Monitorlar haqida umumiy ma’lumotlar. Tasvirga olish guruhida turli rusumdagi monitorlar mavjud. Ularga misol qilib aytadigan bo’lsak BVM – 9045vaLMD – 9030 monitorlaridir. Tasvirga olish guruhida monitorlar asosan videomateriallarni ko’rigdan o’tkazish uchun va tasvirga olish jarayonida ijodiy guruh xodimlariga tasvirga olinayotgan ko’rsatuvni nazorat qilib turish uchun foydalaniladi. Bu monitorlar tasvirga olish guruhidagi telekameralarga to’g’ridan – to’g’ri ulaniladi. Bu monitorlar asosan 220 volt tok bilan ishlaydi.Bundan tashqari monitorlar BPL – 90 A akkumulyatorlari orqali ham ishlatilinishi mumkin.Bu ham o’ziga yarasha qulaylikni olib keladi.Bu monitorlarga bir vaqtninig o’zida ikkita kamerani ulash mumkin.Kameralar monitorga maxsus video kabellari orqali ulanadi.Bu kabellar koaksial kabellar deb yuritiladi.Bundan tashqari televideniyada monitorlar ko’rsatuvlarni montaj qilish jarayonida ham juda katta rol o’ynaydi.
Tasvirga olish guruhida bu rusumdagi shtativlar asosan mahalla telekanali ishlatadigan XDCAM PXW – 160 kameralarida foydalaniladi. Bu rusumdagi shtativlar ham Vinten – 100 shtativlariga o’xshab besh qismga bo’linadi. Libec shtativlarini eng qulay taraflaridan biri albatta ularni Vinten shtativlaridan ancha yengilligidadir. Bu yengillik esa teleoperatorlarga va tasvir yozish operatorlariga ham ancha qulaylikni yaratib beradi. Bundan tashqari bu shtativlarni ishlatish juda ham soddadir.Bu rusumdagi shtativlarni Panasonic videokameralarida ham qo’llab ishlatish mumkin.Bundan tashqari bu rusumdagi shtativlarni Vinten shtativlaridan balandroqqa ko’tarib tasvirga olish imkoniyati ham mavjud.Bu esa ijodiy guruh xodimlariga bir qancha qulaylikni olib keladi.
19-Kun 12.07.2018 Radio mikrofonlar va radio petlichkalar. Tasvirga olish guruhida radio mikrofonlar va radio petlichkalarni o’rni juda ham katta. Bu rusumdagi mikrofonlar Senhaiser kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bunday mikrofonlarning eng katta yutug’i shundaki bu mikrofonlarni masofadan turib boshrarish va ishlatish mumkin. Bu mikrofonlarni ham boshqa rusumdagi mikrofonlar singari maxsus ovoz kabellari orqali kameraning ovoz kanaliga ulab ovoz yozish mumkin.Bu rusumdagi mikrofonlarni asosan Sport kanalida ko’p ishlatiladi.Ularni sportchilarga taqib qo’yilsa bo’ldi.Sportchi yoki intervyu berayotgan odam bemalol harakat qilishi mumkin.Unga xech qanday ovoz kabellari xalaqit bermaydi.Bu rusumdagi mikrofonlar ma’lum bir chastota orqali ishlaydi.Biz esa mikrofonlarni chastotalarini sozlash orqali ularni ishga tushiramiz.Agar chastotalari bir xil bo’lmasa bu mikrofonlarni ishlatishni iloji yo’q. Albatta bu mikrofonlarni ishlatayotganda quloqchin ( naushnik ) orqali nazorat qilib turish lozim. Bu mikrofonlarni palchik akkumulyatorlar orqali ishlatish mumkin.