Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/117
Sana18.07.2021
Hajmi1,07 Mb.
#122742
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni

18 -19- ma’ruza 
Mavzu: Dars tiplari va tuzilishini aniqlash   
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Kimyo darslari klassifikasiyasi. 
2.  Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari 
3.  O’quv malakalarni qo’llash darslari 
4.  Tayanch bilim, o`quv malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari. 
5.   Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari  
6.   Kimyo  darslari konspekti. 
7.   Kimyo darsi tahlili. 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Yangi    bilimlarni  o`zlashtirish 
darslari, o`quv malakalarini qo`llash darslari, tayanch bilim, o`quv malakalarini 
qo`llash  va  rivojlantirish  darslari,  bilimlarni  umumlashtirish  va  tizimga  solish 
darslari,  bilim,  o`quv,  malakalarini  tekshirish  darslari,  aralash  darslari,  kimyo 
darslari konspektini  tuzish, kimyo darslari tahlili. 
 
Darsning tashkil etilishi ta`lim mazmuni, sinfning xususiyatlari, dars tipi va 
metodlari kabi maqsadlardan kelib chiqadi. 
 
O`qituvchining  o`z  fanini  chuqur  bilishi  bilan  birga,  uni  o`quvchilarga 
yetkaza  olishi  katta  tayyorgarlik  va  mahorat  talab  qiladi.  O`qituvchi  keyingi 
darslarga  tayyorlanar  ekan,  o`zining  bilimi,  mehnat  va  turmush  tarbiyasi, 
pedagogik  mahorati  darajasiga,  shuningdek  maktabning  imkoniyatlarini  hisobga 
olib ishga kirishmog’i  lozim. 
 
O`rganilayotgan har bir  ta`lim mazmunini usuliy jihatdan turli variantlarda 
ishlab chiqib eng ishonchli va samaralisini  tadbiq etish maqsadga muofiqdir. 
 
Fanni  o`zlashtirish,    egallash  amaliy  faoliyatga  tadbiq  etish  ta`lim 
mazmunidan  kelib  chiqib,  darslarni  tiplarga  ajratish  zaruratini  paydo  qiladi.  Har 
bir dars murakkab pedagogik jarayon bo`lib, uni chuqurroq tushuntirish uchun uni 
tiplarga  ajratib tavsif  qilib olishning ahamiyati katta. 
 
Pedagogik  adabiyotlarda  darslarni  tiplarga  ajratishning  bir  qancha  turlari   
berilgan, xususan darslarning  
a).  asosiy mazmuni va maqsadiga ko`ra  
b).  o`qitish jarayoni taxminiga ko`ra  
v).  tuzilishiga qarab tiplarga ajratish ko`p uchraydi. 


 
51 
 
 
Biz  tayanch  bilimlarni  amaliy  faoliyatga  tadbiq  etishni  o`zida  namoyon 
qiladigan ta`lim mazmuni asosiga tuzilgan dars tiplari haqida fikr yuritamiz. 
 
Biz  ko`p  yil  pedagogik  tajriba  va  kuzatish  xulosalariga  asoslanib  bilim 
o`quv  va  malakalarni  yalpi  qo`llash  darslari  tipini  "tayanch  bilim,  o`quv  va 
malakalarni  qo`llab  rivojlantirish  darslari"  deb  ta`riflashni  tavsiya  qilamiz. 
Bundan  asosiy  maqsad  tayanch  bilimlar  mohiyatini    chuqurlashtirish,  tartibga 
solib  kengaytirish,  ularni  faoliyatga  tadbiq  eta  bilish  kabi  didaktik  vaziyatlar 
e`tiborga olingan holda darslarni tiplarga ajratishdir.  
 
Shunday qilib, biz dars  tiplarining quyidagi tavsifini tavsiya etamiz. 
1.  Yangi  bilimlarni o`zlashtirish darslari. 
2.  O`quv malakalarini qo`llash darslari. 
3.  Tayanch bilim, o`quv malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari. 
4.  Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari  
5.  Bilim, o`quv, malakalarini tekshirish darslari. 
6.  Aralash darslar  
 
Keyingi vaqtda  nostandart   dars xillari haqida gaplar ko`p tilga olinadigan 
bo`ldi. Vaholanki,  inson  azaldan  puxta o`ylab tuzilgan reja asosida ish yuritib, 
samaradorlikka    erishib  kelganini  unutmaslik  kerak.    Odatda  fan  yutuqlari  ilg`or 
tajribalar sinovdan takror  - takror o`tgach, amaliyotchi o`qituvchilarga faoliyatga 
qo`llash uchun tavsiya qilinadi va bu eng  ma`qul  yo`l  hisoblanadi.  
 
Biz darslarni asosiy  ta`lim mazmuni va maqsadlariga ko`ra tiplarga ajratish 
tarafdorimiz.  Chunki  har  bir  darsning  asosiy  maqsadi  ta`lim  mazmunidan  kelib 
chiqadi.  Darsning  maqsadi  ta`lim  mazmunini  o`quvchiga  berish  bilan  birga  shu 
mazmun asosida uni shaxsini tarbiyalash hamda kamol toptirishdan iborat. 
 
Albatta, darsning biz yuqorida tilga olgan  tiplari ham metodlari ham nisbiy 
bo`lib  hisoblanadi.  Har  bir  tip  yoki  metod  tanlanganda  o`qituvchi  ularning  shu 
darsda  dominatlik  vazifasini  bajarishini  hisobga  olmog`i  kerak.  Chunki  darsda 
metodlarning bir nechtasidan foydalaniladi. Asosiy maqsad  darsning mazmunini 
o`quvchiga yetkazish tipi va metodiga qaratiladi.  
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish