakldagi gullar kompozitsiyasini tayyorlash mumkin. Bunda gazlamaning rangiga, guliga e`tibor berish kerak. Shu bilan birga gullar kompozitsiyasini tayyorlash uchun atlas lentalardan ham foydalanish qulaydir. Sun`iy gullardan namunalar
Bu metodni barcha fanlarga , shu jumladan texnologiya fanida ham qo‘llashimiz mumkin. Biz bilamizki, Facebook ijtimoiy tarmoqdarida barchamiz kundalik ma`lumotlarni va yangiliklarimizni yoritib boramiz. Bu narsa bolajonlarimiz uchun juda qiziqdir. Shuning uchun ham biz o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda “Facebook metodi” dan foydalanamiz. Bunda har bir o‘quvchi dars davomida bajargan amaliy mashg‘ulotini “Facebookda yoritadi” . Ya`ni, doskaga chiqib taqdimot qilib beradi va qolgan o‘quvchilar bu o‘quvchining qilgan ishiga “komentariya yozishadi” , ya`ni o‘z salbiy va ijobiy fikrlarini bildirishadi. Bu orqali o‘quvchilar o‘z yutuqlarini tinglash bilan birgalikda , tanqidiy fikrlarni ham to‘g‘ri qabul qilishni va kamchiliklarini tuzatishni o‘rganishadi. Bundan tashqari o‘quvchilarni kreaktiv fikrlashga o‘rgataman.