Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Milliy g’oyaning dunyoviy ildizlari ilm-fan, ma’rifat



Download 1,28 Mb.
bet3/6
Sana29.11.2019
Hajmi1,28 Mb.
#27676
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2018 G'OYA MAJMUA

Milliy g’oyaning dunyoviy ildizlari ilm-fan, ma’rifat.


Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume’tirof etilgan tamoyillar va konun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi xam qonun yo`li bilan kafolatlanadi. ana shunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tamoyil asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o`rni va axamiyatini aslo inkor etmaydi.

Ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo`lgan dunyoviy, ilmiy durdonalari milliy g`oyamizning falsafiy negizlarini belgilaydi. YUnon faylasufi Geraklit o`zining SHarkda o`tgan g`oyaviy ustozlarini, «Avesto»dek muqaddas kitobda bitilgan falsafiy fikrlarni nazarda tutib, yurtimizga «falsafiy tafakkur beshigi» deb ta’rif bergan edi.

Mustaqillikdan so`ng olib borilgan ilmiy tadqiqot va izlanishlar natijasi qadimiy madaniyat ildizlari qadimgi yunon sivilizasiyasi bilan tenglasha olishini ko`rsatdi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, Fales bilan bir maqomda turadigan, Salon bilan bahslashgan mutafakkir faylasuf Anaharsis Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan.

Hattoki Sobiq Ittifoq davridagi adabiyotlarda ham quyidagi mulohazalarni tan olishga majbur bo`lishgan. “Qadimgi Gresiyaning mashhur mutafakkiri Suqrot yaqin vaqtgacha “axloq falsafasining otasi” hisoblanib kelingan edi. SHarq madaniyati bilan chuqur tanishish natijasida XX-asr olimlari bu fikrdan qaytishga majbur bo`lib, etika to`g`risidagi fikr va mulohazalar ancha burun, ya’ni, bundan 26 asr oldin SHarq mamlakatlarida paydo bo`lgan, degan fikrga keldilar[1].

Tadqiqotchilar O`zbekiston zaminini hamda uning buyuk faylasuflari, ularning asarlari (“Avesto”), xususan, Anaharsis nazarda tutilgan bo`lishi kerak deydi. Qadimgi YUnonistonda “Etti donishmand” degan tushuncha mavjud bo`lib, bunda o`z davrining yetuk faylasuf olimlari, notiq va qonunshunoslar bu yettilikdan o`rin olgan. Bu yetti donishmand orasida Fales, Solon, Suqrot, Pifagor, Anaksagor, va albatta Anaharsis ham nazarda tutilgan. Anaharsisni yetti donishmanddan biri sifatida Aristotel, Diogen, Laertskiy, Platon, Plutarxlar o`z asarlarida qayd etishgan. Demak Anaharsisni turli davrblarda yashagan bir necha mualliflar yetti donishmandning biri sifatida sanab o`tishgan. Hattoki Anaharsis sharafiga Afinada yodgorlik o`rnatilgan. Muallifning yozishicha Anaharsis, borliq, bilish nazariyasi masalalari va haqiqat mezonlari to`g`risida, inson bilimining cheksizligi, narsa va hodisalar mohiyati to`g`risida, har qanday fikrga, g`oyaga nisbiy haqiqat tarzida shubha bilan qarash haqida asarlar yozgan. U birinchi bo`lib kema langarini, kulolchilik charxini kashf qilgan, deb e’tirof etishadi[2].

Haqiqatdan ham YUnonistonda yetti donishmanddan biri sifatida e’tirof etilishi, bu Anaharsisning ensiklopedik bilim sohibi bo`lganligini bildiradi.

Anaharsis skif millatiga mansub bo`lib, Markaziy Osiyo hududida, xususan, Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida yashagan saklar yoki skiflar avlodiga tegishlidir. Anaharsisni skif millatiga tegishli ekanligini Laertlik Diogen o`zining “Mashhur faylasuflarning hayoti, ta’limoti va hikmatli so`zlari haqida” degan asarida ko`rsatib o`tadi. Skiflar va ular bilan bog`liq voqealar haqida G`arbda asarlar bitilgan. Masalan, Fransuz faylasuf olim Volter “Skiflar” tragediyasirni yozgan XVI-asrda lotin tilida “Ckiflar shohi Temurlang” kitobi nashr ettiraladi. Mazkur manbalar bo`yicha skiflar yoki saklar Mavrounnahr hududida qadimdan mavjud bo`lgan, ularning boy moddiy va ma’naviy madaniyati hamda ularning yuksak bilim va falsafasi boshqa g`arb mamlakatlarining fani, jumladan falsafa fani shaklllanishiga ijobiy ta’sir qilgan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mashhur faylasuf Anaharsis YUnonistonda bo`lgan va mahalliy aristokratiya vakillarini doimo lol qoldirgan. Uning Salon bilan savol-javoblarini yunon faylasufi Germipp qayd qilib o`tgan. Tadqiqotchilar mazkur asos va dalillardan kelib chiqib Anaharsisni dastlabki faylasuflardan biri deb, falsafa fanini o`zbekistonlik Anaharsisdan boshlangan degan fikrni ilgari suradi. Bunday fikrga kelish uchun SH.Xaitov asosan g`arbning qadimgi davr mutafakkirlari yozib qoldirgan manbalarga tayanadi. Masalan, Klavdiy Elianning “Drevnye avtori o Sredney Azii”, Laertlik Diogenning “Mashhur faylasuflarning hayoti, ta’limoti va hikmatli so`zlari haqida, Aristotelning “Nikomax etikasi”, shuningdek Germipp, Damon Krenskiyning yozib qoldirgan asarlari shular jumlasidandir.

Anaharsisdek faylasufni O`zbekiston zaminidan yetishib chikkan bu tasodifiy bir hodisa emas , balki bu zamin sarhadida Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk siymolardan tashqari 100lab Buxoriylar, 20dan ortik Paykandiylar, 100ga yaqin Xorazmiylar, 20ga yaqin Termiziylar, 80ga yaqin Samarqandiylar, 20dan ziyod Farg`oniylar, 11ta Marg`inoniylar, 10lab Toshkandiylar, 10lab Zominiylar, G`ijdivoniylar, Nashxibiylar, Nasafiylar, Navoiylar, Nakshbandiylar, Narshaxoniylar kabi olim va faylasuflar samarali ijod etganlar.

ІX-XII asrlar davomida Movarounnahr butun musulmon olamida ilmiy

- madaniy jihatdan eng rivoj topgan o`lka sifatida mashhur bo`lib, bu yerda qadimiy an’analar bilan arab, fors, qisman hind hamda qadimgi yunon ilmiy-madaniy an’analari qorishuvi asosida islomiy, falsafiy va tabiiy ilmlar – astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jug`rofiya kabilar rivoj topdi. Bu davr ma’naviyatining muhim tomonlaridan biri shundaki, olim, donishmand, shoirlarning ko`pchiligi qomusiy bilimlarga ega bo`lib, ilmlar bir-biridan ajralmasdan, uzviy bog`liq holda mavjudligi xarakterli edi. SHuning uchun ham al-Forobiy, ibn Sino, al-Beruniy, az-Zamaxshariy, Ismoil Jurjoniylar juda ko`p sohalarda ijod etib, o`chmas iz qoldirdilar. SHu bilan birga matematika, astronomiya, tibbiyot, mantiq, tilshunoslik, tarix kabi ilmlar, madaniyat, ma’naviyatning rivojida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgani, islom dinining nazariy masalalari bilan birga axloqiy tomonlari ham keng rivoj topganini ko`ramiz.

Bu davrda ayrim mualliflar keltirgan ilmlar tasnifida dunyoviy(an’anaviy) ilmlar bilan birga arab(islom) ilmlari ham qayd etiladi. Birinchisiga, yunonlardan o`tgan falsafa, matematika, fizika va boshqa qator ilmlar kiritilgan bo`lsa, islom ilmlari sifatida kalom, hadis, fiqh kabi ilmlar sanab o`tiladi. Movarounnahr bu davrda dunyoviy ilmlarnigina emas, balki islom ilmlarining ham rivojlanish markaziga aylangan. Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy, Moturudiy, Marg`inoniy, Kosoniy kabi allomalar bu sohada mashhur bo`ldilar.

Diniy va dunyoviy ilmlar uzviy bog`liq holda rivoj topdi. ІX asr boshlari va birinchi yarmida arab xalifaligi poytaxti Bag`doddagi “Bayt ul-Hikma” ilmiy markazining dovrug`ini ko`tarishda O`rta Osiyodan borgan Xorazmiy, Farg`oniy, Javhariy, Abu Mansur. At-Turkiy, Marvaziy kabi yosh olimlarning aniq va tabiiy fanlar sohasidagi faol xizmatlari ulkan ahamiyatga ega bo`ldi.

Insoniyat sivilizasiyasida, ilm-fan taraqqiyotida ulkan hissa qo`shgan olim al-Xorazimiydir. U kishining to`liq ismi Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bag`dod) — Markaziy Osiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. 819 y.da Bag`dodni egallagan al-Ma’mun turkistonlik olimlardan Xorazimiy, Ahmad al-Farg`oniy, Habash al-Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o`zi bilan olib ketib, o`ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy mu-assasa — «Bayt ul-hikmat» («Donishmandlik uyi») ning o`zagini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazimiy yetakchi olim va ilmiy rahbar bo`lgan.

Xorazimiyning bizgacha o`ntacha asari to`liq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. SHu asarlarning o`ziyoq ko`rsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizasiyasiga buyuk hissa qo`shgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi Jorj Sarton Xorazimiyni «O`z zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar e’tiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri», deb baholagan. Bunday baho Xorazimiyning matematika tarixida tutgan bekiyos o`rni tufaylidir.

Fan tarixchisi Adam Mes iborasi bilan «Musulmon renessansi» deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda Xorazimiy nomi va ilmiy jasorati bilan bog`liq.

Xorazimiy algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning «Kitob muxtasar min hisob al-jabr val-muqobala» («Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») asari nomidan kelib chiqqani yaxshi ma’lum. Xorazimiyning bu asari 12-asrning boshlarida Seviliyalik Robert CHester tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib «aljebra» (fransuz, ingliz tillarida), «algebra» (nemis, rus tillarida) deb atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan. Bir necha asrlar yevropa ilm dargohlarida asosiy darslik hisoblanib kelingan. O`nlik pozision hisoblash sistemasi yevropaga tarqalishiga sabab bo`ldi. Uning nomi fanda "al-Xorazmiy " – algoritm shaklida fanda abadiy o`rnashib qoldi.

Xorazmiyning fan taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan yana bir asari «Zij»dir. U nazariy astronomiya va astronomik jadvallardan iborat bo`lib, arabcha qo`lyozmalari saklanmagan, Masla-ma al-Majritiy (10-a.) tomonidan qayta ishlangan variantning lotinchaga va yahudiychaga tarjimalari yetib kelgan. Xorazmiy «Zij»i ham astronomiya va trigonometriyaning keyingi taraqqiyotida namuna vazifasini o`tagan.

Xorazmiy yunon olimi Ptolemeydan keyin yashagan buyuk geograflaridan birinchisi sanaladi. Uning «Surat al-Arz» asari (boshqa nomi «Al-Xorazm geografiyasi», to`liq nomi Ptolemey taklif etgan «Geografiya» kitobidan Abu Ja’far Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taskin etgan yer surati — shaharlar, tog`lar, dengizlar, orollar va daryolar kitobi») fan tarixidagi muhim manbalardan biridir. Xorazimiy. geografiya tarixida birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi. U o`zi yashagan joylardan juda uzoqdagi boshka ob’ektlar: Atlantika va Hind okeanlaridagi orollar, jumladan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Sarandib (SHri Lanka) joylashuvini to`g`ri tasvirlaydi. Kitobda tasvirlangan xaritalar xaritagrafiya tarixida muhim o`rin tutadi. Bu kitob 12-asrdayok, lotin tiliga tarjima qilingan va geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qo`shgan.

Xorazmiyning «Kitob at-tarix» (Xorazmiy «Tarix»i) asarida Muhammad (as) hayoti bilan bog`liq sanalar, islom tarixidagi muhorabalar, Quyosh tutilishlari, 713 yil 10 martda Antioxiya shahrida yuz bergan dahshatli zilzila, xalifalikdagi siyosiy hodisalar qayd etilgan. Afsuski, bu asar bizgacha yetib kelmagan. Lekin undan olingan ko`chirmalar juda ko`p tarixnavis olimlar (Beruniy, yoqut Rumiy, YA’qubiy, Elias Bar SHinoyi, Hamza Isfahoniy, at-Tabariy, al-Mas’udiy va b.) kitoblarida uchraydi. Bundan ko`rinadiki, Xorazmiyning «Tarix»i o`z davrida mashhur bo`lgan va keng tarqalgan. Asar usha davrning boshka tarixchilar yozgan kitoblaridan voqealarni aniq qayd etilishi bilan ajralib turadi.

Prezidentimiz I.A.Karimov "YUksak ma’naviyat yengimas kuch" asarida quyidagi fikrni bildiradi: "Muhammad Muso Xorazmiyning o`nlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo`lib ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar rivoji uchun o`z vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy taraqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega bo`lganini barchamiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda odamzotning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini ko`z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu buyuk bobomiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda o`zbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to`ladi"[3].

O`rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida Ahmad al -Farg`oniy tabiiyotshunos olim sifatida katta shuhratga ega bo`lgan. SHarkda Al-Farg`oniy, yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur bo`lib, ilk o`rta asr falakiyot, riyoziyot va geografiya ilmlari yo`nalishida tadqiqotlar olib borib, tabiiy fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan allomadir.

Uning asosiy astronomik asari — «Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum» («Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi»). Bu asar «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» nomi bilan ham ma’lum bo`lib, 1145 va 1175 yillarda yevropada lotin tiliga tarjima etiladi. SHundan so`ng Ahmad al-Farg`oniy nomi lotinlashtirilib, «Alfraganus» shaklida G`arbda shuhrat topadi. Uning «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» asaridan bir necha asrlar davomida yevropa universitetlarida astronomiya fani bo`yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo`lgan bilimlarni o`z ichiga olgan. Uning geografiyaga oid bo`limi yer yuzidagi mamlakatlar va shaharlar haqidagi eng boshlang`ich va zaruriy bilimlarga bag`ishlangan bo`lib, «Erdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iklimdagi hodisalar haqida» deb ataladi. Asarda falakiyot va geogr. ilmlarining asosiy mazmuni, vazifa-lari va qismlari tushunarli dalillar asosida sodda qilib bayon etiladi. Umuman Axmad al-Farg`oniyning «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» asari o`rta asr musulmon SHarqi mamlakatlaridagi, so`ng Ispaniya orqali yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi.

832 — 833 y.larda Ahmad al-Farg`oniy SHom (Suriya) shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oraligida yer meridiani bir darajasining uzunligini o`lchashda qatnashdi. Xalifa buyrug`iga binoan Nil daryosidagi suv sathini o`lchaydigan inshoot barpo etish uchun Misrning Qohira yaqinidagi Razvo orolida nilometrni yasagan. Ilmiy-texnik va me’moriy jihatdan g`oyat ulug`vor bu qurilma Nil daryosining Sayyolat ul-Rod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan.

Ovro`pa Uyg`onish davrining buyuk namoyondalari uning asarlaridan yaxshi xabardor bo`lgan. yevropa Uyg`onish davrining mashhur olimi Regiomontan 15-a.da Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini Ahmad al Farg`oniy asarlari asosida o`qigan. Ahmad al-Farg`oniy nomi Dante (14-a.) va SHiller (18-a.) tomonidan asarlarida tilga olinadi. yevropa olimlaridan D’alamber, Brokelman, X. Zuter, I. YU. Krachkovskiy, A. P. YUshkevich va B. A. Rozenfeld Ahmad al-Farg`oniyning ijodiga va qoldirgan ilmiy merosiga yuqori baho berganlar.

Prezidentimiz Islom Karimov Ahmad Farg`oniy haqida shunday deydi: "YAna bir ulug` ajdodimiz — Ahmad Farg`oniy insoniyat tarixidagi ilk Uyg`onish davrining eng zabardast va kuchli namoyandasi, o`z zamonasining fundamental fan asoschilaridan biri sifatida bashariyat dunyoqarashi va ma’naviyatining rivojlanishiga beqiyos ta’sir ko`rsatdi. Uning bebaho merosi o`z davri olimlari uchun dasturilamal bo`lib xizmat qilgani tarixiy manbalar orqali yaxshi ma’lum. Allomaning «Astronomiya asoslari haqida kitob» nomli asari o`n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima etilgani ham bu fikrning dalilidir.

Evropada Al-Fraganus nomi bilan mashhur bo`lgan bu allomaning ilm-fan rivojidagi nufuzi shu qadar yuksak ediki, uning ismi sharifi yer kurrasidagina emas, balki samoda ham shuhrat topdi. O`n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan bi-riga uning nomi berilgani bu fikrni isbotlaydi. Atoqli astronom YAn Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz — Ahmad Farg`oniy va Mirzo Ulug`bek nomi bilan ataladi"[4].

"Bayt ul hikma" da faoliyat olib ko`rsatgan yana bir Markaziy Osiyolik olim Axmad al Marvaziydir. U xalifa al Ma’mun davrida olib borgan tajriba va ilmiy tadqiqotlarda eng faol ishtirok etgan olimlardan bo`lib, 832-833 yillarda Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oraligida yer meridiani bir darajasining uzunligini o`lchash ishlarida qatnashgan. Al Marvaziy fanga birinchi bo`lib, tangens va katangens tushunchalarini va ularning funksiyaviy jadvallarini kiritadi.

Olimning asarlarida bayon qilingan tangens, katangens tushunchalari trigonometriya rivojiga qo`shgan ulkan hissa bo`ldi[5].

Bundan tashqari “Baytul hikma”da YAhyo ibn Abu Mansur, Axmad as-Saraxsiy, Abbos al-Javxariy, Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy, Axmad as-Sag`oniylar faoliyat olib borib, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shganlar. Masalan, YAhyo ibn Abu Mansur qalamiga mansub “Al-Ma’munning tekshirilgan ziji” – o`sha davrda astronomic tadqiqotlarning hosilasidir. Uning astronomiyaga oid ko`plab asarlar yozgani qayd yetilgan.

Axmad as-Saraxsiy esa falsafa, astronomiya, arifmetika, musiqa nazariyasi va tabobatga oid ko`plab asarlar bitgan.

Abbos al-Javhariy buyuk astronom bo`lib, ba’zi sayyoralar, Quyosh va Oyning o`rnini aniqlagan musulmon olamida birinchi bo`lib astronomic kuzatishlar olib brogan shaxslardan biridir. yevklid geometriyasi sharhlash bilan birga uni takomillashtirgan[6].

Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy ham astronomiyaga oid ko`plab asarlar muallifidir. Axmad as-Sag`oniy ham astronomiya, geometriyaga oid ko`plab asarlar yozgan.

Insoniyat ilm-fan va madaniyati taraqqiyotida ulkan hissa qo`shgan qomusiy olim Ibn Sinodir. To`liq ismi Abu Ali al-Hu-sayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali (980.8, Afshona qishlog`i — 1037.18.6, Hamadon sh., Eron) G`arbda Avisenna nomi bilan mashhur. Zamondoshlari Ibn Sino ni «SHayx ar-rais» («donishmandlar sardori, allomalar boshlig`i»); «SHaraf al-mulk» («o`lka, mamlakatning obro`si, sharafi»), «hujjat al-haqq» («rostlikka dalil»); «Hakim al-vazir» («donishmand, tadbirkor vazir») deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u o`z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug`ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. SHulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo`lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, mat., musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag`ishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda o`rganilgan emas. Ibn Sino ning ko`proq falsafa va tibga oid kitoblari jaxrnning ko`pgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa ko`p asarlari hali qo`lyozma holida o`z tadqiqotchilarini kutyapti.

"Ana shunday noyob fazilatlar sohibi bo`lmish mashhur alloma Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari necha asrlar davomida yevropaning eng nufuzli oliy o`quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri sifatida o`qitib kelingani, dunyo miqyosida «Medisina», «Sog`lom turmush tarzi» degan tushunchalarning fundamen-tal asosi bo`lib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Aniqroq qilib ayt-ganda, bu benazir allomaning butun ilmiy fao-liyati dunyo taraqqiyotini insonparvarlik ru-hida, ya’ni, ma’naviy negizda rivojlantirishga ulkan ta’sir o`tkazdi, deb aytishga barcha asos-lar bor".

Ibn Sino o`z davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qo`shgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari «Kitob ash-shifo» ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan.

Ibn Sinoyoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saklangan. U 8 ta mustaqil risola hamda «Kitob ash-shifo» va «Donishnoma» ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni ba-g`ishlagan. Ptolemeyning «Almagest» ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya bo`yicha qo`llanma yaratgan. Ibn SinoJurjon shahrining geografik uzunligini o`z davri uchun butunlay yangi bo`lgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish opkali aniklab bergan. Beruniy «Geodeziya» asarida bu usulning to`g`riligi haqida gapirib, uni faqat Ibn Sino nomi bilan bog`laydi. Bu usul yevropada 500 yildan keyin (1514 y.) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.

Matematika sohasida Ibn SinoEvklidning «Negizlar» kitobini qayta ishlab, unga sharh va to`ldirishlar kiritdi, geometrik o`lchamlarga arifmetik terminologiya qo`lladi, «son» tushunchasi doirasini «natural son» dan ancha kengaytirdi.

Ibn Sino o`z davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy e’tibor b-n karadi va bu soqada «Aqsom al-ulum al-aqliya» («Aqliy ilmlar tasnifi») nomli asar yezdi. Unda olim akliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga bo`ldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ish-arni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga bo`linadi: 1) quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va b.); 2) o`rta darajadagi ilm — mat. (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch kiem (axloq, iqtisod va siyosat) ga bo`linib, birinchisida bitta shaxe, uning fe’l-atvori qanday bo`lishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xo`jalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday bo`lishi va uchinchisida shahar yoki o`lka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday bo`lishi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga bo`linib ketadi. Asarda 29 ilm tarmog`i tilga olinadi

Uyg`onish davri miniatyura va suratlarida Ibn Sino mashhur qadimgi yunon olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolemey, Evklid bilan bir qatorda tasvirlangan. O`simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan tabiatshunos Karl Linney doimo yashil bo`lib turuvchi bir o`simlikni Ibn Sino sharafiga "Aviseniya" deb atadi[8]. Belgiyada Ibn Sino xotirasiga haykal o`rnatilgan. Bu ham yevropa xalqinng Ibn Sinoga ehtiromi timsolidir.

O`rta asrning Markaziy Osiyolik yana bir qomusiy allomasi Abu Rayhon Beruniy (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh.— 1048.11.12. G`azna (hoz. Afg`onistonda)— o`z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ma’danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo`shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. "Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni «Beruniy asri» deb ta’riflaydi.Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi bo`lmish buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo`shgan beqiyos hissasi bilan izohlanadi. SHu o`rinda ta’kidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqea-hodisalarga, o`z zamondoshlariga baho berishda ham o`ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. SHu bois ham u hayotda ko`p aziyatlar chekkan, hatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo`lgan, ammo har qanday og`ir sharoitga qaramasdan, e’tiqodidan qaytmagani uning o`z ma’naviy ideallariga naqadar sodiq bo`lganidan dalolat beradi"[9].

Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan edi. Uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang. B.ning ilmiy ish sohasidagi zo`r qobiliyati uning ko`pchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Uning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Ko`pchilik asarlari o`z zamo-nasida o`ziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geogr. va geodeziya, 3 tasi ma’danshu noslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iklimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va b. fanlarga oiddir. B. turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28: asarigina ma’lum. Krlganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilgani-cha yo`q. B. ijodini o`rganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish ishlari o`tgan asr oxir-»1-laridan boshlandi. Uning «Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Mas’ud qonuni», «Munajjimlg` san’atidan boshlang`ich tushunchalar» va b. asarlarining matni nashr etild»: turli tillarga tarjima qilindi. Tanlangan asarlari rus va uzbek tillarida chop etildi.

Tabiiy fanlar tarixida B.ning abadiy qoladigan xizmati shundaki, u o`zining ilmiy tadqiqot ishlarida o`zi ishlab chiqqan ilmis tadqiqot metodiga, tajriba va kuzatishlariga suyandi. Kuzatish va tajriba metodini misli ko`rilmagan darajada yuqori ko`tardi, bu uning tajribaviy bilimlar sohasidagi zo`r yutug`idir. Olim o`z oldiga fanni aniq ma’lumotlar bilan boyitish, nazariyalarini ishlab chiqish, yangi usul va qonunlarini ochish vazifalarini qo`ygan.

Tabiatshunoslik va astronomiyaga oid ilmlarni rivoji XII-XIII asrda Mahmud CHag`miyoniy nomi bilan bog`liq. Astronomiya sohasida yirik kashfiyotlar qilgan. Uning asarlarida insonni o`rab turgan olamning umumiy tuzilishi, samoviy sayyoralarning holati, Quyosh yilining uzunlig va shu kabi muammolar o`z yechimini topgan.

Markaziy Osiyoda tabiiy fanlartaraqqiyotining navbatdagi bosqichi temuriylar tarixi bilan bog`liq. Amir Temur ilm-fan rivoji uchun gamxurlik kilishi tufayli Samarkand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashxur olimlar Samarkandga keldi. Masalan, Kozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falakiyotshunos Mavlono Axmad, Ulugbek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortik olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat kursatgan. Falakiyotshunoslik fanida Ulugbek, Kozizoda Rumiy, Giyosiddin Jamshid va Ali Kushchilar yangi kashfiyotlar kildi. Tarix ilmida SHarofiddin Ali YAzdiy, Xofizi Abru, Abdurazzok Samarkandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshkalar kimmatli asarlar yaratdi. Mirzo Ulugbek davrida Samarkandda birinchi Akademiyaga asos solindi, yer kurrasini ulchash va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarkand rasadxonasida Ulugbek matematika, geometriya, falakiyotshunoslikda chukur bilimlar soxibi edi. Ali Kushchi, Muxammad Xavofiylar uning sevimli shogirdlari bulgan. Mirzo Ulugbek “Zich” asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falakkiyot ilmiga oid an’anani davom ettirib, yukori darajaga kutaradi. Matematikaga doir “bir daraja sinusni aniklash xakida risola”, Falakiyotshunoslikka oid “Risolai Ulugbek” va “Musika ilmi xakida risola” kabiasarlar yozdi.

Mirzo Ulugbek va uning ilmiy akademiyasi faoliyatiga Prezidentimiz Islom Karimov quyudagicha ta’rif beradi: "Buyuk Amir Temurning nabirasi, benazir alloma Mirzo Ulug`bekning o`rta asrlar sharoi-tida namoyon etgan ilmiy jasorati bugungi kun olimlarini ham hayratga solmasdan qo`ymaydi. Taqdir bu ulug` zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkar-da Amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo`lishdek o`ta mas’uliyatli vazifa aynan unga na-sib etdi. Mirzo Ulug`bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori sifatida xalqning azaliy orzusi — tinchlik, totuvlik, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo`lida ulkan shijoat va matonat ko`rsatdi.

Bu benazir alloma o`zida minglab yulduzlarning harakatini jamlagan mukammal astronomik jadvalni yaratdi. Ushbu jadvalda zikr etilgan ilmiy ma’lumotlarning naqadar aniq va to`g`ri ekanini bugungi eng zamonaviy asboblar ham tasdiqlaydi. Ulug`bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyatining poydevoriga qo`yilgan tamal toshlaridan biri bo`lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berilganini ko`rsatadi. «Ziji jadidi Ko`ragoniy» deb nomlangan Ulug`bek astronomik jadvali o`rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, yevropa olimlari orasida keng tarqalgani fikrimizning yaqqol isbotidir.

Bu haqda so`z yuritar ekanmiz, beixtiyor 1996 yili Parijda YUNESKOning o`sha paytdagi Bosh kotibi Federiko Mayor janoblari bilan bo`lgan bir suhbat yodimga tushadi. O`shanda janob Mayor Ulug`bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko`rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan gapni aytib qoldi. SHunda men unga javoban, yo`q, janob Federiko Mayor, Ulug`bek xato qilgan bo`lishi mumkin emas, balki kompyuterlar xato qilgan bo`lishi mumkin, degan edim. Garchi bu gap do`stona lutf tariqasida aytilgan bo`lsa-da, o`ylaymanki, uning zamirida chuqur haqiqat mujassam"[10].

Vatanimizdan yetishib chiqqan buyuk qomusiy olimlar tabiiy ilmiy fanlar Bilan bir qatorda ijtimoiy gumanitar bilimlar sohasida ham kata muvaffaqiyatga erishadilar. Forobiy, Zamaxshariy, Aziziddin Nasafiy,, Narshaxiy, YUsuf Xos Xojib, mahmud Qoshg`ariy, Lutfiy, Sakokiy,Navoiy, Bobur shular jumlasidandir. Ayniqsa Folrobiy ta’limoti Dune ahamiyatiga molik bo`ldgan ma’naviy durdonadir.

Forobiy (taxallusi; to`liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug` Tarxon Forobiy) (873, Forob sh. — 950, Damashq) — Markaziy Osiyoning ulug` mutafakkiri va qomusiy olimi. YUnon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targ`ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o`zlashti-rib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo`shgani uchun «al-Muallim as-soniy» («Ikkinchi muallim», Aristoteldan keyin), «SHarq Arastusi» nomlariga sazovor bo`ldi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, Forobiy. 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. SHunga qaramay, mavjud risolalarining o`ziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi.

Forobiyning asosiy asarlari: «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Ensik-lopediyadan mantiq bo`limining bir qismi», «Taliqot» (sharhlar), «Inson a’zolari haqida risola», «Bo`shliq aqida maqola», «Donolik asoslari», «Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi», «Hayvon a’zolari, funksiya-si va potensiyasi», «Mantiq to`g`ri-sidagi risolaga muqaddima», «Mantiq ilmiga kirish», «Ilmlarning kelib chiqishi haqida», «Musiqa haqida katta kitob», «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Masalalar mohiyati», «Buyuk kishilarning naqllari», «Ihso al-ulum», «Hikmat ma’nolari», «Aql to`g`risida», «Ilmlar va san’atlar fazilati», «Qonunlar haqida kitob», «Substansiya haqida so`z», «Falak hara-katining doimiyligi haqida», «SHe’r va qofiyalar haqida kitob», «Hajm va miqdor haqida so`z», «Musiqa haqida so`z», «Fizika usullari haqida kitob», «Fazilatli xulqlar», «Fozil shahar aholisining fikrlari», «Jismlar va aksidensiya-larning ibtidosi haqida», «Aristotel «Metafizika» kitobining maqsadi to`g`risida» va b.

Olimning ilm-fan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi g`oyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy g`oyalarining targ`ibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. Forobiy shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham sharhlap yozganligi ma’lum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor bo`lgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. Fororbiy o`rta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U «Ilmlarning kelib chiqishi haqida», «Ilmlarning tasnifi haqida» nomli risolalarida o`sha davrda ma’lum bo`lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va taf-silotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos bo`lgan tabiiy jarayonlarni o`rganuvchi ilm sohalarini birinchi o`ringa qo`ydi. Forobiy ilmlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya, she’riyat, to`g`ri yozuv va b.ni o`z ichiga oladi); 2) mantiq (8 bo`limdan iborat bo`lib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistika va b.ni o`z ichiga oladi); 3) matematika. (arifmetika, geometirya, astronomiya, mexanika, optika, sayyoralar, musiqa va og`irlik haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilo-hiy ilmlar yoki metafizika; 5) shahar haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi).

Forbiy dunyoqarashida ijtimoiy-siyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim o`rinni egallaydi. Allomaning «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Fozil shahar aholisining fikrlari», «Buyuk kishilarning naqllari», «Musiqa haqida katta kitob», «Fuqarolik siyosati» va b. asarlari jamiyat va uni boshqarish, axloq-odob va ta’lim-tarbiya masalalariga bag`ishlangan.

F. YAqin va O`rta SHarq mamlakatla-ri faylasuflari orasida birinchi bo`lib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi ta’limotni ishlab chikdi. O`rta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. «Har bir inson, — deydi F., — o`z tabiati bilann shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, u bir o`zi bunday narsalarni qo`lga kirita olmaydi, ularga ega bo`lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug`iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo`lgan narsalarni yetkazib beradi. SHuning uchun insonlar ko`paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o`rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi». SHaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa bo`lib uyushishining oliy shakli bo`lib, unda insoniy barkamol bo`lib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar bo`ladi. F. insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida o`zaro birlashib, jamoani tashkil qilganligini alo-hida ta’kidlaydi.

Zamahshariy ham ijtimoiy gumanitar fanlar sohasida ko`plab ilmi ymeros qolldirgan. Prezidentimiz «… o`rta asrlarda Xorazm diyoridan olis Arabistonga borib, arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan, ilm-fanning ko`plab boshqa sohalarida ham shuhrat qozongan Mahmud Zamahshariy bobomizni esga olaylik. O`zining jismoniy nogironligiga qaramay, dunyoning ko`plab mamlakatlariga mashaqqatli safarlar qilgan, teran bilimi va ilmiy salohi-yati bilan butun islom olamini lol qoldirgan bu zot, hech shubhasiz, xalqimiz uchun ma’naviy yetuklik timsoli bo`lib qolaveradi»[11].

Tarix va etnografiya sohasida Narshaxiy, SHarofiddin Ali YAzdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir singari kuplabsamarali ijodiy faoliyat olib bordilar.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, «Avesto»da ifodalangan falsafiy tamoyillar va milliy g`oyalar, ezgulik va yovo`zlik urtasidagi kurash, olam va odamning yaralishi, inson va uning kamoloti haqidagi diniy va ilmiy karashlar, poklik, xalollik, mardlik kabi komil inson sifatlari bugungi dunyoqarash shakllanishiga samarali ta’sir utkazadi. Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to`g`risidagi g`oyalari, bu borada nixoyatda muxim axamiyatga molik. ayniksa, unlik sanok sistemasini butun insoniyat uchun eng kulay bo`lgan hisoblash tizimiga aylantirgan, insoniyatga «algebra» fanini xadya etgan, algoritmik ketma-ketlik uslubi haqidagi ilk g`oyani kashf kilgan xamda Muxammad ibn Muso al-Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari tabiatshunoslikka oid bir kator fanlarni kashf etib, tom ma’noda shark naturfalsafasining otasi bo`lgan, Abu Rayxon Beruniyning ijtimoiy-axlokiy karashlari bugungi kun uchun xam muxim. Falsafa tarixi, mantik, musikashunoslik, axlok singari soxalardan tashkari, sosiologiyaga oid ilk falsafiy sistemani ishlab chikkan Abu Nasr Forobiyning adolatli jamiyat haqidagi karashlarining o`z urni bor. Nafakat medisina fanining asoschilaridan, balki mantik ilmida xam mutafakkirlardan biri bo`lgan rasionalizm va irrasionalizmni sintez kilish asosida inson ruxiyatini nigilistik inkirozdan asrab kolgan, XX asr Gagb faylasuflari, ekzistensialistlari tomonidan Garbiy Evropani ma’naviy tushkunlikdan kutkarilishida asos bo`lgan apa shu g`oya asoschisi - Abu Ali ibn Sinoning ta’limoti xam bunda o`z urniga ega. Mutafakkir shoir Alisher Navoiyning komil inson haqidagi falsafiy mushoxadalari, Bobur va Mashrab, Bedil va Donish xamda asrimiz boshidagi ma’rifatparvar ziyolilarning faoliyati xam milliy g`oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlaridir.

XVI-XIX asr birinchi yarmi madaniyatida ilm-fan, xususan tabiiy fanlarning o`rni susayganini, diniy bilimlar, diniy taaccyblikning roli kuchaya borganini ko`ramiz. O`zaro urushlar tufayli tashqi olam bilan aloqalar, ma’naviy-madaniy munosabatlarning kamayib ketishi ham madaniy hayotdagi ma’lum biqiqlikka, yangiliklardan uzilib qolishga olib keldi. Ilm-fan, madaniyat sohasida oldingi erishigan yutuqlar ham o`z ta’sirini yo`qotib, ularga murojaat etish o`rniga diniy ta’limotlar kuchayganini ko`ramiz. Natijada bu davrda an’anaviy islom, uning qoidalari jamiyat hayotida hal etuvchi o`rinni egallab, tasavvuf, xususan, naqshbandiya ham ma’naviy hayotdagi oldin ta’sirini yo`qota bordi.

SHu bilan birga bu davrda turkiy-o`zbek tilidagi badiiy adabiy namunalarining ko`paya borganini, adabiyot, she’riyat ma’naviy hayotning eng muhim asosiy sohasiga aylanib, an’anaviy lirik asarlar bilan birga shoir, adiblar dunyoviy hayot qiyinchiliklari, diniy taassublikning kuchayishiga bo`lgan noroziliklari, so`fiyona fikrlarini she’ri orqali ifoda etishga intilganliklarini ko`ramiz.

Bu davr Maxdumi A’zam, Mirzo Haydar, Abdulg`ozixon, Buxoriy kabi gumanitar ilm vakillari, Mashrab, Turdi, Nodira, Uvaysiy, Mynis Xorazmiy kabi mashhur shoirlarni yetishtirdiki, ular asarlarida zamonasining saboqlari, istaklari, alamlarini aks etdirdilar.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston o`z mustaqilligini yo`qotdi, rus chorizmi tomonidan bosib olindi.

Xonliklar va yerli xalqning keskin kurashi, qarshiligiga qaramay 1870-yillarga kelib Qo`qon xonligi tugatildi. Buxoro va Xiva xonliklari Rossiyaning vassaliga aylandi: Turkistonda rus mustamlakachilik tuzumi o`rnatildi, u rus general gubernatori tomonidan boshqarila boshlandi. Rus chorizmi Turkistonda o`z mustamlakachilik siyosatini o`tkazish yo`lida barcha choralarni amalga oshirib, uning boyliklaridan imkoni boricha keng foydalanishga kirishdi. Jahon va ayniqsa, YAqin SHarq mamlakatlaridagi o`zgarish va Rossiyaning yangi mustamlakasiga olib kelayotgan Ovrupo madaniyati yangiliklari Turkiston madaniyatida yerli xalqning mustamlakachilik siyosati, kamsitilishiga qarshi ma’rifatchilik harakatini kuchaytirib yubordi. U asosan, xalqni yangi madaniyat, ma’rifatga chaqirishga, millatni uyg`otishga, yangilayotgan ma’naviyatni egallashga yo`naltirilgan edi. Asta-sekin marifatchilikdan jadidchilik o`sib chiqdi va u ma’lum darajada siyosiy masalalarni olg`a sura boshladi. YAngi ta’lim - tarbiya, yangi maktab, yangi maorif, uni boshqarish, madaniy targ`ibot, tashkilotchilik masalalari asosiy o`ringa ko`tarildi. YAngiliklarga asoslangan holda va eski feodal maorifidan farq qiluvchi fikr-g`oyalar oldinga surildi ular yerli matbuot, turli kitoblar orqali keng targ`ib etildi. Bu - madaniyatdagi mustamlakachilikka qarshi kurashda xalq ongini oshirish, o`z ahvolini yaxshilashga intilishning ko`rinishlaridan edi.

XIX asrning oxiri — XX asr boshida Turkiston madaniyati qator talantli olim, sayyoh, shoir, pedagog, jurnalistlarni yetishtirib chiqardi, ular xalqimizning umumiy madaniy rivojlanishiga juda katta ta’sir ko`rsatdi.

Bu davrda Ahmad Donish, Berdaq, Feruz, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O`tar kabi olim, shoirlar o`z davrining muhim masalalarini ko`tarib chiqdilar va xalqni ilm-fan, marifatni egallashga undadilar.

Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Ayniy, Hamza kabi talant egalari jadidchilik g`oyalarini olg`a surish va targ`ib qilish sohasida bayroqdor bo`lib tanildilar, Turkistonning o`z rivojlanish yo`liii targ`ib etishda jonbozlik ko`rsatdilar.

Behbudiy - XX asr bo`sag`asidagi Turkiston ijtimoiy- siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, yangi davr o`zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g`oyasining yalovbardori, yangi maktab g`oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o`zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, boshlab beruvchisi edi.

1903—1904 yillarda Moskva, Peterburgga boradi, 1907 yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorodga bo`ladi. Nijniy Novgorodga 1907 yilning 23 avgustida Rossiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bag`ishlangan qurultoyi chaqiriladi. Behbudiy turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq suzlaydi.

Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo vokealari bilan tanishib bormoq kerak. Millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo`lmoq lozim. Millat uchun oyna kerak, toki undan o`z qabohatini ham, malohatini ham ko`ra olsin.

Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuotga boshladi. «Padarkush» dramasi shu tariqa maydonga keldi.

1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug`ullandi. Apreldan «Samarqand» gazetasini chiqara boshladi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so`ng to`rt sahifada chop etilgan. Behbudiy shu yilning 30 avgustidan «Oyna» jurnalini chiqara boshlaydi. «Oyna» jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixi, til-adabiyot masalalari, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan.

Jadidchilik harakatining yirik vakili, ma’rifatparvarlik g`oyasining tolmas targ`ibotchisi Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U 1909 yil¬da boshqa ma’rifatparvar jadidlar bilan birga «Jamiyati xayriya» tuzadi. 1913 yilda «Turon» jamiyatini ta’sis etadi. «Maktab», «Nashriyot» kabi shirkatlar ochadi. Jamiyatning maqsadi yerli musulmon aholisi orasida maorif-madaniyatga rag`bat uyg`otish, ularga moddiy-ma’naviy yordam berish, ular uchun sahna asarlari tayyorlash va ko`rsatish edi. Munavvarkori yoshlarni rivojlangan mamlakatlarda o`qitish, shu orkali Millat va Vatanni farzandlarga tanitish, dunyoni anglatish ishlariga alohida e’tibor berdi. 1908 yildan 1923 yilga qadar uning g`ayrat va tashabbusi bilan yuzdan ortiq turkistonlik chet elda o`qib keldi.

1918 yilning bahorida Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo`limini tuzdi. SHu yil¬ning mayidan dekabriga qadar ushbu musulmon xalq universitetining rektori vazifasini bajardi, til bilimidan dars berdi, ulkan tashkiliy ishlar olib bordi. Turkistondagi zamonaviy oliy ta’limning maydonga kelishida o`zining munosib hissasini qo`shdi.

XIX - asr oxiri XX - asr boshidagi o`zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri — ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir.

1909 yilda maktab-maorif ishlariga yordam beruvchi «Jamiyati xayriya» ochib, yetim bolalarni o`qitdi. «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» nomli to`rt qismdan iborat she’riy to`plamining birinchi juz’ini nashr qildirdi. «Taraqqiy», «SHuhrat» (1907), «Osiyo» (1908), «Turon» (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston SHo`rolar hukumatining birinchi gazetasi «Ishtirokiyun»ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan buldi. U turli mas’uliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya masalalari bilan shug`ullanib keldi, bilim yurtlarida, oliy maktablarda o`qituvchilik qildi. 1930—34 yillarda O`rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi O`zMU) kafedrani boshkardi.

Avloniy 1927 yilda «Mehnat Qahramoni» unvoniga sazovor bo`ldi.

Uning madaniyatimiz tarixidagi o`rni haqida ran ketganda, ikki jixatini alohida ta’kidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy- badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga ko`tarilgan ma’rifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.

Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilg`or ilm-fanni bolalarga o`rgatishni o`z oldiga asosiy vazifa qilib qo`ygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo`lishini ta’minlaydigan haqiqiy xalq maktabi bo`ldi.

Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun «Birinchi muallim»i (1911) 4 marta, «Alifbedan so`nggi o`quv kito¬bi»—«Ikkinchi muallim» (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy-didaktik mazmundagi «Turkiy Guliston yoxud axloq» darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotida alohida o`rin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil kilingan.

Fitrat XX asr o`zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili, qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, o`tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publisist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi.

Jadidlar maslahati va yordami bilan bir gurux yoshlar, jumladan, Fitrat Istambulga o`qishga yuboriladi. U 1909—1913 yillarda Turkiyada taxsil oldi. Turkiyadagi hayoti Fitratning dunyokarashi, siyosiy ongi va adabiy didini o`zgartirib, o`stirib yubordi. Turkiston xalqi hayotiga Turkiyadagi o`zgarishlar (bu paytda u yerda «Esh turklar inkilobi» vokeasi bulgan edi) va ilg`or mamlakatlar nuqtai nazaridan karay boshladi: diniy xurofotlarni keskin tanqid qilishga, hatto dinni, maktab-maorifni va Turkistondagi idora usulini isloh etish g`oyasi bilan nafas oldi.

Fitratning «Sayyoh hindi» («Hind sayyohining qissasi») nasriy asari 1912 yilda bosildi. Asarda jaxon xalqlari, ilg`or mamlakatlar fuqarosi kuzi bilan Buxoro, umuman Turkistonning davlat tuzumiga, tartib-koidasiga, maorifiga nazar tashlab, ulardagi ibratli jihatlarni qo`llab-quvvatlab, illatlarini esa beayov fosh etadi. U o`zbekning o`zligini tanishi, ota-bobolari kabi ulug`vor kashfiyotlar qilishga, birlashgan, kuchli, kudratli davlat tuzishga va dunyoning ilg`or madaniy mamlakatlariga yetib olishga chaqirdi. Butun ijodining moxiyati xalqning qalb ko`zini ochishga va mehnat, yaratish, o`qish, kurashga da’vatdan iboratdir.

Vatanimizda ilm ma’rifatni targ`ib qilgan jadidchilarimizning aksariyati qatog`on qurbonlari bo`ldilar. Bugun ular muqaddas tutgan yurt ozod va mustaqil bo`ldi. Ular jon fido etgan istiqlol avlodlariga nasib etdi. Mil¬lat va Vatan mustaqilligi yo`lida fido bo`lganlar esa shu Millat va Vatan umri qadar boqiydirlar.

Istiqlolning dastlabki vaqtlaridanoq Prezidentimiz shunday deydi.

“Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealarni bir eslang. Nega bu o`lkada o`sha yillari ma’rifatchilik harakati har qachongidan ham kuchayib ketdi? Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o`lkani uyg`otishga, xalqning ko`zini ochishga faqat ma’rifat orqaligina erishish mumkin edi”[2]“Ma’rifatparvarlik biz uchun bugun ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q, yo`qotmaydi ham. Aql - zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo`ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni yecholmasak, barcha toat - ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo`lmaydi!”[3]Mustaqillikdan so`ng Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qilinishi va Ta’lim to`g`risidagi qonunlarni mazmun va mohiyati ham ma’rifatga qaratilgan. Mamlakatimizda ta’lim tarbiya sohasiga katta e’tibor berilmoqda. 1 oktyabr “O`qituvchilar va murabbiylar kuni” umuxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda.

SHaxs ma’naviyatini shakllanishida ta’lim tarbiya va murabbiy uztozlar ahamiyatini Prezidentimiz o`uyidagicha ta’kidlaydi. “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo`l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. SHuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo`lgan yana bir buyuk zot — o`qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.

Adabiyotlar:


  1. O’zbekiston Respublikasining Konstituciyasi. T. «O’zbekiston», 2011 yil.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat engilmas kuch. T.: «Ma`naviyat» 2008 yil 71-76 b.

  3. Karimov I.A.Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. 2010.

  4. Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizasiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga kutarish sari 18 – jild T.Uzbekiston 2010

  5. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma – bosqich va barqaror rivojlantirish taminlash – oily maqsadimizdir 17-jild T. «O’zbekiston» 2009 yil.

  6. Karimov I.A. Mamlakatimiz modernizasiya qilish va iqtisodiyotmizni barqaror rivoj lantirish yo’lida 16-jild T. «O’zbekiston» 2008 yil

  7. Karimov I.A. Buyuk mamlakatning buyuk bayrami. O’bekiston mustaqilligining 19 yilligiga bag’ishlab qilingan ma’ruza.

  8. Karimov I.A.Eng hayotiy mezon hayot haqiqatni aks ettirishdir.T.O’zbekiston, 2009 y

  9. Karimov I.A. ,,O’zbekiston Respublikasining Konstituciyasi biz uchun demokratik taraqqiyot yulida va fuqorolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydivordir” «Xalq so’zi» gazetasi 2009 yil 6 dekabr.

  10. Karimov I.A. Mamlakatni modernizasiya qilish, kuchli fuqorolik jamiyatini barpo etish --- ustuvor maqsadimizdir. «Xalq so’zi» gazetasi 2010 yil 27 yanvar.

  11. Karimov I.A.Tarixi boy, buguni go’zal kelajagi buyuk shahar. Xalq so’zi gazetasi 2.09.2009 y.

  12. Karimov I.A. ,,Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” «Xalq so’zi» gazetasi 2010 yil 30 yanvar.

  13. Karimov i.A. O’zbekistonning 19 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Xalq so’zi gazetasi 2010 yil 31 avgust

  14. Nazarov Q. Ma’naviyatshunoslikning dolzarb masalalari.Ma’rifat gazetasi 2009 19-22 avgust № 66-67

  15. ,,Barkamol avlod – yurt kelajagi”. Do’stlik bayrog’I gazetasi 2010 yil 2 fevral.

  16. Bu muqaddas Vatanda azizdir inson T. ,,G’.G’ulom” 2010 yil


3. MILLIY G’OYA, IJTIMOIY TARAQQIYOT VA MAFKURAVIY JARAYONLARNING O’ZARO BOG’LIQLIGI

Ma’ruza rejasi:

    1. Milliy g’oyaning turli xil fikr, g’oyalarga munosabati, ijtimoiy ma’naviy hayotda aks etishi

    2. G’oya va mafkuralarning ijtimoiy taraqqiyotdagi roli.

    3. Tarixiy xotira g’oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma’naviy omil.

    4. Ijtimoiy jarayonlarning yo’nalishlari: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va boshqa g’oyalarning o’zaro munosabati.

1. Milliy g’oyaning turli xil fikr, g’oyalarga munosabati, uning ijtimoiy ma’naviy hayotda aks etish usullarini anglash uchun eng avvalo, turli xildagi g’oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyatini o’rganmoq zarur. Ma’lumki, har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g’oya bo’la olmaydi. CHunki, shaxsiy fikr - o’ziga xos qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o’zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. £oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug’ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.1 Jamiyat hayotida turli xil fikr, va g’oyalarning o’rni muhim. Lekin, ma’lum bir fikr mutlaqlikka intilsa yoki yakka hukmronlik qilsa, u jamiyat rivojiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Demoqchimanki, «ikki odam aynan bir xilda fikrlamagani kabi turli xalqlar, mamlakatlar ham aynan bir-biriga o’xshashi, ya’ni bir xil tarixga, madaniyatga, ega bo’lish qadriyatlarni e’zozlashi, umumiy maqsadni ko’zlab ijtimoiy, rivojlanish yo’lini andoza sifatida olishi va faqat unga tayanishi mumkin emas. Bu taraqqiyotning xilma-xilligi qonuniga to’g’ri kelmaydi.

Milliy g’oyaning o’ziga xos jihati ham shundaki, u fikrlar va g’oyalar xilma-xilligini tan oladi. Jamiyat mafkurasi sifatida biron-bir fikr, g’oyani e’tirof etmaydi. Erkinlik, xususan, fikr erkinligi va xilma-xilligi prinsiplariga amal qilish milliy g’oya uchun muhim. Fikr erkinligi va g’oyalar xilma-xilligiga asoslanish taraqqiyotni ta’minlab turuvchi, inson salohiyatini oshiruvchi noyob imkoniyatdir.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, o’z davlatchiligini qo’lga kiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qayerda yengil va osonlikcha bo’lmagan. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o’z taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o’rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari ham shuni taqozo etadi. Masalan, dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yo’lining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, SHvetsiya modellari va boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning tajribasi ham shuni ko’rsatadi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Ovrupo mamlakatlari va YAponiya xalq xo’jaligini qayta tiklash rejasi ham buning amaliy namunasi bo’ldi.

O’zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to’plangan va respublika sharoitiga tadbiq qilsa bo’ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi. Biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham, ko’r-ko’rona ko’chirib olish to’g’ri emas. Aksincha, aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo’ljallangan bo’lsa, o’sha mamlakatning o’ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi.

Jahon xalqlari va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o’z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo’limizni tanlab olish respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. Bu - o’tmish yillarining xatolarini, davlat tuzilishining shakl va usullariga nisbatan mavjud qarashlarni idrok etish natijasidir. Bu - tarkib topgan ijtimoiy voqelikka berilgan real bahodir. Bu - O’zbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotiga, munosib turmush sharoitiga intilishidir.

SHuni alohida ta’kidlash zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga intilish - tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Odamlarning ongi va turmushiga uzoq yillar mobaynida, ko’pincha zo’ravonlik yo’li bilan singdirilgan narsalarni bir zumda o’zgartirish mumkin emas. Buning uchun ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yilishga barham berish bilan jamiyatni yangilash va o’zgartirish zarurligiga odamlarning o’zini ishontirish, harakatga keltiruvchi kuchlarni va mehnatning rag’batlantiruvchi omillarini o’zgartirish mumkin.

Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligi, ularning o’ziga xos xususiyati bu muammolarni hal etishga alohida yondashuvni taqozo etadi. Turmush sharoiti va tarzining milliy xususiyatlari, SHarq madaniyatiga mansublik ham shuni talab etadi.

O’zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat o’z yo’li respublikani rivojlantirishning milliy g’oyaga asoslangan quyidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi.

Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. CHuqur ildizi o’tmishdagi an’anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan kollektivchilik asoslari O’zbekiston xalqiga tarixan xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillilik, millatidan qat’i nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdard bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi kishilar o’rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom - O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Odamlarning turmush tarzida, ruhiyatida, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda, islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlar bilan yaqinlashish istagida ham shu omil namoyon bo’ladi.

Mazkur mintaqaning qadimiy tarixi va madaniyati, bunda yashab o’tgan SHarq mutafakkirlari va faylasuflarining jahon madaniyatini rivojlantirishga qo’shgan g’oyat katta hissalari ham bu yerda yashayotgan odamlar turmushining barcha tomonlariga sezilarli ta’sir o’tkazgan. O’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi. U hamon ta’sir ko’rsatmoqda.

Respublikadagi o’ziga xos demografik vaziyat - g’oyat muhim xususiyatlardan biridir. Respublikamizda aholi va mehnat resurslari yuksak sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Aholining yarmidan ko’prog’i qishloq joylarda yashaydi va asosan dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Aholi tarkibida 60 foizdan ko’prog’i bolalar, o’smirlar, 25 yoshgacha bo’lgan yigit-qizlar tashkil etadi.

O’z ajdodlari qadimdan yashab kelgan joylarga bog’langanlik, ko’chib yurishga moyillikning yo’qligi respublika aholisiga xos xususiyatdir.

Respublikaning yana bir xususiyati — aholi milliy tarkibining o’ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallaydi. SHu bilan bir vaqtda respublika hududida o’z madaniyati va an’anasiga ega bo’lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi. O’zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g’oyat rang-barangligi milliy o’zligini anglash va ma’naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish yo’lida qudratli omil bo’lib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi.

Keyingi o’n yillar mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligini ham e’tiborga olmaslik mumkin emas. Bir tomondan, bu ijtimoiy tenglikka, kafolatlangan mehnat qilish huquqiga, yalpi bepul ta’lim va tibbiy xizmatga qat’iy tarafdorlikka intilishida namoyon bo’lmoqda. Ikkinchi tomondan esa, yakkahokimlikdan iborat ma’muriy-buyruqbozlik tizimi keltirib chiqargan insonni mulkka egalikdan va xo’jayinlik tuyg’usidan begonalashtirilganligi, tayyorga ayyorlik ruhiyati yuzaga keltirilganligida ko’rinadi.

YAngilanish va ijtimoiy taraqqiyotning o’zimiz tanlagan yo’li -murakkab jarayon bo’lib, respublika ijtimoiy turmushining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy va boshqa barcha sohalarini qamrab oladi.

Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O’zbekiston fuqarolarining munosib turmushini ta’minlashga qaratilgan.

YAngilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlab berganligi bilan xarakterlanadi.



Bu siyosiy sohada quyidagilarni bildiradi:

- xalqning turmush tajribasiga, respublika aholisining milliy va madaniy an’analariga, barcha ijtimoiy guruhlari va qatlamlarining manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya prinsiplarini qaror toptirish. Xalq ham bevosita, ham o’z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishi lozimligini;

- qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish. Jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo’yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo’ladi.

Kuchli ijroiya hokimiyati bo’lmasa, hatto eng demokratik yo’l bilan qabul qilingan qarorlar ham bajarilmasligi ham mumkin. Bu esa qonuniy qarorlarning ro’yobga chiqarilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini, siyosiy va iqtisodiy islohotlar turmushga tatbiq etilishini ta’minlaydigan prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqozo etadi;

- barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini, jamiyat manfaatlari himoya qilinishi va aholining xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etish. qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va ma’suliyat ustuvor bo’lmasa, qonunlar va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib bo’lmaydi;

- O’zbekistonda tug’ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar, Respublikamizning teng huquqli fuqarosi bo’lishga munosibdir, degan insonparvarlik va vatanparvarlik qoidasini ro’yobga chiqarish. Avlod-ajdodlari yoki o’zlari o’tmishdagi fojiali voqealar sababli xorijga ketib qolishga majbur bo’lgan o’zbeklar ham bemalol Respublikaning fuqarosi bo’lishlari kerak. O’zbekiston hududi o’zbeklarning milliy davlatchiligi bo’lgan birdan-bir hudud ekanligini e’tiborga olib, Respublika o’zbeklar qayerda yashamasin, ularning hammasi uchun madaniy va ma’naviy markaz bo’lib qolishi lozim;

- ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, ularning madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va an’analari saqlanishi hamda rivojlanishini kafolatli ta’minlash, davlat tuzilmalarining faoliyatida va jamoat turmushida faol qatnashish;

- bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakkahokimligidan qat’iyan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish. Bironta ham mafkura mutlaq haqiqatni bilishga da’vo qilishi mumkin emas. Ma’naviylik va insonparvarlik, respublika hududida yashayotgan barcha xalqlarning an’analari va urf-odatlarini, dini, tili va madaniyatini hurmat qilish qoidalariga ustuvorlik berilishi;

- chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi sifatida ko’ppartiyaviylikni amalda shakllantirish. Ayni vaqtda hokimiyatni zo’ravonlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’ygan, respublikaning davlat mustaqilligiga, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi chiqadigan, milliy va diniy adovatni avj oldiradigan, konstitutsiyaviy tuzumga, xalqning demokratik erkinliklari va ma’naviy negizlariga tajovuz qiladigan partiyalar va jamoat harakatlari qonundan tashqari bo’lishi kerakligi.

Ijtimoiy va ma’naviy sohada:

- insonparvarlik g’oyalariga sodiqlik. Bu g’oyalarning oliy maqsadi inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, shon-sharafi va qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi. O’zbekistonning kundalik hayotida inson huquqlarining Umumiy deklaratsiyasida mustahkamlangan me’yorlarni izchillik bilan, og’ishmay qaror toptirish;

- ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash. Xalqlarning madaniy merosiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish. Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash, o’zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo’lgan san’at asarlarini izlab topish va O’zbekistonga qaytarish;



- qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni, adabiyot va san’atni bilish hamda ko’paytirish. Xalqning milliy madaniyati va o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to’liq ro’yobga chiqarish, Respublika hududida yashovchi xalqlarning milliy madaniyatlari va tillariga o’zaro hurmat bilan munosabatda bo’lish;

  • hurfikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish. Bir dunyoqarashning yakkahokimligi yangilangan jamiyatga yotdir. har bir inson o’z e’tiqodiga ega bo’lish, o’zining diniy marosimlarini erkin bajo keltirish huquqiga ega. Bugungi kunda din barcha illatlardan, yolg’on va riyokorlikdan poklanishga, yuksak axloqiy negizlar va ma’naviy fazilatlarni qayta tiklashga ko’maklashmoqda. Islom - ota-bobolarimizning dini - musulmonlarning ongi, turish-turmushining mohiyati, hayotining o’zidir. Davlat har bir musulmon uchun muqaddas bo’lgan Makkaga haj qilishda zarur yordam beradi;

  • ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-esirlar, ko’p bolali oilalar, o’quvchi-yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga bo’lgan kafolatli huquqlarini ta’minlash. Eng taraqqiy etgan mamlakatlarda insonni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi keng qo’llaniladi, bunga nihoyatda muhim ahamiyat beriladi, bizning sharoitimizda esa bu - fuqarolar totuvligini saqlab qolish kafolatidir;

  • hamma uchun ma’qul bo’ladigan sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, chaqaloqlar o’limini kamaytirish, odamlar umrini uzaytirish bo’yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish. Aholiga yuqori malakali tibbiy yordam olish shakllarini erkin tanlash imkoniyatlarini yaratish;

  • umumiy ta’lim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikdan o’tishni erkin tanlashda barchaga baravar huquq berish. YAngi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo’ladi. Bunda o’zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an’analari, ma’naviy tajribasi ta’lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur;

  • ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoitlarni yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilish. Kishilar shuni aniq va ravshan anglab yetishlari kerakki, ma’naviy potensialni ildam rivojlantirmay turib, respublikaning chinakam mustaqilligini va ravnaq topishini ta’minlab bo’lmaydi.

Fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni qaror toptirish mana shunday siyosiy, va konstitutsiyaviy tuzumga erishish kalitidir.

Oila — jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin. Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib bo’lmasa, oilaning barcha a’zolari o’z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko’rsatmasa, yaxshi yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O’zbeklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.

Mustaqil o’zbek davlati - xalqimizning tarixiy yutug’idir. O’z davlati bilan faxrlanish va fuqarolarning vatanparvarligi jahondagi ko’pgina mamlakatlarning ilg’or marralarga chiqib olishida yordam bergan. Mamlakatimiz tuprog’ida yashab turgan va o’zini vatanparvar deb hisoblagan har bir kishi uning yaxlitligi va birligini asrab-avaylashi shart.

har bir insonning, ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir.

Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O’zbekiston chinakam mustaqillikni qo’lga kiritib, gullab-yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o’rinni egallashi — biz ko’zlayotgan oliy maqsaddir. Bunga Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi huquqiy kafolat bo’lib xizmat qiladi1.

Xalqimiz asrlar davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi. Bu g’oya xalqimizni o’z mustaqilligidan judo bo’lgan davrlarda ham tark etmadi. Bugungi kunda O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi asosiy maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo’lib, bu g’oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini ifodalaydi. Moddiy olamda inson muayyan makonda tug’iladi va hayot kechiradi, shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan sanaladi. Dilida Vatan tuyg’usi shakllanmagan, kindik qoni to’kilgan zaminga mehr tuyg’usi jo’sh urmagan kishini chinakam Inson deb bo’lmaydi. SHu bilan birga inson baxt-saodat uchun tug’iladi. U ana shu baxt-saodatga o’zi tug’ilib-o’sayotgan Vatanida erishmoqni orzu qiladi. Bu unga o’z baxt-saodatini yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uyg’un ko’rishni anglatadi.

«Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalari shu jihatdan o’ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi.



Ozod Vatan — o’z taqdirini o’zi mustaqil hal etish huquqini to’la ro’yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo’lib, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga, nufuziga va mavqeiga ega bo’lgan mamlakatdir.

Obod Vatan — fuqarolari erkin va ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo’lgan, to’la ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir.

Erkin va farovon hayot — odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o’zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.

Mustaqillik milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni, ma’naviyatni tiklab, odamlarimiz qalbida milliy g’urur va iftixor hamda vatanparvarlik tuyg’ularini kamol toptirishga zamin yaratdi. SHuningdek, mustaqilligimizning o’ziga xos mafkurasiga aylangan milliy g’oya ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelgan millatimiz ma’naviyati sarchashmalaridan, butun insoniyat to’plagan tajriba va qadriyatlardan oziq oladi. SHu boisdan ushbu g’oyaning milliy va umuminsoniy jihatlari haqida batafsilroq to’xtalib o’tish joiz.



2. Ma’lumki mustaqillik tufayli bo’lgan boshqa xalqlar qatori biz ham o’z milliy tabiatimiz va ming yillik an’analarimizga, urf-odatlarimizga zid bo’lgan soxta kommunistik g’oyadan voz kechdik. Lekin insoniyat tarixi shu narsani qat’iy ravishda isbotlaganki, mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmas ekan. qayerda shunday holat yuz bergan taqdirda bo’sh qolgan mafkura maydonini bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g’oyalar egallashga urinishi ham tarixan isbotlanganligi shubhasiz. Agarda yon-atrofimizdagi voqelikka teranroq nazar tashlaydigan bo’lsak, tabiiy zaxiralarga boy, geopolitik nuqtai nazardan g’oyat qulay hududda joylashgan yurtimizga ko’z olaytiradigan, bizga ta’sirini o’tkazishni istaydigan turli nosog’lom kuchlar mavjudligini inkor etolmaymiz. «Ular - deb ta’kidlaydi - Prezident Islom Karimov - o’z niyatlarini amalga oshirish uchun hech narsadan tap tortmasligi bugungi kunda ayon bo’lib qoldi. Bu kuchlar katta mablag’ va zamonaviy qurol-aslahalarga ega. Lekin ularning eng yovuz quroli – milliy qadriyatlarimizga to’g’ri kelmaydigan, eng yomoni, ertaga o’rnimizni egallashi lozim bo’lgan yosh avlodning qalbi va tafakkurini zaharlaydigan buzg’unchi mafkuradir.

hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo’ya hatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo’shliq tufayli sodir bo’lmoqda». SHu o’rinda nega aynan g’animlarimiz hali hayotiy tajribaga ega bo’lmagan, oq-qorani tanib ulgurmagan yoshlarga qaratmoqda degan savol tug’iladi. CHunki aynan yoshlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda asosiy tayanch kuch. Ayni paytda, yoshlarimizning ko’ngli ochiq, sodda, ishonuvchan.



  • Bugungi kunda odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma’no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta’sirini doimiy ravishda sezib yashashi. Axborot asri, elektronika asri deb atalayotgan XXI asrning bugungi kunida bu ta’sirlardan xoli bo’lish deyarli imkonsizdir. Demak, bugungi kunda «mafkura poligonlari yadro poligonlari»ga nisbatan ham ko’proq kuchga ega. Bu uning xususiyatlaridan biridir.

  • Agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo’lsa, buni sezish, ko’rish, oldini olish mumkin. Ammo mafkuraviy tazyiq, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg’ab yetish nihoyatda qiyin.

  • Milliy g’oya - millat tafakkuri va ongining mahsuli. Lekin ayni vaqtda siyosiy ong darajasi har bir millatning rivojini belgilaydigan omil hamdir. Demak, ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa hech bir jamiyat o’zining oliy maqsadiga erisha olmaydi. Biz ham kishilar ongi va tafakkurini o’zgartirmasdan turib ozod va obod jamiyatni barpo etolmaymiz.

Milliy mafkura, - avvalambor, o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qo’ygan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart.

  • Jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan xilma-xil fikrlar va g’oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini mushtarak milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan milliy istiqlol g’oyasi - mafkura bo’lishi kerak.

  • Milliy mafkura har qanday tajavvuzkor millatchilik va shunga o’xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo’lib, qo’shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o’zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo omilidir .

  • Milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga milliy-ma’naviy qadriyatimizga mos insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo’la oladi.

Milliy g’oya Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog’lab turishga, o’zimizni ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g’oyadir.

Demak, milliy g’oya, milliy iftixor kundalik mashaqqatli ishlarimizda va bunyodkorlik faoliyatimizda kuchimizga kuch, g’ayratimizga g’ayrat qo’shib, haqiqatan ham kelajagi buyuk davlat qurayotganimizga mustahkam ishonch bag’ishlaydi.

Mustaqil o’zbekiston uchun, uning taraqqiyoti va buyuk kelajagi uchun endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolarni hal etish asosiy masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Ana shunday vazifalardan biri milliy istiqlol mafkurasiga ishonch va e’tiqodni mustahkamlashdan iboratdir. Milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlash zarurligi fikrimizcha, bir qator shart-sharoitlardan kelib chiqadi. Ular asosan quyidagilardan iborat:


  • o’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga qadam qo’ygan dastlabki paytlarda – eski, yagona mafkuradan butunlay voz kechilayotgan, yangi mafkura esa hali ishlab chiqilmagan, ilmiy asoslab berilmaganligi bilan bog’liq edi.

  • Insoniyat tarixiy taraqqiyot tahlili shuni ko’rsatadiki, hech qanday jamiyat mafkurasiz yashay olmagan. Dunyodagi har bir jamiyatning, har bir davlatning o’ziga xos, o’ziga mos keladigan, uning uchun xizmat qiladigan, tub maqsadlari va manfaatlarini himoya qiladigan mafkurasi bo’lgan. Demak, odamlar qaysi bir jamiyatda yashamasin nimagadir ishonishi, e’tiqod qilishi, qandaydir bir sog’lom g’oyaga, ta’limotga asoslanib ish ko’rishi, faoliyat ko’rsatishi tarixiy zaruratdir.

  • Mustaqil o’zbekiston uchun, milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurati – demokratik jamiyat qurishda uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy zaminlarini yaratish va mustahkamlash uchun o’zimizga xos va mos milliy mafkura suv va havodek zarur edi. Buni bizga mustaqilligimizning deyarli o’tgan yillari tajribasi va hayotning o’zi ochiq-ravshan ko’rsatib turibdi. Demak, milliy g’oya - jamiyat hayotining barcha jabhalarini o’zida qamrab oladi va uning ma’naviy negizining mezoniga aylanadi. SHu nuqtai nazardan kishilarga ma’naviy ta’sir etishning asosiy vositasi hamdir.

o’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov keng jamoatchilikni, olimlar, shoirlar, yozuvchilarni mafkura masalasiga jiddiy e’tibor berishga chaqirib 1993 yildayoq, ya’ni mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «oldimizda turgan eng muhim masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir» - deb uqtirgan edi1.

Milliy istiqlol mafkurasi bir millat-o’zbeklarning manfaati bilangina bog’langan emasligini alohida ta’kidlash zarur. O’zbekistonda istiqomat qilayotgan o’zbeklar, qozoqlar, qirg’izlar, tojiklar, turkmanlar, ruslar, ukrainlar, yahudiylar, xullas Respublikamizni o’zining jonajon Vatani deb bilgan, u bilan faxrlanadigan barcha millat va elatlarning teng huquqligini milliy g’ururini manfaatlarini himoya qilish mafkuramiz mohiyatida asosy o’rinni egallaydi. SHuningdek milliy istiqlol mafkurasi zaminida jahondagi barcha ilg’or davlatlar, xalqlar tomonidan e’tirof etilgan umuminsoniy qadriyatlarni, ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi va tayanadi.

Mustaqil O’zbekiston uchun milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurligi va uning demokratik jamiyat qurishdagi o’rni – Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mutloq yangi g’oyalarning ishlab chiqilishi bilan bir qatorda bir qancha davlatlarning tajribalari o’rganilmoqda. Fikrimizning isboti sifatida birgina O’zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda 30 ga yaqin xorijiy davlatlardagi qonunchilik tajribalari o’rganilganligini kelishtirish o’rinlidir. Natijada kommunistik mafkuradan, sinfiylikdan, partiyaviylikdan holi bo’lgan asosiy qonun yaratildi.

Mustaqillik tufayli birinchi marotaba Konstitutsiyamizda mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligiga keng o’rin birildi. Masalan, Konstitutsiyaning 12-moddasida: «o’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas» - deb yozib qo’yilgan. Bu qoida Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va istiqlol mafkurasini ishlab chiqishda hamda mustaqillikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.



Insoniyat tarixiy taraqqiyotidan shu narsa ma’lumki, har qanday sog’lom yangi g’oya keng jamoatchilikning ongiga chuqur singsa, hayotda chuqur ildiz otsa, amaliyotda o’zini to’la oqlasa o’shanda real voqelikka, katta ijtimoiy kuchga aylanadi. Ayni paytda odamlarimizda mustaqilligimiz haqida bilim va g’oya, milliy istiqlol mafkurasi to’g’risida tasavvur bo’lsa-yu, lekin ana shu bilim va g’oya iymon va e’tiqodga, dunyoqarashga aylanmasa, bunday mafkuraning zamini bo’sh bo’ladi, mustaqillikni mustahkamlashda, asrab avaylashda amaliy ahamiyati bo’lmaydi. SHu nuqtai nazardan Prezident Islom Karimovning «o’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «o’zbekiston kelajagi buyuk davlat», «YAngi uy qurmay turib, eskini buzmang», «Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaylik», «o’zbekiston XX asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik sharoitlari va taraqqiyot kafolatlari», «o’zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin», «Milliy istiqlol mafkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir»1 va uning Oliy Majlis 2-chaqiriq 9-sessiyasida qilgan ma’ruzasida hamda asarlaridagi bebaho ilmiy-nazariy qoidalar, dasturiy yo’l-yo’riqlar xalqimizning g’oyaviy-siyosiy, umuman butun ma’naviy dunyosini milliy istiqlol g’oyasi negizlari asosida boyitishda, unga ishonch va e’tiqodni mustahkamlashda ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ushbu kitoblarda mustaqilligimizning mustahkamlashning eng dolzarb muammolarining nazariy asoslari, ilmiy-amaliy yechimlari chuqur va har tomonlama yoritilibgina qolmay, ayni bir paytda milliy istiqlol mafkuramizni odamlar ongi va qalbiga singdirishning yo’l-yo’riqlari ham ko’rsatib berilgan. Biroq bu ancha murakkab, ma’suliyatli jarayondir. SHoshma-shosharlik qilish, o’ylamasdan ish tutish, o’zibo’larchilik asosida harakat qilish, yuksak ma’suliyatni unutib qo’yish milliy istiqlol mafkurasini turmushga joriy etish masalasiga katta ziyon yetkazishi hech gap emas. Bundan juda ehtiyot bo’lmoq lozim. CHunki «Mafkura - o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prikdir»2. Darhaqiqat shu o’rinda biz yana insoniyat jamiyati o’z taraqqiyotida erishgan barcha yutuqlar, eng avvalo umummilliy mafkuraning barchani birlashtiruvchi vosita bo’lganligini inobatga olishimiz zarur. Prezident Islom Karimov bu masalaning yanada dolzarbligini Oliy Majlisning 2-chaqiriq I-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasida (22 yanvar 2000 yil) «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o’zgarmas bo’lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat. Bu – lo’nda qilib aytganda, rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot modellaridan ko’r-ko’rona nusxa ko’chirmagan holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga erishish demakdir. Bu mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat’iy nazar har bir insonning barcha huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi ta’minlanadigan demokratik rivojlanish yo’lini izchil davom ettirish demakdir». Bu borada quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor berildi:

  • Mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish. Bunda jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirsak, hayotimizning barqaror va mustahkam taraqqiyotini mukammal kafolatlagan bo’lar edik. Milliy istiqlol mafkurasi va uning demokratik jamiyat qurishdagi o’rni, eng avvalo mamlakatimiz siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko’ppartiyaviylik muhiti qaror topishi bilan bog’liqdir. Bu borada Prezident Islom Karimov ikkinchi chaqiriq o’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida quyidagi vazifani qo’ydi: «har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o’zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bo’lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflari o’z ifodasini topishi lozim.

  • Amaldagi ko’ppartiyaviylik - bu har xil qarash va g’oyalar o’rtasidagi bahs-munozara, turli partiyalar, jumladan, muxolif partiyalar uchun ham siyosiy raqobat maydoni demakdir»1. Biroq bizning fikrimizcha, o’tish davrida, har qanday jamiyatda bo’lganidek, muxolifat, basharti u jamiyatni yangilashning tashkilotchisi bo’lishga intilayotgan bo’lsa, aholining muayyan ijtimoiy qatlamlari va guruhlarining teran manfaatlari va intilishlarining haqiqiy ifodachisi va himoyachisi bo’lishi lozim.

  • Muxolifat konstitutsiyaviy mezonlar doirasida faoliyat ko’rsatib, aniq dasturiy hujjatga ega bo’lishi kerak. Ana shu dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, aholini ayniqsa saylov davrida, o’zi taklif etayotgan islohotlar va yangilanish yo’li hozirgi sharoitda jamiyat uchun eng to’g’ri va eng maqbul yo’l ekanligiga ishontira olishi lozim.

  • haqiqiy muxolifatning vujudga kelishi uchun, uning hokimiyat bilan g’oyaviy va amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan muxolifat bo’lishi uchun siyosiy vaziyat va barqarorlikni ta’minlovchi mexanizm va sistemalar kuchli bo’lishi kerak. Bugungi kunda barcha sog’lom fikr yurituvchi, mustaqilligimizni mustahkamlash va Vatanimizning buyuk kelajagi uchun kurashayotgan kishilarning barchasi siyosiy muxolifatni aynan shunday holdagi muxolifatni ko’rishni istaydi va tushunadi. Albatta, buning uchun matbuot, axborot vositalarining demokratik tamoyillarga tayanishi mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartidir.

Binobarin har bir davlat, jamiyat o’zi bajarayotgan tarixiy vazifani asoslovchi va barcha ijtimoiy qatlamlar, millatlar va elatlar, diniy e’tiqodlar vakillarini shu vazifa atrofida birlashtiruvchi, jipslovchi umummilliy mafkuraga ega bo’lganlar. CHunki shunday qilingandagina, birinchidan, biron bir mafkura davlat mafkurasi darajasiga chiqmaydi. Ikkinchidan, bunday ish umumjamiyat, umummilliy mafkurani yanada aniqlashga, boyitishga xizmat qiladi, uning har bir fuqaroga yetib borishini ta’min etadi. Bunday fikrga kelishimizning ilmiy-nazariy asosi, uchinchidan, hozirgi davrda ilg’or davlatlarda barcha ijtimoiy qatlamlar o’z g’oyalarini demokratiya, insonparvarlik, ijtimoiy adolat qoidalari hamda talablari asosida yaratishga intilayotganliklaridir. Albatta, ularning orasidagi murosasizlik o’rniga har bir masalada konsensus, ya’ni murosa-yu-madora tamoyillaridan kelib chiqish tobora ustun kelmoqda.

Bu mustaqilligimizning o’ziga xos poydevoridir. SHunga tayangan holda qurilayotgan jamiyat mustaqil va mustahkam bo’ladi. Demak, mustaqillikni mustahkamlashda o’zbekiston milliy istiqlol mafkurasining ilmiy-nazariy jihatlari quyidagi xulosalarda o’z ifodasini topadi:



  • Mafkura o’zbekiston jamiyati hayotida ham zarur, chunki mafkura bo’lmasa odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar.

  • o’z poyoniga yetgan XX asr ko’p sinovlar, azobu uqubatlar, xatolar fojialar, urushlar, qatag’onlarni boshidan kechirishining asosiy sabablaridan biri ham mafkuraviy kurashlar milliy-madaniy meros va qadriyatlarni inkor etish, o’zga g’oyalarni zo’rlab kiritish zaminida ro’y berdi. Bu haqiqatni hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz kerak.

  • Insoniyat tarixida axborot asri deb tan olinayotgan, ya’ni XXI asrda ham, turli xil eski va yangi mafkuralarning o’zaro kurashi har qachongidan ham ko’ra shiddatli tus olmoqda. Darhaqiqat hozirgi davrda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo’lsa-da, turli xil maqsad va manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuralar tortishuvi to’xtagani yo’q. Natijada bugungi kunda ham ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o’rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib qonli to’qnashuvlar, ommaviy qirg’inlarga sabab bo’lmoqda. Bu mustaqillik uchun katta xavf-xatardir.

  • Ana shunday fojialarning oldini olish, ularni tinch yo’l bilan hal etishning birdan bir vositasi mafkuraviy tahdidlardan saqlanishdir, o’z milliy istiqlol g’oyasiga ega bo’lishdir. Negaki, mafkuraviy kurash va tortishuvlardan ko’zlangan asosiy maqsad - inson, avvalambor yoshlar qalbini egallash, ularni o’z dunyoqarashiga bo’ysundirish, ma’naviy jihatdan zaif va tobe qilish. Prezident Islom Karimov iborasi bilan aytganda, «fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy va siyosiy qaramlikdan ham ko’ra dahshatlidir»1. Ta’bir joiz bo’lsa, aytish mumkinki, axborot va elektronika asri deb atalayotgan yangi XXI asrda inson har qachongidan turli ma’no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta’siridan xoli bo’lishi deyarli imkonsizdir. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ham ko’proq kuchga ega. Ikkinchidan, mafkuraviy kurashning kishilarni doimo ogoh bo’lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo’lsa, buni sezish, ko’rish, oldini olish mumkin. Ammo mafkuraviy tazyiq, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg’ab yetish nihoyatda qiyinligi bilan ajralib turadi. hamda uning ilmiy-nazariy asoslari haqidagi yana bir xulosa bu tabiatda ham, jamiyatda ham vaakum-bo’shliq bo’lishi mumkin bo’lmaganidek, mafkura sohasida ham bo’shliq vujudga kelishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmasligidir. Bu mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlashning muhim shartidir. Milliy g’oyaga ishonch va e’tiqod qancha mustahkam bo’lsa, u insonlarning shaxsiy, oilaviy hayotida, ijtimoiy hayotning barcha jabhalari orqali mustaqillikni mustahkamlab berishga xizmat qiladi.

3. Ajdodlarimizdan qolgan meros har bir millatning nafaqat o’tmish, shuning bilan birga istiqboli uchun ham kuch, fidoyilik va ilhom manbai hisoblanadi. SHuning uchun ham Prezidentimiz “Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat SHarq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan yuqori bosqichga ko’tarilishida ona-yurtimizda tug’ilib kamolga yetgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor bag’ishlaydi”,3- deb ta’kidlaydi. Uning 2“O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Inson uchun tarixdan judo bo’lish hayotdan judo bo’lish demakdir”4 - degan g’oyalarida har bir vatandoshimizning, ayniqsa yoshlarimizning ma’naviy merosimizni chuqur o’rganish zarurligi milliy-ma’naviy tiklanishimizning bosh vazifasi ekanligini tushunib yetishga qaratilgandir.

Islom Karimov milliy mafkuraning milliy-ma’naviy tiklanish va mamlakatimizda demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati va rolini ilmiy asoslashga katta e’tibor qaratib, milliy mafkura-millatni birlashtiradi, mafkurasiz odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotadi. Milliy mafkura vositasda el-yurt birlashadi o’z oldiga buyuk maqsadlar qo’yadi va ularni ado etishga qodir bo’ladi”5 - deb ta’kidlaydi. Prezidentimiz o’z navbatida milliy g’oyaning vazifalarini aniq belgilab beradi: “… milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur”6. Mamlakatimiz bugungi kunda totalitar tuzum hukumronligidan ozod bo’lib demokratik jamiyatni qurish sari dadil qadam tashlamoqda. Tabiiyki, jamiyat bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish, yana boz ustiga zo’ravonlik asosida qurilgan jamiyatdan ma’rifatli, inson manfatlari, shaxs erkinligi va kamolotiga xizmat qiluvchi demokratik jamiyatga o’tish oson kechmaydi, chunki eski tuzum illatlari hali saqlanib turadi. O’z umrini uzaytirish uchun jon jahdi bilan qarshilik ko’rsatadi, yangi jamiyat esa qisqa muhlatda qurilmaydi, balki ma’lum vaqtni, unda yashayotgan barcha insonlarning fidoyilik bilan mehnat qilishlarini talab etadi. Xuddi mana shu jarayonda yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun yuksak ma’naviy e’tiqod va sabr-toqat bilan odamlarni uyushtirish, ular dunyoqarashida yangi jamiyat taffakkurini shakllantirish muhim vazifa darajasiga ko’tariladi.

Mamlakatimizda ana shu yuksak muammolarni hal etish jarayonlari ketmoqda. Ularni mavaffaqiyatli hal etishda ertangi kunimiz davomchilari bo’lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishmiz zarur. SHuning uchun ham prezidentimiz og’ir iqtisodiy muammolarni hal etish jarayonlari murakkab holatda kechayotganligiga qaramasdan kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish, uni qabul qilish va hayotga tadbiq etish masalasini asosiy vazifa sifatida belgilab berdi hamda uni izchillik bilan amalga oshirishga rahbarlik qilmoqda. U mazkur dasturning ahamiyati haqida to’xtalib: «Lo’nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarali taqdiri — bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz»,7-deb ta’kidlaydi.

Prezidentimizning milliy — ma’naviy tiklanishni amalga oshirishga xizmat qiluvchi yana bir konseptual g’oyasi sog’lom avlodni, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish zaruriyatini ilmiy asoslanganligidir. Uning sog’lom avlod konsepsiyasida shaxsning jismonan, ruhan baquvvat bo’lishi, yuksak bilim, ma’naviyat, tafakkur va fidoyi vatanparvar bo’lishi kabi talablarga javob beradigan avlod nazarda tutiladi. SHuning uchun ham «…farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’ladi, qudratli yurtning farzandlari sog’lom bo’ladi ».8 — degan g’oyani ilgari suradi.

Milliy-ma’naviy tiklanishimizda yoshlarimiz ma’naviyatini yuksak darajaga ko’tarish, ularning hozirgi zamon fan, texnika va texnologiya yutuqlarini chuqur o’zlashtirishlari katta omil ekanligi Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslangan.

Milliy g’oya - millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oya shakli.

Milliy g’oya o’z mohiyatiga ko’ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo’lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo’lgan vazifalar va mo’ljallarni ham aks ettiradi. O’z davrida (1941-1945 yillarda) fashistlar bosib olgan Fransiyada «Qarshilik ko’rsatish» g’oyasining milliy g’oya darajasiga ko’tarilgani va Fransiyaning ozod etilishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotgani fikrimizga dalil bo’la oladi1.

U yoki bu g’oyaning milliy g’oya sifatida maydonga chiqishi millatning o’tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog’liq. Ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo’lgan maqsad-muddaolari va mo’ljallarini to’g’ri ifodalay olishi mumkin.

Har qanday milliy g’oyada umuminsoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan g’oyalar mavjud. Masalan, «Milliy yarash» g’oyasi fuqarolar, urushi ketayotgan davlatlar uchun xos hayotiy mazmunga ega. YOki «Manfaatli hamkorlik» g’oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatga ega.



Milliy mafkura - millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo’lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy asrash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi.

«Milliy mafkura»ni faqat bitta millat yoki xalqning mafkurasi, deb tushunish to’g’ri emas. U muayyan jamiyat yoki davlatning umumiy mafkurasi ma’nosini ham anglatadi. CHunki «milliy» sifati «millat» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, nafaqat muayyan etnik birlik, balki «davlat» ma’nosini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Masalan, «milliy daromad», «milliy qurolli kuchlar» birikmalarida u aynan, «davlat» so’zining ma’nodoshi sifatida ishlatiladi.

Milliy g’oyasining hayotbaxshligi taraqqiyotning o’zbek modelini amalga oshirishda yaqqol namoyon bo’ladi.

O’zbek modelining asoschisi Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilayotgan taraqqiyot yo’lining ko’pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma’nodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir. SHu sababdan u iqtisodiyot bilan bir qatorda davlat qurilishi, ijtimoiy soha va ma’naviyatni, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi.

O’zbek modeli tushunchasi, avvalo, O’zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo’lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo’naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo’ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi.

Biz qanday jamiyat barpo etmoqlamiz, degan masala Prezidenti-mizning «O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda» (1997), «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» (2002), «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» (2005) kabi asarlarida ayniqsa o’zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish milliy istiqlol g’oyasining pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga yetishga xizmat qiladi.

Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko’pmulkchilikka va ular o’rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo’lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.

Ko’pmulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish orqali yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat’iy nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash - davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.

Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini mustahkamlash istagi-umumiy taqdir va kelajak, O’zbekistonda yashaydigan barcha fuqarolarning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashni nazarda tutadi. Bu sohada ham hayotni yanada yuksak pog’onaga ko’tarilishga da’vat etadi. Bugungi hayotiy, zarurat ana shuni taqozo etmoqda. Har bir kishining farovonligi xalq farovonligi va faoliyatining asosidir.

O’z navbatida demokratiya, siyosiy hayotni erkinlashtirish orqali fuqarolardan o’z manfaatlarini davlat va jamiyat manfaati bilan uyg’unlashtirishni, yuksak siyosiy madaniyatga ega bo’lishni talab qiladi.

O’zbekistonda yangi jamiyat barpo etilmoqda. Jamiyat deganda biz odamlar uyushib, jamoa va xalq bo’lib yashaydigan ijtimoiy-siyosiy tuzumni tushunamiz. YAngi jamiyat deganda esa xalqning maqsad-muddaolari va manfaatlari asosida barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati tushuniladi. O’zbekistonda barpo etilayotgan ana shu jamiyatning ma’no-mazmunini Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida quyidagicha ifodalab berdi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo’lidan og’ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir»1.

Strategik maqsad - uzoqqa mo’ljallangan umumiy aniq rejani ifodalaydi.

Xalqimizning yangi jamiyat barpo etish yo’lidagi orzu-intilishlari uning milliy g’oyasi va mafkurasini shakllantirishni hayotiy zaruratga aylantirdi. «CHunki milliy g’oya bo’lsa, maqsad oydinlashadi. Ezgu maqsad esa har bir kishini safarbarlikka da’vat etadi, jamiyatni yanada birlashtiradi. O’z milliy g’oyasi, milliy mafkurasiga ega bo’lgan davlat mustahkam, qudratli va obod bo’ladi» (Karimov I.A. Asarlar, T.8, 473-bet). O’zbekiston xalqi milliy istiqlol g’oyasi: asosida yangi jamiyat barpo etmoqda.

Bu g’oya xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi maqsad-muddaolarini ifoda etadigan, ularni amalga oshirish yo’lida barcha yurtdoshlarimizni uyushtirib, bunyodkorlik ishlariga safarbar qiladigan, milliy istiqlol mafkurasiga asos bo’ladigan g’oya va tushunchalar tizimidir.

Milliy istiqlol g’oyasining tushuncha va tamoyillari Prezident Islom Karimov asarlari asosida ishlab chiqilgan va «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomi bilan risola holida chop etilgan.

Milliy g’oyada O’zbekiston xalqining mamlakatimiz rivojida belgilab olgan asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi mujassamlashgan.

Birinchidan, o’z kelajagini ko’rmoqchi va qurmoqchi bo’lgan har qanday davlat yoki jamiyat, albatta, o’z milliy g’oyasiga suyanishi va tayanishi zarurligi bilan bog’liq. Davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat aniq ifodalangan mafkura asosida qurilmog’i lozim. «...Oldin g’oya paydo bo’ladi, undan keyin g’oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo’ladi» (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 464-465-betlar). Demak o’z milliy g’oyasiga tayanmagan jamiyat inqirozga uchrab, o’z yo’lini yo’qotadi.

Ikkinchidan, milliy g’oya asosida O’zbekiston xalqining, odamlari ongi, tafakkurini o’zgartirmasdan turib ko’zlangan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni, erkin va farovon hayotni barpo etib bo’lmaydi. Buning uchun esa, odamlar muayyan g’oyaga ishonishi va tayanishi zarur. Bu jarayon o’z-o’zidan harakatga kelmaydi. Ishontirmoq uchun u ilmiy va hayotiy, to’g’ri ekanligiga e’tibor berish kerak, maqsad va muddaolarni ifodalashi lozim.

Uchinchidan, milliy g’oyaning zarurligi millatning o’zligini to’la anglash jarayoni bilan bog’liq. O’zligini anglagan millat ajralib ketishga emas, balki millatlarning ma’rifatlashish jarayoni mustahkamlanib boradi. Milliy g’oyada bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, strategik maqsadlari bilan dialektik bog’lanishi uning yashash shartidir.

To’rtinchidan, bugun bizning tarixiy o’zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o’tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda. O’tish davrida o’ziga xos murakkab g’ov va to’siqlarga duch kelish tabiiy jarayon. Demak, milliy g’oya mustaqillikni mustahkamlash g’oyasining o’zagi bo’lgan - tanlagan taraqqiyot yo’limizning to’g’ri, adolatli va haqqoniy ekanligiga ishontirish orqali bunyodkorlik ishlariga xalqni safarbar etish uchun xizmat qiladi.

Mustaqillikni mustahkamlash, avaylab-asrash, himoya qilishda milliy g’oyaning o’rnini boshqa biron bir omil bosolmaydi. SHu boisdan ham davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, maqsad va vazifalarini ma’naviy jihatdan ta’minlash, bugungi kunda mamlakatimiz uchun o’ta dolzarb masaladir. Prezident Islom Karimov «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» ma’ruzasida ta’kidlaganidek, «mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi».

Ana shu asosiy maqsadlardan tashqari, milliy istiqlol mafkura-sining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o’ziga xos maqsad va vazifalari ham bor. Bularni Prezidentimiz Islom Karimov ko’rsatib bergan va ular quyidagilardan iborat:

«Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish;

mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun mas’uliyat sezib yashashga chorlash;

ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analari-mizga munosib bo’lishga erishish;

yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat etish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir» (Karimov I.A. Asarlar. T.9. 222-bet).

Ana shu yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun bir qator quyidagi vazifalarni bajarish lozim:

Mustaqil va erkin tafakkurni shakllantirish. Buning uchun tafakkur to’la ozod bo’lishi lozim.

Jamiyatda sog’lom ma’naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu hurfikrlilik bilan uzviy bog’liq bo’lgan jarayondir.

Millatning o’zligini anglashi, muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylashi, vatanparvarlik kabi tuyg’ularni kamol toptirish.

Imon-e’tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yuksaltirish.

Mamlakat ko’p millatli xalqi ongi va qalbida «O’zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirish va mustahkamlash.

Milliy g’oyani xalq ongi va qalbiga singdirish uchun eng zamonaviy, qulay mafkuraviy vosita va usullardan foydalanish lozim.

Milliy mafkura hayot hodisalariga hozirjavob bo’lishi, yot va zararli g’oyalarning hurujiga o’z vaqtida javob berishi kerak.

Har bir yurtdoshimizning intellektual-ma’naviy salohiyatini ro’yobga chiqarish zarur.

Kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi darkor, chunki u g’oyaviy himoya vositasi hamdir.

Umuman, milliy istiqlol mafkurasining barcha vazifalari yagona maqsadga - Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan barpo etish, erkin va farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi. Mafkuraning asosiy maqsadi ushbu yo’lda xalqimizni jipslashtirish, kishilar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik xissini tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish, fuqarolarimizda begona va buzg’unchi g’oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lib qolaveradi1.

Milliy istiqlol g’oyasining tarixiy ildizlari - xalqimizning moziy sinovlaridan o’tib kelayotgan boy madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, qo’shiqlari, bayram va marosim-laridagi ozodlik, erkinlik uchun ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo’lida ko’rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma’naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo’ladi.

U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan. Bu tafakkurning markazida insonning ulug’ligi va mo’’tabarligi g’oyasi yotadi. CHunki mamlakatning hayoti, farovonligi mehnatkash insonlarning faoliyatiga bog’liq.



Istiqlol mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o’zi va oilasi oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma’naviy mezon hamdir.

Milliy mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida umuminsoniy tamoyillar yotadi.

Milliy mafkurasi manfaatlar tizimi bilan uyg’un bog’langan bo’lib, u quyidagi holatlar bilan ifodalanadi:

1. Mamlakat hududiy yaxlitligi va mustaqilligini saqlab, chegara-larimiz butunligi va daxlsizligini ta’min etishga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda bu yurtimizning fazo va vaqtdagi umumiy birligini ta’minlovchi manfaat.

2. YUrtning tinchligi va osoyishtaligi, ya’ni davlatimizning harbiy, iqtisodiy (energetik), ekologik, informatsion va g’oyaviy tahdidlardan muhofazalanganligi.

3. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlash manfaati.

4. Har bir oila va butun xalqning farovonligini ta’minlash, ya’ni badavlatlilik manfaati.

5. Jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o’z-o’zini boshqarish tamoyilini ta’minlanishi.



Milliy mafkurasining bosh g’oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalarini esa quyidagilar tashkil etadi:

1. Vatan ravnaqi. 5. Ijtimoiy hamkorlik.

2. YUrt tinchligi. 6. Millatlararo totuvlik.

3. Xalq farovonligi. 7. Diniy bag’rikenglik

4. Komil inson. (tolerantlik)

O’zbekiston Konstitutsiyasining 12-moddasida «O’zbekiston Respubli-kasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.

Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas», deyilgan.

Milliy istiqlolning asosiy g’oyalari xalqimiz mustaqil taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasidan kelib chiqadi. O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi - mustaqillikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari o’zining ma’no - mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan bosh g’oyani xalqimizning qalbi va ongiga yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladi.



Tayanch tushunchalar

Ideologizatsiya - mafkuralashtirish. Deideologizatsiya - mafkurasiz. Reideologizatsiya - qayta tiklash, milliy g’oya va mafkuraga e’tibor. Regressiv - reaksion, antidemokratik. Valyuntarizm - ob’ektiv taraqqiyot qonunlarni rad etuvchi oqim. Fatalizm - taqdirga tan berish. Fundamentalizm - «sof» islomni tiklash. Pragmatizm - voqelikni tajriba «ong oqimi» deb talqin etuvchi. Ekzistensializm - mavjudlik, erkinlikka erishish.

ADABIYOTLAR ROYXATI

  1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. T.: O’zbekiston, 1996.

  4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. T.:O’zbekiston, 1996.

  5. Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. T.: O’zbekiston, 1997.

  6. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997.

  7. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqarorlik taraqqiyot yo’lida. 6-jild. T.:O’zbekiston, 1998.

  8. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. T.:O’zbekiston, 1999.

  9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. T.:O’zbekiston, 2000.

  10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. T.:O’zbekiston, 2001.

  11. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. T.:O’zbekiston, 2002.

  12. Karimov I.A. Terrorizm xavfi to’g’risida. T.:SHarq, 2002.

  13. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. 11-jild. T.: O’zbekiston, 2003.

  14. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimizga va qat’iy irodamizga bog’liq. 12-jild. T.:O’zbekiston, 2004.

  15. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. 13-jild. T.:O’zbekiston, 2005.

  16. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. 14-jild. T.:O’zbekiston, 2006.

  17. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish barcha ishlarimizning mezoni va maqsadadir. 15-jild. T.:O’zbekiston, 2007.

4-MAVZU: G’OYAVIY TAHDIDLARNING YO’NALISHLARI.

Ma’ruza rejasi:

1. .I.A. Karimov g’oyaviy-mafkuraviy tahdidlar, ularning mazmun-mohiyati va asosiy yo’nalishlari haqida.

  1. SHovinizm, genotsid, fashizm, neofashizm, neokommunizm, irqchilik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm g’oyalarining reaksion mohiyati va ularga qarshi kurashning tarixiy zaruriyati.

  2. Mahalliychilik, millatchilik, urug’ aymog’chilik, korrupsiyaga qarshi kurash mafkuraviy mustaqillik kafoloti..

  3. Terrorizmning shakllari: mintaqaviy va xalqaro terrorizmning g’oyaviy-mafkuraviy asoslari.

Bugun insoniyat taraqqiyoti turli tahdidlar ta`sirida kechmoqda. Insoniyatning xavfsizlik va barqarorligiga rahna solishga, hatto uning hayotini izdan chiqarishga qaratilgan tahdidlar kundan – kunga kuchayib bormoqda. I. Karimov o`zining “O`zbekiston XXI asrga bo`sag`asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari “ nomli asarida ta’kidlaganidek, afsuski, bu tahdidlarning hammasini ham oldindan ko`ra bilishga hamma vaqt ham muvaffaq bo`linmayotir. Ushbu tahdidlar dunyoning turli buzg`unchi kuchlari tamonidan shunday ustakorlik bilan tarqatilmoqdaki, u o`zining jozibali ta’sir kuchi orqali ko`plab insonlarni kundan – kunga o`z domiga tortib bormoqda. Sh. Paxrutdinov o`zining “Tahdid tushunchasi: nazariya va amaliyot“ risolasida tahdidlarni shartli ravishda bir necha turlarga ajratib ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy, tabiiy – iqlimiy. Uning fikricha, “ tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo`naltirilgan ijtimoiy strukturani, to`g`rirog`i, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, emirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, umumsayyoraviy salbiy omillarning “ kirib kelishi “ tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy, ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin.

Hozirgi paytda insoniyat hayotiga katta xavf tug`dirayotgan xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizm, narkoagressiya va SPID singari ofatlar ham odamlar hayotiga real ofat ekanligi hammamizga ma’lum. Lekin bugungi kunda hamma ham bilavermaydigan, oshkora ko`zga tashlanmaydigan, ma’naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar ham borki, ular insonni o`zligidan ayirishga, ma’naviy dunyosini tubanlik, jaholat illatlari bilan to`ldirishga, hatto inson hayotini izdan chiqarib yuborishi bilan xavflidir. Inson ma’naviyatini o`z izmiga solishga qaratilgan turli tahdid, xavf – xatarlar yalpi globallashuv jarayonlari ta’sirida, axborot olamidagi yangiliklar bilan niqoblangan holda jamiyat hayotiga shu qadar shiddat va katta kuch bilan kirib kelmoqdaki, ularning tuzatib bo`lmaydigan zararini hamma ham anglayolmaydi, buni faqat keng fikrlaydigan, bu buzg`unchi, xavfli ofatning mohiyatini anglayoladigan odamlargina tushunib etadilar.

Bugun insoniyatga bo`layotgan tahdidlarning eng xatarlisi harbiy yoki iqtisodiy tahdidlar emas, balki ma’naviy – mafkuraviy tahdidlardir. Zero, inson ma’naviyatini egallashga qaratilgan har qanday mafkura insonni bemalol o`z ta’siriga bo`ysundiraoladi. Buni biz uzoqdan emas, yaqin kunlarda mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga qilingan turli tahdidlar misolida ham ko`rishimiz mumkin. eng so`nggi tahdid sifatida Andijon voqialarini oladigan bo`lsak, buzg`unchi kuchlar turli tuhmat, bo`hton va uydirmalar orqali xalqning fikrini chalg`itishga, ayrim odamlar ma’naviyatini egallab, mamlakatda to`s – to`palon uyushtirish, osoyishta yashayotgan butun bir xalq hayotini izdan chiqarishga harakat qilishdi.

Glaballashuv jarayonlari jadallashib borayotgan bugungi kunda mafkuraviy, g`oyaviy, ma`naviy tahdidlar mamlakatimiz kelajagi uchun eng katta xavf-xatarlardan biri bo`lib qolmoqda. Ilm-fan, texnika yutuqlari rivojlanib borayotgan bugungi kunda bunday tahdidlar yanada xavfliroq bo`lib bormoqda. Milliy ma`naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlar haqida gapirib I.A.Karimov shunday deydilar: “Binobarin, ma`naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o`z-o`zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog`lom avlod kelajagini ta`minlash yo`lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin”.

Mafkuraviy, g`oyaviy, ma`naviy taxdidlarni o`z vaqtida seza olmaslik yoki unga e`tiborsizlik tuzatish qiyin bo`lgan holatlarga olib kelishi mumkin.

Tabiatda bo`shliq bo`lmagani singari jamiyatning ma`naviy hayotida ham bo`shliq bo`lmasligi kerak, qaramlik yillarida bosqinchilarning milliy ma`naviyatimizni yo`qotishga qaratilgan siyosati oqibatida yuzaga kelgan bo`shliqni insoniy fazilatlarning o`rniga qabixlik, buzuqlik, vahshiylik singari illatlar to`ldirgan edi. Bunday illatlarning ildiz otib ketishi, ma`naviy qashshoqlik xalqimiz orasidagi mehr-oqibatlilik, millatparvarlik, fidoiylik singari fazilatlarning yo`qolib borishiga sababchi bo`layotgan edi. Mafkuraviy, g`oyaviy, ma`naviy taxdidlarni oldini olishning asosiy yo`li milliy-ma`naviy tiklanishga erishish, milliy ma`naviyatni yuksaltirishdir.

Atrofga nazar tashlar ekanmiz bunday taxdidlar oqibatida dunyoning ayrim xududlarida ma`naviy yo`qotishlar sodir bo`layotganligini, butun boshliq millatlarning asrlar mobaynida to`plab kelgan ma`naviy meroslari yo`qolib borayotganligini, ularning turmush tarzlari, milliy mentalitetlari izdan chiqayotganligini ko`rish mumkin.

Mafkuraviy, g`oyaviy, ma`naviy taxdidlarning eng xavfli tomoni shundan iboratki u jamiyat a`zolarini eng avvalambor, yoshlarni o`z vataniga, xalqiga, millatiga bo`lgan muxabbatini so`ndiradi, ulardagi millatparvarlik, vatanparvarlik g`oyalaridan chalg`itib, ularni befarq kishilarga aylantiradi.

I.A.Karimov milliy-ma`naviy tiklanish yo`lidagi tahdid to`g`risida gapirib shunday deydi “Ma`naviy taxdid deganda, avvalo, tili, dini, e`tiqodan qat`i nazar, har qaysi odamning tom ma`nodagi erkin inson bo`lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko`zda tutadigan mafkuraviy, g`oyaiy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o`ylayman”.

Ma’naviyatga bo`layotgan tahdidlarning xavfli tamoni shundaki, buzg`unchi kuchlar o`zlariga nishon qilib, avvalombor, barchamizning eng aziz, eng katta boyligimiz, ko`zimiz qorasi bo`lmish yoshlarimizni tanlashmoqda, turli niqoblar, birinchi galda so`z va fikr erkinligi, inson va jamiyat erkinligi deb atalgan niqoblar bilan ularning fikrini chalg`itishga, zamonaviy usul va vositalar orqali ularning hali murg`ak qalblarini egallashga intilmoqdalar. Ular iloji boricha, yoshlar ongida asrlar davomida shakllanib kelgan milliy qadriyatlarga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlik kayfiyatini uyg`otib, o`z mafkurasi va g`oyasini singdirishga intilmoqdalar.

Xalkaro maydonda yuz berayotgan ijtimoiy – siyosiy jarayonga nazar tashlasak, turli siyosiy kuchlar o`zlarining strategik maksadlariga intilib, « erkinlik » va « demokratiya » niqobi ostida faol harakatda. Bu buzg`unchi kuchlar o`z fa’oliyatlarini hamon ustalik, silliqlik bilan, bejirim bezaklar bilan olib bormokdaki, har kanday kishini manfur niyatlari girdobiga tortish imkoniga ega. Bu kuchlar o`z niyatlari yulida millionlab mablag`larni ayayotganlari yo`k, ular er yuzining istagan nuktasida, istagan xalqni o`zligidan ayirish va o`z ta’sir doirasiga olishni niyat qilib, buning ortidan millionlab foyda, daromadni ko`zlab ish yuritmoqdalar.

Insoniyat tarixi davomida har bir xalk shakllanishi asnosida uning milliy ma’naviyati, madaniyati ham o`z shakl – shamoyilini topib bordi. Ma’naviyat bobida sharqona va g`arbona qarashlar vujudga keldi. Har bir qutb ma’naviyatining o`ziga xos tamonlari bo`lib, ularning o`zaro nomutanosib tamonlari ham mavjud. Sharq ma’naviyati kabi g`arb ma’naviyatining ham boy imkoniyatlari, fazilatlari bugungi g`arb dunyosi ma’naviy olamini boyitib kelmokda. Bugun g`arb ma’naviyati bilan bog`lik qarashlar sifatida taraqqiyotning so`nggi davriga xos shunday tushunchalar paydo bo`ldiki, afsuski, ularning ba’zilari hatto bugun g`arb dunyosinidagi sog`lom ma’naviyatli insonlar qalbini larzaga solgani holda, sharqona ma’naviyatga nisbatan g`oyaviy tahdid, tajavvuz sifatida namoyon bo`lmokda. Hatto g`arbning o`zi xam bugun o`zini ojiz sezayotgan buzg`unchi kuchlar dunyoga shunday illatlarni targ`ib – tashviq etmokdalarki, bu tashviqotlar zamirida inson ma’naviyati, axloqi, millat manfaati bilan bog`lik g`oyalar yotibdiki, butun bir xalq, millat taqdiri, kelajak avlod hayoti xavf ostida. Katta imkoniyatga ega bu kuchlar o`z mafkurasini singdirishga, ming yillik azaliy va muqaddas qadriyatlarimizdan G`arb qadriyatlarini ustun qo`yishga urinadi. Ular bu qadriyatlarining tarixini, mazmun – mohiyatini hech qachon xolis tushuntirmaydi, aksincha, ularning ma’nosi va falsafasini o`z g`arazli maqsadlariga moslab, soxtalashtirib joriy etishga harakat qiladi. Ular o`z g`arazli maqsadlarini “erkinlik“, “ demokratiya “ singari chiroyli so`zlar bilan bezab, o`rab – chirmab, dunyo xalqlari turmush tarziga kiritishga zo`r berib urinmoqdalar.



Hozirgi kunda G`arb dunyosida erkinlikni niqob qilib olgan ayrim kimsalar nafaqat bizning milliy an’analarimiz, balki barcha xalqlar uchun qadrli bo`lgan insoniylik aqidalariga to`g`ri kelmaydigan turli buzg`unchiliklarni ommaviy axborot vositalari orqali ochiqdan – ochiq targ`ib etayotganini ko`rib turibmiz. Natijada bugun odamlarni, xususan, yoshlarni buzg`unchi illatlar ta’siridan himoya qilish masalasi davrimizning dolzarb muommosiga aylangan. Afsuski, bugun jamiyatimzda ba’zan bu ta’sirlar girdobiga tushib qolib, o`z hayotini izdan chiqargan, jaholat, buzg`unchiliklar tuzog`iga tushib qolgan kimsalarning paydo bo`layotgani sir emas.

Insoniyat tarixida ezgulik va bunyodkor g`oyalar bilan yovuzlik va buzg`unchilik g`oyalar o`rtasida hamisha kurash bo`lganligini bilamiz. Insoniyatning, jumladan, O`zbekistonning bir necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo`ravonlik, kulfat urug`larini sochish va qon to`kilishiga sabab bo`lgan buzg`unchi g`oyalar va mafkuralarning halokatli ta`siri bilan bog`liq qayg`uli sahifalar juda ko`p. Bu g`oyalar o`zlarida siyosiy bosqinchilik va mustabidlik intilshlarini goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda diniy, milliy, sifiy shiorlarni bayroq qilib chiqqan.

Jumladan, bol’shevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida mustabid g`oya va mafkuraning boshqa shakli-fashizm paydo bo`ldi.

Bol’shevizm mafkurasi bo`lgan kommunistik ta`limot xalqlarning milliy-etnik o`ziga xosliklarini yo`qotish, «proletar baynalminalligi» shiori bilan maydonga chiqqan bo`lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy-etnik sofligi» ni mutloqlashtirshni targ`ib-tashviq etdi. U irqchilikning xomiysi hisoblanadi.

«Rasizm» so`zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Yevropada «insoniyat nasli» ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq» va «sariq» irqqa ajratish uchun qo`llana boshladi.

Irqchilik ta`limoti «oq tanli» larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, boshqa irqlarning esa «oq» larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog`onalarida turishini asoslab beradi. Uning asosiy g`oyasi o`zining «ilohiy» tabiatiga ko`ra «oq» irqlarni «quyi» irqlar ustidan hukmron qilishga da`vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga ko`ra turuvchi kishilarga tazyiq o`tkazish, ularni haqoratlash, urish va o`ldirish kabi harakat hodisalarda yaqqol namoyon bo`ldi.

Irqchilik-ko`p qiyofali

Masalan o`zini oliy irq hisoblagan ingliz, ispan, frantsuz bosqinchilari o`rta asrlar va ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda Amerika, Avstriya, Afrika va Osiyoda erli xalqlarni ko`plab qirib tashladilar.

Yana bir yovuz g`oya-terrorizm bugungi kunda ham insoniyatga katta tahdid solmoqda. Insoniyata doimiy qo`rquv, fitna, g`alamislik muhitini vujudga keltirish, zo`ravonlik yo`li bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok bo`lishiga olib keladigan siyosiy maqsaddagi o`ldirish va portlashlar bu mudhish g`oyaning asl mohiyatini tashkil etadi. (Beslan fojiasi)

Diniy ekstremizm - ma`lum syosiy maqsadlar yo`lida va din niqobi ostida mutaassiblar yoki ularning irodasiga ko`ra ish ko`ruvchi guruhlar tomonidan olib boriladigan o`ta ashaddiy harakatlar va qarashlar majmuini anglatadi.

Diniy aqidaparstlik - esa siyosiy mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya`ni mazkur din paydo bo`lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat.

Dunyoning ba`zi mamlakatlarida bugungi kunda ham mavjud hukmlar dindan boshqa dinni targ`ib qilganlar jazolanadi. Jumladan, Afg`onistonda «Tolibon» harakati hukmronligi davrida ularning boshlig`i Mulla Muhammad Umarning ko`rsatmasiga binoan Afg`onistondagi buddizm diniga mansub madaniy yodgorliklar ham yo`q qilinishiga fatvo berildi. Natijada 15 asr ilgari bunyod etilgan Bamiyon shahrida dunyodagi eng yirik va balandligi 53 metrlik 2 ta budda yodgorliklari o`qqa tutilib buzib tashlandi. Bu hatti-harakatlar islom dinining boshqa dinlarga bag`rikenglik asosidagi munosabatlariga zid bo`lganligi uchun barcha taraqqiyparvar kuchlar tomonidan qoralandi. U insonni bir mute, qul,taqdirning o`yinchog`i deb qaraydi, inson qalbi, ma`naviy ehtiyojlari bilan mutlaqo hisoblashmaydi.

Islom dinining tasavuf ta`limoti ahli tarixda hayotga, jamiyat va inson masalalariga keng qaraganlar. Bu chin ma`nosi bilan insonparvarlik ta`limotidir. Chunki sufiylar, garchi chin musulmon sifatida shuhrat qozonib, islom dini tozaligi uchun kurashgan bo`lsalarda, ammo hech qachon o`zga dinlarni kamsitmaganlar. Shu sababli tasavvufni diniy bag`rikenglik ta`limoti, inson kamolotiga yo`l qidirgan hamda jaholatga qarshi kurashib kelgan ma`rifiy ta`limot, deb tushunamiz.

Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g`oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur.

Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi.

Yurtboshimizning «Bugungi kunda g`oyani taqiq bilan, ma`muriy chorlar bilan yengib bo`lmaydi. G`oyaga qarshi faqat g`oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma`rifat bilan bahsga kirishish, olishishi mumkin», degan fikrlari bugungi kunda har bir vatandoshimiz uchun dasturulamal bo`lishi kerak. (I. A. Karimov, Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T: O`zbekiston, 1998 yil10-bet)

Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B’yukenenning «Smert Zapada» nomli kitobi paydo bo`ldi. e`tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so`z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, G`arbning «taqdiri»ni jamiyat ma`naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug`ilish va aholining tabiiy o`sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag`ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa «amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko`rsatishga qodir emasligini e`tirof etadi. B’yukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to`kin hayotga erishishga bo`lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo`lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e`tirof etadi.



Gedonizmning ma`nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o`zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo`lishga intilish ustivor bo`ladi. To`g`ri, aslida insonning to`q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday to`kinchilik insoniylikka qarshi bo`lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni xavortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o`zgarishlar evropa xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Evropada tug`ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tug`ilayotganligi, tug`ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag`i etarli bo`la turib, farzand tug`ilishi va uni tarbiyalashga ketadigan mablag`ni qizg`anayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Umuman G`arb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o`zidan munosib zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqda.

Olimlarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o`zgartirish uchun farzand tug`ilishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar miqdorining orttirilishi, onalar uchun alohida imtiyozlarning joriy etilishi yoki bola soni ortgani uchun oilaga ko`rsatiladigan muruvvat ayollarni sog`lom oila qurib, unda sog`lom farzandlarni tarbiyalashga undarmikin, degan savol o`ylantirmoqda va mulohazalar mantig`idan shu narsa ayon bo`lmoqdaki, zamonaviy evropaliklarni bunday imtiyozlardan ko`ra, mansab pog`onalaridan ko`tarilib, o`z manfaatinigina o`ylab yashash ko`proq qiziqtiradi. Chunki zamonaviy G`arb yoshlari, xotin-qizlar uchun bu kabi imtiyozlar bola tug`ilishi va bu bilan bog`liq tashvishlar oldida hech gap emas. Shu kabi gedonistik psixologiya bizning yoshlarimiz ongida paydo bo`lmasligi, ochiq axborotlar makonida bemalol turli ma`lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo`lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yqnaltirish, ularda sog`lom dunyoqarash, ertangi kunga ishonch, sobit g`oya, sog`lom hissiyotlar, el-yurt oldida, oilasi va yaqinlari oldida insoniy javobgarlik va yuksak mas`uliyat hislarini tarbiyalash millat manfaatiga bevosita aloqador vazifamizdir. Bunday aloqalarning kengayishi haqiqiy ma`naviy va madaniy qadriyatlarni munosib baholash imkonini berdi. Hozirgi yoshlar ham, ularning ota-onalari ham uchragan kinoni ko`rib, duch kelgan maza-matrasi yo`q kitoblarni o`qib ketayotgani yo`q. Ataylab yurtimizga olib kelinayotgan g`arbning sun`iylashtirilgan san`atidan, «keng iste`mol»dagi madaniyatidan norozilik sezilib turibdi. Bunday mahsulotning ilgarigi «man etilgan ne`mat»ga xos «lazzati», jozibadorligi deyarli qolmagan. Hozirgi kunda xorijning madaniy qadriyatlaridan foydalanishga ancha jiddiy va tanlab yondashish ehtiyoji kuchayib bormoqda. Lekin ochiq ommaviy axborot vositalari orqali tinimsiz ma`lumotlar quyulib kelayotgan sharoitda aynan hali ongi shakllanib ulgurmagan yoshlar uchun tahdid ham, ataylab uyushtirilayotgan mafkuraviy tajovuzlar ham bor.



Shunday sharoitda Prezidentimiz Islom Karimovning fikrlari biz uchun hamisha dalda bo`ladi: «Eng muhimi, qalbimizda g`ururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko`tarib yashashga qodirmiz. Bizni qo`rqitmoqchi bo`layotgan g`alamislar shuni bilib qo`ysinki, biz hech kimga bosh egmaganmiz va hech qachon bosh egmaymiz. Bunda bizga milliy g`oyamiz va mafkura g`oyaviy tayanch va asos bo`ladi (2001 yil 10 oktyabr).

Zero, milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o`tishda uning ruhini ko`tarib, suyanch va tayanch bo`ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko`plab hayotiy va ma`naviy muammolarga javob izlaydi. U insonga faqat moddiy boyliklar va ne`matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e`tiqod tufayli yuksak ma`naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo`lini yoritib beradi. Istiqlol mafkurasi ko`pmillatli O`zbekiston xalqining ezgu g`oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini o`zida aks ettiradi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari ta`kidlaganlaridek, «Milliy g`oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, ser-qirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan tushunchalarni o`zimizga tasavvur qilishimiz kerak, deb o`ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g`oyalarning ma`no-mazmunini teran anglab etishga xizmat qiladi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning sha`nu sharafi, or-nomusi, ishonch-e`tiqodini ifodalaydigan, jamiyatimizning o`ziga xos taraqqiyot yo`li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g`oyalar tizimidir.

Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas`uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.

Davlatimiz rahbarining ko`rsatmalari va istiqbolli g`oyalaridan kelib chiqib, hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o`sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim va dolzarb ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdandir. Bu ishni bamisoli niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog`bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo`l bilan amalga oshirish lozim.

Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B’yukenenning «Smert Zapada» nomli kitobi paydo bo`ldi. e`tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so`z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, G`arbning «taqdiri»ni jamiyat ma`naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug`ilish va aholining tabiiy o`sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag`ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa «amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko`rsatishga qodir emasligini e`tirof etadi. B’yukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to`kin hayotga erishishga bo`lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo`lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e`tirof etadi.



Gedonizmning ma`nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o`zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo`lishga intilish ustivor bo`ladi. To`g`ri, aslida insonning to`q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday to`kinchilik insoniylikka qarshi bo`lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni xavortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o`zgarishlar evropa xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Evropada tug`ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tug`ilayotganligi, tug`ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag`i etarli bo`la turib, farzand tug`ilishi va uni tarbiyalashga ketadigan mablag`ni qizg`anayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Umuman G`arb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o`zidan munosib zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqda.

Olimlarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o`zgartirish uchun farzand tug`ilishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar miqdorining orttirilishi, onalar uchun alohida imtiyozlarning joriy etilishi yoki bola soni ortgani uchun oilaga ko`rsatiladigan muruvvat ayollarni sog`lom oila qurib, unda sog`lom farzandlarni tarbiyalashga undarmikin, degan savol o`ylantirmoqda va mulohazalar mantig`idan shu narsa ayon bo`lmoqdaki, zamonaviy evropaliklarni bunday imtiyozlardan ko`ra, mansab pog`onalaridan ko`tarilib, o`z manfaatinigina o`ylab yashash ko`proq qiziqtiradi. Chunki zamonaviy G`arb yoshlari, xotin-qizlar uchun bu kabi imtiyozlar bola tug`ilishi va bu bilan bog`liq tashvishlar oldida hech gap emas. Shu kabi gedonistik psixologiya bizning yoshlarimiz ongida paydo bo`lmasligi, ochiq axborotlar makonida bemalol turli ma`lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo`lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yqnaltirish, ularda sog`lom dunyoqarash, ertangi kunga ishonch, sobit g`oya, sog`lom hissiyotlar, el-yurt oldida, oilasi va yaqinlari oldida insoniy javobgarlik va yuksak mas`uliyat hislarini tarbiyalash millat manfaatiga bevosita aloqador vazifamizdir.



Prezidentimiz Islom Karimovning fikrlari biz uchun hamisha dalda bo`ladi: «Eng muhimi, qalbimizda g`ururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko`tarib yashashga qodirmiz. Bizni qo`rqitmoqchi bo`layotgan g`alamislar shuni bilib qo`ysinki, biz hech kimga bosh egmaganmiz va hech qachon bosh egmaymiz. Bunda bizga milliy g`oyamiz va mafkura g`oyaviy tayanch va asos bo`ladi (2001 yil 10 oktyabr).

Zero, milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o`tishda uning ruhini ko`tarib, suyanch va tayanch bo`ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko`plab hayotiy va ma`naviy muammolarga javob izlaydi. U insonga faqat moddiy boyliklar va ne`matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e`tiqod tufayli yuksak ma`naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo`lini yoritib beradi. Istiqlol mafkurasi ko`pmillatli O`zbekiston xalqining ezgu g`oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini o`zida aks ettiradi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari ta`kidlaganlaridek, «Milliy g`oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, ser-qirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan tushunchalarni o`zimizga tasavvur qilishimiz kerak, deb o`ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g`oyalarning ma`no-mazmunini teran anglab etishga xizmat qiladi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning sha`nu sharafi, or-nomusi, ishonch-e`tiqodini ifodalaydigan, jamiyatimizning o`ziga xos taraqqiyot yo`li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g`oyalar tizimidir.

Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas`uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.

Davlatimiz rahbarining ko`rsatmalari va istiqbolli g`oyalaridan kelib chiqib, hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o`sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim va dolzarb ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdandir. Bu ishni bamisoli niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog`bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo`l bilan amalga oshirish lozim.

Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum» - doira markazi so`zlaridan olingan. Ma`nosi - o`z fikr-o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o`z bilimlari va o`zgalarga munosabatini o`zgartira olmasligini bildiradi. Psixologiyada egotsentrizmning bir qancha turlari - bilishga oid, axloqiy va kommunikativ egotsentrizmlar farqlanadi. Oxirgisi - boshqalarga biror xil ma`lumot berish jarayonida ularning fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo`ladi. Nazarimizda, zamonaviy informatsion xurujlarning mualliflarida aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o`zlariga o`xshash faqat o`z manfaatinigina ko`zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. Psixologik himoya bo`lishi uchun shaxsda mustaqil fikr bo`lishi lozim.

Keyingi yillarda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta e’tibor berilishi bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatga aylandi. Ko’plab diniy bayramlar ommaviy nishonlanmoqda, televideniye va matbuot tomonidan xalq ehtiyojida bo’lgan diniy masalalar tez-tez yoritila boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an’analarga o’rganish qiziqish kuchaydi. Biroq bundan foydalangan ba’zi shaxslar o’z manfaatlari yo’lida chet ellik yurtimizga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistik oqimlar «da’vatchi»lariga aylandilar. Ular xorijliklar tomonidan istaganlaricha mablag’ va diniy adabiyotlar bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar tezda o’z natijasini berdi. Farg’ona vodiysi va Toshkent shahrida avj olgan «vahhobiychilik» harakati, jumhuriyatimizning deyarli barcha shahar va qishloqlariga yetib borishga ulgurgan «Hizb at-tahrir al-islomiy» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna-fasod harakatlari shundan darak beradi.

Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yasaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g’arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o’rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo’ladi.



Vahhobiylik. Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan diniy-siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd o’lkasining al-‘Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o’z otasi rahbarligida o’rgana boshladi. U an’anaga ko’ra Qur’onni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Kurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo’lib, ko’pincha ulamolar suhbatida o’zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o’z targ’ibotchilik faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o’ziga munosib homiy topish bo’ldi.

1745 yili Muhammad ibn Abd al-Vahhob ad-Dir’iya vodiysiga uning amiri Muhammad ibn Sa’ud taklifiga binoan ko’chib o’tdi. Bu bilan Muhammad ibn Sa’ud o’z hokimiyatini kuchaytirishda vahhobiylikdek mafkuraviy qurolga ega bo’ldi. Vahhobiylar o’zlari xohlagan jamoani kufrda yoki shirkda ayblashlari va unga qarshi jihod e’lon qilishlari mumkin edi. Ibn Sa’ud esa bu jihodni amalga oshirib, o’z hokimiyati chegaralarini kengaytirishni boshladi. Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1792 yili vafot etdi. Ibn Saud va uning sulolasi vahhobiylik bayrog’i ostida olib borgan urushlari 1932 yilda Saudiya Arabistoni davlatining tuzilishi bilan yakunlandi.

Vahhobiylik ta’limoti diniy masalalarda din fundamenti, ya’ni Payg’ambar davri voqeiyliklariga qaytishni talab etdi. Ular barcha muxoliflarini bid’atchilikda, ya’ni dinga yangilik kiritganlikda aybladilar, o’zlarining siyosiy dushmanlarini esa mushriklikda ayblab, ularga qarshi jihod olib borishga fatvo berdilar. Axloqiy masalalarda nazariy jihatdan, garchi shaxsiy kamtarlik, mol-mulkka hirs qo’ymaslik, dunyoviy hayotda toat-ibodatga aksariyat vaqtni sarflashni targ’ib qilsalar-da, lekin amalda saroy ahlining bosqinchilik urushlari qo’shni qabilalar mol-mulklarini talash oqibatida gap bilan amal o’rtasida ziddiyat paydo bo’ldi.

Vahhobiylik harakatlari Usmoniylar imperiyasi (1453-1924) hududlarida vujudga kelganligi va imperiya bilan bu harakat o’rtasida bir necha qonli to’qnashuvlar yuz berganligi tufayli bu oqimda turk islomiga qarshi bo’lgan kuchli kayfiyat o’z aksini topdi. Imperiyaning markaziy hududlarida hanafiylik mazhabi mutlaq hukmron mavqega ega bo’lganligi uchun mazkur maktab qoidalari qattiq tanqid qilindi.

SHuningdek, vahhobiylik harakati mafkurasining markazida avvaliga Arabiston yerlarini birlashtirish orqali, keyinchalik butun islom dunyosida islom davlatini shakllantirish g’oyasi ham mavjud edi. Ular bu maqsad yo’lida har qanday qurbonliklarga tayyor edilar.

Vahhobiylarning chet ellarda ko’plab tashkilotlari bo’lib, ular faol harakat olib boradilar. Ularning ko’pchiligi yashirin siyosiy faoliyat olib boradi. Ish uslublari – diniy hissiyotlari kuchli bo’lgan fuqarolarni jamiyatlarga tortib, ularni qayta tarbiyalash, so’ng ulardan tashviqot va ijtimoiy tartibbuzarlik, ekstremistik harakatlarda foydalanish. Bu ishlarga, ayniqsa, yoshlarni, bolalarni, hayot tarzidan norozi bo’lgan shaxslarni jalb qiladilar. Xayriya fondlari orqali mayib-majruhlarga, yetim-esirlarga yordam, diniy ta’lim berish, turli diniy adabiyotlarni tarqatish kabi yo’llar bilan keng targ’ibot ishlarini olib boradilar. Kishilarga fanatizm, murosasizlik, o’zgalar fikrlari va manfaatlariga hurmatsizlik ruhini singdirishga urinadilar.



Al-Ixvon al-muslimun. XIX asr dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o’zgarayotgan yangi sharoitlarga diniy-falsafiy, huquqiy normalarning XIX asr yarmidan boshlangan moslashuvi fanda «islomiy islohotlar» nomini oldi. Lekin bu jarayon haddan tashqari cho’zilib ketdi va ko’p sohalarda ziddiyatli hollarni keltirib chiqardi. Ular orasida panislomizm va musulmon jamoalarining boshqa konfessiyalardan ajratish g’oyasini aytishimiz mumkin. Panislomizm g’oyasini birinchi bo’lib ilgari surgan Jamoliddin al-Afg’oniy (1839-1897) hisoblanadi. U diniy-siyosiy arbob bo’lib, 1884 yili Parijda Muhammad Abduh (1849-1905) bilan birgalikda «al-Urvat al-vusqo» jurnalini nashr etdi va unda panislamizm g’oyalarini targ’ib qila boshladi. Al-Afg’oniyning g’oyalarini keyinchalik «Musulmon birodarlar» (al-Ixvon al-muslimun) radikal shakllarida rivojlantirildi.

Al-Ixvon al-muslimun – 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida Misrlik shayx Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilot. Hasan al-Banno Jamoliddin al-Afg’oniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta’sirlanib, panislomizm g’oyasida jihod, islomiy millatchilik, islomiy davlat ta’limotlarini ishlab chiqdi. Al-Ixvon al-muslimun bu ta’limotlar asosida islom dini tarqalgan mamlakatlarda Qur’on va shariatda ifodalangan qoidalarga to’lik rioya qiluvchi, «islomiy adolat» prinsiplari o’rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy kurashni boshlab yubordi.

Al-Ixvon al-muslimun o’z tarixida bir necha bosqichlarni bosib o’tdi. 1928-1936 yillardagi davrni xayriya va ma’rifatchilik bosqichi deb atasa bo’ladi. Keyinchalik u kurash uslubi sifatida terrorni qo’llash darajasiga yetgan siyosiy tashkilot sifatida maydonga chiqdi. Ko’plab davlatlarda uning faoliyati taqiqlandi. Keyingi davrda al-Ixvon al-muslimun orasida bo’linish yuz berib, ular 3 yo’nalishga ajralib ketdi:


  1. «mo’’tadillar» – Hasan al-Banno va Sayyid Qutb tarafdorlari;

  2. «islom demokratlari» – «islom sotsializmi» ta’limoti tarafdorlari;

  3. «at-Takfir va-l-hijra», «al-Jihod», «Hizb at-tahrir al-islomiy» kabi terror uslubini qo’llovchi tashkilotlar.

Hizb at-tahrir. Hizb at-tahrir 1952 yili Quddus shahrida falastinlik ilohiyotchi Taqiy ad-din an-Nabahoniy (1909-1979) tomonidan asos solingan diniy-siyosiy partiya. U Hayfada tug’ilib o’sgan, Qohiradagi «al-Azhar» universitetida ta’lim olgan.

Partiyaning asosiy maqsadi – avval arab davlatlari miqyosida, keyin islom dunyosi miqyosida va nihoyat jahon miqyosida xalifalik shaklidagi islom davlatini tuzish. Ularning asosiy da’vosi – Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1924 yili usmoniy xalifa ikkinchi Abd al-Majid (1922-1924) xalifalikdan g’ayriqonuniy chetlatilgani bo’ldi. Davlat diniy-islomiy qonunlar asosida xalifa tomonidan idora etilishi lozim. Partiya dasturi 187 banddan iborat bo’lib, asosiy maqsadi – hokimiyatga erishish. Bundagi asosiy yo’l – islomiy fikrlovchi shaxslarni shakllantirish. Ularga islomiy ta’lim-tarbiya berish ikki bosqichdan iborat: 1) u bilan islom ta’limotini o’rgatish yo’lida madaniy-ma’rifiy ishlar olib borish; 2) siyosiy faoliyatga tortish.

Maqsadga erishish uchun kurash uch bosqichdan iborat:


  • G’oyaviy-fikriy kurash;

  • jamiyatda g’oyaviy inqilobni amalga oshirish;

  • hokimiyatga faqatgina umma-jamoaning to’liq roziligidan so’ng kelish.

Hizb at-tahrir tarafdorlari ko’pgina musulmon davlatlari, jumladan, Tunis, Iroq, Jazoir, Sudan, YAman va boshqalarda o’z faoliyatlarini yashirin olib bormoqdalar. Uning hozirgi kundagi rahbari Abd al-Qadim az-Zallumdir.

Hizb at-tahrir tuzilish jihatidan piramida shaklidadir. Har bir guruh (halqa) alohida-alohida bo’lib, 5-6 kishidan iborat. Guruhlarning o’quv ishiga mushrif rahbarlik qiladi. Undan tashqari guruhda yana bir rahbar – amir bo’lib, u mushrifga mashg’ulotlarni o’tkazishda bevosita yordam ko’rsatadi. Mushrif bir vaqtning o’zida bir necha guruhda ta’lim ishlarini olib borishi mumkin. O’qish davomida tinglovchilar diniy mavzudagi mashg’ulotlar bilan birga siyosiy, jumladan, musulmon davlatlarida sodir bo’layotgan voqealarni diqqat bilan o’rganadilar.

O’zbekiston hududida 1992 yildan boshlab partiyaning boshlang’ich bo’linmalari tashkil etila boshlagan. Partiya safiga kiruvchilar o’z partiyalari haqidagi ma’lumotlarni hech qachon oshkor etmaslikka o’z mushrifi buyurgan vazifalarni so’zsiz bajarishga Qur’on bilan qasam ichadilar. Partiya mutasaddilari o’z tarafdorlarini ko’proq ziyolilar, ilmiy xodimlar, talaba yoshlar orasidan qidiradilar.

Etarli ta’lim olgan shaxslar keyinchalik o’zlari mustaqil guruh tuzishlari lozim. Tahrirchilarning ta’limi bosqichma-bosqich olib boriladi. Birinchi bosqichda «Islom nizomi» va «Izzat va sharaf sari» kitoblari bo’yicha o’qitiladi, «al-Va’y» jurnalidagi ma’lumotlar muhokama qilinadi. Keyingi bosqichlarda «Demokratiya – kufr nizomi», «Siyosiy ong», «Xalifalikning tugatilishi», «Hizb at-tahrir tushunchalari», «Islomiy da’vatni yoyish vazifalari va sifatlari» kabi kitoblari o’qitiladi. Bu adabiyotlar partiya manfaatlarini ko’zlab, Qur’on oyatlari va hadislarni noto’g’ri talqin qilib, dindorlar ongiga ta’sir qilish mo’ljallangan. Ushbu nashrlar dindorlarni siyosiylashtirilgan islomga targ’ib etib, ularni fuqaroviy bo’ysunmaslikka va muomaladagi umumiy qoidalarni inkor etishga chaqiradi.

Hozirgi zamon islom ulamolari – Yusuf Qarzoviy, Sayyid Muhammad at-Tantoviy, Nosir ad-din al-Alboniylar Hizb at-tahrirni ohod hadislarga, qabr azobiga, sirot ko’prigiga ishonmasliklari uchun ularni Ahl as-sunna va-l-jamo‘a safidan chiqqan deb hisoblaydilar.

Akromiylar. Respublikamiz hududida tashkil topib, hozirda faoliyati deyarli to’xtatilgan noan’anaviy, ham islom ta’limotiga, ham konstitutsiyaviy davlatchilik asoslariga zid bo’lgan guruh «Akromiylar»dir.

Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh asoschisi – 1963 yilda tug’ilgan Yo’ldoshev Akrom nomi bilan bog’liq. A. Yo’ldoshev Hizb at-tahrirning yetakchisi an-Nabahoniy g’oyalari asosida 12 darsga mo’ljallangan «Imonga yo’l» risolasini yozgan. SHu sababdan akromiylarni «Imonchilar» deb ham yuritiladi.

Akromiylar ham davlat tepasiga chiqish kabi g’arazli maqsadlarni ko’zlaydilar. Biroq ular tahrirchilardan farqli o’laroq, xalifalik davlatini mahalliy sharoitdan kelib chiqib, avvalo, Andijonda, so’ng Farg’ona vodiysida amalga oshirmoqchi bo’ldilar. Akromiylar siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar – «sirli», «moddiy», «uzviy», «maydon» va «oxirat». To’rtinchi va beshinchi bosqichlar tamomila islomlashtirish davri tugagach boshlanishi va ochiqdan-ochiq hokimiyat uchun kurash bosqichlari bo’lmog’i lozim edi.

Bu guruh a’zolari, asosan, hunarmandlardan iborat bo’lib, ular rasmiy ishxonalardan bo’shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shug’ullanganlar. Zarurat tug’ilganda «birodarlari»ga «jamoa banki»dan moddiy yordam berganlar. Undan tashqari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda oziq-ovqat mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faqat «birodarlar» o’rtasida amalga oshirilgan.



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish