90
erdin ham chiqmas. Qal’aning girdogirdi tosh yoki sangrezalik shohroh tushubtur. Qal’aning girdogirdi
tamom mahallotdur. Bu mahalla bila qal’ag‘a fosila ushbu xandaq yoqosidag‘i shohrohtur”.
4-guruhga:
“Ovi qushi dog‘i ko‘p bo‘lur, qirg‘ovuli behad semiz bo‘lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir
qirg‘ovulni uskunasini to‘rt kishi eb tugata olmaydur. Eli turkdur. SHahr va bozorisida turki bilmas kishi
yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim amir Alisher Navoiyning musannafoti
bovujudkim, Hirida nash’u namo topibtur, bu til biladur. Elining orasida husn xayli bordur. Yusuf
Xojakim musiqiyda mashhurdur, Andijoniydur. Havosining ufunati bor. Kuzlar el bezgak ko‘p bo‘lur”
Qiyin so‘zlar lug‘ati beriladi.
O‘quvchilar matnlarni qunt bilan o‘qishadi. So‘ngra yangi guruhlar tashkil qilinadi. Guruh a’zolari o‘zlari
o‘qigan matnlarni sheriklariga tushuntirib berishadi. Matnlar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgach, guruh
ichida mustahkamlanadi. So‘ngra guruh a’zolari oldingi holatdagi guruhlariga qaytishadi. Yangi mavzu
yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Savolga to‘liq javob olinsa, 3 ball, to‘liq bo‘lmasa, 2 ball, boshqa guruh
to‘ldirsa, 1 ball beriladi. Har bir guruhga 4 tadan savol beriladi. Savollar quyidagicha bo‘ladi:
Farg‘ona viloyati qaerda joylashgan?
Qaysi shaharlar bilan chegaradosh?
Kattaligi jihatdan qanday viloyat?
Qaysi tarafida tog‘ yo‘q?
Qaysi daryo oqib o‘tgan?
Nimalar serob?
Nechta shaharchasi bor?
Andijon Sayxunning qaysi tarafida joylashgan?
Andijon Farg‘ona viloyatining qaerida joylashgan?
Qovun mahalida nima rasm bo‘lmagan?
Bobur Andijonning qaysi myevasini maqtagan?
Movarounnahrdagi shaharlar orasida kattaligi jihatdan Andijon nechanchi o‘rinda turgan?
SHaharga qancha suv kirgan?
Qal’aning aylanasida nimalar joylashgan?
Mahallalar bilan qal’ani nima ajratib turgan?
Qirg‘ovul haqida qanday rivoyat tarqalgan?
Aholisi qaysi millatga mansub?
“Lafzi qalam bila rosttur” jumlasi nimani anglatadi?
Andijonliklarga xos qanday xususiyat e’tirof qilingan?
Andijonning ob-havosi haqida nimalarni bilib oldingiz?
O‘qituvchi darsni shu tartibda tugatishi yoki o‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda
qanday o‘zlashtirilganini yana bir bor o‘z-o‘ziga baho berish tartibida nazorat qilish uchun “CHarxpalak”
texnologiyasidan foydalangan holda o‘quvchilarga o‘z bilimlarini tekshirib olish imkoniyatini yaratishi
mumkin.
Ushbu diagramma o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga, har bir bo‘lim yoki asar timsollarini atroflicha
bilishga o‘rgatadi, shuningdek, ularning xotirasini, g‘oyalarini, fikrlari va dalillarini yozma va og‘zaki
shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur uslub o‘quvchilarga ta’lim bilan bir qatorda tarbiyaviy xarakterdagi:
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomala madaniyati;
- o‘zgalar fikrini hurmat qilish;
- faollik;
- ishga ijodiy yondashish;
- o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
- o‘zini baholash kabi qator sifatlarni ham shakllantirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: