MA'RUZA № 19
FOYDALI QAZILMALARNI QIDIRISH USULLARI
Xar doim qidiruv ishlarini olib borish axamiyatiga ega bo’lgan tabiiy iqlimlarni o’rganish
uchun geologik-bashoratlash, qidirish va qidiruv-razvedka ishlari ketma-ket 4 davrga bo’lib olib
boriladi.
1 Davr: Mintaqaviy geologik o’rganish;
a) 1:1000000—:500000 masshtabdagi xududiy geologo-geofizik tekshiruvlar;
b) 1:200000—:100000 masshtabdagi xududiy geofizik, geologik-suratga olish, gidrogeologik va
muxandis-geologik qidiruv ishlari.
2 Davr: 1:50000 (1:25000) masshtabdagi geologik suratga olish ishlari.
3 Davr: Qidiruv ishlari.
4 Davr: Qidiruv-baxolash ishlari.
Mintaqaviy geologik o’rganish.
Bu ishlarning maqsadi: mamlakatimizning geologik tuzilishining asosiy belgilarini, maydon
lokalizatsiyasini, baxolash va qidiruv ishlarini olib borishni belgilash va ularga bog’liq bo’lgan
foydali qazilma resurslarini aniqlashdan iborat.
O’rganish ob'yektlariga aloxida foydali qazilma xavzalari, ularning qismlari yoki samarador
ma'dan xududlarini baxolash kiradi.
Geologik xaritalash guruxiy metod bilan birdan bir necha o’xshash xududlarida va ulkan
geologik tizimida o’tkaziladi.
Xududiy geologik suratga olish va geofizik ishlar natijasida: 1:200000 masshtabdagi davlat
geologik xaritasi, geofizik xaritalarining yig’masi, foydali qazilmalar xaritasi, istiqbollangan
maydonlarning, foydali qazilmalarning va qidiruv ishlarining keyinchalik zarurligini ko’rsatuvchi
taxrirlangan xaritalari hosil bo’ladi.
Shu bilan bir qatorda talabga javob beradigan gidrogeologik va injener —geologik xarita
tuziladi. Bashoratlangan resurslarning zaxiralari ma'dan tugunlari maydonlariga bog’liq bo’ladi va
R3 (tasniv) buyicha tasnivlanadi. Aloxida mukammalashtirilgan uchastkalar R2 kategoriya buyicha
baxolanadi.
Bashoratlangan
resurslarni
R3 kategoriya
buyicha
baxolanayotganda,
bashoratlangan
ko’rinishdagi foydali qazilmaga xalk xo’jaligining talablari xisobga olinishi kerak, shu bilan bir
qatorda sotsial —iqtisodiy va iqtisodiy geografik omillarning kapital sarpoyalarining mumkin
bo’lgan xajmlarda va mineral xom —ashyoning yangi manba'larini o’zlashtirish vaqtiga ta'siri xam
xisobga olinishi kerak.
1:50000 (1:25000) masshtabdagi foydali qazilmalarning umumiy qidiruvlari bilan geologik
suratga olish ishlari.
Bu davrda ishlar samaradorli ma'dan tushunchalarida ularning metallagonik xususiyatlari va
extimollik darajasi yuqori bo’lgan foydali qazilma komplekslari xududida olib boriladi.
Bular o’z ichiga quyidagilarni oladi:
— Turli maydonli geofizik tadqiqot usullari;
— Turli masofa usullarining yechimi va materiallarning ishlatilatilishi;
— Maxsus geologik marshrutlar, metallogostratigrafik, mineral —petrografik va geoximik
tadqiqotlari, ximikli va geoximik namunalarini tanlashi bilan;
— Geomorfologik suratga olish, iqlim, qirqimlarning tasviri va lanshaftni xaritalash;
— Xaritalangan quduqlarni burg’ulash;
— Umumiy izlanishning maqsadi: kon maydonlari va katta qazilmalarning oddiy geologik
tuzilishini topish va istiqbolli ma'danli maydonlarni qamrab olish va chegaralash. Qidiruv ishlari
ayni paytda berilgan foydali qazilma konlarini xajmi ko’pligiga qaratilgan. Umumiy qidiruvlar
vazifasiga
— Xamma aniqlangan anomaliyalar va anamal zonalar, foydali minerallar aniqlanganligi va kon
aniqligi, ularning geologik tabiatini aniqlashi, mineral —geologik xususiyatlari, strukturali
elementlar va maxalliy jinslar bilan bog’langanligini va yumshoqlangan jinslarning tekshiruvchi;
— Aniqlangan masshtabdagi samaradorli maydonining va konning R2 kategoriya buyicha
bashoratlangan resurslari xisobi bilan baxolanishi;
Geologik suratga olish natijasida: 1:50000 masshtabdagi geologik xarita, bashoratlangan foydali
qazilmalarning komplekslarining maxsuslashgan geoximik va boshqa maxsuslashgan xaritalari, shu
bilan bir qatorda geologik suratga olish natijasida olingan, bashoratlangan xaritasi va yangi
ma'lumotlar xisobi bilan samaradorlik ma'dan tugunlarining resurslari baxosi aniqlanadigan xaritalar
tuziladi.
Agar foydali qazilmalar qazib olish uchun yetarli (darajada) chuqurlikda joylashgan bo’lsa, u
xolda samaradorli ruda tugunlari chegaralarida chuqurlikni geologik xaritalash ishlari olib boriladi.
Chuqurlikni geologik xaritalash natijasida: fundament yuqorisining xaritasi, ularning chuqurlik
xaritasi ular bashoratlangan xarita bilan R3 kategoriya buyicha bashoratlangan samaradorli ma'dan
tugunlari baxosi xaritasi tuziladi va qidiruvning chuqurlikdagi aniqligi buyicha istiqboli yuqori
maydonlarni chegaralash amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalarning umumiy qidiruvi chuqurlikni geologik xaritalash va geologik suratga
olish jarayonida ularning yaroqligi, zaruriyligi tasdiqlangan samaradorli ma'dan tugunlari
maydonlarida olib boriladi. Geologik tuzilishi murakkab bo’lmagan xududlarda va katta
o’lchamdagi qazilma konlarida qidiruv ishlari 1:200000 masshtabli geologik suratga olishlari
yakunlangandan so’ng darxol amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |