Mustaqil ishni bajarish tartibi va vazifalari
Talabaning mustaqil ishi o’quv rejasidagi “Konchilikda kompyuter texnologiyalari” fanini o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarini ajralmas qismi bo’lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatdan taminlanadi hamda bajarilishi baho tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
Talabaning mustaqil ishini asosiy maqsadi – o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
kerakli ma’lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash;
axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;
elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
berilgan topshiriqning rasional yechimini belgilash;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda “Konchilikda kompyuter texnologiyalari” fanining akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
ayrim nazariy mavzularni o’quv va ilmiy adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;
berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash;
amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash va amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish (keys-stadi);
maket, model, va namunalar yaratish;
ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash.
“Konchilikda kompyuter texnologiyalari” fanining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan xam foydalanilishi mumkin.
“Konchilikda kompyuter texnologiyalari” fani bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari kafedra professori (yoki etakchi dosenti) tomonidan o’quv mashg’ulotlarini bevosita olib boruvchi o’qituvchi bilan birgalikda tuzilgan hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo’yicha dastlabki ko’rsatma va tavsiyalar qayd etilgan.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga ahborot manbaasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar, ma’lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog’idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Mustaqil ish fan uchun ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos reyting ballari bilan bohalanadi va natijasi fan bo’yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi. Mustaqil ishni nazorat qilish turlari va uni baholash me’zonlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash me’zonlari talabalarga o’quv yili boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |