XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Yo'riqnoma frezerlash stanoklarida har xil kesuvchi asboblar va moslamalarni qo'llab turli murakkablikdagi detallar va 14 klass aniqligidagi asboblarga ishlov beruvchi frezalovchilar uchun mo'ljallangan.
2. Frezalovchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmagan;
2.2. tibbiy ko'rikdan o'tgan;
2.3. kasbiy ko'nikmalarga ega, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha o'qigan, bilimlari tekshirilgan va belgilangan shaklda guvohnoma olgan;
2.4. yuk ko'tarish mexanizmlarini ishlatishda "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq belgilangan tartibda maxsus o'qigan va instruktaj o'tgan;
2.5. kirish instruktaji, hamda bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktaj o'tgan.
3. Frezalovchi quyidagilarga majbur:
3.1. korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnat va dam olish rejimini bajarish;
3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik;
3.3. ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish;
3.4. ish vaqtida o'zi bilan birga ishlarni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha bilimi sinalganligi haqidagi guvohnomani olib yurish;
3.5. berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalardan foydalanish;
3.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
3.7. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrach kelguncha yordam ko'rsata bilish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida bevosita rahbariga xabar berish;
3.8. xavfsizlik belgilari talablarini bajarish, yuk ko'tarish mashinalari va zavod transportlarining ogohlantiruvchi signallariga diqqatli bo'lish;
3.9. ishni bajarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
3.10. Mashinalar, mexanizmlar va boshqa jihozlarda aniqlangan nosozliklar va boshqa xavfsizlik talablarning buzilishlari to'g'risida xabar berish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik;
4. Frezalovchi quyidagilarni bilishi kerak:
4.1. stanok tuzilishini, har xil tipdagi frezalash stanoklarning kinematik sxemalarini va aniqlikka tekshirish qoidalarini, konstruktiv xususiyatlarini va universal va maxsus moslamalarni qo'llash qoidalarini, nazorato'lchash asboblari va priborlarini tuzilishini, normal, maxsus va xilmaxil kesuvchi asboblarni me'yoriga yetkazib charxlash va o'rnatish, elektrotexnika bo'yicha elementar talablarni.
5. Ish vaqtida frezalovchilarga ta'sir etadigan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari:
5.1. stanokning aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari;
5.2. elektr toki;
5.3. detallarga ishlov berishdagi metall qirindilar;
5.4. moylashsovitish suyuqliklar (SOJ).
6. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar NKMK ishchilari uchun ichki mehnat tartib qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |