Chalg‘ituvchi savollar. Ko‘pchilik debatlarda har bir ishtirokchiga opponent jamoa spikerining savollariga
javob berish imkoniyati beriladi. Bir jamoa spikerining savoli va boshqa jamoa spikerining javobi raundi
«chaparasta savolga tutish» deyiladi.
Shu o‘rinda yozuvchi A.Qahhorning “Dahshat” hikoyasidagi Unsin obrazi misolida “Debat” metodining
amalga oshirilish jarayoni tavsiya etiladi.
Darsning maqsadi: o‘zaro fikr almashish, “Dahshat” hikoyasidagi Unsin timsoliga to‘liq tavsif berish, o‘z
qarashlarini, nuqtai nazarini asosli bayon etish, aniq, ravon, tushunarli tilda fikrlarni yetkazibib berish
ko‘nikmasini rivojlantirish.
Ishtirokchilar 2 guruhga bo‘linishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |