Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-sonli imkoniyati cheklangan eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab –internati boshlang’ich sinf o`qituvchisi Safoeva Dilraboning ilg’or ish tajribasidan



Download 175.25 Kb.
Sana12.02.2017
Hajmi175.25 Kb.
логотип copy20

Respublika ta`lim markazi



Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-sonli imkoniyati cheklangan eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab –internati boshlang’ich sinf o`qituvchisi Safoeva Dilraboning ilg’or ish tajribasidan

Alohida yordamga muhtoj bolaga alohida

mehr va e'tibor baxsh etib…



Navoiy - 2015 y.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI

RESPUBLIKA TA`LIM MARKAZI

MAXSUS TA`LIM BO`LIMI

NAVOIY VILOYAT XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI

METODIKA MARKAZI

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-sonli imkoniyati cheklangan eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab –internati boshlang’ich sinf o`qituvchisi Safoeva Dilraboning ilg’or ish tajribasidan

Navoiy -2015 yil

Respublika ta`lim markazi Maxsus ta`limb bo`limi Ilmiy metodik kengashining 2015-yil 26-maydagi 2-sonli yig`ilishida ommalashtirishga tavsiya etildi

Taqrizchilar:

D.Yakubjanova TDPU, Defektolodiya fakulteti

katta o`qituvchisi


F.Qodirova A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI

dotsenti p.f.n.


N.Azimova RTM bosh metodisti
D.Amirqulova Zaif eshituvchi bolalarga

ixtioslashtirilgan 106-sonli

maktab-internati o‘qituvchisi

Mundarija:

Risola maxsus ta`limy o`nalishida faoliyat ko`rsatayotgan pedagod xodimlar uchun mo`ljallangan bo`lib, quyidagi bo`limlardan tashkil topgan:



I bo`lim: Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-sonli eshitish imkoniti cheklangan bolalarga ta'lim-tarbiya berishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati haqida ma'lumot............................................................................................................................6

II bo`lim: Ta`lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda D.Safoyevaning o`rni….7

III bo`lim: Ilg`or tajribali o`qituvchining namunali dars va mashg`ulot ishlanmalaridan namunalar…………………………………………………………………………...….17IV bo`lim: Mayda qo`l motorikasini rivojlantirish – yozuv ko`nikmalarini shakllantirishning asosi sifatida………………………………………………………...31

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-sonli

eshitish imkoniti cheklangan bolalarga ta'lim-tarbiya berishga

ixtisoslashtirilgan maktab-internati to‘g‘risida ma'lumot
Karmana tumanidagi 25- sonli imkoniyati cheklangan eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab–internati binosi 1958-yilda qurilgan bo`lib, quvvati 250 o‘ringa mo`ljallangan.

Maktab-internatida 1973-yilgacha tumandagi kam ta'minlangan oila farzandlari o‘qitilgan.

1973-yilda Shofirkon tumanidagi eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati ko‘chirib keltirilgan va 1973-yilning 1-sentyabridan e'tiboran viloyat aholisining eshitishida nuqsoni bo`lgan farzandlarini o‘qitish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

Muassasa direktori: Jumaev Azim Usmonovich.

Muassasaning to‘liq nomi: Karmana tumanidagi 25-sonli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Maktab-internat kontingenti: 250 nafar eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta'lim-tarbiya oladi. Shulardan 28 nafari bog‘cha guruhi tarbiyalanuvchilaridir. Maktab-internatda jami 23 ta sinf komplekti mavjud bo‘lib, ularda 224 nafar o‘quvchi (121 nafari qizlar 54%) ta'lim – tarbiya oladilar. Boshlang‘ich sinflarda 12 ta sinf bo‘lib, ularda ta'lim – tarbiya olayotgan o‘quvchilar soni 121 nafarni tashkil etidi.

Maktab-internatda 78 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. O‘qituvchilardan 69 nafari defektolog – surdopedagog.

Respublika ta'lim markazi qoshidagi “Maxsus ta'lim” yo‘nalishidagi Ilmiy metodik Kengashning 2013-yil 24-maydagi 3-sonli yig‘ilishi qaroriga ko‘ra maktab – internat ilg‘or ish tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirildi.

Maktab – internat o‘qituvchilari ish tajribasini ommalashtirilishi: 2013-2014 o‘quv yilida 7 nafar, 2014-2015 o‘quv yilida 3 nafar jami 10 nafar o‘qituvchining ish tajribasi viloyat miqiyosida ommalashtirildi.
Ta`lim-tarbiya jarayoni samaradorligini

oshirishda D.Safoyevaning o`rni.

Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot,

yo najot, yo halokat, yo saodat,

yo falokat masalasidir.

A.Avloniy

Navoiy viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi Metodika markazi raxbarligida

2014-yilning 28-noyabr kuni Karmana tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan maktab-internatda “Boshlang’ich ta`limda maxsus sinflarda ishlash” mavzusida xamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida o`tkazilgan ilmiy –amaliy seminar yakunlariga bag’ishlangan yig’ilish bayonnomasiga, Karmana tumanidagi 25- ixtisoslashtirilgan maktab –internati pedagogik kengashining 2014 yil 24 maydagi 9-sonli bayonnomasi- ga asosan ish faoliyati viloyatda ommalashtirilgan quyidagi o`qituvchilar ilg’or pedagogik tajribasi respublika miqiyosida ommalashtirishga taqdim etiladi.

Safoeva Dilrabo Izzatullaevna. 1970 yilda Karmana tumanida tug’ilgan. 1995-yilda Navoiy Davlat pedagogika instituti “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” fakultetini tugallagan. 2007 yilda A.Avloniy nomidagi TXTXQTMO markaziy institutida defektologiya–surdopedagogika yo`nalishida qayta tayyorlov kursidan o`tgan. Pedagogik staji 20 yil. Boshlang’ich ta`limda ona tili, nutq o`stirish va matematika darslarida rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari asosida ish olib boradi. Faoliyatida ayniqsa bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan individual ishlashga alohida e`tibor qaratadi. Eshitish imkoniyati cheklangan bolalar nutqini o`stirish, fikrini og’zaki va yozma nutqda erkin bayon etishga o`rgatadi. U o`z ish faoliyati davomida ta`lim muassasasida ta`lim –tarbiya jarayonini takomillashtirish o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish, jamoada sog`lom ijodiy muhitni ta`minlash borasida o`z kuch g`ayrati, bili8mini ayamay kelayotgan fidoiy ustozdir.

D.Safoeya maxsus ta`lim tizimini rivojlantirishda maxsus ta`lim sohasiga turli yangiliklarni tadbiq qilish, dars jarayonida turli interfaol usullardan foydalanish, dars sifat-samardorligiga erishish borasiga juda katta e`tabor qaratdi. O`qituvchi o`z faoliyatida “Blits so`rov”, “Zigzag”, “Moychechak”, “Fikrni davom ettir” usullaridan foydalanadi. Bu usullardan samarali foydalanish orqali, darslarini qiziqarli, mazmunli tashkil etib, o`quvchilar bilimida yuqori ko`rsatkichlarga, shuningdek sinfidagi past o`zlashtiruvchilarning darsning faol ishtirokchisiga aylanishiga erishgan. D.Safoeva dars berayotgan sinfda o`quvchilar bilimining sifat ko`rsatkichi ona tili fani bo`yicha 84 foizdan 86 foizgacha, matematika fanida 82 foizdan 85 foizgacha ko`tarildi. Ijodkor o`qituvchi 2014-yilning 25-fevraldan 28-fevralgacha bo`lib o`tgan “Ochiq darslar festivali”da, mart oyida tashkil etilgan “Eng yaxshi dars ishlanmasi” ko`rik tanlovida ishtirok etib faxrli 1- o`rinni egalladi.

Dilrabo Safoeva O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, respublika ta`lim markazi tomonidan Jizzax shahrida o`tkazilgan “Ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish: muammolar va echimlar” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy konferensiyasida “Ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligi” ma`ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ijodkor o`qituvchi 2014-yilning 13-may kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tgan “Boshlang’ich ta`limni sifat va samaradorligini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy konferentsiyasida ham o`z ish tajribasini yorituvchi maqolasi bilan qatnashdi. 2014-yil “Boshlang’ich ta`lim” jurnalida “Biz nimalarni o`rgandik” deb nomlangan dars ishlanmasi chop etildi.

Ta`lim sohasida erishgan yutuqlari munosib taqdirlanib, Viloyat Xalq ta`limi boshqarmasining “Faxriy yorlig’i”, 2013-yilning 1-oktyabrida “O`qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan Viloyat xokimligi “Faxriy yorlig’i” bilan taqdirlandi. 2013-2014 o`quv yili yakuni bilan ish tajribasi viloyat miqiyosida ommalashtirildi.

U maktabda jonkuyarligi, fidoiyligi, maxsus ta`lim tizimini takomillashtirishdagi xissasi uchun bir necha martta viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan

Dilrabo Safoeva boshlang’ich sinflar metod birlashmasi rahbari, o`nlab shogirdlarning ustozi. Ijodkor o`qituvchi maktab –internatda o`tkaziladigan barcha tanlov va tadbirlar, jamoat ishlarida faol ishtirok etadi.

Maktab –internat direktori A. U. Jumayev

Alohida yordamga muhtoj bolaga alohida

mehr va e'tibor baxsh etib…
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 25-sonli maktab – internat faoliyati “Ta`lim to`g’risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentyabrdagi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil qilingan.

Maktab –intenatda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining “O`rgan – o`rgat” tadbirlari o`kituvchilar o`rtasida ikki yo`nalishda, ya`ni: “Ustoz-shogird maktabi” va “Ilg’or tajriba maktabi” tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Maktab –internatda tashkil etilgan “Ilg’or tajriba maktabi” 24 nafar ijodkor, bilimli, salohiyatli o`qituvchilarni birlashtirgan. Ta'lim-tarbiya jarayonini tabaqalashtirilgan va individual yondashuv asosida tashkil etish, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, jismoniy va ruhiy rivojlanishini ta'minlash, rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish va korreksiyalash borasida Dilrabo Safoevaning olib borayotgan faoliyatini namuna sifatida ko‘rsatish mumkin.

Dilrabo Safoeva 1995 yildan buyon maktab –internatda faoliyat ko`rsatadi.

20 yillik ish faoliyati jarayonida o`zining ijodkorligi, qiziquvchanligi, bolajonligi, ta`lim yangiliklarini amaliyotga tadbiq etishdagi faolligi bilan ajralib turadi. Dilrabo Safoeva ta`lim –tarbiya jarayoniga ijodiy yondoshish orqali o`quvchilarni korreksion tarbiyalash, ya`ni imkoniyati cheklangan bolalar ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf qilish hamda ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishni asosiy vazifasi deb biladi.

Pedagog o‘zaro tahlillarda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olinishini nazarda tutishadi.


  1. Ilmiy tahlil

  2. Korreksion metodik tahlil

  3. Didaktik tahlil.

4. Umumpedagogik tahlil.

Dars tahlilidan ko‘zlangan maqsad o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish, ulardagi ijobiy natijalarni o‘rganish bilan birga mavjud kamchiliklar va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish, dars o‘tayotgan mutaxassisning kasbiy mahoratini takomillashtirib borishdan iboratdir.



Ilmiy tahlil – berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, o‘quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiq yo‘nalishda bo‘lishini aniqlash demakdir. Unda o‘qituvchining o‘zi fan mutahassisi sifatida mavzuni ilmiy asosda chuqur bilishi, sohadagi eng so‘ngi ilmiy-nazariy yangiliklar bilan tanishligi, dars jarayonida ilmiy qoida va tariflarning to‘g‘ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning o‘quvchilarga tushuntirilishi, darslik materiallarining qo‘shimcha adabiyot ma'lumotlari bilan boyitilishi tahlil etiladi.

Korreksion-metodik tahlil – o‘qituvchi dars jarayonida qo‘llagan usullarining maqsadga muvofiqligi ta'limning to‘g‘ri va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi. O‘quv materiallarini o‘quvchining imkoniyatini hisobga olgan holda, tushuntirish jarayonida qo‘llanilgan usullarning mosligi metodik tahlil davomida aniqlanadi.

Shuni ta'kidlash lozimki, o‘qituvchi darsda qo‘llagan korreksion usullarning samaradorligi, yangi mavzu materialini imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning qay darajada o‘zlashtirib olganliklari bilan belgilanadi. Shu boisdan har bir o‘qituvchi dars tahlilini bu turiga alohida e'tibor bilan qarash kerak. O‘qituvchining o‘quvchi shaxsiga yondoshuvi, o‘ziga xos uslubining mavjudligi kuzatilib, o‘qitish metodikasini takomillashtirishga imkoniyat yaratadi.



Didaktik tahlil- ta'lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to‘g‘ri hamda mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir. Darsni bu turda tahlil qilishda o‘qituvchi bayonining sinf o‘quvchilari jamoasiga to‘la tushunarli bo‘lishi va bu bayonning izchil ravishda o‘quvchi ongiga yetib borishi, dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda ko‘rgazmali qurollardan, tarqatma materiallar va texnika vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi tahlil etiladi. Ekskursiya, tajriba laboratoriya va amaliy ishlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘tishga erishilganligi, darslik bilan ishlashning to‘g‘ri bo‘lishi aniqlanadi.

Umumpedagogik tahlil – darsning hamma jihatlarini qamrab olgan tahlildir. Bunda quyidagilarni hisobga olish masadga muvofiq: o‘quv xonasi yoki sinf xonasining dars o‘tishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari), dars mavzusi va uning ta'limiy, tarbiyaviy maqsadi. O‘qituvchining dasrni tashkil etish va dars bosqichlaridan to‘g‘ri foydalanishi.

Dilrabo Safoeva shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy hayot va mehnat faoliyatiga tayyorlashda, yuksak ma'naviy-ahloqiy fazilatlarni kamol toptirishda, ularni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantirishda bor kuch-imkoniyatini sarf qilib kelmoqda.

Shuningdek, boshlang’ich ta`limda ona tili, nutq o`stirish va matematika darslarida rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari asosida ish olib boradi. Faoliyatida ayniqsa bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan individual ishlashga alohida e`tibor qaratadi. Eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalar nutqini o`stirish, fikrini og’zaki va yozma nutqda erkin bayon etishga o`rgatadi.

So`z bilan emas, namoyish bilan loyihasi

Dilrabo Safoeva “So`z bilan emas, namoyish bilan” loyihasi ustida ish olib boradi. U o`z faoliyati jarayonida eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarda ko`rgazmali qurollardan foydalanishning avzalligini ko`rsatib berishga harakat qiladi. Har bir o`qitish tizmining shakllari, uslublari davr talablariga mos ravishda o`zgarishi shart. O`qitishning bu qonuniyati, shubhasiz, respublikamizdagi barcha ta`lim sohasiga tegishli. Bugungi kunda maktab -internatda ta`lim jarayoni Davlat ta`lim standartlari talablari va modernizatsiya qilingan o`quv dasturlar asosida tashkil etilayotganligi, davr talablariga mos bo`lgan innavatsion uslublar bilan mujassamlashgan o`qitish texnologiyalaridan foydalanilayotganligiga Dilrabo Safoeva faoliyati yaqqol misoldir.

Ixtisoslashtirilgan maktab - internatlarda darsga to`rtta maqsad qo`yiladi, bular: ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va korreksion maqsadlardir. Hozirgi zamon darslariga qo`yiladigan eng muhim talablardan biri - har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo`lishidir, yani o`quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash avvalgi o`quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo`ladigan jihozlarni belgilash va qo`shimcha ko`rgazmali qurollar bilan boyitishdan iborat. Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalar bilan ishlash, suhbatlashish, o`qituvchi tomonidan mavzuning izchil bayon qilinishi, kitob bilan ishlash, turli xil usullaridan foydalanishning o`ziga xos talablari mavjud. Ushbu usullar odatda o`qitishning turli - tuman ko`rgazmali vositalari va ko`rgazmali - amaliy, ko`rgazmali - ta`sirchan usullari bilan birga uyg’unlashgan holda qo`llaniladi. Vaziyatlar, rasmlar bo`yicha gaplar yozish, topshiriq va buyruqlar bajarib, ular to`g’risida og’zaki va yozma hisobotlar tuzish, intsenirovkalardan foydalanish – eshitish imkoniyati cheklangan bolalar ta`limida asosiy usullardan hisoblanadi. Nutq o`stirish, o`qish darslari, va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda haqiqiy buyumlar hamda ularning tasvirlari (o`yinchoqlar, rasmlar, maket, mulyaj, plakatlar va chizmalar ) ko`rgazmali vositalar sifatida qo`llaniladi.

d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\dilrabo opa\1111111.jpg d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\бошланғич расмлар\2014-02-27-908.jpg

Boshlang’ich sinflarda til o`qitishda o`yin usullari, insenirovkalar, rollar bo`yicha o`qishlar, rasm chizishlardan va chizilgan rasmlarni muhokama qilishdan foydalaniladi. Bunda foydalaniladigan nutq materiali yozma shaklda belgilab qo`yiladi (leksika, frazeologiya, suhbat rejasi, narsa yoki vaziyat tavsifning sxemasi shular jumlasiga kiradi). Ixtisoslashtirilgan maktabda yozma nutq, ko`rgazmali vositalari predmetigina emas, balki og’zaki nutq va so`zli abstrakt fikrlashning muhim korreksion - shakllantirish funksiyasini ham bajaradigan didaktik vosita sanaladi. Ixtisoslashtirilgan maktabda ko`rgazmali vositalar nutq faoliyati motivlarini shakllantirishning samarali usuli bo`lib xizmat qila oladi, nutq amaliyotini kengaytirishga, so`zlarning ma`nolarini, so`zlar o`rtasidagi munosabatlarni aniqlashga qaratiladi. Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarda nutq ikki ko`rinishga ega, ya`ni og’zaki va yozma nutq. Bular o`zaro uzviy bog’langan bo`lsa ham, har birining o`ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda tovushlar, so`zlar nutq a`zolari orqali qabul qilinadi. Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalar ko`rgandan so`ng tez va oson tushinib, fikrini bayon eta oladi. Chiroyli so`zlashni, savodli, to`g’ri yozishni, o`z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoki aytolmagan o`quvchi bilimlarini muvaffaqiyat bilan o`zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli mukammal, talaffuzi, aniq, ravon bo`lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo`ladi. Nutq orqali ichki hissiyotlarini bayon qiladi, ko`rgazmalar orqali bola nomlarni o`rganadi.

Ko`rgazmalar o`quvchilarning yoshiga mos bo`lishi, ularni lug’at boyligini oshirish, nutqiga e`tibor va qiziqishni o`stirish, kitob o`qishga, ko`rgazma asosida fikrni bayon etishga muhabbat uyg’otishi lozim. Ko`rgazmalarni tushuntirishda ilk davrida daktilologiya ( qo`l alifbosi ) dan foydalaniladi.

Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalar maktabning asosiy vazifasi - o`quvchilarni mustaqil izlanishga, fikrini mustaqil bayon etishga o`rgatishdir.

Mavzu asosida tayyorlangan ko`rgazmalar mavzuni o`zlashtirish o`quvchilarning dunyoqarashini o`stiradi, muammoli vaziyatlarni hal qilish yo`llarini topishga o`rgatadi

chumchuq 77 555555555

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi tavsiyalar taklif etiladi:

1. O`quvchi o`quv materialini so`z bilan emas, namoyish bilan ko`proq, tez va oson tushunib oladi

2. Darslarda ko`rgazma maqsad emas, vosita sifatida ishlatiladi.

3. Ko`rgazma orqali bola rang, shaklni ko`rib, tovushni idrok qiladi.

4. Tushuncha, bilim, aniq dalil bo`lgan ko`rgazma bilan samarali esda qoladi.

5. Ko`rgazmali qurollarni o`quvchialar bilan birga tayyorlash samarali natija

beradi.

6. Ko`rgazmalilik faqat tomosha emas, balki bilim olishning manbai, izlanuvchanlik, ijodkorlikka o`rgatuvchi omildir.

7. Axborot texnologiyalari va ta`limning texnik vositalaridan elektron darslik, multimediya, videotasma, slaydlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

8. Ko`rgazmali qurol ishlata turib, diqqat, kuzatuvchanlik, taffakur madaniyati, loyihalash, ijodkorlik va o`qishga qiziqish uyg’otiladi.

9. Ko`rgazmalilikda o`quvchiningning yoshga, qiziqishiga, ilmiylikka, hayot bilan bog’liqligiga e`tiborni qaratish talab etiladi.



d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\бошланғич расмлар\2014-02-27-920.jpg d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\бошланғич расмлар\2014-02-27-909.jpg

Masalan: Matematika fanini o`qitishda ko`rgazmalardan foydalanish o`tiladigan mavzuning mazmuni hamda maqsadini yoritishda rejalashtirilgan natijani beradi



d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\бошланғич расмлар\2014-02-27-907.jpg d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\бошланғич расмлар\2014-02-27-901.jpg d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\бошланғич расмлар\2014-02-27-903.jpg

O`qituvchi o`z faoliyatida “Topishmoqlar”, “Zigzag”, “Moychechak”, “Fikrni davom ettir” usullaridan foydalanadi.

Dilrabo Safoeva turli yo`nalishlarda tadbirlar tashkil etib, o`quvchilarni faollikka undaydi. Shulardan biri 2014 yilning mart oyida tashkil etilgan “Kelajagi porloq yulduzlar” bayram tadbiridir.
d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\kelaj porloq yul. rasmlari\2014-04-29-1586.jpg


d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\kelaj porloq yul. rasmlari\2014-04-29-1584.jpg

Ijodkor o`qituvchi 2014 yilning 25-fevraldan 28-fevralgacha bo`lib o`tgan “Ochiq darslar festivali”da, mart oyida tashkil etilgan “Eng yaxshi dars ishlanmasi” ko`rik tanlovida ishtirok etib faxrli 1- o`rinni egalladi.

Dilrabo Safoeva O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, respublika ta`lim markazi tomonidan Jizzax shahrida o`tkazilgan “Ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish: muammolar va echimlar” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy konferentsiyasida “Ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligi” ma`ruzasi bilan ishtirok etdi.

d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\новая папка (3)\dscn9668.jpg c:\documents and settings\user\рабочий стол\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\дилрабо опа диплом паспорт\rivoj. ta`lim faxriy yorliq..jpg

Ijodkor o`qituvchi 2014 yilning 13 may kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tgan “Boshlang’ich ta`limni sifat va samaradorligini rivojlantirish: muammo va echimlar” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy konferensiyasida ham o`z ish tajribasini yorituvchi maqolasi bilan qatnashdi.



c:\documents and settings\user\рабочий стол\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\дилрабо опа диплом паспорт\bosh ta`lim sifati fax yorliq.jpgd:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\дилрабо опа диплом паспорт\bosh.ta`lim jurnali maqola..jpgd:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\дилрабо опа диплом паспорт\bosh. ta`lim jur. maqola..jpg
c:\documents and settings\user\рабочий стол\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\новая папка (3)\img_9418.jpg c:\documents and settings\user\рабочий стол\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\faxriy yorliq\22222222222.jpg c:\documents and settings\user\рабочий стол\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\дилрабо опа диплом паспорт\boshqarma faxriy yorliq.jpg
2014 yil “Boshlang’ich ta`lim” jurnalida “Biz nimalarni o`rgandik” deb nomlangan dars ishlanmasi chop etildi.

Ta`lim sohasida erishgan yutuqlari munosib taqdirlanib, Viloyat Xalq ta`limi boshqarmasining “Faxriy yorlig’i”, 2013-yilning 1- oktyabrida “O`qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan Viloyat hokimligi “Faxriy yorlig’i” bilan taqdirlandi. 2013-2014 o`quv yili yakuni bilan ish tajribasi viloyat miqiyosida ommalashtirildi.



c:\documents and settings\user\рабочий стол\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\faxriy yorliq\3333333333.jpg d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\дилрабо опа диплом паспорт\3-b sinf faxriy yorliq.jpg d:\янги йилингиз билан!!!\дилрабо сафоева\дилрабо опа диплом паспорт\3-b sinf faxriy yorliq (2).jpg

Dilrabo Safoeva boshlang’ich sinflar metod birlashmasi rahbari, o`nlab shogirdlarning ustozi. Ijodkor o`qituvchi maktab –internatda o`tkaziladigan barcha tanlov va tadbirlar, jamoat ishlarida faol ishtirok etadi.


Ilg`or tajribali o`qituvchining namunali dars va mashg`ulot ishlanmalaridan namunalar.
Topishmoq test

        1. Men ko`rdim qiziq olma, Daraxtda pishmas biroq,

Oq emas, qizil olma. O`zi olmadan yumshoq.
A) olmaB) nokD) pomidor


        1. To`rt yonida to`rtta oy,

Boshimga berar chiroy.

A)gilam-2B)do\'ppi D)yostiq




        1. Yashab yetmish yetti kun, Kuzda uzib olinar,

Kiyar yetmish yetti to`n. Ovqatlarga solinar.

A)karamB) sabziD piyoz

Yoki ushbu “Topishmoqlar usuli matn shaklida quyidagicha ifodalanadi:

O`rmondagi maktab

Bir ajoyib o`rmon bor ekan. Bu o`rmonda ajoyib-u g`aroyib maktab bor ekan. U yerda jajji jonivorlar maza qilib o`qir va o`ynar ekan. Bir kuni muallimao\'rdak-1 xola o`quvchilarini hovliga, sayr qilgani olib chiqibdi. Ziyrak, juda sho`x itvoy, ayyor va tannoztulkioy, yuvoshgina olmahon, momiqqinaquyoncha va chaqqongina jayronchalar rosa o`ynashibdi. Erkatoy, momiq гитаристcha esa ko`lmakdagi 54875_800_600ni ham, kovakdagiilon ni ham, bir chetda o`tirgan toshbaqani ham o`yinga chaqiribdi. O`rmondagi maktab juda chiroyli bo`lib, atrofi darahtlar va gullar bilan o`ralgan ekan. Shunday go`zal tabiat qo`ynida dam olgani uchun jonivorlar muallima o\'rdak-1xoladan minnatdor bo`libdilar va hammasi faqat a’lo baholarga o`qishga va’da berishibdi.

Bu usullardan samarali foydalanish orqali, darslarini qiziqarli, mazmunli tashkil etib, o`quvchilar bilimida yuqori ko`rsatkichlarga, shuningdek sinfidagi past o`zlashtiruvchilarning darsning faol ishtirokchiga aylanishiga erishgan. D. Safoeva dars berayotgan sinfda o`quvchilari bilimining sifat ko`rsatkichi ona tili fani bo`yicha 84 foizdan 86 foizgacha, matematika fanida 82 foizdan 85 foizgacha ko`tarildi.
Savodxonlik bayrami.

Maqsad:

a) Ta`limiy maqsad: o`quvchilarni bilimlarini va yutuqlarini, ko`nikmalarini shakillantirish, og`zaki va yozma nutqini o`stirish.

b) Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni vatanparvarlik, ona yurtiga sadoqatli bo`lish ruhida tarbiyalash, tabiat, uning go`zalliklaridan bahra olishga yo`naltiruvchi estetik tarbiya berish.

v) Rivojlantiruvchi maqsad: Erkin va mustaqil fikrlash, voqealar jarayonini to`g`ri mushohada qilish qobiliyatini rivojlantirish.

g) Korreksion maqsad: Og`zaki nutqqa o`rgatish, nutqiy nafas ustida, ovoz ustida , nutq tovushlari, so`z boyligini oshirish, jumlalarni bir nafasda , me`yoriy ovozda ravon mantiqiy urg`uga rioya qilgan holda, tushunarli talaffuz qilishga o`rgatish.

Dars uslubi: og`zaki bayon qilish, savol-javob, tushuntirish.

Shakl: suhbat-munozara, amaliy mashg`ulot, kichik guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: tarqatma materiallar, rasmlar, harflar, sonlar, didaktik materiallar.

Darsning borishi.

Sinf xonasi mavzuga mos bezatilgan.

O`quvchilarning darsga tayyorgarligi ko`zdan kechirildi.

Tashkiliy qism.

O`qituvchi:

Ilm istang, izingizdan ibrat yog`sin.

Ixlosingiz, shahdingizdan shiddat yog`sin.

Ortingizdan mag`rur-mag`rur millat yog`sin.

Mulki Turon najotlari, ilm istang.

Assalomu-alaykum, hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar mening shirindan shakar o`quvchilarim. Mana bugun hammamiz uchun hayajonli va quvonchli kun, kechagina maktabga qadam qo`ygan bolajonlar bugungi kunda olti oy davomida qisqa vaqt ichida bolajonlar o`qishni, yozishni, so`zlar o`rganishni, rasmlarni farqlashni o`rgandingizlar.

Bugun biz sizlar bilan bolajonlar “Biz nimalarni o`rgandik” (xor bilan aytamiz) mavzusida savol-javob qilamiz.



O`tilgan mavzuni takrorlash.

-Ovoz va nafas mashqlarini bajaramiz.

(Turli rangdagi gullarni hidlaymiz)

-gullar rangini (past ovozda,baland ovozda, bir nafasda aytirish)

-O`quvchilar o`zlarini tanishtiradilar(bolajonlar o`z ismlarini aytadilar)

-Sinf rahbarinig, tarbiyachi opalarining, eshitishni taraqqiy ettirish fani o`qituvchilarining ismi shariflari so`raldi.

O`tilgan harflarni daktilda talaffuz qildilar.

A, P, T, L, M, I, O`, D, S, N, V, O, U, K, Sh,

E, Ch, Y, Z, R, G`, Q, F, J, X, H, G, B, Ng

Bolajonlar harflar tilga kirsinlar!



M- Mehnatning tagi rohat.

K- kesib o`tma har joydan.

U- Ulug`bek uzum yedi.

G- Gulsevar gullar terdi.

N- Non yopmoqda mening oyim.

F- Fil deganlari shumi?

Sh- Shar katta.

O- omon yurtim, omon bo`l.

A- Ayiq asal yaladi.

D- Dalada don mo`l.
Yangi mavzu bayoni.

-Ta`na a`zolari nomini so`rash.O`quvchilar ta`na a`zolarini ko`rsatib nomini aytdilar. 4 231

soch til quloq lab

57

burun ko’z

Bu kim?


aka
безимени-1aka O`g`il bola, aka.

oila


ona

buvi


uka

opa


bobo

Oila a`zolari nomini so`rash.

Biz ham hammamiz bitta oila hisoblanamiz.

Sinfimizda nechta o`quvchi bor?

-11ta o`quvchi bor.

Nechta qiz bola?

-7ta qiz bola.

Nechta o`g`il bola?

4ta o`g`il bola.

To`g`ri va teskari sanash.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

10 9 8 7 6 5 4 3 2 1

Misollar yechish

“Kapalaklar gulga qo`ndi” o`yini orqali misollar yechish.

Masala tuzish: Akvariumda 8ta baliq bor edi. Olindi 4ta baliq. Nechta qoldi?

Yechish: 8-4=4

Javob qoldi 4ta baliq.



Dam olish daqiqasi bajarildi .

Bobo sholg`om ekibdi, sholg`om katta bo`lib to`plabdi kuch. Bobo xursand bo`libdi. Tortibdi- tortibdi, tortolmabdi. Chaqiribdi kampirni, nevarani, itni, mushuk va sichqonni. Bir, ikki, uch deb tortib olishibdi.

Ana bolajonlar kuch birlikda ekan. Hammamiz do`st, inoq bo`lsak hech qanday kuch bizni yengolmaydi.

Mustahkamlash.

Mevalar Sabzavotlar(ikki o`quvchi chiqib yozadilar)

Olma piyoz

Nok karam

Anor sabzi

Uzum kartoshka

Behi pomidor

Anjir bodring

Gilos sholg`om

O`quvchilar yozgancha bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash.

Meva va sabzavotlarni farqlash.

Uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar nomini so`rash. Rasmlarni ajratib terish, rasmlarni ajratib terilgandan keyin rasm ostiga nomlarini terib qo`yish:

sigir, ot, it, qo`y, echki, mushuk, eshak;

quyon, fil, bo`ri, tulki, ayiq, maymun, kiyik.

-Hozir qaysi fasl?

-Hozir bahor fasli.

-Bir yilda nechta fasl bor?

-Bir yilda 4ta fasl bor.

Qish, bahor, yoz, kuz

-Bizning vatanimiz qayer?

-Bizning vatanimiz O`zbekiston.

-O`zbekiston o`zining nimasiga ega?

(bayrog`iga, gerbiga, madhiyasiga ega)

-O`zbekistonning prizidenti kim?

-O`zbekistonning prizidenti Islom Karimov.

-2015 yil qanday yil?

-2015 yil “Keksalarni e`zozlash yili”

O`quvchilar bilan birgalikda qo`shiq aytildi.

Har doim bo`1sin quyosh

Har doim bo`lsin osmon

Har doim bo`lsin onam

Har doim bo`lay men.

Yakuniy qism.

Aziz bolajonlar har doim quyoshimiz charaqlab tursa, har doim osmonimiz musaffo bo`lsa, har doim onamiz yonimizada bo`lsa, har doim biz bo`lsak O`zbekistonimiz gullab yashnaydi.

O`quvchilarga naminatsiyalar berildi.


  1. Eng a`lochi o`quvchi

  2. Eng yaxshi o`quvchi

  3. Eng tirishqoq o`quvchi naminatsiyaga ega bo`ldilar.


3- sinfda “Nutq o‘stirish” fanidan bir soatlik dars ishlanma

Mavzu: Kasblar

Maqsad:

Talimiy maqsad: Bilimlarni mustahkamlash, to‘g‘ri va ifodali o‘qish malakasini mustahkamlash.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni mehnat qilishga, o‘zgalar mehnatini qadrlashga

o‘rgatish, turli kasblar haqida malumot berish orqali kasbga yo‘naltirish.



Rivojlantiruvchi- korreksion maqsad: O‘quvchilarning to‘g‘ri, ravon, ifodali o‘qishini malakasini rivojlantirish. Nutqidagi kamchiliklarni tuzatish.

Dars uslubi: Tushuntirish, savol- javob, suhbat, hikoya, munozara.

Dars shakli: Jamoa, guruh bilan ishlash

Dars jixozi:

Turli kasbdagi kishilar mehnati tasvirlangan rasmlar


19
Tashkiliy qism

  • Bugun kim navbatchi?

  • Bugun havo qanday?

  • Hozir qaysi fasl?

  • Kuz fasli necha oy?

Navbatchi tovush ustida ishlashda navbatchi tovush bo‘g‘in,

so‘z va jumlalarda mustaxkamlanadi.

Oila mavzusida rasm asosida gap tuziladi.

O‘tilgan mavzumiz: “Oila”

-O‘zing haqingda gapir: O‘quvchi o‘zining ismi, familiyasi, yoshi, maktabi va sinfi haqida ma'lumot beradi.

- Oilang haqida gapir:

O‘quvchi: Oilamizda 7 kishi bor: bobom, buvim, otam, onam, akam, men va ukam. Opam 9- sinfda o‘qiydi. Bobom va buvim.-Onam o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Otam duradgor bo‘lib ishlaydi. Akam 6- sinfda o‘qiydi. Men

3- sinfda o‘qiyman.



Quvnoq daqiqa “O‘ylab top” o‘yini

O‘qituvchi: Bilarvoyning boshida

Bir nima bor,

Toping-chi.

Buning uchun boshni ushlab

Tebratingiz u yon- bu yon

“To‘rt yonida to‘rtta oy”

Boshga berar u chiroy,

Nima u?

O‘quvchilar: Do‘ppi, do‘ppi!



O‘qituvchi: Juda to‘g‘ri

Bolajonlar kasblar ham turli xildir.



Bugungi yangi mavzumiz “Kasblar” haqida tushuncha.

O‘qituvchi: Mehnatning afzalligi, mehnat qilgan kishi rohat ko‘rishini rasmda ko‘rsatadi. Mehnat doim insonni ulug‘lagan. Uning sog‘lom o‘sishi uchun xizmat qilgan. Biz xunarni yaxshilab egallasak yaxshi hunarmand bo‘lar ekanmiz. Bolajonlar sizlar ham katta bo‘lgach biror hunarni egallaysiz.

Dunyoda kasblar turli tuman bo‘lib, ular insonlar uchun turli xil xizmatlarni bajaradilar.

O‘quvchilar turli kasb egalari to‘g‘risida yodlagan she'rlarini aytadilar. Nonvoy kiyimidagi bola qo‘lida non ko‘tarib chiqadi”.

Pishiraman shirmoy non

Mehnat qilib to‘ymayman

Mehrim qo‘shib har nonga

Tutsam deyman insonga


Duradgor rolidagi o‘quvchi:

Men otamdek duradgor bo‘laman

Hashamatli chiroyli binolarni quraman

“Chavandoz”:




Men chavandoz bo‘laman

Dada agar ot olib

Bersangiz tez yelaman

G‘olib chiqib uloqda

Men sovrindor bo‘laman


“Chevar qiz” (qo‘lida do‘ppi bilan chaiqadi)wwwwwwwww

Chevar bo‘lsa to‘qisa

Bundan yaxshi qiz bormi

O‘zi alo o‘qisa,

Bundan yaxshi qiz bormi
“Sportchi” (qo‘lida to‘p bilan chiqadi)спортчи

Men sportchi bo‘laman

To‘pim to‘p- to‘p etasan

Ursam uchib ketasan

Havolanib nariga

Do‘stlarimga yetasan.

Mana sinfdosh do‘stlaringiz kelajakda kim bo‘lmoqchi ekanligini namoyish qildilar. endi siz kasblar haqida ma`lumotga ega bo‘ldingiz. Mehnatning ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi. O‘quvchilardan kimlarning mehnatidan foydlanishlari so‘raladi.

Savol: Har kuni ovqatlanamiz. Oziq- ovqatni kimlar yetkazib beradi?

(Dehqonlar, bog‘bonlar, novvoylar, oshpazlar)

-Kiyimlarimizni kimlar tayyorlaydi? (Tikuvchilar)

-Uylarimiz eshiklari va romlarini, bizning partalarimizni kimlar tayyorlaydi? (Duradgorlar)

-Uzoq yo‘limizni kimlar yaqin qiladilar? (Haydovchilar)

-Sog‘ligimiz yomonlashsa kimlar yordam beradi? (Shifokorlar)

Dunyoda juda ko‘p kasblar bor.

Har kim ulardan o‘ziga mosini tanlab oladi. Siz ham kelgusida birir kasbni tanlab, vatanimizga , xalqimizga xizmat qilasiz?

Buning uchun alo baholarga o‘qish lozim. Shundagina yaxshi kasb egasi bo‘lasiz.



Vazifa: Kasblar va ularning ish qurollarini o‘rganish

Baholash: O‘quvchilarni rag‘batlantirish.
3- sinfda Ona tili fanidan bir soatlik dars ishlanmasi

Mavzu: Hayvon nomlarining bosh harf bilan yozilishi



Darsning ta'limiy maqsadi: 110 -112 – mashqlarni bajarish asosida o‘quvchilarga hayvon nomlarining bosh harfi bilan yozilishi haqida tushuncha berish.

Darsning tarbiyaviy madsadi: Nutqimizdagi mavjud so‘zlarni unumli va to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish orqali ona tilimizni qadrlash ruhini singdirish.

Rivojlantiruvchi madsad: Hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan yozish malakasini shakllantirish.

Darsning usuli: Savol – javob, amaliy mashg‘ulotlar.

Dars jihozi: Mavzuga oid rangli rasmlar, didaktik materiallar.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

Salomlashish, o‘quvchilar darsga hozirligi.

O‘tgan mavzuni so‘rash.

Rasmdagi narsa va shaxslarga savol bering va guruhlang.

Bobo

Buvi


Kim?

Ona


Ota


Uzum




Bodiring

Kapalak



Tuya

Tarvuz



NIMA?

Nok

Oshqovoq



Karam



Baqlajon



Sabzi

Kiyik


Yangi mavzu: Hayvon nomlarini bildirgan so‘zlarning bosh harf bilan yozilishi.

110 – mashq

Mushuk - ………

It - ………

Ot - …………

Sigir- …………

Olapar, Qoplon, G‘irko‘k, Boychibor, Qashqar, Govmish, Mosh

Har bir hayvon nomini unga atab qo‘yilgan nom bilan yozing. Ularga so‘roq bering.

11 – mashq

Birinchi ustunga hayvon nomlarini, ikkinchi ustunga ularga atab qo‘yilgan nomlarini yozing.

Mushuk Baroq

It To‘rtko‘z

Ot Qorabayir

Sigir Targ‘il



  1. Ikkinchi ustundagi so‘zlarni nima uchun bosh harf bilan yozdingiz?

  2. Chunki ona tili qonun qoidasiga ko‘ra, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi.

Dam olish daqiqasi: ,,So‘z” o‘yini

Bekaning mushugi

O‘tgan zamonda emas, hozirgi zamonda tog‘ yon bag‘rida bir … yashar ekan. Uning sog‘in … bor ekan. Bir kuni … sut sog‘ib olibdi. … sutni … qo‘yib qo‘yibdi. … mushugi ham bor ekan. … sut ichmoqchi bo‘lipti. Ammo uddasidan chiqolmay … sutni to‘kib yuboripti. … juda jahli chiqib… qo‘liga olib, … quvib ketibdi. … qo‘rqqanidan… chiqib olibdi.



Test savollari

  1. O‘zbek tilida nechta harf bor?

a) 29 ta b) 26ta d) 23ta

2. Unli harflar qatorini toping?

a) k,d,b,s,l,p b) o,n,u,a,ye,I, d) a,o,ye,I,u,o‘

3. ,,j” tovushi nechta tovushni ifodalaydi?

a) 1 b) 2 d)3

4. So‘zlar bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga qanday ko‘chiriladi?

a) harflar b) bo‘g‘inlar d) ko‘chirilmaydi.

5. Qaysi harf bo‘g‘in hosil qiladi?

a) unli b) undosh d) ikkalasi

6. Nuqtalar o‘rniga undosh harflar mosini qo‘ying?

odo…, hiso…, ofto…, rubo…

a) d b) r d) b

7. So‘zlar ma'nosiga ko‘ra qanday turlarga ajratiladi?

a) shaxsini nomini bildirgan so‘zlar

b) narsaning nomini bildirgan so‘zlar

d) harakatni bildirgan so‘zlar

e) belgini bildirgan so‘zlar

f) hamma javoblar to‘g‘ri

8. Shaxsining nomini bildirgan so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?

a) kim?


b) nima?

d) qanday?

e) nechta?

9. Narsaning nomini bildirgan so‘zlarning so‘rog‘ini belgilang?

a) nima qildi?

b) nechanchi?

d) nima?

e) qanday?

10. Qaysi so‘zlar bosh harf bilan yoziladi?

a) kishilarning ismi va sharifi

b) joy nomari

d) hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar

e) hamma javoblar to‘g‘ri.

Mustahkamlash;

,,O‘rdakchaga yordam bering” o‘yini.

Savollarga javob bersangiz , o‘rdakchalar ona o‘rdak yoniga boradilar.


  1. Suvga yoysa bo‘ladi

So‘ng o‘ljaga to‘ladi.

  1. Yoniga kelsa bolasi

Ta'zim qilar onasi. ( choynak, piyola)

  1. O‘zi shirin tukligina

Mag‘zi bor totligina. ( shaftoli)

4. Oppoq sandiq ochildi,

Olamga nur sochildi. (quyosh)

Harakatni bildirgan so‘zlarga mos so‘zni qo‘ying.

Uchadi qaldirg‘och uchadi

Suzadi baliq suzadi

Yuguradi ot yuguradi.

Rag‘batlantirish:

Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar alohida Rag‘bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.



Uyga vazifa:

112 – mashqdagi hayvon nomlarining qanday ish – harakatlarini bajarishini toping.

Olapar kishnaydi

Mosh vovillaydi

Boychibor miyovlaydi

G‘oz sayraydi

Qo‘y g‘a – g‘alaydi

Bulbul ma'raydi


Mayda qo`l motorikasini rivojlantirish – yozuv ko`nikmalarini shakllantirishning asosi sifatida.

Zamonaviy ta`lim jarayonida bolani maktabga tayyorlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mayda qo`l motorikasini rivojlantirish bolani maktab ta`limiga tayyorlashda muhim axamiyatga ega. Ayniqsa eshitish imkoniyati cheklangan bolalarni maktabga tayyorlashda bu yo`nalishga alohida e`tibor qaratish lozim. Bola miya faoliyati va ruhiy rivojlanishini tadqiq qilgan psixolog, fiziolog olimlar bola nutqning rivojlanishi bilan mayda qo`l motorikasining rivojlanishi o`rtasida bog’liqlik borligini isbotlashgan. Mayda qo`l motorikasi yaxshi rivojlangan bolalarda miyaning nutq qatlamlari yaxshi taraqqiy etishi, bunday bolalar mantiqiy tafakkuri, diqqati, xotirasi va bog’lanishli nutqining nisbatan yaxshiroq rivojlanishi fanda ko`p bora isbotlangan. Maktabgacha tarbiya jarayonida, shuningdek tayyorlov va boshlang’ich sinflarda bolaning qo`l barmoqlari, panjalari harakatini, ya`ni mayda qo`l motorikasini rivojlantirish yozish ko`nikmalarini oson egallashiga asos bo`ladi. Boshlang’ich sinf o`quvchisi ruchka, qalam, flomasterni to`g’ri tutishi uchun uning barmoqlari harakatini shunday rivojlantirish kerakki, uning yozuvdagi harakatlari erkin,ishonch bilan, uyg’unlikda bajara olsin. Bola bilan barmoqlar harakatchanligi va kuchini rivojlantirishga qaratilgan, harakatlarning o`zaro muvofiqligini ta`minlovchi mashqlarni bajartirish kerak. Bularning barchasi yozuv ko`nikmalarini egallashning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Mayda qo`l motorikasi yaxshi rivojlanmagan bolalar turli topshiriqlar masalan shakl atrofini aylantirish, namunaga qarab chizish kabi topshiriqlarni bajarishda qiynaladilar. Tez charchaydilar, ishchanlik qobiliyatini yo`qotadilar. Yozuvga tayyorlanmaslik, mayda qo`l motorikasining yetarli rivojlanmasligi oqibatida maktabga nisbatan salbiy munosabat yuzaga kelishi, bolada tashvishlanish, zerikish, o`qishni istamaslik holatlari kuzatiladi.

Bolaning barmoqlarin yozuvga tayyorlashda turli usullardan foydalanish mumkin. Masalan:


  • Panja va barmoqlarni silash va uqalash;

  • Barmoq mashqlari;

  • Grafik mashqlar: chiziqlar chizish, rasmni tugallash, nuqtalarni birlashtirish, qatorni davom ettirish, grafik diktant;

  • Qog’oz, loy, plastilin bilan amaliy faoliyat;

  • Mozaika, konstruktor, bog’ichni o`tkazish o`yinlari;

  • Yong’oq, qalam, qadalgan tugmalardan foydalanib barmoqlarni uqalash mumkin.

Barmoqlar bilan gimnastik mashqlar:

  1. Barmoqlar mushtga jamlanib, o`ng va chap tarafga 5-6 marta harakatlantiriladi.

  2. Barmoqlar 5-6 marta kuch bilan bukib-ochiladi.

  3. Barmoqlar tik rostlanadi, bosh barmoq bilan o`ngga va chapga aylanma harakatlar bajariladi. (5-6 marta)

  4. Barmoqlar orasi ochiladi, kichik barmoqdan boshlab yelpig’ichsimon harakat bilan barmoqlar mushtga tugiladi, keyin bosh barmoqdan boshlab dastlabki holatga qaytiladi.(4-5 marta)

  5. Barmoqlar mushtga yig’iladi. Har bir barmoq alohida bukilib, rostlanadi. Bir barmoq ishlaganda qolganlari mushtga tugilib turishiga e`tibor qaratish lozim. Barmoq mashqlari tugagandan so`ng barmoqlar bir necha marta silkitib, uqalanadi.


Grafik mashqlar:

A – predmetlarni chiziqlar orqali birlashtir;

B – rasmlarni tugalla;

V –nuqtalarni birlashtirib, shakl yasa.



A)0012-016-razvitie-melkoj-motoriki-i-graficheskikh-navykov-risovanie-linij B)77939.1269539556 V) images (53)
O`yin mashqlari:

“Mushukcha tishlayapti” o`yinida arqonga yoyilgan kirni qisib ushlaydigan qisqichdan foydalanish mumkin.

“Alomat tugunchalar” o`yinida tugunli ipdan foydalanish mumkin.

"Rezinkacha".

O`yin uchun sochni turmaklashga mo`ljallangan diametri 4-5 santimetr bo`lgan rezinkadan foydalaniladi. Barmoqlar rezinka ichiga kiritiladi. Barmoqlarning aylanma harakati bilan rezinka oldin bir tarafga, keyin ikkinchi tarafga to`liq aylantiriladi.



"Quyosh kulganda".

  Qattiq qog’ozdan aylana yasalib unga kulib turgan quyosh chehrasi chiziladi. Rangli skripkadan quyosh peremetri bo`ylab qistirib chiqiladi. Ranglar bilan o`yin tashkil etish, ranglarni ketma-ketlikda ( uchta qizil, uchta ko`k va h.k.) joylashtirish mumkin. Bolaga quyosh kulganining sababi, u bilan o`ynayotganingda deb tushintiriladi.  



"Mozaika".

Turli hajmdagi tugmalardan foydalanish mumkin. Oldin tugmalarni rangi, diametri, sillikligi yoki g’adir-budurligiga qarab saralanadi. Tugmalardan qog’oz varag’i ustiga turli shakllar hosil qilish orqali tugmali mozaika yaratish mumkin bo`ladi.



Xulosa qilib aytganda mayda qo`l motorikasini rivojlantirish nafaqat maktabgacha tarbiya jarayonida, balki boshlang’ich sinflarda ham davom ettirilishi, bunday mashqlar darsning tashkiliy qismi, dam olish daqiqasi va tarbiyaviy mashg’ulotlar jarayonida amalga oshirilishi lozim.




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa