Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 1,28 Mb.
bet5/6
Sana29.11.2019
Hajmi1,28 Mb.
#27676
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2018 G'OYA MAJMUA


ADABIYOTLAR ROYXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T. «O‘zbekiston», 2003, 4-8-betlar.

  2. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik Uzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: Uzbekiston. 2017.

  3. Mirziyoev SH.M. Konun ustuvorligi va inson manfaatlarini yangilaщ yurt tarakkiyoti va xalk farovonligining garovi. T.Uzbekiston.: 2017.

  4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalkimiz bilan birga kuramiz. T.:Uzbekiston. 2017.

  5. Mirziyoev SH.M. 2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Xarakatlar strategiyasi. «Xalk bilan mulokot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini urganish buyicha ilmiy-uslubiy risola. T.: Ma’naviyat. 2017.

  6. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  7. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  8. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  9. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  10. Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. T.: O’zbekiston, 1997.

  11. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997.

  12. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqarorlik taraqqiyot yo’lida. 6-jild. T.:O’zbekiston, 1998.

  13. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. T.:O’zbekiston, 1999.

  14. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. T.:O’zbekiston, 2000.

  15. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. T.:O’zbekiston, 2001.

  16. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. T.:O’zbekiston, 2002.

  17. Karimov I.A. Terrorizm xavfi to’g’risida. T.:SHarq, 2002.

  18. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. 11-jild. T.: O’zbekiston, 2003.

  19. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimizga va qat’iy irodamizga bog’liq. 12-jild. T.:O’zbekiston, 2004.

  20. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. 13-jild. T.:O’zbekiston, 2005.

  21. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. 14-jild. T.:O’zbekiston, 2006.

  22. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish barcha ishlarimizning mezoni va maqsadadir. 15-jild. T.:O’zbekiston, 2007.

  23. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida. 16-jild. T.:O’zbekiston, 2008.

  24. Karimov I. A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. 17-jild. T.: O‘zbekiston, 2009. – 280 b.

  25. Karimov I. A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari. 18-jild. T.: O‘zbekiston, 2010. – 280 b.

  26. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.

  27. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T: O‘zbekiston, 2009. – 56 b.

  28. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T.:O’zbekiston, 2010.

  29. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2010.

  30. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvarda qabul qilingan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi Farmoyishi. //Xalq so’zi, 2001 yil 20 yanvar.

  31. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustda qabul qilingan «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi qarori. //Xalq so’zi, 2006 yil 26 avgust.

  32. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti I.Karimovning tabrik so’zi.//Xalq so’zi, 2011 yil 1 sentyabr.

  33. Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. Navoiy viloyati hokimi E.O.Turdimovning O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan viloyat aholisiga tabrigi. //Do’stlik bayrog’i 2011yil 31 avgust.

  34. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish arafasida. T.: “O’zbekiston”, 2011.

  35. Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. T.: “O’qituvchi”, 2011. 200-b.




  1. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: YAngi asr avlodi, 2001.

  2. Karimova V., Umarov A., Quronov M. Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  3. Nazarov Q. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsad va vazifalari. T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  4. G’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar. T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  5. Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishda tashkiliy uslubiy yondashuvlar. T.:Akademiya, 2002.

  6. Ochildiyev A. Milliy g’oya va millatlararo munosabatlar. T.: O’zbekiston, 2004.

  7. Ergashev I va boshqalar. Milliy istiqlol g’oyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. T.:Akademiya, 2005.

  8. Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati. T.: Akademiya, 2007.

  9. Ochildiyev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. T.: Muharrir, 2009.



7-MAVZU: TAFAKKUR O’ZGARISHI VA MA’NAVIY YANGILANISHDA MILLIY G’OYANING ROLI.

Ma’ruza rejasi:

  1. Milliy g’oya va milliy- ma’naviy qadriyatlar .

  2. Milliy g’oya ma’naviy negizida umuminsoniy qadriyat va milliy xususiyatlarning e’tirof etilishi.

  3. Milliy g’oyada umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e’tirof etilishi.

  4. An’anaviy madaniyat va «milliy-ma’naviy qadriyatlar»ni eskicha inkor etishning milliy g’oyaga zidligi.

Milliy ma’naviy qadriyatlar tushunchasi, uning ta’rifi va tavsifi. Demak, «Qadriyat» tushunchasi - juda keng tushuncha bo’lib, uning bir qismi - ma’naviy qadriyatlardir. Milliy-ma’naviy qadriyatlar - «milliylik», «Ma’naviyat» va «qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o’z ichiga oladi.

«Milliy ma’naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo’lgan, manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma’naviy boyliklar, amallar va tamoyillar, g’oyalar va me’yorlar milliy ma’naviy qadriyatlardir.

Har bir xalqning o’zi uchun e’zozli, qimmatli bo’lgan ma’naviy boyliklari bo’ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelgan, hozirgi kunda ham o’zining ahamiyati va qadrini yo’qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg’iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, fransuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o’zbeklar Samarqandu Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar.

Millat va elatlarning o’ziga xos tarixiy merosi, san’ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o’ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o’ynaydi.

Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o’ziga xos mezon vazifasini o’taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo’layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. YOsh avlodning hayotiy mo’ljallari, «zamon qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.

Milliy g’oyani ob’ektiv anglashda qadriyatlar va ma’naviyat olamini bilish va uni amaliy o’rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.1

Qadriyat turlari:

Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar.

An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo’ladigan axloqiy qadriyatlar.

Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar.

Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo’ladigan qadriyatlar.

Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar.

Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o’rganish mumkin:

Umuminsoniy qadriyatlar.

Mintaqaviy qadriyatlar.

Milliy qadriyatlar.

Diniy qadriyatlar.



Milliy g’oya va ma’naviy qadriyatlarning uzviy bog’liqligi. Milliy ma’naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomil-lashtirish, davlat va millat rivojiga to’g’anoq bo’ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Milliy g’oya va ma’naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o’zaro ta’sir mavjud bo’lib, bu quyidagilarda o’z ifodasini topadi:

1. Milliy qadriyatlar milliy g’oya uchun ma’naviy negiz, manba bo’lib xizmat qiladi.

2. Milliy g’oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko’tarish, odamlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo’lib hisoblanadi.

3. Milliy g’oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma’naviy qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor etishning ma’naviy mezoni bo’lib maydonga chiqadi1.

Ma’naviyat, qadriyatlar va milliy g’oya - jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, o’zaro uzviy aloqadorlikda bo’lgan sohalaridir. SHaxs hayotida, umuman insoniyat taraqqiyotida, millat va davlat taraqqiyotining ma’lum davrlarida ma’naviyat va milliy g’oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo’lib maydogan chiqadi.

Demak, qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy qadriyatlar jamiyat hayotining sohalari bo’yicha: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, qadriyatlar, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqa qadriyatlar.

Moddiy qadriyatlar haqiqiy qadriyatlarning namoyon bo’lish vosita-laridir (masalan, hayotda kerak bo’ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat qiladigan, o’zi yaratgan, suyanadigan va qo’llab-quvvatlaydigan qadriyatlar dunyosining kengayishi, boyish va takomillashish tarixidir. Insoniyat o’zining kundalik mehnati bilan yaratayotgan sun’iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz yaratayotgan ushbu moddiy va ma’naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi qadriyatlardir. Milliy g’oyaga asoslangan qadriyat-lar va qadriyat mezonlari kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga solish va to’g’ri yo’naltirishga xizmat qiladi. Bunday o’ziga xos boshqarish-ning samaradorligi kishilarimizning milliy g’oya bilan bog’liq qadriyatlar olamini bilishga bog’liq.

Hozirgi zamonda ilg’or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini nechog’li yuksaklikka ko’tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o’zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog’lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyatga ega.

Odamlar ongida milliy g’oyaga asoslangan mustaqillik, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyg’otish va tiklash jamiyat barqaror rivojlanishining muhim sharti va kafolatidir. Prezident Islom Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida milliy g’oya bilan bog’liq bo’lgan ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi xususida batafsil ma’lumotlar bergan.

Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq yillar davomida totalitar tuzumga qaramay o’zbek xalqining madaniy qadriyatlari, an’analari saqlanib qolindi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar davomida yaratilgan bebaho ma’naviy, madaniy merosimiz davlat siyosatining muhim vazifalaridan biri bo’lib kelmoqda.

Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi, milliy o’zlikni anglashi murakkab sharoitda - eski imperiya tuzumi barbod bo’lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan bir sharoitda yuz berdi.

Dastlabki paytlarda bir asrdan ziyod totalitar tuzumga qaramay milliy g’oyaga asoslangan ma’naviyat «Inkorni - inkor» sifatida kechdi. Avvalgi tuzum qadriyatlarini inkor etishning o’zi siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug’dirardi. SHuningdek, orqaga betartib qaytish jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin. Ana shu inkor etish jarayonida ekstremistik ruhdagi muxolifat vujudga keladi. U ma’naviyatga qarshi muxolifat bo’lishi mumkin.

Jangari millatchilik, diniy murosasizlik va «o’zimniki» bo’lmagan hamma narsaga nafrat bilan qaraydi. SHu boisdan bularni har tomonlama hisobga olgan holda ma’naviy tiklanishning ijobiy, bunyodkorlik, bir - birini to’ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy dasturlar ishlab chiqish, amalga oshirishni zarur qilib qo’ydi.

Milliy o’zlikni anglash aynan ma’naviy qadriyatlarni o’zlashtirish, o’z xalqining tarixi, madaniy merosini o’rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi.

Milliy ma’naviy qadriyatlar ko’p asrlik tarixga ega. O’zbekistondagi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, bularning paydo bo’lishi juda qadim zamonlarga borib taqalishini ko’rsatadi. Masalan, «Avesto» bundan 2700 yil muqaddam 12 ming mol terisiga oltin xarflar bilan bitilgan bu asar paydo bo’lishi uchun undan avval ham kamida necha ming yillik davr o’tganligi, teran hayotiy tajriba va hikmatlar to’planganligi, shubhasiz. Bu asar yuksak madaniy hayot, falsafa va fan, hottotlik va mushtariylik rivojlanishi natijasida yaratilganligi uchun ham shu paytgacha o’z qimmatini yo’qotmadi.

Davrlar o’tishi bilan milliy ma’naviy qadriyatlar ham o’zgarib, rivojlanib, yangilanib, boyib boradi. Zamon ruhiga va taraqqiyot talablariga mos kelmay qolgan me’yor va talablar inkor etiladi. YAngicha tasavvur va yondashuvlar, fazilat va odatlar hayotga kirib keladi.

XXI asr boshiga kelib axborot texnologiyalari tufayli globallashuv jarayoni yangi bosqichga ko’tarildi. Bu sharoitda milliy qadriyatlarga chetdan bo’ladigan ta’sir beqiyos darajada zo’rayadi. Bu ta’sir, bir tomondan, milliy madaniyatlarning boyishi, qadriyatlarning qayta baholanishi va yuksalishiga, ikkinchi tomondan esa, millatning ruhiyati va qadriyatiga yot bo’lgan odat va harakatlarning kirib kelishiga sabab bo’ladi.

Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» asarida xalqning madaniy qadriyatlari, madaniy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma’naviy kuch bo’lganligiga alohida e’tibor berdi.

Bunda 1) sobiq mafkura tazyiqini; 2) ma’naviy va madaniy merosni tiklash O’zbekiston davlati siyosatida muhim vazifa sifatida belgilab olinganligini chuqur o’rganish, yoshlarni unga e’tiborini jalb etish muhim.

Jamiyatda ma’naviy qadriyatlarni tiklashga milliy g’oya jarayoni sifatida qarashda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:

Xalqimiz istiqbol tufayli siyosiy mustaqillikni qo’lga kirit-ganligi.

O’z taqdirini o’zi belgilashning chinakam egasi bo’lganligi.

O’zining ma’naviy-tarixiy ildizlarini o’rganish imkoniyati yuzaga kelganligi, ammo uning juda murakkab jarayonlarda amalga oshirilayot-ganligi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida «siyosiy, madaniy ekstremizm xavfi» tug’ilishi mumkinligining hisobga olinganligi respublikada mustaqillikni saqlab qolishda, barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini chuqurroq, atroflicha, aniq misollar yordamida yoritish o’zining amaliy ahamiyatiga ega.

Milliy ma’naviy meros, qadriyatlarning tarkibi. Milliy ma’naviy meros va qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo’lib, uning tarkibi quyidagilardan tashkil topgan:

Tarixiy meros va tarixiy xotira.

Madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo’lyozmalar.

Ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari.

San’at va milliy adabiyot.

Axloqiy fazilatlar.

Diniy qadriyatlar.

Urf-odat, an’ana va marosimlar.

Ma’rifat, ta’lim-tarbiya va hokazolar.

Milliy ma’naviy qadriyatlarning ana shu har bir ko’rinishi muhim ahamiyatga ega. Bularning har birini misollar tariqasida chuqur tushuntirib berish mumkin.

Demak, milliy ma’naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Milliy g’oyaning amal qilish tamoyillari quyidagilardan iborat:

Insonparvarlik tamoyili.

Vijdon erkinligi.

Fikrlar rang-barangligini qaror toptirish - demokratik jamiyat barpo etishning asosiy sharti.

Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyili.

Milliy qadriyatlarga sodiqlik.

SHaxs qadriyatlari, inson ma’naviy olami bilan bog’liqligi.

Oila - jamiyatning muqaddas uyi, eng asosiy tarbiya maskani.

Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlash-tirish.

Hayotni erkinlashtirish.

SHaxs erkinligiga tayanadi.

Mustaqillik tufayli milliy-ma’naviy tiklanishga imkoniyat yuzaga keldi. Prezidentimiz Islom Karimov “ma’naviy o’nglanishni amalga oshirmasdan iqtisodiy o’nglanish mumkin emas”ligini aytib, “ma’naviyat xalqni, millatni millat qiladigan kuch-qudratdir” degandi. SHu sabab mustaqillik yillarda johon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo’shgan buyuk allamalarning merosini yangidan ijodiy o’zlashtirish o’ayotiy ehtiyojga aylandi. Imom Buxoriy, at. Termiziy, B.Naqshband, Ahmad YAssaviy, al-Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy kabi buyuk zotlar merosini o’rganio’ demokratik jamiyatning milliy ma’naviy negizlarini tashkil qiladi. Prezident Islom Karimov 1992 yilda yozgan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlarini ko’rsatib bergan edi:

1) umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik,

2) xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish,

3) insonning o’z imkoniyatlarin erkin namoyon qilish,

4) vatanparvarlik.

Bu tushunchalar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda muhim vazifa va manba hisoblanadi.

I.A.Karimovning “Milliy mafkura – davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy kuch-quvvat manbai” nutqining ahamiyati.

I.A.Karimov bu nutqini Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiya-sining asosiy tamoyillariga bag’ishlab ilmiy va ijodiy jamoatchilik vakillari bilan 2000 yil 6 apreldagi uchrushuvda so’zladi. Nutq jamiyatimiz hayotidagi eng muhim masalalardan biri milliy mafkura xususida bo’ldi. Bugungi kunda nafaqat iqtisodiy hayotimizda, balki, ongu tafakkurimizda ham yangilanish o’zgarish jarayoni kechmoqda. Pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod, erkin va farovon hayot qurishdagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g’oya, milliy mafkuradir. Fikr bor joyda baxs bo’ladi, baxs bor joyda haqiqat yuzaga keladi. Milliy g’oya, milliy mafkura ma’no-mohiyati, biz uchun juda zarur va kerakligini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:

1. O’z kelajagini qurmoqchi bo’lgan har qanday davlat o’z milliy g’oyasiga suyanishi va tayanishi zarur. Davlat tizimi, uni boshqarishdagi siyosat aniq mafkura asosiga qurilmog’i lozim. Oldin g’oya paydo bo’ladi. Odamlarimizni olijanob maqsad atrofida birlashtirishimiz zarur. Ongni, tafakkurni o’zgartirmisdan turib, biz ko’zlagan oliy maqsadga erishib bo’lmaydi.

2. Biz totalitar tuzumdan erkin va ozod tuzumga o’tish sharoitida yashamoqdamiz. SHu davrda maqsadimiz aniq bo’lishi kerak. Maqsadga puxta ishlangan mafkura asosida yetishish mumkin.

3. YOshlarimizni qanday g’oya negizida tarbiyalaymiz, qanday mafkura va tafakkur ular uchun qurol bo’lib xizmat qiladi?

4. Hech qanday g’oyaviy bo’shliqqa yo’l qo’ymasligimiz kerak. Eng ta’sirchan kurash avvalo, mafkura maydonlarida olib borilmoqda. Lekin hali suyagi qotmagan yoshlarimiz soxta g’oyalar orqasidan ergashib ketmoqda.

5. Milliy g’oya millatning o’zligini anglashga, qadriyatlarni tiklashga xizmat qilmog’i kerak

6. Milliy mafkuramiz: a) milliy qadriyatlarga va b) umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi zarur.

7. Milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko’tarilmasligi kerak.

“G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, olishish mumkin.” Ozod bo’lsang ozod bo’l, erkin bo’lsang erkin bo’l, mustaqil bo’lsang mustaqil bo’l. O’zbek millati oqko’ngil millat. Milliy mafkura o’zlikni anglashga xizmat qiladi. O’zlikni anglash o’z tarixini bilishdir. Tarixini bilish nasl-nasabini anglashdir. Milliy g’oya birlashtiruvchi kuch, qanot bo’lishi shart.



2. Milliy g’oya ma’naviy negizida umuminsoniy qadriyatlar va

milliy xususiyatlarning e’tirof etilishi

1. Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi - barcha xalqlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, insoniyatning umumiy manfaatiga mos keluvchi moddiy va madaniy hodisalar, mezonlar, qadrli jihatlarning ustuvor bo’lishiga tayangan g’oyalar asosidagi faoliyat qadriyatlardir. Har bir odam jinsi, irqi, millati, yoshi, kasbi, e’tiqodidan qat’iy nazar avvalambor bashar farzandi, insondir. SHu umumiy mohiyat barcha odamlar, millatlar uchun birday ahamiyatli va qadrli bo’lgan predmet, hodisa, jarayon, munosabatlarni farqlashga imkon beradi.

Umuminsoniy qadriyatlar insoniyat tarixining yaxlitligini ifoda-laydi, u davrlar o’tishi va ijtimoiy hayotning o’zgarishi bilan bir qatorda takomillashib, rivojlanib, tobora ko’proq xalqlarni, millatlarni, inson-larni yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi va kamol toptiruvchi kuchga aylanib boradi.

Insonparvarlik va ijtimoiy adolat, erkinlik va ozodlik, barqa-rorlik va farovonlik, ezgulik va taraqqiyotga bo’lgan intilish umuminsoniy qadritlarning muhim jihatlaridir.

Umuminsoniy va milliy qadriyatlar uzviy bog’liq va ta’sirlashuvda o’zaro boyib boradi. Umuminsoniy ahamiyat kasb etgan milliy qadriyatlar barcha xalqlar uchun muhim qadriyatga aylanadi. SHu jihatdan, umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmunan kengdir, kelib chiqishi bo’yicha barcha odamzodga tegishlidir. Hech bir millatning boshqa xalqlardan ajral-gan holda rivojlana olmasligi, ayniqsa, hozirgi davrda biror xalqning yakka o’zi jahon sivilizatsiyasidan alohida holda taraqqiy etmasligi ma’lum.

Umuminsoniylik milliy va shaxsiy qadriyatlar orqali namoyon bo’ladi. Umuminsoniylikning ustuvorligi - bu, har bir inson baxtli-saodatli, ozod va erkin bo’lishi, jamiyatda amalga oshirilayotgan barcha ishlar, o’zgarish va islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilishi lozim, degan qarashga asoslanadi. Ana shu sababdan ham, inson erkinligi, uning haq-huquqlarini ta’minlash, qonun ustuvorligi, demokratiya, fikrlar rang-barangligi va ijtimoiy plyuraizmga erishish umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga amal qilish sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda jahon davlatlarning ichki va tashqi siyosatida ana shu tamoyillarga amal qilinishi - umuminsoniylikning ustuvorligi g’oyasiga tayanish, bu g’oyani amalga oshirish sifatida baholanmoqda.

Har bir millatning mavqei uning insoniyat taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bilan o’lchanadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qarama-qarshi qo’yish milliy hudbinlik yoki xalqaro nizolarga olib kelishi, natijada, butun insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga to’siq bo’lishi mumkin. SHuning uchun, umuminsoniy ahamiyat kasb etgan qadriyatlarni qayerda va qachon shakllangan, qanday millat vakillari yaratganidan qat’iy nazar ehtirom bilan tan olish hamda qabul etish taraqqiyotga xizmat qiladi. Mustaqil respublikamizda milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligiga, xalqimizning jahon hamjamiyati bilan birga rivojlanish yo’lidan borishiga alohida e’tibor berilayotgani ham shundan.

Demak, milliy istiqlol g’oyasi quyidagi umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadi va o’ziga singdirib oladi:

Qonun ustuvorligi.

Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash.

Turli millat vakillarini, ularning madaniyatini va qadriyatlarini hurmat qilish, ular bilan hamkorlik qilish, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik.

Dinlararo bag’rikenglik.

Dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik.

Turli xalqlarning ilg’or tajribasini, insoniyat madaniyati yutuqlarini o’rganish va egallab olish.

Inson - eng oliy qadriyat.

Vatan - eng oliy qadriyat va h.k.

2. Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan, etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar shakllidir. Dunyoda o’ziga xos qadriyatlari bo’lmagan millat yo’q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.

O’zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi. Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biri. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi, boshqa xalqlarnikiga o’xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an’analar bilan tavsiflanadi.

Ma’lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. SHu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl mazmunda mavjud bo’ladi. Mahalliy qadriyatlarning eng yetuklari va milliy manfaatlarga, moslari asta-sekin saralanib, umummilliy darajaga ko’tariladi. Milliy muhit qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlarning eng yaxshilarini voyaga yetkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi.

Bu tamoyil va qadriyatlar O’zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o’z milliy qadriyatlarini asrab - avaylashi, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun to’la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O’tmishdagi bobolarimiz qoldirgan meros, madaniy boyliklar, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni o’rganish, ular zamiridagi bu tamoyilning asosiy jihatlaridir. Har bir millatning tili, qadriyatlari, urf-odatlari, an’analarini hurmat qilishni ta’minlash milliy istiqlol mafkurasining amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo’lishi uchun asoslar yaratadi.

Demak, o’zbek xalqining milliy xususiyatlarida:

1. Oila - muqaddas tushuncha. Oila qurish - o’ta mas’uliyatli ish. «Oila - eskilik unsuri emas». U muqaddas, oilada millat kelajagi mujassam. YOshlarni tarbiyalashda, kamolga yetkazish, ilm-hunar berish, uyli-joyli qilish - aksariyat oilalarning eng oliy maqsadidir...

2. Mahalla - o’z-o’zini boshqarishning o’zbek xalqi yaratgan eng katta yutug’i, oqilona shaklidir. Mahalla - tarbiya maskani, har bir oilaga tayanch va suyanch ekanligi ko’pchilikka ayon.

3. Qo’ni-qo’shnichilik munosabatlari uzoq tarixga ega bo’lib, asrlar davomida bu borada muayyan qadriyatlar shakllangan. «YOn qo’shnim - jon qo’shnim», «Xovli olma - qo’shni ol», «Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo’shni afzal» va h.k.

4. Keksalarga hurmat - inson hayotiy tajribasi davomida shakl-langan qadriyat. Jonli tabiatda hayot uchun kurash qonuniyati mavjud. Nasl qoldirish, yagi avlodga mehr qo’yish, uni oyoqqa turg’azish jon fido qilish hollari aksariyat hayvonlarda kuzatiladi. Ammo, qariyalarni e’zozlash, keksalarga ehtirom, mehr-muruvvat ko’rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g’oyamizni tasavvur eta olmaymiz. «Keksani qopda saqla, o’ligini hafta saqla»...

5. Ayol zotiga ehtirom - insoniyatning yarmidan ko’pini tashkil etadigan xotin-qizlarga bo’lgan munosabatning eng yuqori cho’qqisidir. Demokratiyaning eng muhim yutug’i - har ikki jinsning teng huquqli va erkin bo’lishini ta’minlashdir...

6. Onaga bo’lgan hurmat va sadoqat - eng oliy qadriyatdir. SHuning uchun Vatanga, milliy tilga nisbat berilganda ona nomi qo’shiladi. Milliy istiqlol g’oyasi onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar uchun farovon hayot, go’zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlarning erkinligi va o’z qadr-qimmatini anglab yetishiga, o’z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga sharoit yaratishni bosh g’oyasida mujassamlashtirgan.

Demak, milliy qadriyatlar insonning inson sifatida o’zini anglashi, o’z-o’zini himoya qila olishi, erishgan zafar yo’li va mag’lubiyatlari, sitamli damlarining yodnomalaridir.

O’rta Osiyo xalqlari tarixi bilan bog’liq milliy bayramlar ham bor: Mustaqillik bayrami, Navro’z, Mehrjon, Boychechak, Gul sayli va boshqalarni nishonlash an’anaga aylanib bormoqda.

«An’ana» - o’tmishning keajakka meros qoladigan, avloddan avlodga o’tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo’ladigan moddiy va ma’naviy qadriyat. «Madaniyat» (arab. «madina» va «iyat» - shaharga oid ta’lim-tarbiya ko’rganlik) - turlicha talqin etiladigan, murakkab va ko’p ma’noli tushuncha. An’anaviy madaniyat manbai abadiy emas, ijtimoiy muhitlar, jarayonlar, siyosatlar natijasida o’zgarib boradi. An’anaviy madaniyatning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilab olishda tarixiy taraqqiyot bosqichi ta’sirida o’zgarib borgan an’ana, urf-odat, moddiy va ma’naviy boyliklarga yangicha mezonlar orqali yondashmoq kerak. Xalqimiz tarixida ana shunday «an’anaviy madaniyat»ni saralash bosqichlari 3 ta tarixiy davrni bosib o’tgan.

1. «An’anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri ibtidoiy mifo-logik ta’sirlar ostida shakllangan an’nalar, qadriyatlarga yangicha mezon orqali baho berish davri.

2. Islom qadriyatlari mezonining qaror topishi bilan bog’liq bo’lgan an’anaviy madaniyat.

3. Dunyoviy fanlar ta’siri ostida shakllangan hozirgi zamon an’ana-viy madaniyatlari.

Bu bosqichlarning har bir davri haqida qisqacha to’xtalamiz.

1. «An’anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri eramizdan oldingi ikki ming yillikning so’nggi choragi va birinchi ming yillik boshlariga to’g’ri keladi. Bu davr jamiyat barcha tomonlarining o’sishi va o’zgarishiga asos bo’lgan yangicha ijtimoiy munosabat, mezonlarning qaror topishi bilan bog’liq. Bu davr ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarga mos keladigan, an’anaviy qadriyatlar mezoni hisoblangan «Avesto» yozma yodgorligi bilan uzviy bog’liq. Bu davrda nisbatan tor doiradagi hududlar, urug’ va qabilalar manfaatlariga mos kelgan qadriyatlar mezoni o’rniga keng doiradagi hududlar va elatlar mushtarak manfaatlarining izchil ifodasi bo’lib, ibtidoiy ko’p xudolik (poleteistik) tasavvurlar o’rniga yakka xudolik (monoteistik) tasavvurlarning qaror topa boshlaganligini ko’ramiz. Mazkur jarayonning ilk bosqichlarida nisbatan kengroq hududlarda istiqomat qiluv-chi urug’ va qabilalarning umumiy manfaatlarini ifoda etuvchi obrazlarning yaratilishiga kuchli ehtiyoj sezilgan.

Qabilalar o’rtasida umume’tirof etilgan dastlabki obraz «Hamma narsani ko’rib turuvchi, hamma narsadan xabardor, ming ko’zli va ming qulog’i bor, qabilalar o’rtasidagi kelishilgan shartnoma talablarining bajarili-shini qattiq nazorat qiluvchi adolat tarozisini qo’lida tutgan quyosh timsolidagi «mitra» bo’lib shakllandi.

Umuman, o’sha davr uchun o’ta muhim bo’lgan narsa qabilalar o’rtasidagi umumiy an’anaviy axloqiy normalarni qaror toptirish va unga izchil amal qilish zaruriy ehtiyojga alanadi. CHunki Irtish-Urol hududlaridagi yuzlab qabilalar o’rtasida umumiy kelishuv (shartnoma)lar tuzilib, unga qat’iy rioya qilmasdan turib, tabiatning injiqliklariga birgalikda (hamjihat-likda) kurash olib borish, boshqa hudud qabilalaridan o’z hududlarini himoya qilishning imkoni yo’q edi.

«Avesto» ta’limotidagi an’anaviy qadriyatlar mezoni to’la sof diniy-mifologik mazmun bilan cheklanib qolmasdan, balki shu bilan birga ijtimoiy muhit talablarini ham, tabiiy hodisalarni o’rganish asnosida vujudga kelgan bilimlarga ham suyanadigan dunyoviy harakterga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, yovuz dev Axrimon odamlarga dahshat urug’ini sochish uchun o’n ming turdagi kasalliklarni yuboradi. Unga qarshi ezgulik tangrisi Axura Mazda 9999 ta kasallikning davosini tabiatdagi narsa-hodisalar (jonsiz, tirik va o’simliklar) dunyosining xossalari, sifatlari ko’rinishda odamlar uchun yaratadi. Odamlar tabiatni chuqur o’rganishlari orqali mazkur shifobaxsh xossa va sifatlarni ajratib olib, o’z dardlariga shifo topgan-lar. Eng muhimi, tabiatni o’rganish orqali ortirilgan bilimlar qadriyat darajasiga ko’tarilgan. SHundan bo’lsa kerak, Otashparastlar qadimda, hatto o’rta asrlarda ham 3 ta narsa bilan mashhur bo’lganlar: 1) sehrgarlik; 2) tabobat ilmida; 3) vinochilik bilan shuhrat qozonganlar. Bu fazilat-larning uchalasi asosida ham tabiatni chuqur o’rganish yotganligini ko’ramiz.



2. An’anaviy qadriyatlarni saralashning ikkinchi davri Islom dinining tarqalishi bilan bog’liq. Har qanday g’oyalar tizimi o’z davri jamiyatining ijtimoiy talablari asosida vujudga kelib ijtimoiy taraq-qiyotning keyingi davr ijtimoiy muhit talablariga javob berolmay qolishi bu hech mubolag’asiz ijtimoiy qonuniyatdir. Insoniyatga va uning keyingi taraqqiyotini yangi-yangi mezonlar bilan ta’minlagan yozma yodgorligidagi zalvorli g’oyalar jamiyatning to’laqonli keyingi taraqqiyoti uchun yagona mezon bo’la olmay qoldi.

Islom dini SHarq ma’naviyatining keyingi takomillashuvi uchun o’ta qat’iy belgilangan talablar va uning muvaffaqiyatli yechimi uchun yangi-yangi mezonlari bilan dunyo sahnasiga ko’tarildi. Bu davrga kelib, mavjud ijtimoiy tizimning o’zgarishi bilan bog’liq holda o’tmish an’anaviy qadriyatlariga yangicha mezonlar orqali baho berish va saralash davri boshlandi. Masalan, Otashparastlikdagi o’lgan murdaning suyagini etidan tozalash jarayoni bilan bog’liq dahshatli manzaralar, nikoh, oila va mulkiy vorislik va boshqa ko’plagan jihatlar bilan bog’liq an’analarni qayta ko’rib chiqish tarixiy ehtiyojga aylangan edi. Huddi ana shu va shunga o’xshash tarixiy ehtiyojlarni qoniqtira oladigan mafkura bo’lib Islom g’oyalari tarix sahnasiga ko’tarildi.

SHarq xalqlari tafakkuri Islom g’oyalari tomonidan egallanishi dunyoni anglashning alohida jarayonini vujudga keltirdi. Islom ideallari va kategoriyalari hamda ularning mazmuni diniy xarakterga ega bo’lib, o’zidan oldingi diniy-mifologik qarashlarga nisbatan ham o’ta g’ayri tabiiyligi hamda bir tomonlamaligi bilan ajralib turadi. O’zida mintaqaviy va jahon dinlari tajribasini o’zlashtirib olgan bu din jamiyatning barcha tomonlari va musulmonlarning ichki dunyosini ham egallab olib, ularga o’z e’tiqod talablarini tiqishtirar edi.

Musulmonlar uchun islom ideallari asosida yaratilgan obrazlar orqali dunyoni idrok etishdan boshqa har qanday o’zgacha qarashlarga yon bermasligi bilan ham bu din farqlanadi. Islom rivojlangan o’rta asr jamiyatlarining talablariga moslashgan va har qanday muammolarning yechimini topa olgan g’oyalar tizimi bo’lib qaror topdi. Lekin Islom ideallari va mezonlari yangi davr jamiyatlarining talablariga javob berolmay qoldi. CHunki jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi harakatlan-tiruvchi kuchlar o’zgardi.

YAngicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi qaror topa bosh-ladi. Bunday sharoitlarda o’rta asrchilikka mos qoliplar, an’anaviy andozalarni yangi sharoitga moslab o’zgartirishning uddasidan chiqishning o’zi bo’lmas edi. Bunday moslashish asrlar mobaynida haqiqatning yagona manbasi deb ishontirilib kelingan mezonlarning o’zgarishi islomiy tasavvurlar tizimini tutib turgan asoslarning to’g’riligiga shubha uyg’otar edi.

3. Huddi ana shu paytda yangi davr ruhini o’zida mujassam-lashtirgan, ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob tariqasida qaror topgan dunyoviy tamoyillar, tushuncha va kategoriyalar yuzaga keldi. Bu g’oyaviy ta’limotga ko’ra ular islom diniy mazmundagi javoblarni tayyorlab, go’yo hozirgi taraqqiyot islom uchun asli yangilik bo’lmasdan, balki unutilgan eskilikdan o’zga narsa emasdir deb chiqdi.

Ular yangi davrga xos muammolar yechimini islom tamoyillari va andozalaridan kelib chiqqan holda topishga harakat qildilar. SHuning uchun ham dunyoviy taraqqiyot keltirib chiqargan va dunyoviy mazmunga ega bo’lgan tushuncha va kategoriyalarga islomiy mazmun bera boshladi. «Islom demok-ratiyasi», «Islom sotsializmi», «Islom taraqqiyot yo’li» va shunga o’xshash boshqa ko’plagan tushunchalarning vujudga kelishi bu islom dunyoqarashining beqiyos imkoniyatlaridan emas, balki islom yangi dunyo talablariga moslasha olmayotganligidan darak beradi. Boshqacha qilib aytganda islom yangi dunyo muammolariga hozirgi zamon taraqqiyoti darajasiga mos keladigan javob topolmay ojiz qolganligini ko’rsatadi.



Milliy qadriyatlarni inkor etishning milliy g’oyaga zidligi. Milliy qadriyatlar ba’zilari o’tmish mustabid tuzum sharoitida tazyiq va tahqirga uchragan, ularga «eskilik sarqiti», «o’tmishning qodig’i» degan tamg’alar bosilgan edi. Xatto, bolani beshikka belash, isiriq tutatish, maxsi-kavush kiyish, oyoqni sandalda issiq tutish kabi beg’ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan.

Mustamlakachilik siyosati sohta qadriyatlar, begona taomillarni zo’rlab kiritishga urindi. Xalqimizning ruhi va tabiatiga zid bo’lgan - ichkilikbozlik va giyohvandlik, behayolik va andishasizlik illatlari ildiz ota boshlagan edi. Milliy ma’naviy qadriyatlarni himoya qilish millat-chilik deb baholandi.

O’zbekiston mustaqilligi ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Milliy g’oya bu qadriyatlarni tiklashni yanada yuqori bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi.

Prezident Islom Karimov «Ota-bobolarimizdan qolgan ezgu udumga muvofiq, keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatishdek noyob insoniy qadriyatlarni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash zurur», deb ta’kidlagan edi. SHu boisdan ham «An’anaviy qadriyatlar»ni yo’q qilib taraqqiyotga erishish mumkin degan g’oya xavflidir.

«Nur borki - soya bor» deganlaridek, o’z farzandlik yoki ota-onalik burchlarini unutayotgan, muqaddas milliy qadriyatlarimizni oyoq osti qilayotgan ayrim kimsalar ba’zan uchrab turibdi. O’zlarini dunyoga keltirgan otalari yo volidalarini «Qariyalar uyi»ga joylaydigan, farzandlarini «tirik yetim» qilib, «Mehribonlik uyi»ga tashlab ketadigan kimsalar nafaqat milliy or-nomus, oddiy insof va vijdon, umuman, odamgarchilik yo’qligi milliy qadriyatlarimizga zid bo’lgan achinarli hol.

Milliy g’oya ruhiga yot bo’lgan salbiy xislatlardan biri - boqiman-dalik, loqaydlik illatlari kishilarning g’ayratini, tashabbusini bo’g’ib kelgan salbiy odatlar o’tmish tuzumdan meros bo’lib o’tdi va hozir ham ayrim kishilarning faoliyatiga salbiy ta’sirini o’tkazib kelmoqda.

Mustabid tuzimda munofiqlikka asoslangan, yakka hukmronlikni da’vo qilgan rasmiy mafkura real hayotni, odamlarning his-tuyg’ulari va orzu-intilishlarini aks ettirmay qo’ygan edi. Ijtimoiy ongdagi bu tuzilish natijasida odamlarda ichki norozilik ortdi. Ayrimlar esa bu soxta g’oyaga ishonar edi.

Milliy mafkuraning muhim vazifasi - kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid hissini tarbiyalashdir. Xalqimiz azaldan noumidlikni, ruhiy tushkunlikni qoralablikni, ruhiy tushkunlikni qoralabbo’lgani kabi, milliy marosimchilikni hozirgi zamon ruhiga mos ravishda tahlil va tahrir qilish zarurati, milliy g’oyaga muvofiq tarzda rivojlantirish mas’uliyati vujudga keldi. Masalan, to’y va marakalardagi ortiqcha isrofgarchilikka, kim o’zarlikka chek qo’yish, bu marosimlarni ma’naviyatga xizmat qiladigan darajada fayzli, farovon-likni ta’minlaydigan darajada kamxarj qilib o’tkazish, uning milliy qadriyatlarimizga mos bo’lishi lozimligi O’zbekiston Prezidentining Farmonida (1998) ham alohida ta’kidlab o’tilgan edi.

Umumbashariy qadriyatlar - mohiyat e’tibori bilan aksariyat xalqlar e’tiqod va hurmat qiladigan, ammo genezisi (kelib chiqishi)ga ko’ra bir yoki bir qancha millatlar hayotidan olingan, umume’tirof etilgan tamoyillar ekanligi, shubhasiz.

Muayyan milliy muhitda amal qilganligi uchun ham umumbashariy qadriyatlarda ma’lum darajada milliylik libosi saqlanib qoladi. Masalan, qonun ustuvorligi milliy istiqlol g’oyasining umuminsoniy tamoyili deb e’tirof etilgan. Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan O’zbekiston uchun bu tamoyilni ijtimoiy hayotning barcha sohalari va aholining barcha qatlamlari ongi va faoliyatiga ta’sirli mafkuraviy vositalar orqali singdirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

O’zbekistonda istiqomat qilayotgan ko’p millatli xalqqa xos bo’lgan milliy qadriyat - bag’rikenglik, o’zaro ahillik, madaniy-ma’rifiy yaqinlik-dir. Xalqimiz shovinizm va agressiv millatchilikning, mutaassiblik, jaholat va aqidaparastlikning har qanday ko’rinishlarini qat’iyan inkor etadi, bularning taraqqiyot va barqarorlik, ma’naviyat va ma’rifat uchun xavfini chuqur anglaydi.

Demak, asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy ma’naviy qadriyatlar milliy g’oyaga ma’naviy zamin, negiz bo’lib xizmat qilmoqda. Unga xalq, millat, jamiyat amal qilish uchun kuchli, qudratli, ta’sirli milliy mafkura kerak.

Demak, shunday bir yo’l tanlash kerakki, unda milliy manfaatlar va an’anaviy qadriyatlar munosib o’rin topsin, shu bilan birga umuminsoniy manfaatlarning ustuvorligi ham tan olinishiga imkon tug’ilsin.

Umumbashariy qadriyatlar, tamoyillar tushunchasi hamda

milliy g’oyada umumbashariy tamoyillar

Umumbashariy qadriyat - jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan narsalar, hodisalar, sifat, faoliyat va boshqalarning ismi yoki nomini emas, yoyobalki ularning ijtimoiy qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy-aksiologik tushunchadir.

Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir.

Hozirgi davrga kelib umuminsoniy qadriyatlar jamiyatda har qanday umumiy qadriyatlar tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib qolganligining sabablari quyidagicha:

- sayyoramizda yashayotgan barcha kishilar millati, irqi, ijtimoiy guruhi, yoshidan qat’iy nazar tug’iladi, yashaydi va o’ladi, insoniyat umumiy makon, cheksiz koinotda kichik bir yulduzda yashayotganligini his eta boshladi;

- olam ijtimoiy xilma-xillikdan tarkib topgan bo’lib, mafkuraviy rang-baranglik, qiziqish, maqsad va manfaatlari umumiy mezon kashf etayotganligini anglab bormoqda;

- dahshatli qurol, yadro urushi, ekologik bo’hron, ma’naviy tanazzul kabi xavflar bilan yuzma-yuz kela boshlaganligi, inson genofondining taqdiri xavf ostidaligini va uni saqlab qolish ehtiyojlari yuzaga keldi;

- kishilarning turli ijtimoiy tuzumlar va davlatlarda yashashidan qat’iy nazar hamma joyda asosiy maqsad inson, uning tirikligi va mazmunli hayoti ekanligi anglab olinayotganligi.

Milliy g’oyaning tarixiy, falsafiy ildizlari uning tamoyillari ham bir-biri bilan uzviy bog’liqlikdadir. Ularning uzviy bog’liqligi negizida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi yotadi. Demak, milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik g’oyasi bilan bog’liqdir.

Demak, insonparvarlik milliy g’oyaning asosiy tamoyillaridan biri. Buning birinchi sababi mustaqillik tufayli insonparvar va demok-ratik jamiyat barpo etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ana shu imkoniyatni voqelikka aylantirishda 2 ta muhim masalani xal etish zarur:

1) Odamlarning ongi va tafakkuridagi mustabid tuzum asoratlaridan, uning g’ayriinsoniy g’oyalaridan, yakka mafkurachilik tamoyillidan tozalash-dir. YAngi jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosa-batlarni shakllantirishdan iborat.

2) Insonparvarlik tamoyilida umumbashariy tamoyillar bilan bir qatorda millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi, qarashlar xilma-xilligi o’zaro uyg’unlashtiriladi. Bu jarayon mamlakatimiz taraqqiyotida barqarorlik, xavfsizlik masalalari bilan bog’liq bo’ladi.

«Umuminsoniylik» tushunchasida odam zotining hayoti va kamoloti hamda tarixiy va siyosiy, boshqada birliklar uchun ahamiyati ham o’z aksini topadi. Umuminsoniylikda umumijtimoiy munosabatlar, ta’lim-tarbiya va ma’naviy axloqiy jihatlar, ijtimoiy muhitning eng umumiy tomonlari bilan bog’liq sifatlar ham aks etadi.

Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan, insoniyatning mavjudligi, o’tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo’nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartib-larini, odamlarning eng azaliy orzu umidlari va ideallarini o’zida aks ettiradigan qadriyatlarning umumiy shakllarini ifodalaydi.

Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllarini o’rganishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

1) Butun insoniyatga xos bo’lgan tabiiy-tarixiy jihatlar, ya’ni inson vujudining tirikligi, sihat-salomatligi, ijtimoiy faoliyatga qobilligi, ongi, bilimi, muomala vositasi.

2) Jamiyatning tarixi, o’tmishi, kelajagi, hayotning asosiy talablari, tartiblari, qonun-qoidalari, avloddan-avlodga o’tadigan an’analar, urf-odatlar, marosimlar va boshqalar.

3) Jamiyat a’zolarining eng yuksak orzu - umidlari, ezgu - niyatlari, ideallari, g’oyalari, maqsadlari, ehtiyojlari, qiziqishlari, ular bilan bog’liq faoliyati va o’zaro munosabatlari.

4) Madaniyat, ma’naviyat, fan, din, huquq, siyosat, mafkura va ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan bog’liq yutuqlar, kashfiyotlar, yaratilgan boyliklar, ta’lim-tarbiya va ma’naviy kamolotning yo’nalishlari, usullari, vositalari.

5) Insoniyat rivojining hozirgi davri bilan bog’liq mintaqalar, ijtimoiy tuzumlar, davlatlar oldida turgan va butun jahon ahamiyatiga molik eng umumiy olamshumul muammolar, dolzarb vazifalar, kelajakning istiqbollari.

6) Sayyoramiz hududlari, davlatlari va ijtimoiy tuzumlaridan qat’iy nazar hamma uchun umumiy foydalanish imkonini beradigan universal texnologiyalar, EHM, kibernetika kabilar umumjahon ahamiyatga ega bo’lgan jarayonlardir.



Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari orasida o’z ahamiyatini, ijobiylik hamda foydalilik xususiyatlarini doimo saqlab qoladiganlari ham bor: inson vujudining tirikligi, uning ijtimoiyligi, inson umri va hayoti, sihat-salomatligi va h.k. Tiriklik - o’lim, borlik - yo’qlik, inson tirik jonzot ekan - kasallik, yashashdan maqsad mazmunli umr - ma’nosiz qo’yilgan ba’zi qadamlar, yashashdan maqsadni anglash, bilish - bilimsizlik, taraqqiyot va tanazzul bir-birlarini doimo ta’qib qiladi.

Umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilish yo’llari, usullari va manfaatlarini siyosatda va ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarni amalga oshirish davrida 3 ta asosiy jihatga e’tibor berish lozim:

1. Kishilarning umuminsoniy qadriyatlar to’g’risidagi qarashlarida va ularga erishish yo’llari haqidagi xulosalarida o’tmish avlodlardan meros qolgan orzu-umidlar, tasavvurlar ham katta ahamiyatga ega. Har bir avlod ajdodlari ma’naviy merosini o’ziga meros sifatida qabul qiladi va uni rivojlantiradi.

2. Har bir avlodning o’tmishdoshlaridan meros qilib olgan umuminsoniy qadriyatlar to’g’risidagi tasavvurlari va orzu-umidlaridan tashqari, o’zlari to’plagan tajribalari asosida o’z xulosalari bor. Demak, har qanday davrda ideal-qadriyatlarga yetishish yo’lida harakatlar boshlanganida ularni amalga oshirishning reja va dasturlari tuzilayotganda kishilarning ruhiy-ma’naviy tayyorgarligini, maqsadini, ehtiyojini hisobga olish zarur.

3. Umuminsoniy qadriyatlarga erishish to’g’risidagi tasavvurlar, ehtiyojlar va intilishlar asosida vujudga kelgan turli reja va dasturlarda ko’proq bundagi faoliyatning nazariy tomonlariga va umumiy jihatlariga, e’tibor beriladi. Rejadan amaliyotga o’tganda, tajribadan maqsadga erishish bevosita harakat boshlanganida kutilmagan holatlar namoyon bo’la boshlaydi. Bular esa o’z navbatida bosh maqsadga erishish - strategik faoliyatda foydalanish talab qilinadi.

Umuminsoniy qadriyatlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, unga mansub turmush, oila, urug’, qabila, elat, millat, xalq, davlat va boshqalarning ijtimoiy holati, ma’naviy hayoti, axloq, huquq, din, madaniyat, nafosat, san’at, ilm-fan sohalari bilan bog’liqlikda ham namoyon bo’ladi.

Insonning butun umri shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o’z qadrini kamolga yetkazish, o’zgalar, jamiyat, zamon va unda sodir bo’layotgan o’zgarishlar qadrini anglashga intilish jarayonidan ham iborat. O’z shaxsi va boshqalar qadrini anglab yetish uchun insonning kamoloti davomida shakllangan ma’naviy qiyofasi va dunyosi ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi, uning o’zi esa hayotning mohiyati va maqsadini to’g’ri anglaydigan darajada tarbiyalangan bo’lmog’i lozim. Ushbu ma’noda Suqrotning «O’z-o’zingni angla!» shiori g’oyat katta ahamiyatga ega.

Umuminsoniyatning qadrlash me’yorlari borasida to’plangan yutuqlarini umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligining asosiy mezonlaridan biri.

Umuminsoniylik milliy va shaxsiy qadriyatlar orqali namoyon bo’ladi. Umuminsoniylikning ustuvorligi - bu, har bir inson baxtli; saodatli ozod va erkin bo’lishi, jamiyatda amalga oshirilayotgan barcha ishlar, o’zgarish va islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilishi lozim, degan qarashlarga asoslanadi.

Prezident Islom Karimov 1992 yili «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asarida ijtimoiy rivojlanishning quyidagi 4 ta asosiy negizini belgilab bergan edi. Bular:

1) umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

2) xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlan-tirish;

3) insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

4) vatanparvarlik kabilar (Karimov I.A. Asarlar. T.1. 76-bet.)

SHu boisdan ham ularda milliy g’oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar bilan o’zaro uyg’unlashib ketgan.

Ana shu yuqoridagi 4 ta asosiy negizlar asosida milliy g’oyamizning asosiy tamoyillari shakllandi. Bu prinsip, ya’ni tamoyil biror bir ta’limot, dunyoqarash yoki faoliyatning qat’iy amal qiladigan qoidasi va me’yorini anglatuvchi tushuncha hisoblanadi.

Milliy mafkuraning umumbashariy tamoyillari - uning umuminsoniy mazmunidan kelib chiqadi. Prezident Islom Karimov asarlari asosida tayyorlangan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasining I.Ergashev, E.Nabiyev, N.Komilov kabi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan «Milliy istiqlol g’oyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik»da milliy g’oyaning umumbashariy tamoyillari atroflicha boy manbalar asosida bayon etilgan.

Milliy g’oya millatning manfaatlari va ehtiyojlarini, umuminsoniy tamoyillarni o’zida uyg’un holda aks ettirishi bilan xarakterlanadi. U umuminsoniy tamoyillarga zid emas, balki uning negizida shakllanadi. YA’ni milliy g’oya tamoyillari umuminsoniy tamoyillar negizida shakllanmaydi, aksincha milliy tamoyillarning ilg’or, barcha xalqlar manfaatlari va ehtiyojlariga javob beradigan jihatlari hisobiga umuminsoniy tamoyillar shakllanadi.

Ana shu xulosaga muvofiq milliy g’oyaning umuminsoniy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:

1. Milliy mahdudlik (cheklangan), agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bo’lish.

2. Urush olovini yoqish, o’zga millatlarga zulm o’tkazishdan holi bo’lish, mamlakatlararo beqarorlikni vujudga keltirish vositasiga aylanmaslik.

3. Adolat, tenglik, tinchlik, bunyodkorlik va demokratiya g’oyalarini o’zida ifoda ettirish.

4. Jahon xalqlari yaratgan sivilizatsiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga yetkazishda ma’naviy-ruhiy omil bo’lish.

5. Insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish.

6. Diniy bag’rikenglik xizmat qilish.

7. Inson haq-huquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrlilikni himoya qilish.

8. Qonun ustuvorligini, millatlararo hamjihatlikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga asos bo’lish.

9. Har bir millatning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilish, ilg’or tajribalarini o’rganish va o’z millati erishgan yutuqlarini ularga yetkazish1.

10. Vayronkor va turli g’arazli g’oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g’oyalar rivojlanishining omili bo’lish kabilardir. Ular o’z mazmun va mohiyati jihatdan har bir milliy g’oya uchun xos bo’lgan umuminsoniy tamoyillardir.

Ushbu qadriyatlar asosida shakllangan istiqlol mafkurasi, o’z mohiyatiga ko’ra, xalqaro talablarga, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi tamoyillariga mos keladi, ularni milliy darajada namoyon bo’lishi uchun imkon yaratadi.

SHu bilan birga, u mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat, din va qatlam vakillarining umumiy maqsad-muddaolarini ifodalaydi, xalqimiz o’tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog’laydi, uning asosiy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu esa, mazkur mafkuraning jahondagi demokratik jarayonlar, tinchlik va barqarorlik, inson huquqlari va vijdon erkinligi kabi umumbashariy qadriyatlar mazmuniga mosligini ko’rsatadi.

Milliy g’oyaning asosiy tamoyillari - amal qilishi jarayonida o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Bunda uning mafkura sifatidagi umumiy va xususiy tamoyillarini ko’rsatish mumkin.

Milliy mafkuraning umuman mafkura tushunchasiga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, amal qilish tamoyillari bo’lishi tabiiy. Bu borada unga ijtimoiy voqealikning in’ikosi ekanligi, jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichiga mos kelish, hayot hodisalarini aks ettirish, amalga oshiriladigan targ’ibot va tashviqot tizimi sifatida namoyon bo’lish kabi umumiy tamoyillar xosdir.

SHu bilan birga, milliy istiqlol mafkurasi O’zbekistonda ozod Vatan, erkin va farovon hayot yaratishga qaratilgan umummilliy hodisa sifatida quyidagi bir qator o’ziga xos amal qilish tamoyillariga ham ega:

1. Mamlakatning mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilish.

2. Davlatimizning hududiy yaxlitligi va sarhadlari daxlsizligini ta’minlashda yordam berish.

3. Qonun ustuvorligini ta’minlash.

4. Demokratiya va o’z-o’zini boshqarishning hayotda mustahkam o’rin egallashiga asoslanish.

5. Milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg’unligiga tayanish.

6. Xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi.

7. Iqtisodiy plyuralizm va xilma-xil mulkchilikning erkin shakllanishini ta’minlash.

8. Davlatning bosh islohotchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanganligiga tayanish.

9. Vijdon erkinligi va fikrlar rang-barangligi muhitini shakllantirish.

10. O’tish davrida aholining ijtimoiy himoyalanganligi, jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinlashuvi, islohotlarning tadrijiyligi jarayonlariga xizmat qilishi.

Mazkur tamoyillarning barchasi bir-biri bilan chambarchas aloqada va bog’liqlikda namoyon bo’ladi. Bu o’z navbatida, ularning respublikamizda yashovchi barcha millat va elat vakillarining umumiy manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o’zida mujassam ettirishi bilan belgilanadi.

Demak, milliy istiqlol g’oyasining eng muhim va asosiy umumbashariy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1. Qonun ustuvorligi.

2. Inson haq-huquqlari va hurfikrlilik.

3. Barcha millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash.

4. Diniy bag’rikenglik.

5. Dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik.

6. O’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish.

Milliy-ma’naviy qadriyatlarda umuminsoniylikning aks etishi

Milliy mafkura - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o’zi va oilasi oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma’naviy mezon hamdir. Milliy istiqlol mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida quyidagi umuminsoniy tamoyillar yotadi. Milliy istiqlol mafkurasi:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi. Binobarin, u qonuniy-likka, umume’tirof etilgan talablarga, umumbashariy tamoyillarga va milliy manfaatlarga mos keladi.

2. Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas merosidan oziqlanadi. Bu milliy mafkuramizning chuqur tarixiy va boy ma’naviy asosga ega ekanligidan dalolat beradi.

3. Adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g’oyalari hamda xalqi-mizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi. Bilamizki, bu ulug’ g’oyalar istiqlol sari intilgan har bir xalqning ezgu maqsadi, ishonch va e’tiqodi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.

4. YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu tamoyil uning jamiyat a’zolarini aniq maqsad sari safarbar qiluvchi, ularni bu yo’lda uyushtiruvchi ma’naviy omil sifatida mohiyatga ega ekanini ifodalaydi.

5. Jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O’zbekiston-ning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi. Bu olijanob maqsadlarga erishish fuqarolarning hamjihatligiga, o’zimizning burchimizni qay daraja-da anglashimiz, ertangi kunga bo’lgan ishonchimizga ko’p jihatdan bog’liqdir.

6. Millati va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona - Vatanga muhabbat, mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat tuyg’usini qaror toptiradi. Bu qoida har bir fuqaro ongiga Vatanning muqaddasligini singdirishga xizmat qiladi.

7. Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi kabi demokratik tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo’l bilan singdiriladi.

Milliy mafkura yaxlit tizim bo’lganidan uning barcha xususiyatlari o’zaro aloqadorlikda va uzviy bog’liqlikda namoyon bo’ladi.

Milliy mafkura xalqimizning o’ziga xos tabiati, iro-dasi, orzu-intilishlarini ifodalaydigan quyidagi milliy xususiyatlarni zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi:



Milliy mafkuraning asosiy tamoyillari.

I. Milliy xususiyatga ega bo’lgan tamoyillar:

1. Xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo’lib yashashi ruhining ustunligi. Bu mahallachilik, hashar, marosimlar o’tkazish, to’y-tamoshalarda yaqqol ko’rinadi.

2. Jamoa timsoli bo’lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi.

3. Ota-ona, mahalla-ko’y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e’tibor.

4. Millatning o’lmas ruhi bo’lgan ona tiliga muhabbat.

5. Kattaga - hurmat va kichikka - izzat.

6. Mehr-muhabbat, go’zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom.

7. Sabr-bardosh va mehnatsevarlik.

8. Halollik, mehr-oqibat va hokazo.

Prezident Islom Karimov asarlari va ma’ruzalarida ko’p marta gapirilgan, tahlil etilgan sotsial adolat va milliy birlik tuyg’usining ildiziga bolta uradigan mahalliychilik va urug’-aymoqchilikdek, shuningdek milliy biqiqlik kabi illatga qarshi kurashish asosiy vazifalardan biridir.

3. O’zligini anglagan xalq, millat, davlat yoki jamiyatning

umumbashariy tamoyillarni e’tirof etishi

Milliy mafkurasi biz yuqorida 2-savolda bayon etganimiz-dek, quyidagi umumbashariy tamoyil va qadriyatlarni e’tirof etadi va ulardan oziqlanadi:

II. Umuminsoniy qadriyatlarni ifodalovchi tamoyillar:

1. Qonun ustuvorligi.

2. Inson haq-huquqlari va hurfikrlilik.

3. Dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik.

4. Turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash.

5. Diniy bag’rikenglik.

6. O’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish va boshqalar.

Tayanch iboralar

Insonparvarlik - odamlarga g’amxo’r, odamlarni sevuvchi, odamparvar, gumanist. Inson huquqlari - insonning erkinliklari, burch va majburiyati bilan bog’liq qarashlarni aks ettiruvchi tushuncha. Irodali inson - tarixiy xotirasi bor inson. yetakchi - lider. Milliy mahdudlik - milliy cheklanganlik. Sinkretik - turli g’oyalarning bir butunlikda jamlashuvi. Sinergetik - o’z-o’zini takomillashtiruvchi, keng, ko’p o’lchovli va ochiq sistemali.

Muhokama uchun savollar


  1. Umumbashariy qadriyatlar va tamoyillar tushunchasini izohlab bering?

  2. Milliy g’oyada umumbashariy tamoyillarni sanab ko’rsating?

  3. Umuminsoniylik milliy-ma’naviy qadriyatlarda qanday aks etadi?

  4. Milliy-ma’naviy qadriyatlar tizimida umumbashariyatga daxldor bo’lgan qanday tamoyillar mujassamlashadi?

  5. «Milliy biqiqlik» qanday tushuncha?

  6. O’zligini anglagan xalq, millat, davlat, jamiyat umumbashariy tamoyil-larni e’tirof etishini bayon eting?

ADABIYOTLAR ROYXATI

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T. «O‘zbekiston», 2003, 4-8-betlar.



  1. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik Uzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: Uzbekiston. 2017.

  2. Mirziyoev SH.M. Konun ustuvorligi va inson manfaatlarini yangilaщ yurt tarakkiyoti va xalk farovonligining garovi. T.Uzbekiston.: 2017.

  3. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalkimiz bilan birga kuramiz. T.:Uzbekiston. 2017.

  4. Mirziyoev SH.M. 2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Xarakatlar strategiyasi. «Xalk bilan mulokot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini urganish buyicha ilmiy-uslubiy risola. T.: Ma’naviyat. 2017.

  5. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  6. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  7. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  8. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  9. Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. T.: O’zbekiston, 1997.

  10. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997.

  11. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqarorlik taraqqiyot yo’lida. 6-jild. T.:O’zbekiston, 1998.

  12. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. T.:O’zbekiston, 1999.

  13. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. T.:O’zbekiston, 2000.

  14. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. T.:O’zbekiston, 2001.

  15. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. T.:O’zbekiston, 2002.

  16. Karimov I.A. Terrorizm xavfi to’g’risida. T.:SHarq, 2002.

  17. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. 11-jild. T.: O’zbekiston, 2003.

  18. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimizga va qat’iy irodamizga bog’liq. 12-jild. T.:O’zbekiston, 2004.

  19. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. 13-jild. T.:O’zbekiston, 2005.

  20. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. 14-jild. T.:O’zbekiston, 2006.

  21. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish barcha ishlarimizning mezoni va maqsadadir. 15-jild. T.:O’zbekiston, 2007.

  22. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida. 16-jild. T.:O’zbekiston, 2008.

  23. Karimov I. A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. 17-jild. T.: O‘zbekiston, 2009. – 280 b.

  24. Karimov I. A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari. 18-jild. T.: O‘zbekiston, 2010. – 280 b.

  25. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.

  26. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T: O‘zbekiston, 2009. – 56 b.

  27. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T.:O’zbekiston, 2010.

  28. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2010.

  29. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvarda qabul qilingan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi Farmoyishi. //Xalq so’zi, 2001 yil 20 yanvar.

  30. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustda qabul qilingan «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi qarori. //Xalq so’zi, 2006 yil 26 avgust.

  31. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti I.Karimovning tabrik so’zi.//Xalq so’zi, 2011 yil 1 sentyabr.

  32. Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. Navoiy viloyati hokimi E.O.Turdimovning O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan viloyat aholisiga tabrigi. //Do’stlik bayrog’i 2011yil 31 avgust.

  33. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish arafasida. T.: “O’zbekiston”, 2011.

  34. Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. T.: “O’qituvchi”, 2011. 200-b.

  35. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: YAngi asr avlodi, 2001.

  36. Karimova V., Umarov A., Quronov M. Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  37. Nazarov Q. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsad va vazifalari. T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  38. G’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar. T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  39. Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishda tashkiliy uslubiy yondashuvlar. T.:Akademiya, 2002.

  40. Ochildiyev A. Milliy g’oya va millatlararo munosabatlar. T.: O’zbekiston, 2004.

  41. Ergashev I va boshqalar. Milliy istiqlol g’oyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. T.:Akademiya, 2005.

  42. Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati. T.: Akademiya, 2007.

  43. Ochildiyev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. T.: Muharrir, 2009.

  44. Xoliqov E. va boshqalar. “Milliy g’oya fanining seminar mashg’ulotlari o’tkazish metodikasi”.T.: Turon-Iqbol, 2010, 133 bet.


ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛЛАР

1.1-чизма

Ўқув фанининг предмети






Миллий истиқлол ғоясининг тарихий




Ўрганиладиган тушунча ва мавзулар




Ўрганиладиган асосий ғоялар

асослари, илмий, фалсафий













илдизларини

ўрганиш





«Fоя» тушунчаси,

унинг шакллари






Юрт

тинчлиги
































Миллий истиқлол ғоясининг яхлит




«Мафкура» тушунчаси, унинг шакллари




Ватан

равнақи


таълимот сифатидаги













қонунлари, асосий













хусусиятларини билиб олиш




Инсоният тарихи -

ғоялар тарихидир






Халқ

фаровонлиги


































Озод ва обод Ватан,






Ҳозирги замонда инсон

онги ва қалби учун






Комил

инсон


эркин ва фаровон




кураш







ҳаёт барпо этишнинг

стратегик мақсад-













ларини ва ўзига хос

тамойилларини






Ўзбекистон тараққиёти

ва мафкуравий






Ижтимоий

ҳамкорлик



Ўрганиш




муаммолар



























Миллий истиқлол





Миллатлараро



Миллий истиқлол ғоясини халқимиз




ғоясининг моҳияти ва

мазмуни





тотувлик

қалби ва онгига













сингдириш соҳалари,













воситалари, усул

ва йўлларини

ўрганиш





Миллий истиқлол ғоя-

сининг асосий тамо-йиллари мақсад ва





Диний


бағрикенглик







вазифалари







1.2-чизма

Миллий истиқлол мафкурасининг вазифалари



Мустақил дунёқараш ва эркин тафаккурни шакллантириш




Эркин фикрли, сиёсий фаол инсон-ни тарбиялаш




Умуммиллий

бирлик муҳитини яратиш


















Миллий ўзликни англаш




Тарихий хотирага садоқат




Миллий қадриятларни ривожлантириш
















Кўп миллатли халқимиз онгида «Ўзбекистон - ягона Ватан» туйғусини шакллантириш




Миллий табиати-мизга хос бунёдкор фазилатларни ривожлантириш




Миллий ифтихор ва ғурурни тарбиялаш


1.4-чизма


Билиш




Тарбийвий




Регулятив




Коммуникатив


Миллий ғоянинг функцияси




Норматив қадриятли




Сафарбар этиш, йўналтириш




Ҳимоя




Fоявий

бандлик


1.5-чизма


Фанни ўқитишда алоҳида аҳамият бериш

лозим бўлган жиҳатлар



Машғулотларни олиб боришда талабаларнинг ёши, тафаккури, дунёқараши ва қизиқишларини ҳисобга олиш






Таълим-тарбиянинг илғор, таъсирчан воситаларидан, замонавий ўқитиш технологияси имкониятларидан кенг фойдаланиш










Таълим жараёнида тазйиқ ўтказмасдан маърифий асосда иш тутиш, ёшларнинг мустақил ва эркин фикрлаш кўникмаларига эътибор қаратиш




Айрим тушунчаларни ҳаддан зиёд соддалаштиришга, таълимнинг эскича услубларини қўллаш натижасида фаннинг қадр-сизланишига йўл қўймаслик










Ёшларда ғоялар ўз маъно-моҳиятига кЎра бунёдкор ёки вайронкор бЎлиши ҳақида ҳаётий ва ҳаққоний тасаввурларни шакллантириш



ўқитувчи ва тингловчилар ўртасида ўзаро ҳамфикрлик муҳитини шакллантириш












Миллий истиқлол ғоясининг инсонпарварлик моҳиятини кўрсатиш асосида мустақиллик энг олий қадрият, уни асраб-авайлаш эса муқаддас бурч эканини талабаларнинг қалби ва онгига сингдириш





Мавзунинг тушунча ва тамойилларини шарҳлашда ҳётий мисоллар, бугунги дунёда рЎй бераётган воқеалар таҳлилидан, матбуот материалларидан кенг фойдаланиш



2.1-чизма

М а ф к у р а

Муайян ижтимоий гуруҳ, ижтимоий қатлам, миллат, давлат,

халқ ва жамиятнинг эҳтиёжлари, мақсад-муддаолари, манфаатлари, орзу-интилишлари ҳамда уларни амалга ошириш тамойилларини ўзида мужассамлаган ғоялар тизимидир



Фалсафий илдизлар




Дунёвий

илдизлар




Диний илдизлар
















ғарб фалсафаси, шарқ фалсафаси, ҳозирги замон фалсафасининг йЎналишлари




илмий-маърифий, сиёсий, иқтисодий, ижтимоий, маданий муносабатлар




Авесто,

Таврот,


Инжил,

Қуръон






Дунёвий жамият мафкураси «дунёвийлик - даҳрийлик эмас» тушунчаси асосида ривожланади




Дунёвий ва диний ғоялар

бир-бирини бойитиб борган шароитда тараққиёт юксак босқичга кўтарилади











Амалиёт фалсафаси деб тан олин-ган прагматизм, ҳаёт фалсафаси бЎлган экзистенциализм дунёвий

ва диний ғоялардан озиқланган таълимотдир






Илм-фан ва маданият борасидаги ютуқлардан оқилона фойдаланиш учун ҳам жамиятга соғлом ғоя, соғлом мафкура керак

2.2-чизма


Fоянинг фалсафий талқини


Fоя воқелик ва ҳаёт таъсирида вужудга келадиган, уни акс

эттириш асосида шаклланадиган дунёни билишнинг ўзига

хос шаклларидан биридир. У шахс, жамият, ижтимоий

гуруҳ, партия ва бошқаларнинг муайян мақсадларини

ифодалайди, уларни бу йўлда бирлаштиради, уюштиради,

фаолиятга ундайди, сафарбар қилади.



Fоя - ижтимоий фикр сифатида шаклланади.

Fоя - муайян тарзда намоён бўлади.

Fоя - бирон-бир мақсадни ифодалайди.

Fоя - амалий ҳаракатга ундайди.

Fоя - муайян мафкуранинг асоси бўлади.



2.3-чизма










Дунёни

билишнинг муайян

босқичи ва Ўзига хос

шакли


























Муайян

мақсад сари сафарбар

этиши





Ҳаётий

ва илмий да-лилларга асосланиш




















Назария ва амалиёт билан боғлиқлиги




Fоянинг

намоён бўлиш хусусият-

лари




Ижтимоий воқеликнинг инъикоси


















Муайян мафкура учун асос бЎлиши




Бирон-бир фаразни ифодалаш




2.4-чизма.

Fоя ва мафкура тушунчаларининг

фалсафий шакллари ва кўринишлари



Монизм - оламнинг асоси ягона, битта дея таълим

берувчи йўналиш






Плюрализм - оламнинг асосида кЎп нарсалар ётиши ҳақидаги ғояларни илгари сурувчи таълимот










Дуализм - оламнинг ибтидоси ҳам руҳий илоҳий, ҳам моддий асосга эгалиги ҳақидаги таълимот




Идеализм - олам ва одамнинг яралиши, яшаши, ривожланиш хусусиятлари, борлиқ ҳамда йЎқлик масалаларида руҳий тамойилларни мутлоқлаштириш










Материализм - олам ва одам, борлиқнинг яшаши, ривожланиши масалаларида модда (материя), унинг хоссаларини мутлақлаштириш




Теизм - илоҳийликни мутлақлаштириш

Атеизм - даҳрийликни мутлақлаштири

Миллий ғоя - инсон ва жамият ҳаётига маъно-мазмун бахш

этадиган, уни эзгу мақсад сари етаклайдиган, янгича дунёқараш ва

эътиқод асосларини шакллантирадиган фикрлар мажмуидир.

Мазмуни ва намоён бўлиш шаклига қараб, ғояларни бир қанча турларга ажратиш мумкин.

1. Илмий ғоялар.

2. Фалсафий ғоялар.

3. Диний ғоялар.

4. Бадиий ғоялар.

5. Ижтимоий-сиёсий ғоялар.

6. Миллий ғоялар.

7. Умуминсоний ғоялар ва ҳоказо.

2.5-чизма

Ҳар қандай мафкура муайян ғояга ишонтириш, уюштириш, сафарбар этиш, маънавий-руҳий рағбатлантириш, ғоявий тарбиялаш, ғоявий иммунитетни

ҳосил қилиш, ҳаракат дастури бўлиш каби асосий вазифаларни бажара

олсагина, амалий самара бериши мумкин.




Дунёқарашни шакллантириш






Уюштириш




Сафарбар

этиш















Муайян ғояга ишонтириш












Маънавий рағбатлантириш










Мафкуранинг асосий вазифалари







Ҳаракат дастури бўлиш










Фаолият мезони бўлиш















Fоявий иммунитетни шакллантириш



Эътиқодни шакллантириш





Fоявий


тарбиялаш

3.1-чизма.


Ҳозирги замонда инсон қалби ва онги учун

курашнинг намоён бўлиш хусусиятлари



Бугунги дунёнинг мафкуравий манзараси ўзгариб бормоқда



Мафкуравий жараёнларнинг глобаллашуви рўй бермоқда











Жаҳон майдонларини мафкуравий жиҳатдан бўлиб олишга уринишлар кучаймоқда




Кўп қутбли дунёнинг мафкуравий тизими тўла барқарорлашмагани аниқ бЎлиб бормоқда









Геополитик мақсадлар ва мафкуравий сиёсат уйғунлашмоқда




Ўрта Осиё минтақасидаги мафкуравий жараёнлар мураккаблашмоқда









Мустақилликни қўлга киритган давлатларда янги мафкуравий тамойиллар аҳамияти тобора ортмоқда




Мустақил Ўзбекистон ўзига хос миллий истиқлол мафкурави тамойиллари асосида яшамоқда





«Халқимиз оммавий ахборот воситаларидан мамлакатимиз ва хорижда содир бЎлаётган воқеалар тўғрисида холис ва тезкор ахборотлар

олишни... кутади».
И.А.Каримов, 2005 йил 28 январда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маърузаси, 52-бет.

3.2-жадвал


Жаҳон майдонларини мафкуравий жиҳатдан

бўлиб олишга уринишлар






Буюк давлатчилик гегемонизми асосида

Диний мансубликка кўра




Этник бирлик ва қадриятларга таянган

ҳолда


Собиқ иттифоқни

тиклаш даъволари асосида





Ахборот воситаларини қўллаш орқали

Универсал технология-ларни қўллаш асосида


Бугунги дунёда ғоявий таъсир њтказиш имкониятлари тобора кенгаймоқда. Бирон–бир ҳудуд ёки мамлакатда пайдо бњлаётган ғоялар тез фурсатда бутун жаҳонга ёйилмоқда. Натижада одамзод маълум бир давлатлар ва сиёсий кучларнинг манфаатларига хизмат қиладиган турли мафкуравий марказ-ларнинг муттасил босимини доимий сезиб яшамоқда.


«Бугунги замонда мафкура полигонлари ядро

полигонларига нисбатан ҳам кўпроқ кучга эга»

И.КАРИМОВ (Асарлар. Т.7. 86-бет).

3.3-чизма

Ҳозирги замонда инсон қалби ва

онги учун кураш



Бугунги дунёнинг мафкуравий манзараси




Мафкуравий жараёнларнинг глобаллашуви









Геополитик мақсадлар ва

мафкуравий сиёсат






Ўрта Осиё минтақасидаги

мафкуравий жараёнлар



Жаҳон майдонларини мафкуравий жиҳатдан

бўлиб олишга уринишлар



Буюк давлатчилик геомонизми асосида

Диний мансублик асосида

Этник бирлик асосида

Собиқ ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий бирлик асосида

3.4-чизма.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish