Navoiy viloyati Karmana tuman Xalq ta’limiga qarashli 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Toshpo’latova Nilufarning



Download 5,87 Mb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi5,87 Mb.
#280074
1   2
Bog'liq
2 sinf ona tili va o'qish savodxonligi Maktabim ikkinchi uyim 1

Rivojlanturivchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini oshirish. Mustaqil fikrlashga o’rgatish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya: .F.k.1. o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;T.k.3. mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;

Darsning turi: Yangi bilim berish.

Dars metodi:ko’rgazmalisuhbat, savol-javob, aqliy hujum.

Dasrning jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar.

Darsning borishi.



T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I. tashkiliy qism: a) salomlashish

O`quvchilar: «Salom» assalom so'zi,

So'zlar ichra durdona.

Mehrning ifodasi,

Hamda hurmat yagona.

Eng avvalo ustozlar,

Assalomu alaykum.


O`qituvchi: Vaalaykum assalom aziz o'quvchilar.

Salom berish - bu, a'lo alomat.

Salom berganlar, bo'ling salomat.

Aziz o'g'il qizlarim

Bugun hamma sog`lommi?

Darsga hamma tayyormi?

O`quvchilar: Ustoz bizlar sog`lommiz,

Darsga to`liq tayyormiz.



O`qituvchi: Qani bolajonlarim,

Mehri qaynoq buloqlorim.

Hozir nima darsimiz,

O`quvchilar: Hozir «Ona tili va o'qish savodxonligi» darsimiz,

Chin inson farzandimiz.

Olib biz sabog'ingiz,

A'lo o'qish shiorimiz.



DARS SHIORI

Bizni derlar gul- chechak,

Biznikidir kelajak

b) davomatni aniqlash



O`qituvchi: Kimdir bugun navbatchi,

Yo'qlamani beringchi.


Navbatchi o'quvchi: Men navbatchi sinfda,

Sinfimiz doim yuzda.

Darsga hamma kelgan Chang, g’uborlar artilgan

Biz maktab formadamiz,

Odobda oldindamiz.

Guruhga bo’linish:

Baxtli tasodif ” metodi orqali o’quvchilar guruh nomlarini aniqlab oladilar.

Maktab sumkasida o’quv qurollari bo’ladi. O’quvchlar sumkaga qollarini tiqib, kimni qo’liga qaysi o’quv quroli ilinsa, guruh nomi shu bo’ladi. Guruh nomlarni ta’riflaydilar.

c) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish

“Yurtim 30 yoshing muborak!.” mavzusida suhbat o’tkazish.

- Aziz bolajonlar ,mustaqilligimizning necha yilligini nishonladik?

- Vatanimiz? Viloyatimiz? Tumanimiz?

-Vatan haqida she’r bilamizmi?



II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

O’tgan mavzu asosida savol-javob o’tkazish. Ularni tinglash o’rtoqlari bergan savollarga javoblarini tinglash.

- Biz o’tgan darsimizda qaysi mazuni o’rgandik?

-“Katta bo‘lsam, Nobel mukofotini olaman” mavzusini o’rgandik.

- Nobel mukofotini olish uchun qaysi fanlarni chuqurroq o‘rganasiz?

- Qanday ixtirolar, yangiliklar qilasiz?

- Sizning ixtirolaringiz O‘zbekistonga qanday foyda keltiradi?

III. Yangi mavzuning bayoni. (“Aqliy hujum” metodi)

-Aziz o’quvchilar, yangi mavzuni boshlashdan oldin diqqat bilan quloq solib, topishmoqning javobini topinglar.

Ona kabi mehri bor,

Biz qo’ynida baxtiyor.

Kengdir issiq quchog’i,

O’zi ilm o’chog’i

Yo’llar olg’a yurishga

Chorlar a’lo o’qishga ,

Bu qaysi makon,

Aytgin bolajon? (Maktab)



Ekranda maktab haqida videorolik namoyish qilinadi.

-Maktabda qanday fanlarni o’rganyapmiz?

- Bu fanlar bizga nima uchun kerak?

Mavzu: Maktabim ikkinchi uyim

Rasmdagi narsalarni maktab bilan nima bog‘lab turadi?

Aytib bering.


Rasmda berilgan narsalarning birini tanlang.

U bilan bog‘liq biror qiziqarli voqeani so‘zlab bering.

So‘zlab beradigan voqeangiz hech kimnikiga o‘xshamasligi, juda ham ajoyib bo‘lishi kerak.



Har bir guruhdan o’quvchilar doskaga chiqib yozadilar. Dars davomida guruhlar rag’batlantirib boriladi.

Maktab haqida she’rlar ayttirish.

1- o’quvchi:

Men maktabni ona dedim, onamdir maktab,

Shu chamanni gulzor bildim, g’unchaman men ham,

Issiq bag’ring, qaynoq tafting, yayrab o’syapman,

Sen onamsan, sen oftobsan, sen ham bir vatan!

2- o’quvchi:

Maktab – oftob, maktab go’yo bir dunyo,

Kitob- oftob, kitob quyoshdir go’yo

Maktab doim sochadi nurli ziyo

Bilim koni maktabimda bir dunyo.
3- o’quvchi:

Maktab- nurli makonim,

Go’yo ikkinchi uyim.

Men kitobga oshnaman,

Bilimlarga tashnaman.

3 ta guruh o’quvchilariga krossvord beriladi va qaysi guruh tez topishiga qarab, ball qo’yiladi.





Krossvord javobida “Maktab” so’zi kelib chiqishi kerak.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. -Bolajonlar biz maktab rasmida nimalarni ko’rdik ?

XOTIRA MASHQI”



Katta format qog’ozga maktab jihozlari, o’quv qurollari rasmlari va turli xil narsalar rasmlari tushirilgan. Bu rasmlarni o’quvchilarga ko’rsatib , keyin yopib qo’yiladi.1 minut vaqt ichida qancha o’quv qurollari nomlarini mashq daftariga yozish topshirig’i beriladi va to’g’ri yozilishiga qarab ball berib boriladi.

Aqliy hujum

Qozonda bori cho’michga chiqadi” o’yini orqali yangi mavzu mustahkamlanadi. Qozoncha ko’rgazmasi ichida quyida keltirilgan savollarni olib , o’quvchilar javob berishadi. Dars mavzusi qanchalik tushunarli bo’lgani shu o’yin orqali aniqlanib olinadi.



-Maktab bizga nimalar berar ekan ?

-Maktab deganda nimalar ko’z oldingizga keladi ?

- Maktabda qanday bilimlar o‘rgatiladi?

- Maktabda olinadigan bilimlar nima uchun kerak?

- Maktabda o‘qish majburiy ekani qaysi hujjatda yozib qo‘yilgan?

- Qadimda maktablar qanday nomlangan?

- Tarixda ta’limning maktabdan keyingi bosqichi nima deb atalgan?

- Zamonaviy ko‘rinishdagi ilk maktablarni kimlar ochgan?

Adashgan so’zlar ” o’yinida o’quvchilar aralashtirib qo’yilgan so’zlardan maktab haqida gap tuzishadi.

Savol bizdan, javob sizdan” o’yini (topishmoqni tez toping.)

Savol bizdan, javob sizdan”. savol-javob oʻyini



1. Bor ajoyib qadrdonim,

Shirin so’zli, bilim konim,

Yaxshilikni ko’zlaydi u,

Qo’lga olsam so’zlaydi u

2. Oq yer ochdim,

Qora bug’doy sochdim.

3. Ushlasam qo’lga,

Tushadi yo’lga.

O’quv qurollari haqida o’quvchilarga she’rlar ayttirish.

V. Baholash Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa: Mening maktabim nomli hikoya tuzish
Download 5,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish