Navoiy kon metallurgiya kombinati navoiy davlat konchlik instituti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana11.04.2020
Hajmi1,78 Mb.
#43976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari.


 

 

 

Ma'ruza № 7,8 

Muharrir dasturlar 

Reja: 

1.  Muharririrlar.Tekstli, grafikli muharirlar 

2.  WORDni ishga tushirish va undan chiqish 

3.  Matnlarni kiritish va saqlash. Word menyusi bilan ishlash.  

4.  Turli matematik va kimyoviy simvollar bilan ishlash 

 

Muharrirlar  deb  matnlar,  grafik  ma'lumotlar  va  illyustratsiyalarni  yaratish  va 



o’zgartirtishlar uchun mo’ljallangan ADPga aytiladi. 

Ular  asosan  firmada  hujjat  aylanishini  avtomatlashtirish  uchun  mo’ljallangan. 

Muharrirlarni  o’z  funksional  imkoniyatlariga  ko’ra  matnli,  grafik,  nashriy  tizimlarga 

bo’lish mumkin. 

Tekstli(matnli) muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan 

va asosan qo’yidagi vazifalarni bajaradi: 

Matnni  faylga  yozish,  qo’shimcha  kiritish,  chiqarib  tashlash,  ramzlar,  qatorlar, 

matn  parchalarini  almashtirish,  orfografiyani  tekshirish,  matnni  turli  shriftlarda  

bezash. 

Grafik  muharrirlar  diagramma,  illyustratsiya,  chizma  va  jadvallarni  o’z  ichiga 

olgan  grafik  hujjatlarni  qayta  ishlash  uchun  mo’ljallangan.  Figura  va  shriftlar 

o’lchamini boshqarish, figura va harflarni ko’chirish, turli tasvirlar hosil  qilishga yo’l 

qo’yiladi.  Ancha  mashhur  grafik  muharrirlardan  PC  Paintbrush,  Boieng  Graf    va 

boshqalarni  keltirish  mumkin.  Nashriy  tizimlar  o’zida  matnli  va  grafik  muharrirlar 

imkoniyatlarini  birlashtiradi,  grafik  materiallardan  sahifani  shaklga  keltirish  va  uni 

bosishga tayyorlash  rivojlangan imkoniyatlarga ega. 

Elektron  jadvallar  deb,  jadvallarni  qayta  ishlash  uchun  mo’ljallangan  ADP 

elektron jadvaliga aytiladi. 

Jadvaldagi  ma'lumotlar  ustun  va  qatorlar  kesishgan  joydagi  katakchalarda 

saqlanadi.  Bu  katakchalarda  sonlar,  ramziy  ma'lumotlar  va  formulalar  saqlanishi 

mumkin. Formulalar bir katakchadagi narsani boshqasidan mustaqil to’tadi.Bu sinfdagi 

eng ommabop ADPlarga Microsoft Excel, Lotus 1-2-3,Quattro Pro  va boshqa shu kabi 

mahsulotlar kiradi. 

Ichki  mashina  axborot  ta'minotini  yaratish  uchun    maxsus  ADP  -  ma'lumotlar 

bazasini boshqarish tizimlaridan foydalaniladi. 

Ma'lumotlar  bazasi  -  diskda  saqlanadigan  maxsus  ravishda  tashkil  qilingan 

ma'lumotlar  turkumlarining  jamlanmasidir.  Ma'lumotlar  bazasini  boshqarish 

ma'lumotlarni  kiritish,  ularni  uzatish  va  ma'lumotlardan  turlicha  foydalanish,ya'ni 

qo’shimcha  qo’shish,  olib  tashlash,  yangilash  va  xokazolarni  o’z  ichiga  oladi. 

MBBTning  rivojlanishi  ma'lumotlar  bazasida  axborotni  aniq  bir  tashkil  qilishdan 

amaliy dasturlar mustaqilligini ta'minlaydi. 

 

Integratsiyalashgan  paketlar  deb  umumiy  vazifadagi  ADP  turli  dasturiy 

komponentlarini  o’zida  birlashtiruvchi  ADP  ga  aytiladi.  Zamonaviy 

integratsiyalashgan ADPlarga qo’yidagilarni kiritish mumkin:  

-matnli muharrir;                    

-elektron jadval; 


 

-grafik muharrir;                

 

-MBBT; 


 

-kommunikatsion modul. 

 

CASE-texnologiyalar  turli  mutaxasislar:  tizimli  tahlilchilar,  loyixachilar  va 



dasturchilar  ishtirok  etadigan,odatda  jamoaviy  safarbarlikni  talab  etuvchi  murakkab 

axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi. 

CASE-texnologiya  deganda  AT  predmet  sohasining  taxlili  uslubiyati, 

loyihalashtirilishi,  dasturlashtirilishi  va  foydalanilishini  o’z  ichiga  olgan  axborot 

tizimlarini ishlab chiqishni avtomatlashtirish vositalari yig’indisi tushuniladi. 

Savol:  Muharrirlarni  o’z  funksional  imkoniyatlariga  ko’ra  qanday 

tizimlarga bo’lish mumkin?  

Boshlang’ich ma'lumotlar 

Kompyuterdan  foydalanuvchi  o’z  ish  jarayonida  biror  hujjatni  tez  va  yo’qori 

sifatda  kirill  yoki  lotin  alifbosida  zudlikda  tayyorlash  va  chop  etish  zaruratiga 

Ko’pincha  duch  keladi.  Bunday  vaziyatda  u  Microsoft  firmasi  tomonidan  yaratilgan  

WORD dasturida ishlashni bilishi lozim.  

MS  WORD–bu  matnli  hujjatlarni  to’zish,  ko’zdan  kechirish,  tahrir  qilish  va 

chop  etish  uchun  xizmat  qiluvchi  va  Windows  Officce    dasturlari  guruhiga  kiruvchi 

matn  muharriridir.  

MS  WORD–matnli va  grafikli  ma'lumotlar  ustida  yo’zdan  ortiq  operatsiyalarni 

bajaruvchi    va  matnli  protsessorlar  sifatiga  kiruvchi  eng  takomillashgan  amaliy 

dasturlardan biri hisoblanadi.  

MS  WORD  yordamida  ixtiyoriy  ko’rinishdagi  hujjatni  juda  tez  va  yo’qori 

sifatda  tayyorlash  mumkin.  Dasturning  yana  bir  qulaylik  tomoni    shundan  iboratki,  

unda bir necha hujjatlar bilan, ya'ni ularni qo’shish, biridan ikkinchisini kerakli joyini 

olib  ko’chirish,  matn  yoniga  tasvir  tushirish,  harflarni  istalgan  shaklda    yetarlicha  

katta formatda chop etish mumkin. Lekin, MS WORD-ayrim «kamchiliklar»dan  ham 

holi  emas.  Masalan:  matematik  ifodalar  va  kimyoviy  formulalarni  kiritishda  katta 

qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, 

albomlar va jurnal muqovalari) materialarni tayyorlashda noqulaylik yo’zaga keladi.  

Shunday  qilib,  WORD  matn  muharriri  ko’magida  rus  va  ingliz  tilida  har  xil 

hujjatlar, xat, hisobot,  maqola, tijorat xabarlari  kabi bir  turkum  matnli    ma'lumotlarni 

zudlikda  tayyorlash  va  chop  qilish  mumkin.  Bu  matn  muharriri  yordamida  o’zbek 

shriftida  (kirill  alifbosiga  k,  g,  x,u  harflarni  qo’shish  nazarda  tutimoqda)  va  lotin 

alifbosi  asosida,  o’zbek  tilida  har  xil  ma'lumotlarni  ham  osonlik  bilan  tayyorlash 

mumkin.  

WORD matn muharriri imkoniyatlari:  

 

Mantni kiritish, tahrir qilish va ko’zdan kechirish; 



 QATOR orkalari abzatsini o’rnatish; 

 

Avtomatik tarzda  matnni sahifalarga bo’lish; 



 Matn qismini ajratish va uni kerakli joyga nushalash

 

Hujjatni mundarijasini to’zish; 



 Matematik, kimyoviy formulalarni yozish; 

 Har xil shiriftlarda–oddiy, ko’pyo’q, ogma, tagiga chizib yozish; 



 Bir vaqtda bir necha oynada bir nechta hujjatni tayyorlash, tahrir qilish, biridan 

ikkinchisiga ko’chirib o’tish; 

 Matnda har xil shakl, grafik va rasmlardan foydalanish; 



 

Turli ma'lumotlar jadvallar to’zish, ular ustida arfimetik operatsiyalar bajarish



 Avtofiguralar  chizish,  titul  varaqlarini  jixozlash  va  shu  kabi  yana  bir  turkum 

ishlarni  bajarishi mumkin.  

WORDni ishga tushirish va undan chiqish 

WORD  dasturi,  odatda  dastur  dispecherining  Microsoft  Office    bo’limida 

joylashgan  bo’ladi.  WORD  dasturini  ishga  tushirish  uchun  «sichqoncha» 

Ko’rsatkichini WORD piktogrammasi ustiga keltirib, uning chap tomon tugmachasini 

ikki  marta  bosib,  standart  usulida  ishga  tushiri  mumkin.  Yoxud  «Pusk»  tugmasi 

yordamida «Programma`» bandiga kiriladi va dasturlar ro’yxatidan Microsoft WORD 

Ko’rsatkich orqali topiladi hamda «sichqoncha»ning chap tomon tugmachasi bosiladi.  

 

Natijada ekranda dastlab WORD zarfarag’i so’ngra WORDning ish stoli paydo 



bo’ladi.  

 

WORD  ishga  tushgandan  so’ng  kompyuter  ekranida  WORD  ish  stoli, 



boshqarish  darchasi  hosil    bo’ladi.  Boshqarish  darchasida,  sarlavha  satri  (birinchi 

qator),  menyu  satri  (ikkinchi  qator)  va  uskunalar  majmuasi  (4,5  va  hokazo  qatorlar) 

joylashgan bo’ladi.  

 

Uskunalar  majmuasida  WORD  menyu  buyruqlarining  deyarli  barchasiga  mos 



hamda  qo’shimcha  amallarni  bajarish  uchun  mo’ljallangan  maxsus  tugmachalar 

joylashgan.  Maxsus  tugmachalar  ustidagi  belgilar  bajariladigan  amallarni  ko’rsatib 

turadi.  

 

Masalan,  «Printer»-tugmasi  ustiga  printer  chop  qilish  qurulmasi  chizilgan.  Bu 



tugmani bosish ekrandagi matnni chop qilishga buyruq beradi.    

 

Dasturdan chiqish qo’yidagi usulda bajariladi. 



Ko’rsatkichni sistema menyusi ustiga keltirib, ikki marta bosish bilan

Oyna ilovasining sistema menyusini ochib va Close (zakro`t) buyrug’ini tanlash 

bilan; 

[Alt]+[F4] klaviatura tugmalarini birgalikda bosish bilan; 



Fayl” buyruqlar to’plamidan “Vo`xod” buyrug’ini berish bilan; 

[File-Exit]  (fayl-Vo`xod)  gorizantal  menyudagi  buyruqlarni  berish  bilan 

dasturdan chiqiladi.  

Agar  WORD  oynasini  yopish  paytida  hujjatni  ayrim  o’zgaritirishlar  kiritilgan 

bo’lib,  u  diskda  saqlanmagan  bo’lsa,  ekranda  «Xoteli  vo`  Soxranit  izmeneniya  v 

doqument?»  degan  savol  chiqadi,  u  holda  o’zgartirishni  diskda  saqlash  uchun  «Da», 

o’zgartirishni  saqlamas-  lik  uchun  «Net»  yoki  tahrir  qilishni  davom  ettirish  uchun 

«Cancel-Otmena» tugmalari tanlanadi.    



Matnlarni kiritish va saqlash 

 

Agar buyruqlar satrida argumentsiz (faylning nomini ko’rsatmasdan) WORDni 



inga tushirgan bo’lsangiz u holda kompyuter yangi hujjatni “Doqument 1” shartli nom 

bilan  berishni  taklif  etadi.  Ushbu  hujjatning  Normal.Dat  fayl  standart  fayl  shaklida 

saqlanadi.  Yangi  sahifa  ochilgandan  so’ng  kerakli  hujjat  klaviatura  tugmalari  orqali 

kiritiladi.  



 

Odatda  matn  klaviatura  qurulmasidan  terib  kiritiladi.  Dastlab,  ko’rsatkich 

(kursor) ekranda kerakli joyga keltiriladi. Kiritilayotgan matn ko’rsatkich turgan joyga 

joylashadi.  

 

Agar kiril alifbosidan lotin alifbosiga o’tish lozim bo’lsa, [Alt], [Shift] tugmalari 



majmuasidan  foydalaniladi.  Klaviatura  drayverlari  har  xil  bo’lganligi  sababli,  kirill 

alifbosidan lotin alifbosiga o’tish, ba'zan ikki marta [Shift] yoki [Ctrl] bilan birgalikda 

bosilganda bo’lishi ham mumkin.  

 

Yangi  abzatsdan  matnni  kiritishni  boshlash  uchun  qator  nihoyasida  [Enter] 



tugmasini bosish lozim, aks holda Ko’rsatkich avtomatik ravishda qator oxiridan yangi 

qator  boshiga  keladi.  Matndagi  keraksiz  jumlalarni  o’chirish  uchun  Ko’rsatkich 

mazkur  belgi  old  tomonga  keltiriladi  va  [Del]  tugmachasi  yordamida  o’chiriladi. 

[BackSpace]  tugmachasini  ko’rsatkich  chap  tomonidagi  belgilarni,  [Shift]+[Del] 

tugmalari  majmuasi  va  ko’rsatkichdan  o’ng  tomonda  turgan  barcha  belgilarni  qator 

oxirigacha  o’chirish  uchun  xizmat  qiladi.  [Shift]+[BackSpace]  tugmalari  majmuasi 

ko’rsatkich  olditda  joylashgan  barcha  simvollarni  qator  boshigacha  o’chirish  uchun 

xizmat qiladi.  

 

Matndagi  biror  qatorni  ikkiga  bo’lish  uchun  bo’linadagin  matn  maydoniga 



ko’rsatgich keltiralidi va [Enter] tugmachasi bosiladi. Ikki qatorni birlashtirish uchun 

birinchi qator oxirigacha Ko’rsatkich keltiriladi va [Del] tugmasi bosiladi.  

 

Hujjatni  (yoki uning bir qismini) tayyorlab  bo’lgandan  keyin  ixtiyoriy  nom  va 



DOC kengaytgichi bilan « Soxranit  kak…» buyrug’i orqali saqlab qo’yishingiz yoki 

menyudagi  fayl  bo’limiga  kirib,  «Soxranit»  satrini  tanlash  yo’li  bilan  uni  xotirada 

saqlab qo’yishingiz mumkin.  

 

Xotirada  saqlab  qo’yilgan  faylni  yana  tahrir  ktilish  zarur  bo’lsa,  Word 



menyusidagi Fayl bo’limidan Otkro`t buyrug’i tanlanadi va fayl nomi beriladi.  

 

Natijada  ekranda  matn  hosil    bo’ladi.  O’z  navbatida  matnni  tahrir  qilish  yoki 



chop qilishni davom ettirish mumkin.  

Word menyusi bilan ishlash 

 

Word ekranining yo’qori qatorida matn va uning qismlari ustida turli xil amallar 

bajarish  uchun  mo’ljallangan  menyu  joylashgan.  Menyuga  kirish  uchun  [F10] 

tugmachasi  yoki  ko’rsatkich  kerakli  menyu  bandi  ustiga  keltirib,  «sichqoncha» 

tugmasi bosiladi va kerakli band [(], [(], [Home], [End] tugmalari yordamida tanlanadi. 

Tanlangan band bajarilishi uchun [Enter] tugmasi bosiladi.  

Menyudagi tahrir kilinayotgan matnni qo’yish uchun [Esc]  tugmachasi bosiladi. 

Microsoft Word matn tahrirlagichning menyusi «Fayl», «Pravka», «Vid», «Vstavka», 

«Format», «Servis», «Tablitsa», «Okno», «Spravka» bo’limlaridan iborat.  

Fayl bo’limi 

 

Menyuning «Fayl» bo’limida yangi hujjatni tayyorlash uchun yangi oyna ochish, 



oldingi saqlangan fayllarni chiqarish, joriy faylni yopish, tayyorlangan hujjatni diskka 

yozish,  yangi  oynadagi  hujjatni  nom  berish  bilan  saqlash,  barcha  oynalardagi 

hujjatlarni  saqlash,  kerakli  fayllarni  qidirib  topish,  sahifalar  tartibini  o’zgartirish, 

matnni sahifada qanday joylashganligini oldindan ko’rish, matnni (matritsaviy, lazerli) 

printerlarda bir necha nusxada, agar zarurat bo’lganida  matnni tanlangan joyini chop 

etish,  oxirgi  4  ta  tahrir  qilingan  fayllar  nomini  ko’rish  hamda  Word  matn  tahrir 

dasturdan chiqish kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin.  


Matnni tahrir qilish. «Pravka» bo’limi 

 

Menyuning  «Pravka»  bo’limida  hujjatni  tahrir  qilishga  oid  bir  qator  ishlarni 



amalga oshirish mumkin.  

Matn ko’rinishi ustida amallar. «Vid» bo’limi 

 

«Vid»  bo’limida  esa  sahifa  o’lchamlari,  formulalar  yozish  uchun  maxsus 

bo’limlar bilan ishlash imkoniyati mavjud.  

Matnga tasvir tushirish. «Vstavka» bo’limi 

 

Menyuning «Vstavka» bo’limida bajariladigan operatsiyalarni rad etish va qayta 

takrorlash,  belgilangan  joyni  qirqib  olish  va  kerakli  joyga  qo’yish,  tanlangan  joyni 

o’chirish,  hujjatni  barcha  joyini  tanlash,  matndan  kerakli  so’zni  izlab  topish  va  uni 

almashtirish kabi kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.  

«Format» bo’limi 

«Format»  bo’limida  sahifalarning  o’lchamlarni  kiritish,  turli  xil  shiriftlarni 

o’rnatish  va  bekor  qilish,  chapdan,  o’ngdan,  yo’qoridan  va  qo’yidan  kerakli  xajmda 

bush joy qoldirish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.  



«Servis» bo’limi 

«Servis»  bo’limida  hujjatlarning  to’g’ri  yozilganligini  nazorat  qilish,  tugirlash 

kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.  

Jadvallar ustida amallar. «Tablitsa» bo’limi 

 

«Tablitsa» bo’limida jadval tashkil etish, jadval katakchalarpi ustida ishlash va 

jadvallardagi ma'lumotlarni saralash ishlarini amalga oshirish imkonini beradi.  

Yangi oyna ochish. «Okno» bo’limi 

«Okno»  bo’limi  yordamida  yangi  oyna  ochish,  yangi  oynaga  boshqa  hujjatni 

chakirish  va  tahrir  qilish,  lozim  joylarini  qirqib  olib  boshqa  oynaga  o’tkazish  kabi 

ishlarni bajarish mumkin.  



Yordam olish. «Spravka» bo’limi 

 

«Spravka» bo’limi yordamida Wordda ishlash haqida ma'lumot olish, Microsoft 



Web va boshqa dasturlar haqida ma'lumot olish mumkin.  

Jadval tashkil etish. «Tablitsa» bo’limi 

Jadval  tashkil  etish  uchun  menyudagi  «Tablitsa»  bo’limiga  kirib,  «Vstavit 

tablitsa»  qatori  tanlanadi.  Ekranda  suroq  vazifasini  bajargan  holda  satr  va  ustunlar 

sonini kiritishni talab qiluvchi oyna hosil  bo’ladi.  

Kerakli  ustun  va  satrlar  sonini  kiritib    [Enter]  yoki  [Oq]  tugmalari  bosiladi. 

Masalar  12  satr  va  11  ustundan  iborat  jadvalni  hosil    qilish  uchun  “Chislo  strok” 

bandida 12 sonini, “Chislo stolbets” bandida 11 sonini kiritish lozim va [Oq] buyrug’i 

beriladi. Natijada ekranda jadval hosil  bo’ladi.  

Kiritilgan  jadvaldagi  satr  yoki  ustunlar  soni  ko’p  bo’lganda  ularni  kamaytirish 

uchun  kerakli  satr  tanlab  olinib,  menyudagi  “Tablitsa”  bo’limiga  kirib,  “Udalit 

yacheyke”    qatori  tanlanadi.  Kiritilgan  jadvaldagi  satr  yoki  ustunlar  soni  yetmay 

qolganda ularning sonini ko’paytirish uchun ixtiyoriy bir satr tanlab olinib, menyudagi 

“Tablitsa”  bo’limiga  kirib,  “Vstavit  yacheyki”  qatoriga  kelib  [Enter]  tugmasi  yoki 

“sichqoncha”ning  o’ng  tugmachasi    bosiladi,  natijada  katakchalarning  o’lchamlarini 

o’zgartirish imkonini beradi.  

Savol:  Jadvallar  bilan  ishlash  qanday  amalga  oshiriladi?  Tablitsa 

menyusining ko’rinishi tavsiflab bering.  


Turli matematik va kimyoviy simvollar bilan ishlash 

 

Matematik  yoki  kimyoviy  formulalarni  yozish  uchun  “Vstavka”  menyusiga 

kirib,  “Simvol”  bandi  tanlanadi  va  “sichqoncha”  tugmachasi    bosiladi.  Natijada 

“Simvol”lar  ekrani  paydo  bo’ladi.  Kerakli  simvol  Ko’rsatkich  orqali  tanlanadi  va 

matnda lozim joyga ko’rsatkich keltirib, “Vstavit” tugmasi bosiladi.  

 

Matematik  formula  va  munosabatlarni  yozishda  uskunalar  qatoridagi 



belgidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur belgi ustuniga Ko’rsatkich keltirilib, 



“sichqoncha”ning  chap  tugmachasi  bosiladi.  Natijada  ekran  paydo  bo’ladi  va  kerakli 

matematik (fizik, kimyoviy va xokazo) formulalarni osonlikcha kiritish mumkin.  

Matn  kiritilgach  odatda  uni  chop  etishlan  oldan  ko’zdan  kechirish  maqsadga 

muvofiq.  Buning  uchun  “Fayl”  buyruqlar  to’plamidan  “Predvaritelno`y  prosmotr”  

yoki  o’nga  mos  keluvchi  uskunalar  panelidan  “Oyna”  uskunasi  ustiga  Ko’rsatkichni 

olib kelib, “sichqoncha”ning tugmachasi  bosish lozim.  

 

Uskunalar  panelida  yana  bir  qator  uskuna  belgilari  joylashgan.  Ular 



yordamida  foydalanuvchi  bosh  menyuga  kirmasdan  matnni tahrir  qilish,  uni  ko’zdan 

kechirish,  chop  qilish,  xotarada  saqlash,  matn  qismini  qirqib  olish,  qirqilgan  qismini 

boshqa joyga nushalash, elektron jadvallar to’zish, matn shiriftini almashtirish, turli xil 

geometrik  shakl  va  figuralarni  chizish  va  shu  kabi  yana  bir  qator  ishlar  ko’lamini 

bajarish mumkin. 

Xulosa: Hozirgi kunda har bir soha mutaxasis uchun bu muharirir kerakli zarur 

hisoblanadi.  WORD  muharirining  imkoniyatlari  juda  keng.  Umumiy  xulosa  shuki, 

hozirgi kunda bu muharrir kirmagan soha yo’q. 

Nazorat savollari:  

1.  Muharirir deganda nimani tushunasiz? Qanday muharrirlarni bilasiz?  

2.  Boshlang’ich ma'lumotlar deganda nimani tushunasiz?  

3.  WORD 2000ni ishga tushirish va undan chiqish qanday amalga oshiriladi?  

4.  Matnlarni kiritish va saqlash jarayoni qanday amalga oshiriladi? 

5.  Word menyusi bilan ishlash qanday amalga oshiriladi?  

6.  Turli matematik va kimyoviy simvollar bilan ishlash qanday amalga oshiriladi? 

7.  Microsoft Word matn muharriri to’g’risida nimalarni ayta olasiz? . 

8.  Microsoft Wordni ishga tushirish qanday amalga oshiriladi? 

9.  Hujjatlarni ko’rinishini o’rnatish rejimi vazifalari nimalardan ibrat? 

10. Piktogramma nima? U qanday vazifalarni amalga oshiradi?  

11. Simvollarni formatlash jarayonini tushuntirib bering.  



 

 

Tayanch iboralar:  

 

Komp'yuter,  programma,  interfeys,  oyna,  boshqarish,  ma'lumot,  masala, 



WINDOWS,  tugmachalarining  kombinatsiyasi,  ma'lumotlar  strukturasi,  fayl,  papka, 

“Windows-95”, bosh menyu, «Bajarish» («Vo`polnit»), matn, muharrir, jadval, pravka, 

menyu, fayl,  matnli muharrir, grafik muharrir, «Saqlash kak...»  -  («Soxranit kak...»), 

«Bosmalash» («Pechat»), «Hujjatlar ro’yxati» («Spisok dokumentov»), «Chiqish».  



 

 

Кo’rildi ______________ 

DАRSNING     ТЕХNOLOGIК      ХАRIТАSI 

 

Fаn: Informatiка va axborot texnologiyalari 

 

Кurs:  I  -кurs  



Маshg'ulоt turi: ма’ruza 

Dаrsning tipi: bахс - munozarali, muammoli, аralash, esse, klaster. 

Мavzu: Мa’ro’za № 9. Elektron jadvallar  

Dаrsning маqsаdi:  

Ta’limiy:  Тalabalarga  elektron  jadval  va  uning  imkoniyatlari,  turli  hisob-kitob 

ishlarini olib borishda uning ahamiyati hаqida to’liq tushuncha berish va ularning shu 

sohadagi 

bilimlarini 

boyitish 

va 

mustahkamlash, 



hamda 

bu 


bilimlarni 

rеprоduкsiyalаsh.  Маvzu  bo’yicha  talabalarning  bilimlarini    tizimlashtirishni  davom 

ettirish; 

Rivojlantiruvchi:  Tahliliy  tafakkur  qilish,  xulosalar  qilish  vа  takliflarni  kiritish 

mahoratini  rivojlantirish,  ko’mak  beruvchi  qo’shimcha  adabiyotlar  bilan  ishlash 

mahorati va ko’nikmalarini  shakllantirish; 

Таrbiyaviy:Таlabalarni  miliy  istiqlol  g’oyasi  ruhida  tarbiyalash,  milliy  g’urur 

tuyg’ularini singdirish;  

Каsbiy: Таlabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay bilishlari, bilim, 

ko’nikma  va  malaka  hosil  qilishlari  darkor,  ya’ni  kasbiy  malakalarini  oshirishdan 

ibotat. 

Jihozlar:   Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid rangli so’ratlar. 

Кo’rgazmali  qurollar:  Таlabalar  tomonidan  tayyorlangan  plakatlar,  boshqotirmalar, 

tarqatma materiallar, testlar. 

Техnik vositalar:  коmp’yuter, vidioproektor, mul’timedia, disklar, kompakt disklar, 

mikrofon. 

Foydalanilgan аdabiyotlar: 

1.  М.М.Oripov  vа  boshqalar.  Informatika  va  axborot  texnologiyalari.  Ахborot 

техnologiyasi.  O’quv  qo’llanma.  ТDТU.  1,2-qism    Тоshkent  2002.  Тоshkent  davlat 

texnika universiteti bosmahonasi. 

2.  SH.N.Nosirova,  Tursinboeva  Z.O’.«Informatika  va  axborot  texnologiyalari» 

fanidan ma'ro’za matnlari. Elektron versiyasi, Navoiy 2005 y. 

3.  Sattorov  А.,  Yusupov  Sh.R.,  Z.  Хоshimov  B.E.  Informatika  va  axborot 

texnologiyalari va hisoblash texnikasi asoslari.-Т:Shаrq-1996y.

 

  

4.  www.msn.com , www.download.net , Web manzillari.  



(Guruhni  3  tа  guruh  (algoritm,  komp’yuter,  dasturlash)gа  bo’lib  turli  tadbirlar 

tashkil  qilamiz.  Bu  guruhda  talabalarni  baholash  va  ularni  dars  davomida  faollashiga 

yordam beradi degan umiddamiz.)  


Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish