Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 1,28 Mb.
bet4/6
Sana29.11.2019
Hajmi1,28 Mb.
#27676
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2018 G'OYA MAJMUA


Tayanch tushunchalar

Foyaviy bo’shliq - muayyan sharoitda jamiyat, undagi toifa va qatlamlarning ongida sodir bo’ladigan g’oyasizlik, mafkuraviy vakuum holati. Mafkuraviy immunitet (lot. Immunitatis - biror narsadan ozod etish) - shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim. Mafkuraviy profilaktika - ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlar. Beqarorlik - notinchlik, barqarorlik - tinchlik, osoyishtalik. Ekstremizm - fransuzcha-lotincha so’z bo’lib, keskin fikrlarning bildirilishi, keskin choralarga tarafdorlik. Xizbut - Tahrir - reaksion ruhdagi diniy-siyosiy tashkilot bo’lib, arab tilidan «Ozodlik partiyasi» degan ma’noni bildiradi. Manipulyatsiya - qo’l, odamlar bilan ob’ekt sifatida munosabatga kirishish. Merkantilizm - pul jamg’arish, mol-dunyoga hirs qo’yish.

Takrorlash uchun savollar.

  1. Foyaviy bo’shliq nima?

  2. Zararli g’oyalar ta’siri qanday namoyon bo’ladi?

  3. Mafkuraviy immunitet qanday hosil qilinadi?

  4. YAngi mafkurani yaratish zarurati deganda nima nazarda tutiladi?

  5. Mafkuraviy profilaktikani izohlab bering?

  6. Xavfsizlik va barqarorlik tushunchalarini bayon eting?

ADABIYOTLAR ROYXATI

  1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  5. Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. T.: O’zbekiston, 1997.

  6. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997.

  7. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqarorlik taraqqiyot yo’lida. 6-jild. T.:O’zbekiston, 1998.

  8. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. T.:O’zbekiston, 1999.

  9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. T.:O’zbekiston, 2000.

  10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. T.:O’zbekiston, 2001.

  11. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. T.:O’zbekiston, 2002.

  12. Karimov I.A. Terrorizm xavfi to’g’risida. T.:SHarq, 2002.

  13. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. 11-jild. T.: O’zbekiston, 2003.

  14. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimizga va qat’iy irodamizga bog’liq. 12-jild. T.:O’zbekiston, 2004.

  15. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. 13-jild. T.:O’zbekiston, 2005.

  16. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. 14-jild. T.:O’zbekiston, 2006.

  17. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish barcha ishlarimizning mezoni va maqsadadir. 15-jild. T.:O’zbekiston, 2007.

  18. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida. 16-jild. T.:O’zbekiston, 2008.

  19. Karimov I. A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. 17-jild. T.: O‘zbekiston, 2009. – 280 b.

  20. Karimov I. A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari. 18-jild. T.: O‘zbekiston, 2010. – 280 b.

  21. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.

  22. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T: O‘zbekiston, 2009. – 56 b.

  23. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T.:O’zbekiston, 2010.

  24. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2010.

  25. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvarda qabul qilingan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi Farmoyishi. //Xalq so’zi, 2001 yil 20 yanvar.

5. MAVZU: GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH VAZIFALARI

Mavzu rejasi:

    1. Globallashuvi tushunchasi, mohiyati va globallashuv jarayonida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi.

    2. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi, SHarq va G’arb mamlakatlari hayotida milliy g’oya ko’rinishlari hamda inson qalbi va ongi uchun kurash.

    3. Mafkuraviy immunitet tushunchasi hamda jamiyat xavfsizligi va barqarorligining o’zaro munosabati.



Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr - dunyo g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir. Butun yer yuzi odamzod uchun yagona makon bo’lib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o’zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bo’lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir yo ikki davlat yoxuj mintaqa o’rtasida bo’lgan. XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etgan.

Xullas, urush qurollari takomilashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir.

XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasida o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q. Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq.

Globallashuv (globalizatsiya) – lotincha «glob» sshzidan olingan bshlib, aynan uni «dumaloqlashuv», «quralashuv» deb tarjima qilish mumkin. yer sharining, yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi bir butun sharga, kuraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Insoniyat taraqqiyoti Ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish jarayonidir. Bu jarayon asardan asarga, ming yillar davom etgan…

Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Fransuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:

1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.

2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni.

3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.

Rossiyalik A.Parshev globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o’zlashtirishdan iborat».

Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. SHu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».

SHuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin.



Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Globallashuvning salbiy tomoni shundan iboratki, ko’p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo’ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida kata millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay, o’z-o’zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, lisoniy-zaboniy hayotdan chntga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi – o’z millatining raqobatbardoshligini ko’tarish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir. Buning uchun mustaqil O’zbekistonning har bir fuqarosi 4 ta sifatga ega bo’lishi kerak: 1) zamonaviy mutaxassis bo’lishi; 2) o’zbek davlat tili, rus tili, ingliz tillarini mukammal bilishi; 3) doim o’z bilim doirasini yangilab borishi va 4) tadbirkor-tashabbuskor bo’lishi kerak (Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug’at. Mualliflar: M.Abdullayev va boshqalar. – T.: SHarq, 2006. – 528 b.)

Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri murakkabligi sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bo’lgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2) aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.

1. Glabalistlar - globallashuv tarafdorlaridir. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko’proq uchraydi.

XX asr o’rtalarida globallashuvning institutsionlashuvi (tashkil-lashuvi) kuchaygandan keyin bu jarayon tezlashdi. Masalan, Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlari glabalistlar ta’sirida vujudga keldi.



2. Aksilglobalistlar - globallashuv muxoliflari bo’lib, ular orasida ko’proq so’l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o’tkazish uchun to’planib turadilar.

Aksilglobalistlar faoliyati ham bugungi kunda kuchaydi. Lekin faqat uning salbiy oqibatlarigagina emas, umuman unga qarshi chiqmoqda. Masalan, rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli anjumanda shunday degan edi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko’rsatishdan boshqa yo’lini ko’rmayapman. Faqat qarshilik!».

Umuman globalashuv «mafkuralashishdan» xoli bo’lishi kerak.

Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensiv-lashuvi, universal texnologiyalar bilan bog’liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali o’z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo’q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilab bermoqda.



Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi:

Globallashuvning ijobiy natijalari.

Globallashuvning salbiy oqibatlari.

Hozirgi davr: geopolitik maqsad va mafkuraviy siyosat:

Geosiyosat tushunchasi.

Geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosat.

Mafkuraviy poligon tushunchasi.

Mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan xavfliroq ekanligi.

XX asr so’ngida ro’y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o’zgartirib yubordi.

XX asrda dunyoda g’oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tu solgan davr bo’ldi. XX asr so’ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o’zgardi. YUrtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «XX asr oxirida dunyoda jo’g’rofiy-siyosiy ahamiyati va ko’lami jihatidan noyob o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu o’zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur o’ylab ko’rishni, balki ko’p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bo’lgan ko’p qoidalar, tamoyillar va g’oyalarni tubdan qayta ko’rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog’liq tizim bo’lib bormoqda, unda o’zi - o’zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o’rin yo’q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o’zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo’ymoqda»1.

Jahon maydonlarini mafkuraviy bo’lib olishga urinishlar:

Siyosiy (buyuk davlatchilik shovinizmi).

Diniy (diniy ekstremistik va aqidaparastlik, panislomizm).

Badiiy (G’arb turmush tarzini targ’ib qiluvchi, Amerikacha turmush tarzini targ’ib qiluvchi, zo’ravonlik, yovuzlik va boshqa axloqsizliklarni targ’ib qiluvchi.

XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib kommunistik va sotsia-listik partiya ta’siridagi sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo’lindi. Ana shu rivojlangan ba’zi mamlakatlar o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgan, rivojla-nayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinmoqdalar. Bular quyidagi holatlarda ko’rinadi:



Dunyoni bo’lib olishga urinayotgan mafkuralarning shakllari:

1. Buyuk davlatchilik mafkurasi.

2. Diniy ekstremistik mafkuralar.

3. Pansovetizm mafkurasi.

4. Panislomizm mafkurasi.

5. G’arb turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.

6. Amerikacha turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.

7. Turli diniy sektolarning g’oyalarni ifodalovchi mafkuralar.



Globallashuv jarayonida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi

XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro ta`sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to`la chegaralanib olgan birorta ham davlat yo`q, deb to`la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a`zo bo`lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g`ayri ixtiyoriy ta`sir esa ko`pincha salbiy bo`ladi.

Globallashuvning turli mamlakatlarga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o`rganish lozim. Bu hodisani chuqur o`rganmay turib unga moslashish, kerak bo`lganda, uning yo`nalishini tegishli tarzda o`zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o`rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma`naviyatini tog`dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo`yish bilan baravar bo`ladi.

Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o`tkazgan va o`tkazayotgan tadqiqotlarga ko`z yugurtirish bu sohadagi ishlar endi boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuvning milliy ma`naviyatga o`tkazadigan ta`siri haqida yozilgan jiddiyroq risola va yirik tadqiqotlar u yoqda tursin kichikroq maqolalarni topish ham mushkul. Ilmiy nashrlar va jurnallar, davriy matbuotda mazkur mavzu bo`yicha biz topa olgan ishlarning miqdori qo`llarimiz panjasidan ham oz. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma`naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo`lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga etarli ko`mak bera olmayotganini e`tirof etishga to`g`ri keladi. Mamlakatimiz jahon maydonida olib borayotgan siyosat ko`proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo`nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilishimiz, shu orqali siyosatchilarimizning to`g`ri yo`l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratishimiz lozim.

Globallashuvga qisqa ta`rif bermoqchi bo`lsak, uni turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma`naviyati, odamlari o`rtasidagi o`zaro ta`sir va bog`liqlikning kuchayishi deyish mumkin.

Globallashuvga berilgan ta`riflar juda ko`p. Lekin uning xususiyatlarini to`laroq qamrab olgani bizningcha, frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta`rif. Unda globallashuv jarayonining uch o`lchovli ekaniga urg`u beriladi:



  • Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;

  • Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;

  • Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.

B.Bandi ta`rifida keltirilgan globallashuv o`lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e`tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko`ramiz.

Globallashuvning mamlakatlar iqtisodi siyosati va ma`naviyatiga o`tkazishi mumkin bo`lgan ijobiy va salbiy ta`siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so`zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o`tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo`lib uyimni ag`dar-to`ntar qilib tashlashi, o`zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».

Globallashuvning o`zi murakkab jarayon ekani, uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma`naviyatiga o`tkazayotgan ta`siri yana ham murakkab bo`lgani sababli unga nisbatan ham jahonga bir-biriga nisbatan qarama-qarshi bo`lgan ikki guruh: globalistlar va aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.

Globallashuv tarafdorlari globalistlar, deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko`proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo`lib ular orasida ko`proq so`l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqdalar. Bu erda ular turli anjumanlar, seminarlar o`tkazish uchun to`planib turdilar.

XX asr o`rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, ya`ni tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o`zi ham keskin tezlashdi va kuchaydi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg`armasi, Jahon banki, Evropa taraqqiyoti va tiklanish banki ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham ko`rish mumkin.

Ma`naviyatni ham bir uyga qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g`oyalar, oqimlar va mafkuralar ma`naviyatimizga vayronkor ta`sir o`tkazishiga qarshi himoya choralari ko`rishimiz tabiiy. Chetdan o`tkaziladigan mafkuraviy ta`sirga qarshi himoya choralari ko`rishdan avval qanday ta`sirlarni ma`qullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda birorta ham milliy ma`naviyat yo`qki, u boshqa xalqlar ma`naviyatidan to`la ihotalangan bo`lsa. Hatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy changalzorlarda turmush kechirayotgan qabilalar ham qo`shni qabilalar va zamona ta`sirini o`zida his qilib turadi. Qolaversa, tarixni tahlil qilish boshqa xalqlar ma`naviyatidan bahramand bo`lgan xalqlar ma`naviyati yuksakliklarga ko`tarilgandan guvohlik beradi.



O`rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma`naviyati ham Sharq va G`arbni tutashtirgan karvon yo`llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G`arb madaniyatidan bahramand bo`lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz G`arb va Sharq ma`naviyatidan bahramand bo`lib ularning ijobiy tomonlarini o`zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho`qqilarga ko`tarildi.

XXI asr yoshlari turli-tuman mafkuralar tojovuzi ko`chayib borayotgan sharoitda yashamoqdalar.

Prezidentimiz Islom Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasini ko`tardi va «Mafkuraviy immunitet» tushunchasining ijtimoiy-siyosiy mohiyati haqida shunday dedi: «Ma`lumki, har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham Vatanga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog`lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta`bir joiz bo`lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana shunda johil aqidaparastlikning «da`vati» ham, ahloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g`oyalar ham o`z ta`sirini o`tkaza olmaydi. (Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar-T; «O`zbekiston», 2000 yil, 40 bet)

«Immunitet» tushunchasi lotincha so`zdan olingan bo`lib, «biror narsadan xalos etish, ozod bo`lish» ma`nosini anglatadi. Ya`ni xalqni turli zararli ta`sirlardan himoyalovchi tizimidir. «Immunitet» tushunchasi dastlab tibbiyotda foydalanilgan bo`lib, organizmning o`z-o`zini turli kasalliklardan himoya hila olish qobiliyatini bildirgan.

Oliy majlisning II-chaqiriq, XIV-sessiyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov quyidagi fikrni alohida ta`kidlab o`tdi: Hozirgi kunda diniy ekstremizm mafkurasiga, qo`poruvchilik-terrorchilikka qarshi kurashdagi asosiy vazifa-aholi o`rtasida, ayniqsa, yoshlar bilan olib boriladigan targ`ibot-tashviqot va tarbiyaviy ishlarni izchil, chuqur o`ylangan tizim asosida tashkil etish va ularning ta`sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan kechirayotgan hayotning o`zi taqozo etmoqda. Halqaro terrorizm kuchlar birlashib, bosh ko`tarayotgan, o`ta makkor va yovuz terrorchilikning mafkuraviy zaminni yo`qotish va avvalo, yoshlarimizning qalbi va ongi, sog`lom tafakkuri uchun kurashni taqozo etmoqda. (I. Karmiov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o`n to`rtinchi sessiyasidagi nutqi. Xalq so`zi, 2004 yil, 30 aprel)

Respublikamizning mustaqil taraqqiyoti tajribsi xalq, ayniqsa, yoshlar ongida g`oyaviy, mafkuraviy bo`shliq bo`lishga yo`l qo`yib bo`lmasligini ko`rsatdi. Mafkuraviy kurash ko`lami va shiddati, ayniqsa, 2001 yil 11 sentyabrdan keyin tobora kuchayib borayotgan xozirgi vaziyat, mamlakatimizda 2000 yil mart, aprel, iyul oylarida sodir etilgan terrorchilik xurujlari shuni taqozo etmoqda.

Shu o`rinda «Terrorizm» haqida to`xtalib o`taylik. Terrorizm kim deganda-odatda, ongi zaharlangan, fanatizmga berilgan, o`zi qiladigan jinoiy harakatiga o`zi javob bera olmaydigan, qilayotgan harakatini anglamaydigan, kimningdir yovuz niyatini bajaradigan ijrochi kimsa deb qabul qilish kerak.

Odamlarni joniga qasd qilish, o`ldirish, tazyiq ostiga olish, aholini vahimaga solish maqsadida qilinadigan, tinch insonlarni garovga olish kabi holatlar va buning ortida siyosiy-diniy yoki fanatik maqsadlarda uyushtirilgan jinoyatlarni terrorizm qatoriga qo`shish o`rinli.

Hozirgi kunda turroristlar o`z qabih ishlarini oshirishda odamlarning soddaligi, hayotiy tajribasizligi, muqaddas dinimizga bo`lgan qiziqish va intilishlaridan g`arazli maqsadda foydalanishga harakat qilmoqdalar. Buning uchun «jihod», «shahidlik» haqidagi noto`g`ri talqin yo`lidan boradilar.

Bir aqidaga mukkasidan ketib, boshqa fikrlarni noto`g`ri hisoblab, ularga murosasiz kayfiyatga hamda o`z rahnamolari g`oyasi uchun o`zini qurbon qilish holati aqidaparastlik deb ataladi. O`zini-o`zi portlatib «shahidlik» da`vosini qilayotgan kishilar diniy aqidaparastlarning nomoyondalaridir.

Terroristik guruhlar keyingi paytlarda o`z qurbonlari sifatida ayollarni tanlayotganlari ham alohida e`tiborni o`ziga tortadi.

Ayol o`z farzandi, oilasi o`zi sevgan kishisi va o`zi muqaddas deb bilgan narsasi uchun jonini berishga tayyor. qora niyatli kuchlar esa ayoldagi mana shu fidoiylikdan g`arazli maqsadda foydalanishga urinmoqdalar.

Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, XX1 asr boshlarida xalqaro jamoatchilikni tashvishga solib qo`ydi. BMT, Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, ko`plab mintaqaviy, xalqaro, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlari, qonunchilik va ijroiya, huquq-targ`ibot organlari uchun muhim muammoga aylandi.

Bugun barchamiz uchun oddiy bir haqiqat ayon bo`lishi kerak: bugun insoniyatga katta tahdid solib turgan bu illatga barham berish borasidagi kurashdan hech kim, hech qaysi davlat chetda qolmasligi tabiiy. Darhaqiqat, bugungi kunda hech kim, hatto eng demokratik va qudratli iqtisodiy, harbiy salohiyatga ega davlat ham xalqaro terrorizm “xoldingi” tahdidlaridan o`zining xavfsizligini so`zsiz kafolatli ravishda ta`minlay olmaydi.

Terrorizm milliy davlat chegaralaridan chiqib, tobora kengayib, globallashmoqda. Insoniyat tinchligi va xavfsizligiga rahna solmoqda. Bu hol jahon jamoatchiligining halqaro terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan sa`yi harakatlarini yanada kuchaytirishni taqozo qilmoqda.

Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g`oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur.

Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi.

Milliy g`oyaning ma`no mohiyatini va uning millat hayotidagi o`rnni mukammal tushunib etish uchun eng avval unga zamin bo`ladigan negizni aniqlab olish nazariy va amaliy ahamiyatga molikdir. Chunki, bugun «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining ta`lim tizimiga kiritilishi munosabati bilan u milliy g`oyaga nisbatan ham unga ustivorlik berishga urinishlar sezilmokda.

Aslida bunday harakatlarni ob`ektiv holat,-deb qarash ham mumkin. Chunki, bu fanning mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashning bugungi kundagi vazifalaridan kelib chiqqan holda bunday holat yuzaga kelmoqda.

Ammo, ana shu mustaqillikni milliy ong va g`oya yuzaga kelmasa qo`lga kiritib bo`lmasligini ham e`tibordan chiqarib bo`lmaydi. Aslida har qanday milliy maqsad va manfaatlarning debochasi milliy g`oyaning yuzaga kelishi bilan yuzaga keladi. Xuddi ana shu ma`noda ham milliy g`oyaning o`zini va uning zaminida esa milliy istiqlol g`oyasini millat taqdiridagi rolini o`rganish nazariy va metodologik jihatdan to`g`ri bo`ladi. Chunki milliy istiqlol g`oyasi millatning o`zgalarga qaram bo`lib qolishi, undan qutulish uchun zarur bo`lgan xarakatlarni vujudga keltirish va ozodlikni ta`minlash davri uchun xizmat qiladi. Keyinchalik unga ustvorlik berishga extiyoj qolmaydi. Milliy g`oya millat real sub`ekt sifatida mavjud bo`lgan har bir davr uchun o`z ahamiyatini saqlaydi va milliy taraqqiyotning vazifalari yo`nalishlariga mos ravishda yangi g`oyalar yuzaga kelishga zamin bo`lib qolaveradi.



Milliy g`oya tushunchasi. Milliy g`oya-milliy ongni uyg`otuvchi, millatning o`zligini anglatuvchi, o`ziga xoslikka, mentalitetiga «qiyofa» baxsh etuvchi milliy ruhiyat, g`urur, iftixor, e`tiqod va mas`ullik tuyg`ularini shakllantiruvchi fikrdir.

Milliy g`oya har bir insonning o`zini anglashi jarayonida shakllana boshlaydi. Insonning shaxs sifatida esa uning o`zini anglashidan boshlanadi. U ota-ona, oila va tashqi muhit bilan bo`ladigan munosabatlar orqali o`zining kimligini anglay boshlaydi. Shuning uchun ham milliy g`oya insonda ana shu munosabatlarning ta`siri ostida shakllanadi. Milliy g`oyaning asosiy manbalari-kundalik soddagina urf-odat, an`ana va qadriyatlardan boshlanib, ma`naviy meros, tarixiy xotira va milliy taraqqiyotda to`plangan tajribalargacha bo`lgan omillar bilan bog`liqdir. Milliy g`oya ota-ona, oila, millat vakillarining o`zaro munosabatlari, hatti-xarakatlari, mentaliteti ta’sirida shakllanadi. Shu ma`noda ham milliy g`oya manbalari mustahkam bo`lgandagina, u turli munosabatlar, milliy udumlar, urf-odatlar, an`analarga amal qilish orqali bolaning ongi bilan rivojlanib boradi va ulg`aygan sari uning ham umumiy dunyoqarashi, ongining ajralmas qismiga aylanib boradi.

Milliy g`oya tizimida milliy ong, milliy o`zlikni anglash va milliy mentalitet etakchi o`rin egallaydi. Milliy ong bo`lmasa, u rivojlanmasa, millat o`zligini anglamasa, u kim, qaerdan kelib chiqqan, ildizlari nimalar bilan bog`liqligi kabi tuyg`ularga ega bo`lmasa va nimalarga qodirligini bilishga intilmasa, milliy goya ham sayozlashib boraveradi. Millat o`zining turmush va hayot kechirish jarayonida o`z millatiga xos bo`lgan udumlar, urf-odatlar, an`analar va qadriyatlarni o`zlashtirishga intilsa hamda unga amal qilsagina milliy g`oyalar uyg`onib, rivojlanib, takomillashib boraveradi. Chunki, milliy ong va milliy o`zlikni anglash milliy g`oyaga turtki beradi, uni shakllantiradi va milliy taraqqiyotga ruhiyat bag`ishlab «uni xarakatga» keltiradi. Shuning bilan birga milliy ong va o`zlikni anglashning rivojlanishi milliy g`oya imkoniyatlarini kengaytirib turadi.

Milliy g`oyaning ta`sir doirasi nihoyatda keng bo`lib, u millatning o`ziga xosligini saqlab turish, millat manfaatlari yo`lida millat vakillarini birlashtirish, uyushtirish va taraqqiyot yo`nalishlarini belgilash kabilarga o`zining ta’sirini o`tkazib turadi.

Milliy g`oya milliy o`ziga xoslikni saqlab turish va milliy manfaatlarni amalga oshirish, milliy istiqbolini belgilash uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki u, millat vakili bo`lgan har bir shaxsning dunyoqarashi, kundalik faoliyatida o`z ifodasini topadi. Millat vakillarining aksariyat ko`pchilik qismini milliy g`oyasi mustahkam bo`lgan insonlar tashkil qilgan sharoitdagina milliy manfaatlar uchun umummilliy xarakat vujudga keladi. Xuddi mana shu umummilliy xarakatni vujudga keltirish-milliy g`oyaning muhim vazifalaridan biri; ikkinchidan, uning millat vakillarida vatanparvarlik, ona zaminning muqaddasligi tuyg`usini uyg`otish, uni ko`z qorachig`iday himoya qilish kerakligini tushunib etishga ta`sirini o`tkazish; milliy g`oya har bir millat vakilida uning avlod-ajdodlari ana shu zaminda dunyoga kelgan, uning huzur-halovatidan bahramand bo`lgan, undan ilhom, zavq-shavq olgan va qo`nim topganligidan xabar berib turadi. Bu o`z navbatida o`z ona zaminiga mehr-muhabbatini mustahkamlaydi; uchinchidan, milliy g`oya tarixiy xotirani mustahkamlaydi va uning takrorlanmas imkoniyatlaridan manba sifatida turtki (zaryad), ilhom olib turadi. Biz umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi va umumbashariyatni birlashtiruvchanligi haqida gapirmaylik, baribir uning ildizlari, zaminlari millatning tarixiy xotirasi, merosi va asrlar davomida to`plagan hayotiy tajribalari bilan bog`liq ekanligini nazarda tutishimiz lozim bo`ladi. Xuddi mana shu jarayonda milliy g`oyaning o`rni, salohiyati, imkoniyati va yuksakligi namoyon bo`lib turadi. Milliy g`oya millat vakillarida millat taqdiri uchun mas`ullik tuyg`ularini ham uyg`otib turadi. Millat real hayotda uni tashkil etuvchi shaxslardan iborat ekan, o`zga millatlar davrasida o`z millati vakilining erishgan yutug`idan xursand bo`lsang, shu millat vakili bo`lganingdan faxrlanasan. Aksincha, millatdoshing boshiga tushgan og`ir kunlarni xuddi o`zingning eng yaqinlaring boshiga tushganday qabul qilasan.

Agar millat vakillari halol yo`l bilan boy, badavlat bo`lganini ko`rsang, mamlakatingning o`zga mamlakatlarga nisbatan tez rivojlanayotgan, katta muvoffaqiyatlarni qo`lga kiritayotganligini ko`rib ruhing ko`tariladi, kelajakka ishonching ortadi yoki aksincha, muammolarning to`planib borayotganligi ko`rsang ruhan ezilasan, qayg`urasan va ularni echishga o`z hissamni qo`shaolsam edi,-degan fikrlar xayolingizdan o`tadi. Bunday tuyg`ularning zamoni va ildizi yana milliy g`oyaga taqaladi. Faqat milliy g`oya va insoniylikning barcha ijobiy qirralarini o`zida mujassamlashtirgan shaxsda ana shunday tuyg`ular bo`lishi mumkin. Milliy g`oya faqat tor doiradagi tuyg`ularni (ya`ni milliy manfaat doirasidagi) shakllantiribgina qolmasdan, millat bilan yonma-yon yashaydigan o`z millat va elat vakillarining hurmat qilish, ularning manfaatlarini hisobga olish, ularni o`z atrofiga birlashtirish, diniy va insoniy bag`rikenglik kabi fazilatlarning shakllanishida ham o`zining ijobiy ta’sirini o`tkazadi.

Milliy g`oyaning zaminlari «mo`rt» va qashshoq bo`lsa, yoxud qandaydir zo`ravonlik ta`siri ostida xiralashtirilgan bo`lsa, millat o`zligini yo`qota boshlaydi, o`zi haqidagi qarashlari sayozlashib boradi va oqibatda uning istiqboli ham xavf ostida qoladi. lekin avlod-ajdodlari mustahkam intelektual saloxiyat, meros va taraqqiyot tajribalarining yaratgan millatning milliy g`oyalarini ma`lum davr ichida zo`ravonlik bilan jilovlab turish mumkin, ammo uni millat tarixiy xotirasidan batamom yo`q qilib bo`lmaydi. Zero, milliy intelektual salohiyat, meros va milliy taraqqiyot davomida to`plangan tajribalar umuminsoniy mulkka aylanib, er qurrasining boshqa zaminlarida yashayotgan o`zga xalqlarga xizmat qilib kelaveradi. Bu, o`z navbatida, zo`ravonlik bilan (vaqtincha) «jilovlanib» turilgan, o`z avlod-ajdodlari tomonidan yaratilgan millatning istiqbolda, ya`ni o`z milliy g`oyalarining tiklanishida katta ahamiyatga ega bo`ladi, chunki milliy ma`naviy salohiyati mustahkam va boy bo`lgan millatning milliy g`oyalarini zo`ravonlik bilan moddiy kuchga aylantirishga imkon bermaslik mumkin, ammo uni batamom yo`qotib yuborib bo`lmaydi. Vaqt o`tishi bilan unga millatning extiyoji oshib boraveradi.

Milliy g`oyaning bitmas-tuganmas imkoniyatlari shu darajada kengki, u faqat millatning o`z-o`zini anglashi, milliy ong rivojlanishi bilan cheklanmaydi, balki u millatni o`zgalarga tanitadi va uning umumjahon tsivilizatsiyasi jarayonlariga mustaqil sub`ekt sifatida kirib borishiga o`zining ta’sirini o`tkazadi.

Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, milliy g`oya va milliy tiklanish va umummilliy taraqqiyotning muhim manbai hisoblanadi.

Milliy g`oya milliy g`oyani shakllantiradi va uning real amalga oshishida millatni birlashtiradi. Milliy g`oyasiz milliy istiqlol g`oyasi ham shakllanmaydi. Shu ma`noda milliy g`oyani rivojlantirish millat taraqqiyotining har bir bosqichi uchun dolzarb vazifa bo`lib qolaveradi.

«Ommaviy madaniyat va uning TAMOYILlari». Hozirgi kunda G`arb dunyosida erkinlikni niqob qilib olgan ayrim kimsalar nafaqat bizning milliy an’analarimiz, balki barcha xalqlar uchun qadrli bo`lgan insoniylik aqidalariga to`g`ri kelmaydigan turli buzg`unchiliklarni ommaviy axborot vositalari orqali ochiqdan – ochiq targ`ib etayotganini ko`rib turibmiz. Natijada bugun odamlarni, xususan, yoshlarni buzg`unchi illatlar ta’siridan himoya qilish masalasi davrimizning dolzarb muommosiga aylangan. Afsuski, bugun jamiyatimzda ba’zan bu ta’sirlar girdobiga tushib qolib, o`z hayotini izdan chiqargan, jaholat, buzg`unchiliklar tuzog`iga tushib qolgan kimsalarning paydo bo`layotgani sir emas.

«Hozirgi vaktda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha asl ma’naviy kadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb karash bilan bog`liq holatlar bugungi tarakkiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko`pchilik butun jaxonda bamisoli balo – qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanligini anglab olmoqda».

Bugungi kunda dunyodagi soglom ma’naviyatli insonlarni tashvishga solib kelayotgan illatlar sifatida buzg`unchi kuchlar tamonidan targ`ib – tashviq qilinayotgan « ommaviy madaniyat », induvidualizm, egotsentrizm singari illatlarni misol keltirishimiz mumkin.

Shu o`rinda «ommaviy madaniyat» tushunchasining kelib chikishiga bir nazar tashlasak, ushbu tushuncha XIX asr oxiri XX asr boshlarida g`arb mamlakatlarida paydo buldi. «Ommaviy madaniyat» insonning intim xoxishlarini va ko`proq lazzatlanish g`oyasini targ`ib etishga asoslanadi. U sevgi, moda va ko`ngilxushlik vositalari yordamida insonning nafsoniy tuyg`ularini qondirishni nazarda tutadi. Masalan, XX asrning 50 – 60 yillariga qadriyat sifatida qaraldi. Oqibatda g`arbning o`zida bir qator muommolar paydo buldi: tug`ilishning keskin kamayib ketishi, oilaning muqaddasligiga putur etishi va ayolga bo`lgan hurmatning yuqolishiga olib keldi. Bugun g`arbda «ommaviy madaniyat» ta’sirida oila degan muqaddas dargohga ziyon etmokda. Hatto bir qator g`arb mamlakatlarining « qariyotgan mamlakatlar» qatoridan joy olishida ham « ommaviy madaniyat »ning ta’siri, hissasi yo`q emas.

Yer yuziga balo – qazodek yoyilib, yopirilib borayotgan, afsuski, minglab yoshlarni o`z domiga tortayotgan, milliy axloq va demokratik qadriyatlarga zid g`oyalar, hatto insoniylikka teskari illatlar va hatti - harakatlarni o`zida mujassam etgan, g`arbona tilda aytganda « ommaviy madaniyat » bugun turli munozara mavzusidir. « Olimlar va ziyolilar bu iborani ijobiy va salbiy ma’noda ishlatadilar. Ijobiy ma’noda bu tushuncha xalq og`zaki ijodi, an’ana va qadriyatlarining ko`rinishini ifodalaydi. Salbiy ma’noda esa g`araz kishilar tamonidan o`ylab topilgan g`oyalar, meyorlar, odatlar majmui bo`lib, u o`zgalar ongiga zo`rlab tiqishtiriladi. Shu ma’noda « ommaviy madaniyat » tushunchasi qo`shtirnok ichida ishlatilganda ma’naviy tahdidlarni qamrab oluvchi omil sifatida tushuniladi».

I. Karimov «ommaviy madaniyat» tushunchasiga izoh berar ekan: «ommaviy madaniyat» niqobi ostida axloqiy buzuqlik, zo`ravonlik, induvidualizm va egotsentrizm g`oyalarini tarqatish, kerak bo`lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalklarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo`porishga qaratilgan xatarli tahdidlardir », – deganda haq gapni aytgan edi.

“Ommaviy madaniyat”ning eng xunuk illatlari, olg`a surgan g`arazli g`oyalaridan biri bu, ko`ngilxushlik g`oyasidir. Ko`ngilxushlik g`oyasi deganda, insonning turmush tashvishlaridan bir oz bo`lsa-da chalg`ish, o`zining bush vaqtini mazmunli o`tkazishni tushunish ham mumkin, agar buni xolis, samimiy izohlasak. Har qanday sog`lom ma’naviyatli insonlar o`z hayotining har bir daqiqasidan oqilona foydalangani holda, o`zi va boshqalarga foyda keltiradigan fa’oliyat bilan shug`ullanishga intiladi. Sof niyatda, ezgu mashg`ulotlar bilan o`zining bo`sh vaqtini fayzli, o`z talant, qobiliyatidan unumli foydalanishga harakat qiladilar. Ammo biz ushbu mavzuda tilga olayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi tamomila boshqa, insonning insonligiga zid, ma’naviy olamini tubanlikning eng chuqur jarliklari sari etaklashga qaratilgan, aqlsiz ko`ngilning tuban mayllarini qondirishga intilgani bilan o`ziga xos xarakterlanadi. Bugungi «ommaviy madaniyat», buzg`unchi kuchlar tamonidan og`iz ko`pirtirib jar solinayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi insonning hayot lazzalaridan xoxlagan vaqt, istagan erda va istagancha lazzatlanish, huzur qilish, bu yulda hech narsadan qaytmaslikni targ`ib qilish orqali maishatga izn beradi. Oqibatda g`arbni ma’naviy tubanlik sari undab jar yoqasiga etaklab kelgan ko`ngilxushlik g`oyasi bugun sharqqa ham ma’naviy tahdid bo`lib turibdi. Tomas Vul’fning « Manmanlik o`ti » romanida yosh moliyachi « shahvoniy hirslarga cho`kib ketgan » N’yu – York farzandi bo`lganligi uchun ham xotini va qizining hayotiga zomin bo`ladi. Ayrim ma’lumotlarga ko`ra, bugun Britaniya bolalarining 34 foizi nikohsiz tug`ilmokda, taxminan shuncha mikdordagi katta yoshlilar ajrashish alamidan aziyat chekmoqda. AKShda kamalganlarning yarmidan ko`pi buzilgan oilalar farzandlaridir. Bunday statistik ma’lumotlarni uzoq davom ettirish mumkin. Mana kungilxushlik g`oyasi bergan mevalar. “ Ommaviy madaniyat “ ning ko`ngilxushlik g`oyasi insonni ma’naviy tubanlik sari etaklaydi. G`arbda uning makoni sershovqin musiqalari, turli – tuman rangli chiroqlar bilan bezalgan tungi barlar. Minglab yoshlarni o`ziga ohangrabodek chorlayotgan bu tungi barlarning mijozlari, afsuski, kundan – kunga ko`payib bormoqda. Tungi barlar. Balki ular kimlarningdir iqtisodiy manfaati uchun, xolis maksadda tashkil etilgandir. Ammo bugungi tungi barlarning aksariyat muxlislari bu yoshlar, hali ona suti og`zidan ketmagan, kayfu – safoga berilgan, ko`ngilxushlikka mukkasidan ketgan yosh yigit – qizlardir. eng achinarli tamoni shundaki, tungi barlar ichkilikbozlik, turli tartibsizlik va giyoxvandlik kuchasidagi bekat vazifasini o`tamokda. G`arbda tungi barlarlarda sang`ish aksariyat ota – onalar tamonidan tabiiy hol sifatida qabul qilinadi. Yu. Xabermas kabi sog`lom fikrli odamlar fikricha: «G`arb mamlakatlaridagi yomg`irdan keyingi qo`ziqorindek tungi barlarning ko`payishi odamlarda mardlik, jasorat va halollik kabi sifatlarning yuqolishiga olib keldi ».

Bugun ko`ngilxushlik g`oyasiga griftor bo`lgan g`arbning ba’zi yoshlari maishiy buzuqlik kasaliga mubtalo bo`lgan. Biz maishiy buzuqlik deb atayotgan holat ular uchun balki shaxsiy erkinlikdir. Chunki so`ngi yillarda g`arbda maishiy buzuqlik, meyorsiz erkinlik - saddizmni inson hayoti uchun foydali deguvchilar ham ko`payib qolgan. Shu o`rinda saddizm tushunchasiga qisqacha izoh berib o`tsak, “saddizm “ atamasi frantsuz yozuvchisi Markiz de Sad nomi bilan bog`liq tushuncha. Yozuvchining “Sadomda 120 kun“, “Fohishaxonalar falsafasi “ singari tubandan – tuban mazmundagi kitoblarida insonning eng tuman illatlarga giriftor bo`lishi mumkinligi tasvirlanadi. Sad o`z asarlarida odamlarni ma’naviy buzuqlikning xoxlagan izmiga solish mumkin, faqat ularning ma’naviyatini egallasak bas, kerak bo`lsa biz o`zga yurt odamlarini shunday o`z ta’sirimizga olishimiz kerakki, toki, ularning o`zlari bizga yukinib kelsin, degan qarashlarni ilgari suradi. Natijada bugun « Markiz de Sad asarlarining qayta –qayta nashr etiliyotgani, maishiy buzuqlikka bag`ishlangan kinolar va asarlarning ko`payib boriyotgani, hatto, ba’zi mamlakatlarda fohishaxonalar ochishga ruxsat borligi, har yili badavlat arab mamlakatlariga Osiyodan 4 millionga yakin ayollar « uy xizmatchisi » niqobi ostida keltirilayotgani saddizmning ommaviy hodisa bulib qolayotganidan dalolat beradi » deb bemalol aytish mumkin.

Bugun insoniyatning taraqqiyotiga salbiy ta’sir qiluvchi shunday buzg`unchi g`oyalar yaratilmokdaki, bu g`oyalar inson ma’naviyatini faqat zalolat sari etaklashga xizmat qiladi, xolos. G`arb dunyosidagi sog`lom fikrli insonlarni tashvishga solayotgan, o`ziga xos karashlarni mujassam etgan bir xil jins egalarining o`zaro oila qurayotganligi achinarli holdir. Sharqda bunday holat azaldan qoralanib kelingan. Ahmad Yassaviy aytganlaridek, bunday buzuq qarashdagi odamlarning hayvondan nima farqi qoladi. «…besaqolbozlik jahannamga elitadi. Har doimdagiday, g`urur erga urilganda eng yaramas illat yuzaga chiqadi. Insoniyatning jinslarga bo`linishi koinotning tabiat qonunlariga kura qutblanishi tajassumidir. erkaklar va ayollar qo`shimcha ilk sabablardir. Jinsiyat ularning ilohiy va nasl qoldirish bo`yicha o`zaro kelishuvidir. Shuning uchun ham bir jinsga mansub kishilarning oila qurishi tabiiy tartib buzilishining eng dahshatli ko`rinishidir».

G`arbning o`zida ham sog`lom ma’naviyatli odamlar allaqachon bunday illatarni qoralab kelgan: Insonda u yoki bu sifatlarning shakllanishi uning ma’naviy qiyofasining qay darajada ekanligiga bog`liq. Bugun insoniyat tafakkuri taraqqiyotini kuzatsak, odamzod bir tamondan aql bovar qilmas ixtirolarni ijod etayotgan bo`lsa, ikkinchi tamondan odamzod hatto hayvondan-da battar ahvolda, chirkin tabanliklar botqog`iga botgan, ba’zi kimsalar o`z nopok illatlari bilan faqat o`zinigina emas, o`zgalar hayotini ham zaharlamoqda, hatto kelajak avlod hayotini ham xarob etmoqda. Insoniyat ma’naviy tanazzul girdobiga uchragan. Xushsurat axloqning o`rnini badsifat xislatlar egallagan, olijanob maqsadli hayot tarzi bema’ni axloq va illatlar bilan bulg`angan, inson ma’naviyati tubanlikka yuz tutgan. Buyuk tabiatning mo`’jaz xilqati o`z aqlu tafakkuri bilan tabiatning barcha tirikligi orasida tengsizligi bo`laturib, shu aqlu tafakkurini o`z qo`li bilan xiralashtirib, o`zini ma’naviy tubanliklar girdobiga otmoqdaki, bu har qanday aqli raso kishini hayratlantirmay iloji yo`q. Masalan, ma’lumotlarga ko`ra, Buyuk Britaniyada mashhur qo`shiqchi elton Jon bir xil jins vakillarining nikohdan o`tib, oila qurishini erkinlik na’munasi sifatida butun dunyoga ko`z – ko`z qilmoqda. eng yomoni shundaki, bunday odamlarning yoshlar o`rtasida ming – minglab muxlislari bor va ularning bu kabi jirkanch ishlari ana shu yoshlar ongini zaharlamasdan qolmaydi albatta.

Asrlar davomida Sharkda, xususan, uzbek xalqida o`z farzandlari ayniqsa, qizlar tarbiyasi, odob - axloqi bilan jiddiy shug`ullanib kelingan, avlodninng har tamonlama barkamol bo`lib voyaga etishiga katta ahamiyat berilgan. Shu bois, o`zining tafakkuri, odob – axloqi va buyuk xizmatlari bilan dunyoni hayratga solgan A. Navoiy, Bobur Mirzo, Ulug`bekdek buyuk shaxslar, Nodirabegim, Zebuniso va Uvaysiy singari o`nlab oqilalar xalqimiz ma’naviyatini boyitgan. « Bizning ulug` ajdodlarimiz o`z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy me’zonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq koddeksini ishlab chiqqanlarini eslash o`rinli. Ota – bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or – nomus, uyat va andisha, sharmu – hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg`u va tushunchalar bu koddeksning asosiy ma’no – mazmunini tashlkil etadi». Ammo bugun ba’zan yoshlar o`rtasida milliy mintalitet, qadriyatlarimiz va turmush tarzimizga xos bo`lmagan yot va begona g`oyalar, buzg`unchi illatlar ta’siriga tushib qolgan holatlarga ham duch kelib turibmiz.

Bugun yoshlar ma’naviyati va madaniyati bilan bog`liq muommolardan biri kiyinish madaniyati va unda g`arb madaniyatiga taqlid, ergashish masalasi dolzarb mavzu bo`lib turibdi. Milliy ta’lim – tarbiya olgan, ma’naviyatida milliy madaniyatimizga hurmat va e’tiqod shakllangan, kiyinishda ham o`z milliy qiyofasini yo`qotmagan yoshlarimiz ko`p, albatta. Lekin ba’zan ko`chada, jamoat joylarida ochiq – sochiq kiyinib yurgan yoshlarimizni uchratish mumkin. Bu uning uchun “moda”, “zamonaviylik” yoki ochiq aytadigan bo`lsak, bugun “ommaviy madaniyat “ deb atalgan g`arb madaniyatiga taqlid. Zamonaviy yashash yaxshi, dunyo taraqqiyotidan orqada qolish kerakmas, ammo biz kim, qaysi millat vakili ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Insonning tashqi qiyofasi ham uning qaysi millatga tegishli ekanligi va qanday ma’naviyat egasi ekanligini ko`rsatib turuvchi belgilardan hisoblanadi. I. Karimov ” Yoshlik “ talabalar shaharchasida talabalar bilan bo`lgan uchrashuvda kiyinish madaniyati haqida fikr bildirib, shunday degan edi: “ kiyinish madaniyatida albatta milliylik bo`lishi kerak. Qolaversa, kiyim tanlash va kiyinishda yoshlarimiz milliy turmush tarzimizga, O`zbekiston sharoitiga, iqlimimizga mos jihatlarni inobatga olishsa, foydadan xoli bo`lmaydi “.

«Ommaviy madaniyat » targ`ib qiliyotgan moda insonning xoxlagan alfozda, istagan kiyimda jamoat joyida bemalol yurishini targ`ib qilishga asoslangan qarashlar majmui hamdir. Yoki buni qo`pol tarzda bayon etadigan bo`lsak, «yarimyalong`ochlik »ni targ`ib etish. Bu balki birovlar nazarida shaxsiy « erkinlik », « demokratiya »dir, ammo bu bizning asrlar davomida shakllangan urf – odat, udumlarimiz, milliy qadriyatlarimizga mutloqo tug`ri kelmaydi. Buzg`unchi kuchlar moda deganda, bugun shunday modalarni yaratilmoqdaki, ular o`zlarining bejirim, rango – rangiligi bilan yosh yigit - qizlarimiz diqqat – e’tiborini o`ziga tortmokda. Yarimyolong`ochlikka asoslangan ushbu modalarning olimlar bir kator zararli tamonlarini aniqlaganlar:

1. Odamlar, ayniqsa, yoshlarning tarbiyasi buziladi.



  1. Inson hayvonat olamiga yaqinlashib boradi.

3. Kishilarning, ayniqsa, ayollarning latofati yo`qolib boradi.

Ayol tabiatning bebaho mu’jizasi. U o`zining nozikligi, nafosati, latofati va go`zalligi bilan o`ziga qarama – qarshi jins vakili – erkaklardan ajralib turadi. Shunday ekan, ayol kishi tabiatning bu in’omini asray bilishi va o`z ma’naviyatini hayo, ibo, iffat fazilatlari bilan boyitib borishi kerak, shunda u yanada go`zallashadi. Olloh ham go`zallikni sevguchidir.

Har bir xalqning o`z kiyinish madaniyati, odob – axloq meyorlari mavjud. Xalqimizning bu sohada ham asrlar davomida sayqallangan tajribasi bor, nima uchun bugun biz g`arbning palak otib borayotgan yarimyalong`och kiyinish madaniyatini qabul qiliyapmiz? Moda deb yarashsa – yarashmasa turli bo`lmag`ur, milliy qiyofamizga nomutanosib kiyimlarni elkamizga ilib olsak, unda milliy, sharqona qiyofamizga putur etmaydimi? Milliy qiyofamizni saqlashga o`zimiz harakat qilmasak, kim bu uchun jon kuydiradi, bundan tashqari bunday kiyimlarni elkaga ilish bilan o`zgalarning milliy qiyofamizga doxl kilishlariga o`z qo`limiz bilan yo`l ochib bermaymizmi ? Zero, kishining kiyimi, tashki ko`rinishi ham uning ichki olami, ma’naviyatini aks ettiruvchi belgilardan sanaladi. Inson o`zining kimligi, qaysi millatga mansubligini bilishi va unga sodiq kqlishi bugungi kunda muhim, bu milliy o`zlikni anglash, milliy mansublikdir. Albatta, har sohada bo`lgani kabi, umumjahon taraqqiyotidan orqada qolish kerak emas. Ammo bunga milliy qiyofamizni qurbon qilish evaziga emas, aksincha, milliy ma’naviyatimizni asos qilgan holda, taraqqiyot sari yuz tutmoq kerak. Shundagina xalqni xalk, millatni millat sifatida saqlab qolish mumkin.

«Ommaviy madaniyat »ning bugun butun dunyo bo`ylab tarqalib borayotgan, insonlarning ma’naviyatini o`z maqsadi sari etaklashga urinayotgan ma’naviy tahdidlaridan biri individualizm g`oyasidir.

Individualizm lotincha so`z bo`lib, bo`linmas demakdir. Ushbu g`oya negizida shaxsning jamoadagi avtonomiyasi, uning o`z manfaatlarini boshqalardan alohida, hatto ustun ko`yish, o`z qobig`iga o`ralib yashashiga asoslangan qarashlari tashkil etadi. « Hozirgi paytda ommaviy bir xillik hukumron bo`lib borayotgan, kishilar dunyoqarashini boshqarish, ularning xulqiga muayyan standart qoliplarni singdirish yo`lidagi urinishlar tabora avj olayotgan va keng miqiyos kasb etayotgan bir paytda individualizm uzining ham nazariy, ham amaliy ko`rinishida ana shu hodisalarga o`ziga xos javob reaktsiyasi sifatida namoyon bo`lmoqda ».

Individualizmda shaxsning odomoviligini tushunish mumkin. Uning ta’siriga tushgan har qanday yigit - qiz o`zbilgicha yashashga, ko`ngliga nima kelsa, shuni amalga oshirishga harakat qilishga urinadi. U uchun ota – ona, qarindosh - urug`, mahalla – ko`yning ahamiyati yo`q, ularning o`z hayotiga aralashishini ham istamaydi. Individualizm ta’siriga tushgan kishi uchun atrofdagilarning hayoti, tashvishi begona. Ular faqat o`z hayoti, o`z tashvishlari bilan band bo`lib, o`zgalar hayoti bilan qiziqmaydilar, hatto buni ortiqcha, deb hisoblaydilar va o`zgalarning ham u uchun qayg`urishini istamaydilar. Bunday odamlarning mavjudligi albatta jamiyatga foyda emas, chunki ma’naviyatida loqaydlik, befarqlik kayfiyati ustun bo`lib o`sgan har bir yigit – qiz o`zini oilada mustaqil tutishga urinadi. O`z fikrini o`zi ma’qullab, har doim o`zini haq, deb biladilar. Bu holat g`arb uchun shaxsiy erkinlik, jamiyatda shaxsning alohida mustaqil individ sifatida namoyon bo`lishi, deb e’tirof etiladi. Ko`pchilik bu holatni ijobiy baholaydi. Shaxsning o`z erki, mustaqil qarashlarga ega bo`lishi yaxshi, albatta. Ammo g`arbda shaxs fikri ustun bo`lgani kabi, sharkda, jamoa fikri ustun turadi. Bu holatni hisobga olsak, individualizm g`oyasi bizning ma’naviy muhit, turmush tarzimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimizga tug`ri kelmaydi. Asrlar davomida davom etib kelayotgan ota –onaga hurmat, qon – qarindoshlik rishtalari, mahalla – ko`yga bo`lgan munosabat, mahalla – ko`yga bo`lgan munosabat bizda individualizm qarashlariga zid holat sifatida shaxsning alohida, hech kimni tan olmasligiga izn bermaydi. Bizda shaxsdan shaxs sifatida va undan ko`prok jamoa vakili sifatida namoyon bo`lish talab etiladi. Ammo bugungi kun mafkuraviy jarayonni hisobga olsak, individualizm odamlar, yoshlar qalbini egallab olmaydi, deb aytaolmaymiz. Boshqa buzg`unchi g`oyalar kabi individualizm ham xalqimiz, xususan, yoshlarimiz uchun ma’naviy xatardir. Individualizmdek xatarlarning kuchayib borishi odamlarni o`zi tug`ilib o`sgan yurti va xalqidan bezishiga, ular qalbida vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg`ularining barham topishiga va eng xatarlisi odamlarni hamma narsaga loqayd bo`lib qolishiga olib keladi. Donishmandlardan biri loqaydlik haqida shunday degan edi: « Dushmanlardan qo`rqma, nari borsa ular seni o`ldiradi. Do`stlardan qo`rkma, nari borsa ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo`rk, ular seni o`ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va befarq qarab turishi tufayli er yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo`laveradi ».

Individualizm kabi har qanday buzg`unchi g`oyalar er yuzi bo`ylab yoyilib borayotgan ekan, bu holat faqat bitta millat yoki xalq xayoti bilan bog`liq jarayon emas, dunyoning barcha millat va elatlari uchun mafkuraviy xatar, tajavvuzdir. Er yuzidagi har bir sog`lom ma’naviyatli insonlar mavjud buzg`unchi g`oyalar, mafkuralardan o`z millati, xalqini asrashga intiladi.

Turli ma’naviy tahdidlarning ko`payib borishi bugungi kunda dunyoning ba’zi hududlarida katta ma’naviy yo`kotishlarga olib keliyotgani sir emas. Millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, buning oqibatida inson ma’naviyati bilan bog`lik turli muommolarning kelib chiqayotgani, axlok – odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi izdan chiqayotganligini kuzatish mumkin. Shu o`rinda I Karimovning ushbu suzlarini iqtibos tariqasida keltirish maqsadga muvofiq:



«Ma’naviyatimizga karshi karatilgan har kanday xuruj – bu millatimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar davomida ajdodlardan avlodlarga utib kelayotgan o`ziga xos va o`ziga mos xususiyatlarga, milliy g`urur, milliy iftixor tuyg`usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo`ldagi barcha asorat va illatlardan xalos bo`lib, ozod va farovon xayot barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga katta zarba beradigan mudhish xavf – xatarlarni anglatadi ».

Individualizm kabi inson ma’naviyatiga yopishayotgan illatlardan yana biri egotsentrizm balosidir. Individualizm qarashlariga yaqin, insonning o`z maqsadlarini hamma narsadan ustun ko`yishi, o`z huzur – halovoti yo`lida hech narsadan tap tortmasligi, nimadan foyda kelsa, shunga mukkasidan ketishlik, o`zi va faqat o`zini o`ylash kayfiyati egotsentrizmga xos holat. egotsentrizm odamzod ma’naviyatidagi illatlardan biri sifatida insoniyatga etkazgan zarari nuqtai nazaridan bu illat jaholat va aqidaparastlikdan aslo qolishmaydi.

Egotsentrizmga berilgan kishi atrof – muhit, ota – ona, qarindosh - urug` va boshqalar bilan munosabatda faqat o`zining shaxsiy manfaati, maqsadini ko`zlab ish yuritadi. O`zgalar dardi, tashvishi uning uchun begona. eng xatarli tamoni, o`z manfaati yo`lida u hatto har qanday pastkashlikdan ham toymaydi. Bunday odamlarda vijdon, burch, mas’uliyat, halollik, vatanparvarlik va yurtga sadoqat tuyg`ulari bo`lishi dargumon. Jamiyatda bunday odamlarning mavjudligi esa xatardan boshka narsa emas.

Egotsentrizm inson ma’naviyatida o`z – o`zidan paydo bo`lib qolmaydi, albatta. To`g`ri tarbiya topgan, xalqning azaliy qadriyat va an’analari ta’sirida tarbiyalangan kishi ma’naviyatida egotsentrizm ildiz otmaydi Xalqning azaliy qadriyatlariga eskilik sarqiti sifatida munosabatda bo`layotgan g`arbning ba’zi yoshlari esa egotsentrizm ta’siriga tushib qolgan, ular uchun oila qurish, farzand tarbiyasi bilan shug`ullanish ortiqcha tashvish. O`z huzur – halovotidan voz kechishni istashmaydi, oila ular uchun hayotdagi to`siq, xalaqit beruvchi, ortiqcha yuk. Natijada, bugun g`arbning ba’zi mamlakatlarida tug`ilish darajasi borgan sari pasayib ketmokda.

Bugun insoniyat ulkan yutuqlarga erishdi. Uning tafakkuri cheksizlik sari intilmoqda. Olis koinotu tubsiz er qa’ridan yangilik axtaradi. Ong va tafakkuri o`sgan sari, afsuski, insonlar ma’naviyatida turli illatlar, o`zgalar hayotini izdan chiqarishga qaratilgan buzg`unchiliklar ham davom etmoqda, degan fikrni mavzumizning boshidayoq ta’kidlab o`tgan edik. Bu haqda fikrimizni davom ettirib, shuni aytish mumkinki, aslida bu qarama – qarshilik, ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi azaliy kurash. Inson esa bu ikki qutb o`rtasidagi azaliy kurashning qurbonidir. U allaqachon dunyoning ezguligi va buzg`unchiligi o`rtasidagi bu kurashni anglab etgan, ammo anglab etgani holda, afsuski, uning o`zi bu kurashda faol ishtirokchiga aylangan, bir – birini yo`q qilishga shay, bir – birini tanazzul sari etaklaydi. Inson tamonidan yaratilayotgan buzgunchi goyalar er kurrasini bir emas, bir necha marta yuk kilib tashlashga kodir. Shunday taxlikali, xavf – xatarga to`la dunyoda yashar ekanmiz, avvalombor, inson ekanligimizni, tiriklik biz uchun oliy ne’mat ekanligini chukur anglab etishimiz zarur. Ma’naviyatmizga bo`layotgan har bir xatar, tahdidni ko`raolishimiz va unga nisbatan ogoh bo`lib yashashimiz kerak. I. Karimov aytganidek: « Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid – o`zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog`lom avlod kelajagini ta’minlash yo`lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir – oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin».

Insoniyatning buzg`unchi g`oyalari tufayli atrof – muhit, tabiat bulg`angan, nafas olish mushkullashgan. Bugun insoniyat hayoti o`zi yaratgan illatlardan xavf ostida. Mana inson ma’naviyatining buzg`unchiligi oqibati.

Bugun juda ham extiyotkorona qadam qo`ymok kerak. Ayniksa, hali suyagi qotmagan farzandlarimizni yovuz kuchlar hujumidan asrab, avaylab tarbiyalashimiz zarur. Toki, ularning musaffo, murg`ak qalblarida turli buzg`unchiliklar ildiz otmasin. Zero, ular kelajagimiz, bugungi taraqqiyotning ertangi egalaridir. Yoshlar qalbida ezgulikni tarbiyalash ular ma’naviyatining sofligi va milliy ma’naviyatini asrab qolish garovi. O`z milliy ma’naviyati, madaniyatiga ega xalqgina o`zini xalq, millat sifatida saqlab qolaoladi.

Ma`naviy tahdid, “Ommaiy madaniyat”, “ommaviy madaniyat” tamoyillari, ko`ngilxushlik g`oyasi, yarimyalang`ochlik, evropalashtirish, egotsentrizm, individuelizm kiyinish madanyati.



Tayanch tushunchalar

G’oyaviy bo’shliq - muayyan sharoitda jamiyat, undagi toifa va qatlamlarning ongida sodir bo’ladigan g’oyasizlik, mafkuraviy vakuum holati. Mafkuraviy immunitet (lot. Immunitatis - biror narsadan ozod etish) - shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim. Mafkuraviy profilaktika - ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlar. Beqarorlik - notinchlik, barqarorlik - tinchlik, osoyishtalik. Ekstremizm - fransuzcha-lotincha so’z bo’lib, keskin fikrlarning bildirilishi, keskin choralarga tarafdorlik. Xizbut - Tahrir - reaksion ruhdagi diniy-siyosiy tashkilot bo’lib, arab tilidan «Ozodlik partiyasi» degan ma’noni bildiradi. Manipulyatsiya - qo’l, odamlar bilan ob’ekt sifatida munosabatga kirishish. Merkantilizm - pul jamg’arish, mol-dunyoga hirs qo’yish.

Takrorlash uchun savollar.

  1. G’oyaviy bo’shliq nima?

  2. Zararli g’oyalar ta’siri qanday namoyon bo’ladi?

  3. Mafkuraviy immunitet qanday hosil qilinadi?

  4. YAngi mafkurani yaratish zarurati deganda nima nazarda tutiladi?

  5. Mafkuraviy profilaktikani izohlab bering?

  6. Xavfsizlik va barqarorlik tushunchalarini bayon eting?

ADABIYOTLAR ROYXATI

  1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  5. Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. T.: O’zbekiston, 1997.

  6. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997.

  7. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqarorlik taraqqiyot yo’lida. 6-jild. T.:O’zbekiston, 1998.

  8. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. T.:O’zbekiston, 1999.

  9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. T.:O’zbekiston, 2000.

  10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. T.:O’zbekiston, 2001.

  11. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. T.:O’zbekiston, 2002.

  12. Karimov I.A. Terrorizm xavfi to’g’risida. T.:SHarq, 2002.

  13. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. 11-jild. T.: O’zbekiston, 2003.

  14. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimizga va qat’iy irodamizga bog’liq. 12-jild. T.:O’zbekiston, 2004.

  15. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. 13-jild. T.:O’zbekiston, 2005.

  16. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. 14-jild. T.:O’zbekiston, 2006.

  17. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish barcha ishlarimizning mezoni va maqsadadir. 15-jild. T.:O’zbekiston, 2007.

  18. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida. 16-jild. T.:O’zbekiston, 2008.

  19. Karimov I. A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. 17-jild. T.: O‘zbekiston, 2009. – 280 b.

  20. Karimov I. A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari. 18-jild. T.: O‘zbekiston, 2010. – 280 b.

  21. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.

  22. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T: O‘zbekiston, 2009. – 56 b.

  23. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T.:O’zbekiston, 2010.

  24. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2010.

  25. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvarda qabul qilingan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi Farmoyishi. //Xalq so’zi, 2001 yil 20 yanvar.

  26. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustda qabul qilingan «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi qarori. //Xalq so’zi, 2006 yil 26 avgust.

  27. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti I.Karimovning tabrik so’zi.//Xalq so’zi, 2011 yil 1 sentyabr.

  28. Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. Navoiy viloyati hokimi E.O.Turdimovning O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan viloyat aholisiga tabrigi. //Do’stlik bayrog’i 2011yil 31 avgust.

  29. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish arafasida. T.: “O’zbekiston”, 2011.

  30. Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. T.: “O’qituvchi”, 2011. 200-b.




  1. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: YAngi asr avlodi, 2001.

  2. Karimova V., Umarov A., Quronov M. Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  3. Nazarov Q. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsad va vazifalari. T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  4. G’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar. T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  5. Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishda tashkiliy uslubiy yondashuvlar. T.:Akademiya, 2002.

  6. Ochildiyev A. Milliy g’oya va millatlararo munosabatlar. T.: O’zbekiston, 2004.

  7. Ergashev I va boshqalar. Milliy istiqlol g’oyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. T.:Akademiya, 2005.

  8. Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati. T.: Akademiya, 2007.

  9. Ochildiyev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. T.: Muharrir, 2009.

  10. Xoliqov E. va boshqalar. “Milliy g’oya fanining seminar mashg’ulotlari o’tkazish metodikasi”.T.: Turon-Iqbol, 2010, 133 bet.


6-MAVZU: JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING IJTIMOIY-G’OYAVIY ASOSLARI

Ma’ruza rejasi:

  1. Mamlakatda millatlararo (totuvlik), hamkorlik, va dinlararo bag’rikenglik, (tolerantlik) - ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharti

  2. O’zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkil qilinishi millatlararo barqarorlikni ta’minlash vositasi.

  3. Milliy g’oyaning umumbashariy TAMOYILlari

1. Millatlararo totuvlik, milliy-diniy bag’rikenglik tushunchalari

va ularning milliy g’oya bilan mushtarakligi

Milliy g’oya keng mazmunga ega. U ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va milliy, diniy bag’rikenglik g’oyalari bilan o’zaro mushtarak. SHu nuqtai nazardan aytish mumkinki, milliy g’oya bu faqat birgina millatning emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo’lida baholi qudrat hissa qo’shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.



Milliy g’oya - barcha sohalarda mavjud millatlar manfaatlarini o’zida ifoda etgan holda orzu qilingan kelajak jamiyatning asosini yara-tish, mustahkamlash va rivojlantirish uchun bo’lgan umummaqsad yo’nalishi-dagi harakatlar majmuini, milliy va diniy bag’rikenglikni uyg’otuvchi fikrlar, qarashlar, g’oyalarni ham o’zida ifoda etadi.

«O’zbekiston - yagona Vatan» g’oyasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillaridan biridir. Vatan - eng katta taqdir. Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to’kilgan oliy dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o’sib kamol topib boradigan zamindir. Vatan - bu xalqning o’tmishi, buguni va kelajagidir. «Vatan - muqaddas qadriyat». Taraqqiyot Vatandan boshlanadi.

Demak: Milliy istiqlolimizning bosh shiori: «YUrtim deb, elim deb, yonib yashaylik!»



Bosh g’oyamiz: - «O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat».

Milliy mafkuraning asosiy g’oyasi va tamoyili: - «O’zbekiston - yagona Vatan» deb nomlanadi.

Etakchi g’oyamiz: - «Turkiston - umumiy uyimiz».

Mafkuraviy-intellektual g’oyamiz: - «Kuch - bilim va tafakkur-da!»

Milliy g’ururimiz timsoli: - J.Manguberdi va Sohibqiron Amir Temur va h.k. bor.

1. Ijtimoiy hamkorlik - milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri. Ijtimoiy hamkorlik deb, turli millatga, har xil ijtimoiy toifa, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo’lidagi hamjihatligiga aytiladi. Ijtimoiy hamkorlik - har bir yurtdoshimiz manfaatlaridagi mushtaraklikdan hosil bo’luvchi umummilliy maqsad va shunga erishishga qaratilgan harakat birligidir.

Albatta, bunday darajaga erishish o’z-o’zidan bo’lmaydi. Turli g’oyalar-ni bayroq qilib olgan kuchlarni bir maqsad yo’lida birlashtirish g’oyat mushkul. Lekin Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi shunga erishishni taqozo etadi.

Qarashlar rang-barangligi, fikrlar xilma-xilligi, so’z va fikr erkinligi jamiyatni sog’lomlashtiruvchi, uni mustahkamlovchi o’ta muhim omildir. Biroq - bu, xayolga kelgan gapni aytish, ko’ngil tusagan ishni qilish, o’z manfaati uchun hamma narsaga tayyor turish, degani emas. Bundan tashqari, erkin fikr degani, albatta, to’g’ri fikr degani ham emas. Erkinlikning o’zi esa anglab olingan zaruratdir. Demak, fikr erkinligi umummanfaat, umumjamiyat taraqqiyot yo’lidagi sog’lom harakat, sog’lom fikr yuritish, iymon-e’tiqod yuzasidan ish tutish, demakdir. Ulug’ bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy ham «Agar fikrlari va harakatlari jamiyat manfaatlariga xizmat qilmaydigan bo’lsa, mamlakatni bunday kishilardan tozalash kerak», degan fikrni bejiz aytmagan. Ming yillar mobaynida milliy davlatchiligimiz tarixiy tajribalarida sinovdan o’tgan bunday xulosalar hamon o’z qimmatini yo’qotmagan. Binobarin, bugungi va ertangi kunimiz uchun ham, albatta, xizmat qilajak.

SHo’rolar davrida yakka hukmronlik qilgan kommunistik mafkura sinfiylik va partiyaviylik shiori ostida olamni faqat oq-qora bo’yoqlarda tasvirlashga, millatni ikkiga bo’lib tashlashga sabab bo’ldi. «YOt sinflar», ularning «dumlari», ularga «hayrihohlar» jismonan yo’q qilindi. Buning sababi sho’rolar mafkurasida sinfiy manfaatlar, yagona partiya talablari umuminsoniy g’oyalardan ustun qo’yilganida edi.

Umuman jamiyatni sun’iy ravishda bo’lib, turli qarama-qarshilik-larni mutlaqlashtiradigan ta’limotlardan farqli o’laroq milliy istiq-lolimizning ijtimoiy hamkorlik g’oyasi turli partiya, din qatlamiga mansub xilma-xil jamiyat a’zolari qarashlaridagi tabiiy rang-baranglikni uyg’un-lashtiradi va umumiy taraqqiyot manfaatlariga bo’ysundirishga xizmat qiladi. Bu quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

Birinchidan: jamiyatning eng ustuvor maqsad va manfaatlarini o’zida mujassam etadigan ilg’or g’oyalar milliy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchga aylanadi.

Ikkinchidan, jamiyatdagi har bir ijtimoiy toifa yoki guruh o’zining dasturiy maqsadlari va amaliy faoliyatini ana shu ustuvor milliy g’oyalar bilan uyg’unlashtirish milliy taraqqiyotning zaruratiga aylanadi.

Uchinchidan, har bir shaxs, ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi va e’tiqodidan qat’i nazar, jamiyatning ustuvor maqsad va manfaatlarini aks ettiradigan milliy g’oyalarning amalga oshishi uchun o’zini mas’ul deb bilishi bu jarayonning asosiy tamoyilli hisoblanadi.

Aholining turli qatlamlari orasidagi munosabatlar va o’zaro ham-korlikni yaxshilash jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlashga zamin yara-tadi. Aksincha, ana shu hamkorlikning izdan chiqishi yoki munosabatlarning yomonlashuvi bu barqarorlikning buzilishiga olib keladi, ijtimoiy beqa-rorlik, siyosiy boshboshdoqlik va milliy parokandalikni keltirib chiqaradi.

Ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, hammamizning, birinchi galda, davlat va jamoat tashkilotlari, hamda jamiyatning ilg’or vakillari bo’lgan ziyolilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Barchamiz Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash uchun, ijtimoiy hamkorlik muhitiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan har qanday xavf-hatarning oldini olish, ularni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko’rmog’imiz darkor. CHunki shu aziz Vatan - barchamizniki, undagi tashvishi ham, g’am, yutuq va kamchiliklar, muvaffaqiyatlar hammamizga tegishlidir.

2. Millatlararo totuvlik - milliy istiqlol mafkurasining aso-siy g’oyalaridan biri bo’lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakil-larining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. YOki boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik g’oyasi umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.

Bu g’oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasida o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma’naviy asosidir.

Milliy g’oya - har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.

Muayyan mamlakatga nom bergan (titul) millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o’rtasida hamjihatlik bo’lishi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Aksincha, milliy g’oyaning ahamiyatini tushunib yetmaslik jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.

Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu - tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g’oyalar ta’siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tutishi muqarrar. XX asrda yevropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo’lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g’oyasiga asoslangan kommunizm g’oyasi bunga yaqqol misol bo’ladi.

O’zbekiston hududida qadim-qadimdan ko’plab millat va elat vakil-lari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o’rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo’lmagani xalqimizning azaliy bag’rikengligini ko’rsatadi.

SHu bois bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o’zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy vazifalaridan biridir. U xalqimizga bo’lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi.

Demak, mamlakatlarda ko’p millatlilik omili demokratik o’zgarish-larni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning, fuqarolar jamiyati qurilishining ta’sirchan vositasiga aylanib qolgan.

Milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik, umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va barqaror-likka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. I.A.Karimov o’z fikrini davom ettirib, shunday yozadi: «Ayni chog’da insoniyat tarixida buning aksini, ya’ni ko’p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg’unlikning yo’q-ligi, butun-butun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiy-siyosiy falokatlarga olib borganini ko’rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero, ko’p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butun-butun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsiz-ligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylangan».

Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor millatchilik va shovinizmning halokatli g’oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy g’oyaning amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. SHuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, holisona hal qilinmoqda. Millatlar o’rtasida mojarolarga yo’l qo’ymaslik uchun etnik siyosatda shaxs huquqlari himoya qilinishining ustuvor bo’lishini, mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi bosh yo’limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urf-odat va an’analari, madaniy merosini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.



3. Diniy bag’rikenglik - xilma-xil diniy e’tiqodda bo’lgan kishi-larning olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor, hamjihat bo’lib, yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo’lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g’oya ezgulik yo’lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag’rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir.

Q.Nazarovning fikricha, qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardush-tiylik, nasroniylik, yaxudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan shaharimizda masjid, cherkov, sinagoglar faoliyat ko’rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub bo’lgan xalqlar, qavmlar o’z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og’ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari orasida diniy asosda mojarolar bo’lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy bag’rikenglik borasida katta tajribaga ega bo’lganidan dalolat beradi1.

Hozirda mamlakatimizda 15 diniy konfessiyaning tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. ularga o’z diniy marosimlarini o’tkazish va mamlakat hayotida faol ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O’zbekiston Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunda mustahkamlab qo’yilgan.

Ma’lumki, dunyodagi dinlar asl mohiyatiga ko’ra ezgulik g’oyasiga asoslanadi va tinchlik, yaxshilik, do’stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik, poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag’rikenglikka da’vat etadi. Inson hayotining asl maqsadi inson va tabiatga nisbatan odilona, oqilona munosabatda bo’lish, doimo yaxshi, savobli ishlarni amalga oshirishdan iboratligini ta’kidlaydi. SHunday ekan, haqiqiy diniy qarashlar ortida diniy bag’rikenglik yotadi.


2. Millatlararo totuvlik, bag’rikenglik g’oyasining tarixiy, huquqiy asoslari hamda O’zbekistonda milliy-diniy bag’rikenglik va dunyoviylik

1. Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikning asoslari. Jahon keng, dunyoda mamlakat ko’p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O’zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O’zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo’lmoqda. Bunday ahillik, do’stlik va hamkorlik o’zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan.

Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir»2, - degan qoida ana shu bag’rikenglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy ifodasidir.

Mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg’u-lariga daxldor muhim ahamiyatga ega bo’lgan bir qator tamoyillar belgilab qo’yilgan.

Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan.

Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e’tiqodidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma’naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo’lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.

Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilik-dan g’ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatil-maganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g’oyalari bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidapa-rastlik va irqchilik qarashlaridan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak, muayyan hollarda ular uyushgan shaklda ham chiqishi mumkin. Islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko’plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylan-tirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo’yicha konveyer tashkil etayotgan, xalifalik tuzishdek turli xomxayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak1.

Axborot globallashuvi kuzatilayotgan bugungi kunda turli g’oyalar hech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bo’lsak, ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo’ladi.



Milliy-madaniy markazlar - xalqlarning ma’naviy yaqinligi man-baidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O’zbekis-ton xalqini, millatidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqa-rolari tashkil etadi», deb aniq belgilab qo’yilgan. «O’zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Konstitutsiyamizda «O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb ta’kidlangan. Bu borada hayotimizda ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimizda 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urf-odatlari, an’analari, tiliga, konstitutsiyaviy huquqiy tenglikka ega.

Respublika Baynalminal Madaniyat Markazi (RBMM) va milliy madaniyat markazlari (MMM)ning faoliyati bu yerda yashovchi xalqlarning milliy an’analari, urf odatlari va marosimlarini qayta tiklash, ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirishga qaratilgan. Turli millatlarga mansub fuqarolarimizning katta umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish, mamlakat madaniy turmushidagi shonli voqealarni nishonlashda faol ishtirok etayotganliklari samimiy sahovat va mehr oqibat muhitini yaratmoqda. Bu muhit bizga yagona oila tuyg’usini qayta-qayta his etish «O’zbekiston umumiy uyimiz» degan so’zlar zamiridagi chuqur ma’noni anglab olish imkonini beradi.

Dastlabki milliy madaniyat markazlari koreyslar, qozoqlar, yaxudiylar, armanlar tomonidan Respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. O’sha paytda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida O’zbekiston hukumatining qaroriga binoan Madaniyat ishlari vazirligi huzurida Respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi. Ammo bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi 1991 yildan mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. 1992 yilning yanvarida Prezident I.A.Karimovning tashabbusi bilan Respublika millatlararo Baynalmilal markazi qoshidagi Madaniyat ishlari vazirligi Respublika «baynalmilal madaniyat» markaziga aylantirildi.

1992 yilda 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyatini birlashtirgan bu jamoat tashkiloti - «Baynalminal madaniyat» 2005 yilga kelib 120 ga yaqin markazlar ishini muvofiqlashtirib kelmoqda. Bugungi kunda ana shun-day markazlarni tuzish bo’yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda.

RBMM to’g’risidagi nizomda uning mustaqil muassasa ekanligi belgilab qo’yilgan. Markaz milliy-madaniy markazlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi. O’zbekistonda yashovchi milliy guruhlarning madaniy ehtiyojlarini qondirishda davlat idoralariga va jamoat tashkilotlariga ko’maklashadi.

Respublika Baynalminal Madaniyat Markazining moddiy texnikaviy baza bilan ta’minlanishi RBMM va MMM ishlarini faollashtirdi, ular-ning barlashuvi va samarali hamkorlik qilishi uchun keng istiqbollar ochdi.

O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Buning ijobati maktablarimizda 9 ta milliy tilda o’qitish ishlari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko’rsatayotganligida ko’rinmoqda.

Mazkur milliy-madaniy markazlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyo-siy barqarorligini ta’minlashdagi roli beqiyosdir. Milliy madaniy mar-kazlarning asosiy vazifalari 3 yo’nalishga ega:

1) Har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusum-larini tiklash, tarixiy Vatan bilan aloqa va munosabatlarni jonlantirish, milliy his-tuyg’ularning namoyon bo’lishiga keng yo’l ochish.

2) Mustaqil O’zbekistonni o’zining haqiqiy vatani deb bilish va unga beminnat hamda sadoqat bilan xizmat qilish.

3) Vatan bilan mushtarak hayot kechirish, uning madaniyati, turmush tarzi va tilini o’rganish, mustaqil davlatga nomi berilgan millat bilan do’stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash.

Ana shu 3 yo’nalishda olib borilayotgan ishlar yil sayin yangidan- yangi shakllarda, turlarda, yo’nalishlarda rang-barang bo’lib bormoqda. SHu jumladan:

- o’z milliy tarixini, madaniyatini, tilini, urf-odatlarini o’rganish to’garaklari ishlanmoqda;

- O’zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o’rganish to’garaklari faoliyat ko’rsatmoqda;

- milliy musiqa, raqs va hunar to’garaklari o’z ishini kengaytirmoqda;

- milliy bayram kunlariga bag’ishlab tadbirlar o’tkazmoqda, festi-vallar tashkil qilmoqda;

- tarixiy Vatanning rassomlari, yozuvchilari, shiorlari, oqimlari va baxshilari, madaniyat va siyosat arboblariga bag’ishlangan ko’rgazmalar tashkil qilinmoqda;

- tarixiy Vatandan kelgan siyosiy arboblar va madaniyat namoyondalari bilan uchrashuvlar o’tkazilmoqda va h.k.

Umuman, milliy madaniyat markazlari O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga katta hissa qo’shmoqdalar.

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarining o’z ona tilida o’qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, oliy o’quv yurtlari va maktablarda bunga amal qilinayotgani, ko’plab tillarda gazeta va jur-nallar chop etilib, teleko’rsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani va boshqa ishlar ham bu borada samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.

Qayerdaki millatlararo totuvlik g’oyasining ahamiyati anglab yetilmasa, jamiyat, hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga kelsa, bu jarayon - tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo’layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.

Turli millat vakillarining ijodiy tadbirlari, badiiy ko’rgazma-lari, bir tomondan, ayni millatning O’zbekiston fuqarosi sifatida o’z o’rni borligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, shu zaminda yashovchi barcha millat-larning O’zbekiston xalqi - O’zbekiston fuqarosi ekanligini namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g’oya atrofida birlashuviga olib boradi.

Bashariyat tushunchasi rango-rang millatlar va elatlar, shuningdek, turli din va irqqa mansub insonlarni o’ziga qamrab oladi. Demak, har bir inson bashariyat va ayni vaqtda o’z xalqi, o’z Vatanining farzandi hamdir. Har bir kishida o’z xalqining tili, ruhiyati, ana’analari, qadriyatlari barq urib turadi.

Milliy g’oya o’z mazmun-muhoyatiga ko’ra barcha millatlar-ning umumiy manfaatlarini ro’yobga chiqaradi. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik hamda ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

Zotan, har qanday polietnik davlatda turli millatlar o’rtasidagi munosabatlar davlat va jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratuvchi omillardan hisoblanadi.

3) Milliy-diniy bag’rikenglik g’oyasi hamda uning tarixiy va huquqiy asoslari. «Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi - xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi»1. Din qadim-qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o’zida mujassam etib keladi.

Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayot-gani ham ularning bir-birlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga ega bo’lganligidan dalolat beradi. CHunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va bag’rikenglikka da’vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo’lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda turli diniy ta’limotlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo’lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o’z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir. Tariximizning eng murakkab, og’ir davrlarida ham ular o’rtasida diniy asosda mojarolar bo’lmagani xalqimizning dinlararo bag’rikenglik g’oyasiga amal qilib yashab kelayotgan-liklaridan dalolat beradi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tash-kilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning o’z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunda o’z ifoda-sini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo’lib, ulug’ va mushtarak g’oyalar yo’lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.

4) O’zbekistonda milliy-diniy bag’rikenglik va dunyoviylik. Din-larning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo’lib, ular aslida bir-birlariga zid emas. Aslida diniy bag’rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilgan. O’sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar hayot saboqlarini bir-biridan o’rganganlar, ustoz-shogird bo’lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.

Hozirgi vaqtda O’zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar o’z faoliyatini o’zaro teng huquqlilik, hamdo’stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag’rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo’stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e’tiqodidan qat’iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo’lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko’ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko’ra ham inson eng oliy mavjudotdir.

Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin deganda, dunyoqa-rashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do’stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta’limot-lar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo’lishga undaydi.

Diniy bag’rikenglikning qaror topishi, mustahkamlanishi, rivojla-nishi barcha kishilarni e’tiqodidan qat’iy nazar milliy g’oya va mafkurani amalga oshirish yo’lida birlashtiradi. U mafkurani milliy g’oya va kishilar ongi hamda qalbiga joylashishiga yordam beradi.

Aksincha, diniy bag’rikenglikni tor ma’noda tushunish, bir tomonlama talqin qilish umumiy maqsadlardan chalg’itib, kishilarni o’zaro guruhlarga bo’lib yuborishi mumkin. SHuningdek, ayrim guruhlarning g’arazli manfaat-lariga xizmat qiluvchi diniy niqobni yuzaga keltiradi.

Bu haqida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov shunday yozadi: «Afsus-ki, insoniyat taraxida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o’ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinish-lari, avvalambor, o’z dinining haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar»1.

O’zbekistonda yangi demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o’tish davrida diniy bag’rikenglik qanchalik muhim bo’lsa, diniy bag’rikenglik uchun milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g’oyalari, o’z navbatida, dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini anglab olishga yordam beradi. Diniy bag’rikenglik g’oyasini to’g’ri tushunishga yordam berib, barcha kishilarni e’tiqodidan qat’iy nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy mutaassiblikka, ayirmachilikka hech qanday o’rin qolmaydi.

Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat SHarq emas, balki, Farb sivilizatsiyasiga mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga e’tiqod, an’ana va urf-odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma’naviy mezonlarni o’zida aks ettiradi.

Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo’yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O’rta Osiyo yeparxiyasi, yevangel xristian baptistlar cherkovlari Ittifoqi, Rim katolik cherkovi, To’liq injil xristianlar markazi, O’zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yahudiylar jamoasi, 7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta Krishnanani anglash jamiyati va 13 ta diniy o’quv yurti (1 ta Islom ma’hadi, 10 madrasa va 1 ta pravoslav va 1 ta to’liq injil xristianlari seminariyasi) davlat ro’yxatidan o’tgan.

O’zbekistonda dunyoviylik bilan diniylik o’rtasida andoza sifatida qo’llash mumkin bo’lgan yangi nisbatning shakllanishi natijasida dinlararo bag’rikenglik va millatlararo totuvlikning ta’minlangani, qolaversa, tabarruk zaminimizning azaldan umumjahon tamadduni markazlaridan biri bo’lgani barchaga ayon.

Hozirgi davlatlarning polietnik (ko’p elatli) va monoetnik

(bir elatli) davlatlarga bo’linishi

Er yuzida 6,5 milliardga yaqin aholi, 3 mingga yaqin millat mavjud. Ular o’z qatorida insoniyatning o’rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi. 4 foizi elatlar va qabilalardir. Har bir millatning soni 10 mingdan bir necha yuz minggacha boradi. Millatlar son jihatidan 5 ta guruhga bo’linadi:

1. Buyuk millatlar: aholisi har biri 100 milliondan ortiq songa ega.

2. Katta millatlar: aholisi 50-100 million atrofida.

3. Yirik millatlar: aholisi 10-50 million atrofida (O’zbekiston ham)

4. O’rta sonli millatlar: aholisi 1-10 million atrofida.

Kichik millatlar: aholisi har biri bir necha mingdan 1 milliongacha.

Sayyoramizda 1600 dan ortiq etnik guruh yashaydi. Ammo ularning ko’pchiligi o’z milliy davlatchiligiga ega emas. Dunyo siyosiy xaritasida 200 ga yaqin davlatlar bo’lib, ular 2 turga: 1) polietnik (ko’p elatli) va 2) monoetnik (bir elatli) davlatlarga bo’linadi. O’zbekiston ko’p millatli, polietnik davlatdir.

Er yuzidagi 1600 dan ortiq millatdan bor-yo’g’i 200 ga yaqini o’z dav-latchiligiga ega, xolos. Bunday sharoitda butun dunyoda milatlararo totuv-likni ta’minlash uchun ularning manfaatlari, ruhiyati, intilishlarini muntazam o’rganib borish, siyosiy-ijtimoiy hayotda buni doimo e’tiborga olish zarur.

Bugungi kunda mamlakatimizda 136 millat va elat vakillari istiqo-mat qiladi. Har bir millat - YAratganning mo’’jizasidir. Bu - olamdagi tabiiy rang-baranglik bilan jamiyatdagi milliy o’ziga xoslik dialekti-kasini ifodalaydi. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o’z qadriyatlari ham bor. Umumiy qadriyat va xususiy manfaatlar bir-biriga zid kelib qolishi yoki uyg’un bo’lishi mumkin. Bunda muayyan mamlakatdagi millatlararo reideologizatsiya siyosati muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Tarixiy tajriba ko’p millatli davlatning barqarorligi millat-lararo munosabatlarga daxldor huquq va erkinliklarni to’g’ri belgilab qo’yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga ham bog’liqligini ko’rsatadi.

Inson ongi hayotining 6 ming yili davomida 14,513 ta turli darajadagi urushlar sodir bo’lib, bunda 3 milliard 640 mln. kishi qurbon bo’lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Osvensem lagerida 4 mln. begunoh odam tiriklayin yoqib yuborilgan, kuli ekinzorga sepilgan. 5 ming yil ichida insoniyat bor-yo’g’i 292 yil urushsiz tinchlikda yashagan.

Ma’lumotlarga ko’ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatda 36 harbiy nizo sodir bo’lgan. Ularning 27 tasi, ya’ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e’tiborga oladigan bo’lsak, ularning milliy, diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi.

Bemalol aytish mumkinki, jahonning turli nuqtalarida alangalanib turgan bunday nizolar aksariyat hollarda millatlararo munosabatlarda millatlararo totuvlik, bag’rikenglikning yo’qligi ham sabab bo’lmoqda. SHu nuqtai nazardan, respublikamiz milliy siyosatining asosiy tamoyillari hayotda ham o’z ifodasini topmoqda.

Istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o’zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar o’rnatishga imkon berilmoqda. O’rnatilgan aloqalar ona tilini o’qitish va o’rganishni yo’lga qo’yish, turli qo’llanmalar va adabiyotlarni o’z vaqtida olish, yoshlarga ta’lim olish uchun rivojlangan mamlakatlar, ba’zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. SHuningdek, keng qamrovli madaniy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keldi.

Respublikada istiqomat qilib turgan 136 millat va elatning har biri o’ziga xos madaniyatga va ko’p asrlik an’analarga ega. O’zbekiston Respublikasi o’tkazayotgan milliy siyosatning eng muhim ustuvor yo’nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi eng katta yutug’imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o’zgarmas ahamiyati tushunchasi kun sayin oshib bormoqda».

Dunyoning qariyib barcha mamlakatlari ko’p millatli. Respublikamiz ham ana shunday boy, turfa madaniyatlar gullab-yashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir o’zbekistonlikka iftixor baxsh etadi. O’zbekistonni o’z Vatani deb bilib, uning taraqqiyoti yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimizdan har biri buni dildan teran his qilmoqdalar. Olib borilayotgan oqilona milliy siyosat tufayli respub-likamizda qaror topgan tinchlik, ijtimoiy totuvlik, o’zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.

O’zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaat-larini uyg’unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti butun jahondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog’liqdir.

Xalqimizning «Qo’shning tinch - sen tinch», «YOn qo’shni - jon qo’shni»1 degan maqolida ana shu haqiqat nazarda tutilgan. Butun dunyoda, birinchi navbatda, qo’shni mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan etnoslar orasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, hamkorlik hamjihatlik, tenghuquqli munosabat bo’lmasa, ulardan hech biri o’zining porloq istiqbolini ta’minlay olmaydi.

Islom Karimov O’zbekistonning bu boradagi o’ziga xos siyosatini bayon etib, quyidagicha ta’kidlagan: «Respublika aholisi o’rtasida ko’pchilikni tashkil qiladigan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli halqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga xos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas’ul bo’lishdan ham iboratdir». Bunday muhit millatlararo munosabatlarda turli muammolar tug’ilishiga aslo yo’l qo’y-maydi va Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, halq farovonligi kabi umummilliy g’oyalarni hamkor va hamjihat bo’lib amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, olija-noblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar avloddan-avlodga avaylab o’tkazib kelinmoqda.

Mustaqillik yillarida millatlararo totuvlik g’oyasi ilgari suril-gani va amalda unga erishilgan O’zbekiston rivojida qo’lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir.

Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, xalqaro tamo-yillarga mos yo’l bilan yechish, millatlararo munosabatlarni uyg’unlash-tirish chora-tadbirlari ko’rib kelinmoqda. Bu borada konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutilmoqda. YUrtimizning ko’pmillatli xalqi ongida «O’zbekiston - yagona Vatan» degan g’oya asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg’u-sini shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim yo’nalishiga aylandi.

1994 yil 23 mayda O’zbekistonda Qozog’iston kunlarining ochilishiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda Islom Karimov «Tariximiz ham, kelajagimiz ham mushtarak» mavzusida nutq so’zladi. «Ona yurtimiz, Turkiston, - degan edi u, - katta bir uy, buyuk bir ro’zg’or, buyuk bir oila. Bu oila farzandlari yaqin va ahil bo’lsa, ro’zg’or ham shunchalik obod va to’kin bo’ladi».... 1994 yil 10 yanvarda Toshkentda O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasida yagona iqtisodiy makon barpo etish to’g’risida shartnoma imzolandi. 1994 yil 16 yanvarda Qirg’iziston ham bu shartnomaga qo’shildi. 1994 yil 30 aprelda O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon barpo etish to’g’risida bayonot qabul qilindi.

Islom Karimov «Vatan - sajdagoh kabi muqaddasdir» (1995 yil 5 mayda Oliy Majlisning 2-sessiyasida), «Tur-kiston - umumiy uyimiz» mavzuidagi nutqlarida Markaziy Osiyodagi o’zaro iqtisodiy integratsiya aloqalari xususida o’z fikr-mulohazalarini bayon etdi. 1995 yil 20 mayda Qozog’istonda O’zbekiston kunlarining tantanali ochi-lishi marosimida Islom Karimov «Do’stligimiz quyoshi ming yilliklar qa’ridan nur sochadi» mavzuida nutq so’zladi. 1997 yil oxirida o’z-o’zini boshqaradigan «O’zbekiston-Qozog’iston do’stlik jamiyati» nodavlat tashki-loti tuzildi.

1997 yil 10 yanvarda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlat-lararo kengashida imzolangan Abadiy do’stlik to’g’risidagi shartnoma esa o’zaro integratsiyani yanada jadallashtirdi. 1997 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo - yadro qurolidan holi zona» mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. YAgona iqtisodiy makonga 1998 yil 26-28 martda Tojikiston Respublikasi ham qo’shildi.

Taniqli faylasuf olim Ibrohim Mo’minov ta’kidlaganlaridek, milliy munosabatlar ijtimoiy-siyosiy hodisa bo’lib, sof holda mavjud bo’lmaydi, ya’ni u iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy munosabat tomonlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 30 millionga yaqin o’zbeklar yashaydi. O’zbekistonda 26,5 million aholining taxminan 18 milliondan ko’prog’ini o’zbeklar tashkil etadi. SHuningdek, Tojikistonda jami aholi-ning 24,4 foizini, Qirg’izistonda - 13,8 foizini, Turkmanistonda - 9,0, Qozog’istonda - 2,5 foizini o’zbeklar tashkil qiladi.

Umuman, milliy siyosatda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilmoq lozim:

1) Davlatning etnik siyosati shaxs huquqlarini himoya qilishning ustuvor bo’lishiga asoslanishi darkor, shuningdek, milliy ozchilikning huquqlari ham kamsitilmasligi shart.

2) Davlatning etnik siyosatidagi bosh yo’l millatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi lozim.

3) Odamlarni ijtimoiy himoyalashning kuchli mexanizmini ta’min-lab, respublikada yashayotgan barcha millatlarga mansub aholining manfaat-larini hisobga olish zarur.

Abdulloh Ansoriy: «Jamiyatning 4 asosi bor: tinchlik, barqarorlik, ezgulik, xotirjamlik» degan edilar.

Demak, «Aholining barcha qatlamlarida mafkuraviy, madaniy-ma’ri-fiy, tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish - bu zamon talabidir.

Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur, chunki mafkura bo’lmasa odam, jamiyat, davlat yo’lini yo’qotishi muqarrar».1

Milliy istiqlol g’oyasining ma’nomazmunini va uning millat hayotidagi o’rnini mukammal tushunib yetish uchun eng avvalo, unga zamin bo’ladigan nazariy va amaliy negizni aniqlab olish muhim ahamiyatga molik. Shu nuqtai nazardan, milliy istiqlol g’oyasining tarixiy, falsafiy ildizlari uning tamoyillari ham birbiri bilan uzviy bog’liqlikdadir. Ularning uzviy bogliqligi negizida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi yotadi. Demak uning asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik g’oyasi bilan bogliqdir. Darhaqiqat, bugungi kunda bu so’zni juda ko’p ishlatamiz. Shu o’rinda nega insonparvarlik milliy g’oyaning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib qolmoqda, degan savol tutiladi. Buning birinchi sababi mustaqillik tufayli insonparvar va demokratik jamiyat barpo etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ana shu imkoniyatni voqyelikka aylantirishda ikkita muhim masalani hal etish zarurati vujudga keladi.

Ulardan birinchisi — odamlarning ongi va tafakkuridagi mustabid tuzum asoratlaridan, uning g’ayriinsoniy g’oyalaridan, shuningdek yakka mafkurachilik tamoyilidan tozalashdir. Bunga eripshshning bir qator yo’nalishlari mavjud. Eng muhimi, yangi jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Bunda milliy g’oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson va jamiyat manfaatlari uyg’ushshgini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch hisoblanadi.

Ikkinchi sababi — insonparvarlik tamoyilida umumbaShariy tamoyillar bilan bir qatorda millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi, qarashlar xilmaxilligi o’zaro uygunlashtiriladi. Bu jarayon mamlakatimiz taraqqiyotida barqarorlik xavfsizlik masalalari bilan hamjihatlikda tutashgan holda namoyon bo’ladi.

Milliy g’oyaning umumbashariy tamoyillari haqida fikr

yuritganda mustaqillik yillarida insonparvarlik masalasining ustuvor yo’nalishga ega bo’layotganligi tasodifiy hOl emas. Ma’lumki, insonparvarlik haqida juda ko’plab Sharq va Garb mutafakkirlari o’z fikrlarini bayon etishgan. Masalan, qadimgi Xitoyda ilk insonparvarlik royasining ijtimoiy fikrlari Konfusiy (e.o. 511-479 y.y.) ta’limotida, qadimgi Markaziy Osiyoda «Avesto» kitobida, buddizm dinida, Xristian dinining ajr g’oyasida, ya’ni jafokashlar va bechoralarga ilohiy saltanatda baxt va ozodlik berishni va’da qilganligi, islom dinida yetti aqidada o’z ifodasini topgan. Shuningdek xalqaro huquqdagi «Inronparvarlik huquqi» atamasi ham mavjudki, ushbu atama birinchi marta qurolli mojaro yuzaga kelgan holatda madaniy qadriyatlarni himoya qilish to’grisidagi konvensiyada ishlatilgan edi1.

Millat taadiriga daxldor bo’lgan g’oyalar eng avvalo, milliy zamin bilan bogliq bo’ladi. Unga tayanmagan, undan bahra olmaydigan yoki undan uzilib qoladigan g’oyalar millat manfaatlariga ham xizmat qila olmaydi.

Bu jarayonda ikki muhim qonuniyat amal qiladi:

Birinchi qonuniyat millatning o’ziga xos xususiyatlar va mentalitetga ega ekanligi. Ular millat taraqqiyoti va istiqboli uchun asosiy manba hisoblanadi. O’z negizlari asosida rivojlanish yo’lidan bormaydigan millat istiqbolda, o’zligini yo’qotadi. Uni hisobga olish, amal qilishini millatning o’z negizlariga tayanib rivojlanish qonuniyati deb aytish mumkin bo’ladi.

Ikkinchi qonuniyat har qanday jarayonda bo’lgani kabi milliy rivojlanishda ham vorislik qonuni amal qiladi. Uning mazmuni shundaki, barcha jarayonlar o’zo’zidan paydo bo’lmaydi, balki ular shu yo’nalishda mavjud bo’lgan oldingilari bilan bogliq bo’ladi. Uning negizida yuzaga keladi, undan keyingi taraqqiyot uchun xizmat qilishi mumkin bo’lgan elementlarni qabul qilish asosida, yangisi shakllana boshlaydi. Bu jarayon vorislik qonuni hisoblanadi.

U millatning o’z negiziga asoslanib rivojlanishi shart bo’lgani uchungina emas, balki barcha jarayonlar uchun ham amal qiladi. Bu vorisiylik qonuniyatning xarakterli xususiyatidir.

Uning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, u millatning o’z negizlari asosida rivojlanishi uchun imkoniyatlar salmog’ining mustahkam bo’lishiga xizmat qiladi.

Milliy g’oya shakllanishida ana shu ikki qonuniyatning uyg’unligi asosiy hisoblanadi.

Albatta, milliy g’oya negazlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan cheklanmaydi. Shuning bilan bir qatorda, umumbashariyat erishgan ilg’or yutuqlarga ham tayanadi.

Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin ijtimoiy rivojpanishning quyidagi to’rtta asosiy negizini belgilab bergan edi. Bular:

— umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

— xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

— insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

vatanparvarlik1 kabilardir.

Ko’rinib turibdiki, ularda milliy g’oya tamoyillari umuminsoniy qalriyatlar bilan o’zaro uyg’unlaishb ketgan.

Ana shu negizlar asosida milliy g’oyamizning asosiy tamoyillari shakllanadi. Xo’sh, bu prinsip nima? Tamoyil biror bir ta’limopg, dunyokarash yoki faoliyatning kat’iy amal kiladigan koidasi va me’yorini anglatuvchi tushuncha hisoblanadi.

Shu ma’noda ham milliy g’oyaning o’ziga xos tamoyillari mavjud bo’lib, ular asosida milliy rivojlanishning dolzarb vazifalari amalga oshirilmoqda.

Milliy g’oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:

— milliy ong, milliy tafakkurning va milliy o’zlikni shakllantirishga yo’naltirilganligi;

— millatni birlashtirishga qaratilganligi;

— millat manfaatini ifodalashi;

— ilgor milliy urfodatlar, an’analar va qadriyatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishiga asos bo’lishi;

— milliy gurur, iftixor va mas’uliyatning shakllanishi va mustahkamlanishiga zamin bo’lishi;

— ko’p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan ruhiyatining shakllanishiga asos bo’lishi;

— milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o’zlashtirish va keyingi avlodga yetkazishning ma’naviyruhiy manbasi bo’lishi;

— yoshlarimizda Vatanparvarlik millatparvarlik xalqparvarlik va umuminsoniylik ma’naviy, ruhiy salohiyatini shakllantirishga qaratilganligi;

— millatimizning mustaqil subyekt sifatida maqomini aks ettirish;

— millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma’naviyruhiy tayanch bo’lish;

— millatimiziing o’zi bilan yonmayon yashayotgan millat va elat vakillarini o’z atrofiga uyushtirish, ular bilan tinchtotuv yashash, ularga hurmat, ehtirom bilan qarash, yordam ko’rsatish, hamkorlikni mustaxdsamlash va ular asosida yagona o’zbekiston xalqi tuyg’ularining shakllanishiga manba bo’lishi;

— millatimizning zamonaviy sivilizasiyalariga munosib hissa qo’shishiga ma’naviyruhiy kuchqudrat va ilhom bagishlashi;

— O’zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish va mustaxkamlashning nazariy asosi bo’lish;

— komil inson g’oyasini o’zida aks ettirish kabilarni tashkil qiladi.

Milliy g’oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning rivojlanishi natijasida milliy o’zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari negizlarining milliy ongda namoyon bo’lishidir.

Milliy ong millatning o’ziga xosligi asosida rivojlanib borishidagi ko’rsatkichi bo’lsa, milliy o’zo’zini anglash manfaatlarni himoya qilishda harakatga keltiruvchi ichki ma’naviyruhiy salohiyatidir1.1

Aslida, milliy ong, milliy tafakkur va milliy o’zlikni anglashdan iborat bo’lgan uchlikka amal qilmagan, uni o’zida aks ettirmagan yoxud uni rivojlantirishga va mustahkamlanishga yo’nalmagan g’oya o’ziga milliy g’oya maqomini ham olaolmaydi. Chunki, ana shu uchlikning millat mavjudligining ham real ifodasi hisoblanadi. Milliy g’oya milliy ong va milliy tafakkurning oliy ko’rinishi, uning reallikka aylanishining belgisi hisoblanadi. Ularning o’zaro ta’siri natijasidagina milliy o’zlikni anglash omili shakllanadi va millatning «men»i yuzaga keladi. Millat o’zo’zidan shakllanmaydi, balki u jamiyat tarixiy taraqqiyotining mevasidir. Uning to’laqonli millat maqomiga yetishi uchun har bir etnik birlik milliy tilning, madaniyat, urfodat, an’analar, qadriyatlardagi o’ziga xosligini ya’ni, milliy o’zligini anglashi lozim1.

Ana shu o’ziga xoslik orqali milliy g’oya namoyon bo’ladi. Milliy g’oya o’ziga xoslikni mustahkamlaydi, va uning millat vakillari dunyoqarashiga aylanishida asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bu jarayon, o’z navbatida, milliy totuvlik hamjihatlikning vujudga kelishiga olib keladi.

Shu ma’noda uning eng muhim tamoyili millatni birlashtirishga qaratilganligi hisoblanadi.

Milliy manfaatlar milliy g’oyada mustahkam ifodalangan bo’lsagina milliy hamjihatlik mustahkam bo’ladi. Shu ma’noda ham milliy g’oyaning qudrati milliy manfaatlarni to’laqonli ifodalashi bilan belgilanadi.

Milliy royaning yana bir tamoyili, uning milliy urfodat, an’ana va qadriyatlarni mustahkamlash va rivojlanishiga asos bo’lishi hisoblanadi. Ular millatgogag o’ziga xosligini eng yuksak darajada ifoda etadi. Uning mustahkamlanishi va rivojlanishi milliy g’oyaga bog’liq bo’ladi.

Milliy gurur, iftixor va mas’uliyat kabi tuyg’ularning shakllanishi ham milliy g’oya bilan bogliqdir.

Milliy gurur har bir insonning millat vakili sifatida o’zo’zini anglaish natijasida sodir bo’ladigan ichki ruHiy holat hisoblanadi. Bu tuyg’u o’z ona zamini, avlodajDodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma’naviy merosDan, o’z millatining jahon sivilizasiyasiga qo’shgan hissasidan, o’z Vatanining taraqqiyotda erishgan yutuqlaridan, Millatining o’zga millatlar oldidagi qadrqimmati, obro’e’tiboridan ruhining ko’tarilish hissiyotidir.

Milliy iftixor har bir millat vakilining o’z millatining, taraqqiyotning barcha yo’nalishlarida erishgan yutuqlaridan faxrlanish, shodlanish kayfiyati hisoblanadi.

Milliy mas’uliyat esa har bir millat vakilining o’z millati bugungi, ertangi kuni va istiqboli uchun o’zini dahldor ekanligini his qila bilishdir.

Bu tuyg’ular negizida milliy g’oya turadi. Uning asosiy vazifasi ham ana shu tuygularni shakllantirishga yo’nalganligi bilan belgilanadi. Chunki, ular har bir millatning taraqqiyotga erishish va yuksalishida asosiy omil bo’ladi.

Insoniyat aql zakovati yuksalib borayotgan, uning oldida yechish murakkab bo’lgan global muammolar ko’lami kengayib borayotgan butungi kunda milliy g’oya tor manfaatlar emas, balki mamlakatda yashayotgan barcha halqlarning manfaatlarini ifoda etib yagona Vatan tuyg’usini shakllantirishga xizmat qiladi. Albatta, umumiy Vatan tuyg’usini shakllantirish bu har bir millatga xos bo’lgan xususiyatlarning barbod bo’lishiga emas, balki umumxalq ruhiyatining shakllanishiga olib keladi. Yagona Vatan rux^shti nafaqat mamlakat nomi bilan ataluvchi millat vakilida, xuddi shuningdek unda yashayotgan o’zga millat va elat vakillarida ham vatanparvarlik unga egalik qilish, uning istiqboli oldida mas’ullik kabi hissiyotning shakllanishiga olib keladi. Shuning uchun ham milliy g’oya bugungi kunda bir millat doirasidan umumxalq doirasigacha bo’lgan manfaatlarni uygunlashtirishga asos bo’lmoqsa.

Milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o’zlashtirish va ularni keyingi avlodga yetkazishda milliy g’oya ma’naviyruhiy manba hisoblanadi. U ana shu ma’naviyruhiy salohiyatdagi milliylikni «asrash», ularga kuchquvvat bagishlab turish vazifasini amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda, millat vakillarini milliyma’naviy boyliklar bilan oziqlantiradi, ularda o’z merosini asrash va uni keyingi avlodga yetkazish ruhiyatini ham shakllantiradi.

Bu jarayonda milliy g’oya bir tomondan milliyma’naviy boyliklarni asrash omili bo’lsa, ikkinchi tomondan, millat avlodlarini o’zaro bog’lab turish vazifasini ham bazkaradi. Undagi mavjud milliylik omili avlodlarni o’zaro ma’naviyruhiy jihatdan boglab turadi va shu tariqa milliy meros va tarixiy xotiraga umrboqiylikning baxsh etylishida milliy g’oya asosiy omildir.

Milliy g’oyaning milliy meros va tarixiy xotiraning asosi bo’lishi nafaqat milliy o’ziga xoslikni, shuningdek millat vakilida yuksak iroda, e’tiqod kabi fazilatlarni shakllanishida manba rolini bajaradi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek «Tarixiy xotirasi bor inson — irodali inson... Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi» *.

Mamlakat yoshlarida vatanparvarlik millatparvarlik xalqparvarlik va umuminsoniylik kabi tuygularni shakllantirish ham milliy g’oyaning muhim tamoyili hisoblanadi. Chunki, boshqa har qanday g’oyalarga qaraganda ham unda o’zini anglaran har qanday inson qalbi, yuragi va ongiga ta’sir etuvchi nozik tuygular mujassamlashgan. Xususan, inson o’zinio’zi anglab, men kimman, mening avlodajdodlarim kim, qaysi millatga mansubman, mening ona zaminim qayerda, — degan savollarni o’ziga berish va unga javob topishni milliy g’oyadan, uning ulkan negizlaridan izlaydi. U savollarga boshqa bironta g’oya javob bera olmaydi.

Milliy g’oyaning yana bir tamoyili, birining ikkinchisiga o’xshamaydigan xususiyatlarga ega ekanligi, o’zgalarning ma’naviyruhiy holatini aynan qabul qilaolmasligi bilan bogliqdir. Bir millatning ma’naviyruhiy salohiyati shakl va mazmun jihatdan ikkinchisida takrorlanmasligi ularning har biriga o’ziga xos individuallik baxsh etadi. Ana shu individuallik milliy g’oyada o’z ifodasini topadi. Bu har bir millatning mustaqil subyekt sifatidagi maqomini ta’minlab turadi. O’ziga xos individuallik milliyma’naviy taraqqiyot go’zalligini ifodalaydi va ularning ilgor qirralari orqali umumbashariylikka daxldor bo’lgan ma’naviy boylik vujudga keladi.

Milliy g’oyaning asosiy tamoyillaridan yana biri millatning ozodligi, uning mustaqilligini ta’minlashda ma’naviy-ruhiy manba bo’lishidir.

Millatning mustaqil bo’lishi, uning o’z taqdirini o’zi hal etish imkoniyatiga ega bo’lishida milliy g’oya asosiy manba bo’ladi. Chunki, u nafaqat millatga mustaqil subyekt maqomini baxsh etadi, shuning bilan birga, uning mustaqil taraqqiy qilishini zaruriyat va ehtiyojga aylanishini ham ta’minlaydi.

Chinakam milliy taraqqiyot g’oyalari, har doim o’zida adolat, tenglik tinchlik va demokratiya tamoyillarini aks ettiradi. Ular har bir millat uchun eng zarur ehtiyoj hisoblanadi. Chunki, adolat buzilgan joyda ziddiyat, tenseizlik mavjud bo’lgan sharoitda ishonchsizlik tinchlik bo’lmagan joyda parokandalik demokratiya bo’lmagan joyda insonning erkin nafas olishi imkoniyatini yuzaga chiqarish mumkin bo’lmaydi.

Ko’rinib turibdiki, ularning har biri millatning istiqboli uchun zarur bo’lgan omillardir. Milliy g’oya shu ma’noda ham ularni o’zida mujassamlashtirishi hamda milliy taraqqiyotning asosiy ko’rsatkichlariga aylanishiga xizmat qilishi zarur.

Ular har qanday ilgor milliy g’oyaning umumbashariylikka daxldor bo’lgan qirralari hisoblanadi. Ulardan mahrum bo’lgan milliy g’oya, chinakam umummilliy g’oya darajasiga ko’tarila olmaydi.

Milliy g’oyaning umumbashariy tamoyillari Milliy g’oya millatning manfaatlari va ehtiyojlarini umuminsoniy tamoyillarni o’zida uygun holda aks ettirishi bilan xarakterlanadi. U umuminsoniy tamoyillarga zid emas, balki uning negizida, shakllanadi. Ya’ni, millyy g’oyaning tamoyillari umuminsoniy tamoyillar negizida shakllanmaydi, aksincha milliy tamoyillarning ilgor, barcha xalqlar manfaatlari va ehtiyojlariga javob beradigan jihatlari hisobiga umuminsoniy tamoyillar shakllanadi.

Ana shu xulosaga muvofiq milliy g’oyaning umuminsoniy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:

— milliy mahdudlik agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bo’lish;

urush olovini yoqish, o’zga millatlarga zulm o’tkaziShdan xoli bo’lish, mamlakatlararo beqarorlikni vujudga keltirish vositasiga aylanmaslik;

adolat, tenglik tinchlik bunyodkorlik va demokratiya g’oyalarini o’zida ifoda ettirish;

— jahon xalqlari yaratgan sivilizasiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga yetkazishda ma’naviyruhiy omil bo’lish;

— insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish;

— diniy bagrikenglik toyalarini o’zida ifodalash;

— inson haqhuquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrlilikni himoya qilish;

— qonun ustuvorligini, millatlararo hamjihatlshshkni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga asos bo’lish;

har bir millatning urfodatlari, an’analari va qadriyatlarini hurmat qllish, ilgor tajribalarini o’rganish va o’z millati erishgan yutuqlarini ularga yetkazish;

— vayronkor va turli garazli g’oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g’oyalar rivojlanishining omili bo’lish kabilardir. Ular o’z mazmun va mohiyati jihatdan har bir milliy g’oya uchun xos bo’lgan umuminsoniy tamoyillardir.



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish