Metod: “Muammoli vaziyat” texnologiyasi
Shakl: kichik guruhlarda ishlash
Vosita: darsliklar, slaydlar, flipchart qog‘ozi, markerlar, kley,skotch, qaychi.
Usul: og‘zaki va yozma.
Nazorat: taqdimot, muammo, uning sababi va keltirib chiqargan oqibatlarni aniqlash
Baholash: o‘z-o‘zini baholash, hamkorlikka baho
Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi
Mavzuga oid ma’lumotlar bilan tanishtiradi.
Matnda berilgan g‘oya asosida muammoni
aniqlashga
yo‘naltiradi.
Berilgan
muammoning
yechimi
asosida
mavzu
mohiyatini
ochib
berish,
muammoli
vaziyatlardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Tinglovchi
Muammoni turli nuqtai-nazardan o‘rganish, tahlil
qilish asosida adabiyot darslarida yozuvchi
haqidagi ma’lumotlar asarning g‘oyaviy-badiiy
mazmunini teranroq anglaydi va asarning ijtimoiy-
estetik
mohiyatini
to‘g‘ri
belgilaydi.
Dars
jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilish va
ularni yechish usullari haqida ma’lumotga ega
bo‘ladilar. Muammoli ta’lim texnologiyalarining
o‘quvchi
faoliyatini
faollashtirish
va
jadallashtirishga
asoslanganligini
amaliy
ko‘nikmalar orqali rivojlantiradilar.
Kelgusi rejalar
Darsliklarda
berilgan
mavzular
asosida
muammoli vaziyatlarni hosil qilib, ularning
yechimini o‘quvchilar bilan birgalikda hal
etish ko‘nikmasi takomillashadi. Adabiyot
o‘qitish metodikasida “Muammoli vaziyat”
texnologiyasidan foydalanishning samarali
yo‘llari ishlab chiqiladi.
Ishtirokchi “Muammoli vaziyat” texnologiyasining
asosiy maqsadini amaliyotga tatbiq etadi va kasbiy
mahoratini rivojlantiradi.
Texnologik xaritada belgilangan vazifalar va ular oldiga qo‘yilgan maqsadlar asosida A.Oripovning hayoti
va ijodi bo‘yicha E.Vohidov, U.Azimovning fikrlarini misol tariqasida keltirish mumkin:
Barcha isyonkor shoirlar kabi Abdullaga ham oson bo‘lgan emas. Qattol tuzum qamchisidan u ham omon
qolmagan, lekin ruhiy azoblar, siquvlar, ming iztiroblar so‘ngida shoir nasib bo‘lgan kattakon baxt shuki, u
xalqi mehrini qozondi. O‘zi kurashgan ozodlik va mustaqillik g‘oyasining kurtak yozganiga guvoh bo‘ldi. Shoir
uchun bundan ortiq saodat yo‘q. (E.Vohidov)
52
Uning toza, yuksak, samimiy, hech kim-u, hech narsadan hayiqmaydigan ovozi birdan O‘zbekistonni
larzaga soldi. Abdulla Oripovning har bir satri har bir she’ri bilan Adabiyot o‘zbek adabiyotiga qayta boshladi.
(U.Azimov)
G.S.Altshullerning Ixtirochilik vazifalarini yechish nazariyasi (IVYN). Maktabda ixtirochilik vazifalarini
yechish nazariyasiga asoslangan pedagogik tamoyillardan foydalanish. O‘quvchilarni muammoli vaziyat
holatiga tushirish orqali ularda fikrlash qobiliyati rivojlantirish. Muammoli vaziyat va muammoning bayoni.
Tafakkur – inson oldida turgan masala va muammolarni yechishga olib keladigan idrok bo‘lib, tafakkur
muammoli vaziyatdan kelib chiqadi hamda muammoni yechishga qaratilgan bo‘lishi. Ona tili va adabiyot
darsida o‘quvchilar uchun muammoli vaziyatni vujudga keltirish. Muammoning qo‘yilishi. Muammonining bir
necha yechim yo‘llari mavjud ekanligi va ular ichidan eng optimal variantini tanlash shuningdek, muammoning
yechimini topish.
Muammoli vaziyatni shakllantirish tamoyillari. Muammoli o‘quv toshiriqlari.
Muammoli vaziyatlarni yaratish metodi orqali o‘quvchilarni turli muammolardan chiqib ketish yo‘llarini
axtarishga, kezi kelganda ana shu muammoning yechimini topishga yo‘naltirish lozimligi tushuntiriladi.
Masalan, G‘.G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi asosida o‘quvchilarni asar matnidan kelib chiqib,
muammoni topishga, muammoni keltirib chiqargan sabablar hamda ushbu muammoni hal etish yo‘llari haqida
fikrlar bildiriladi.
Masalan, hikoyadagi o‘g‘ri haqiqatan ham o‘g‘rimi, muammosi qo‘yilsa, ushbu muammoni keltirib
chiqaruvchi sabablar – xalqning og‘ir hayotga giriftor bo‘lishi, mahalliy sharoitning og‘irligi, noto‘g‘ri davlat
boshqaruvi, ishsizlik, xalq boyligi huzurini boshqalar ko‘rishi, urushning xalqqa yetkazibgan zarari, deya
mulohazalar bayon etilsa, muammoni hal etish yo‘llari – mamlakat aholisini savodxon qilish, yurtni
bosqinchilar zulmidan ozod etish, mingboshi, ellikboshi kabi chalasavod rahbarlar o‘rniga savodli xalq
vakillaridan tayinlash, ishsizlikni bartaraf etish, jamiyatni yanada rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish kabilar
nazarda tutiladi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va bosqichlar ketma-ketligi:
o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratish;
mavzular matnini guruh ishtirokchilariga tarqatish;
tanlangan mavzudagi asosiy muammoni ajratib olish;
shu muammoning kelib chiqish sabablarini o‘zaro o‘rganish va bir to‘xtamga kelish;
muammoning yechim yo‘llarini ishlab chiqish;
bajarilgan ishni o‘zaro guruhda ko‘rib chiqish va taqdimot qilish uchun tayyorlash;
guruhlar taqdimotini o‘tkazish;
yondosh guruhlarning bajargan ishlarini tahlil qilish va munosabat bildirish;
muammoli ta’lim texnologiyasi bo‘yicha umumiy xulosa chiqarish.
Turli o‘quv fanlari bo‘yicha dars jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilish va ularni yechish usullarini
oldindan ko‘zda tutish.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
-o‘qituvchi o‘quvchilarga dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo‘lini
topishni taklif qiladi;
-bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;
-hal etish uchun etarli bo‘lmagan, ortiqcha ma’lumotlar bo‘lgan yoki savolning qo‘yilishi noto‘g‘ri bo‘lgan
masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
-o‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘zi yechadi;
-o‘qituvchi muammoni qo‘yadi va uning yechimini o‘quvchilar bilan birgalikda topadi;
-o‘quvchilarning o‘zlari muammoni qo‘yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar:
-muammoni turli nuqtai-nazardan o‘rganish, tahlil qilish;
-solishtirish, umumlashtirish;
-faktlarni aniqlash va qiyoslash;
-vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;
-o‘quvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi va boshqalar.
Bu amaliy mashg‘ulotda tinglovchilar quyidagi vazifalarni bajarishlari tavsiya qilinadi:
- tinglovchilar o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘zlari tanlagan mavzuda darsni eng maqsadga muvofiq
muammoli o‘qitish turlaridan foydalanib o‘tkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlaydilar va uning asosida
guruh ishtirokida shu mashg‘ulotni qisqa bayon qilib beradilar va tegishli muhokama o‘tkaziladi.
- bunda tinglovchilarning quyidagi masalalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma malakalarini yanada
mustahkamlash nazarda tutiladi:
53
- o‘quv fani va darslar mavzusini o‘rgatishda ular bilan bog‘liq muammoli masalalarni belgilash, ulardan
muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish. O‘quvchilarning
tayyorgarlik darajasini hisobga olish. Zarur o‘quv vositalarini tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |