O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO’LIMI
II semester uchun ILMIY- TADQIQOT ISHI bo’yicha HISOBOT Mavzu: NOTURG'UN TOMIRSIMON KONLARNI QAZIB OLISHDA MASSIV HOLATINI BOSHQARISH USULINI TAKOMILLASHTIRISH
Kafedrada hisobot qabul qilingan vaqti: _______________________
Navoiy 2022 y
MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………………………….3
1. Zarmitan koninig kon texnik va geomexanik holatini taxlil qilish,massivning kon deformatsiya xolatining o’zgarishiga olib keluvchi omillarni o’rganish............................................................................................................................6
1.1 Kon massividagi uzulmali strukturalar va darzliklar……………………. ………….8
1.2 Massivdagi tektonik yoriqlar va darzliklarni o’rganishning prinsiplari…………….………………………………………………………..............10
1.3. Massivdagitektonik darzliklarning paydo bo’lishi va tarqalishi…………….….…12 1.4. Tik qiya tomirsimon konlarda tog’ jinslarining darzliklarini o’rganish……...14 Xulosa…………………………………………………………………………………..16
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………...........17
KIRISH Mamlakatimiz xalq xo'jaligini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari texnik taraqqiyotni aniqlaydigan tarmoqlar yani ishlab chiqarish umumiy hajmini oshirish kerakligini ko’rsatmoqda. Ushbu tarmoqlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun ishonchli mineral-xomashyo bazasi zarur.
Metallurgiya, mashinasozlik, energetika, kimyo va boshqa ko'plab sanoat tarmoqlari ehtiyojlari uchun juda ko'p miqdordagi xom ashyo odatda tomirlar deb ataladigan kichik (5 m gacha) quvvatga ega konlarda ifodalanadi. Rangli metall rudalarining konlarining katta qismi tomirlar ko’rinishida shakllangan.
Rangli metallurgiya xomashyo bazasini, ayniqsa mis, volfram-molibden va oltin qazib olish sanoatini yanada rivojlantirish uchun yuqori konstruktorli mashinalar va mexanizmlardan ochiq konlarda va zamonaviy o'z-o'zidan ishlab chiqarish majmualarida foydalanish ko'zda tutiladi. Yer osti kon ishlarini takomillashtirish uchun qo’llaniladigan uskunalar va texnologiyalarniyanada takomillashtirish zarur.
Shu sababli chet ellarda rudalarni yer osti qazib olish texnologiyasi va texnologiyasini takomillashtirish yo'nalishlarini o'rganish va izchil ko'rib chiqishga katta qiziqish uyg'onmoqda. Mutaxasisslar xorijiy va mahalliy adabiyotlarning so'nggi materiallaridan foydalangan holda dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida tomir konlarini er osti qazib olish amaliyotini ilmiy jihatdan umumlashtirish va tizimlashtirishga harakat qilishyapti.
Ishning dolzarbligi. Dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida tomirli konlarni qazib olish ishlari katta chuqurliklarda olib borilmoqda, kelgusida Zarmitan koni ham bu ro’yxatga kiritilishi mumkin.Chuqur konlar uchun asosiy muammolardan biri bo’lib kon bosimini boshqarish hisoblanadi. Chuqur rudniklarda sodir bo’luvchi kon zarbalari, ishchilar hayotini xavf ostiga solyapti va ruda qazib olishdagi to’xtalishlar va buzulishlarni bartaraf etish bilan bog’liq ishlar sababli korxona iqtisodiyotini susaytiryapti.
katta chuqurlikdagi konlarni qazib olish qazib olish ishlarining barcha bosqichlarida o’z ahamiyatiga ega. Shu o’rinda kon ishlarini bajarishda kon jinslari massivi bosimni meyoriy tarzda olib borish tadbirlari belgilanishi zarur.
Tomirli konlarni qazib olishda qo’llanilayotgan va ma’lum bo’lgan texnologoiyalar, murakkab geomexanik shoroitlardagi konlarni qazib olish samaradorligiga to’liqligicha javob bermaydi. Bugungi kunda Zarmitan oltin madanli konlarida yer osti kon ishlarini olib borishda aniq yondashuv va kompleks yechim talab etiladi va dolzarb ilmiy-texnik masala hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi. Xavfsiz va iqtisodiy jixatdan samarador hisoblanuvchi massivni boshqarish usulini tadqiq etish va uni iqtisodiy baholash.
Tadqiqotning asosiy g’oyasi massivni boshqarishning amaldagi usullaridan mujassamlashgan holda foydalanish evaziga qazish ishlari xavfsizligiga va iqtisodiy samaradorligiga erishishdan iborat.
Ilmiy tadqiqotning maqsadi va g’oyasi mohiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi masalalar tadqiq etiladi:
kon geologik,kon texnik va geomexanik holatini taxlil qilish,massivning kon deformatsiya xolatining o’zgarishiga olib keluvchi omillarni o’rganish;
Tik qiya joylashgan tomirsimon madan tanalarini chuqur gorizontlardan qazib olish borasidagi tajribalarni, sinov natijalarini, adabiyot manbalarini tadqiq etish va massivni boshqarishning samarador usullarini tanlash;
Zarmitan oltin madanli hududi tomirsimon madan tanalarini yer osti usulida qazishda massivni boshqarishning mujassamlashgan ususlini qo’llash orqali qazishning xavfsiz va iqtisodiy samarador tizimini yaratish;
Tadqiqot natijalariga ko’ra taklif etilgan massivni boshqarish usullarini texnik-iqtisodiy baholash.
Ilmiy tadqiqot uslubi. Tik qiya madan tanalarini qazib olish bo’yicha mavjud tizimlarni va ilmiy tadqiqot yo’nalishlarini tahlil etish,adabiyot manbalarini va amaliy ma’lumotlarni umumlashtirish,analitik xisoblash. Loyihalashning grafik,grafa-analitik,matematik-fizik modellashtirish, variantlarni iqtisodiy taqqoslash kabi usullardan foydalanish. Kompyuter dasturlari va grafikalarini qo’llash.
Tadqiqot obyekti. Janubiy kon boshqarmasi (JKB) Zarmitan oltin koni yer osti ishlarida qo’llanilayotgan qazib olish tizimlari.
Ishning amaliy ahamiyati. Zarmitan oltin madan xududida yer osti ishlarini xavfsiz olib borish va uning iqtisodiy samaradorliligini oshirish, o’quv jarayonlariga tadbiq etish.