Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti «energo-mexanika»


ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI



Download 249 Kb.
bet29/41
Sana24.06.2022
Hajmi249 Kb.
#699854
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
9. Faqatgina ish rahbari tomonidan topshirilgan va ruxsat etilgan ishni bajarish va smena davomida o'z ish joyini toza saqlash.
10. Stanok ishlab turganda himoya saqlovchi moslamalarni ochmaslik va yechib olmaslik, stanokka suyanmaslik va ruxsati bo'lmagan shaxslarni kiritmaslik.
11. O'tkir uchli va qirrali mayda, qiyin ushlanuvchi detallarni mahkamlash uchun texnologik kartada keltirilgan maxsus moslama va qisqichlardan foydalanish lozim.
12. Ishlov berilayotgan detalni yassi silliqlash stanogiga o'rnatganda va mahkamlaganda quyidagilar lozim:
12.1. stolni qo'l bilan siljitib, agarda buning iloji bo'lmasa masshtab chizg'ich yordamida u to'g'ri joylashganligini tekshirish;
12.2. detalni faqatgina bir xil masofada joylashtirilgan maxsus tirgak va qisuvchi plankalari (taxtachalar) bilan mahkamlash;
12.3. jilvir tosh erkin o'tishi uchun barcha tirgak plankalarni ishlov berilayotgan detaldan pastroq o'rnatish;
12.4. mahkamlash boltlarini detalni qisish joyiga yaqinroq, qisish plankalarini esa detalga nisbatan to'g'ri burchak ostida o'rnatish;
12.5. ishlov berilayotgan detallarni taglik va stellajlarda barqaror joylashtirish, bunda shtabel balandligi mayda detallar uchun 0,5m dan, o'rtacha detallar uchun 1m dan, yirik detallar uchun 1,5m dan oshmasligi kerak;
12.6. tasodifiy moslashtirilmagan qistirma va plankalardan foydalanmaslik;
12.7.stollar to'siqlar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak.
13. Doiraviy silliqlash stanoklarida ishlaganda uzun detallarni lyunetlarda ishonchli mahkamlash.
14. Detallarni silliqlaganda quyidagilar lozim:
14.1. detalni faqatgina qizdirilgan jilvir toshga uzatish, ayniqsa jilvir tosh yangi va bino sovuq bo'lsa, detalni toshga ravon, siltovsiz va keskin bosimsiz uzatish;
14.2. jilvir toshni zarb va siltashlardan saqlash;
14.3. ishlatilayotgan jilvir toshning ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligiga va shpindelning aylanishlar chastotasiga amal qilish;
14.4.maxsus jilvir toshlar bilan ishlaganda yon yuzadagi siquvchi flanes detalga tegmasligini kuzatish;
14.5. stanokning bir shpindelida ikkita jilvir tosh bilan ishlaganda ikkala jilvir tosh o'lchamlari bir biridan 10 foizga farq qilmasligi shart;
14.6. jilvir tosh ishchi yuzasining butun eni bo'ylab ruxsat etilgan diametrdan oshmagan xolda yeyilishini kuzatish, va yeyilish natijasida uning diametri kichrayganda jilvir tosh aylanishlar sonini ushbu jilvir toshga ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligini oshirmasdan ko'paytirish mumkin;
14.7.ishlov berilayotgan detal tepishini reysmus yoki indikator yordamida to'g'rilash;
14.8. stanokni to'xtatishdan oldin uzatishni uzish va jilvir toshni detaldan chetga olish;
14.9. abraziv asboblarni va silliqlash tasmalari, xamda shpindelning aylanuvchi chiqib turuvchilarini va mahkamlash detallarini mahkamlanuvchi kojuxlar bilan to'sish.
15. Sovitish bilan ishlashda quyidagilarga lozim:
15.1. quruq charxlashdan so'ng jilvir toshni sovitish va faqat shundan so'ng sovitish suyuqligi bilan ishlashni boshlash;
15.2. sovitish suyuqligi charx toshning ishchi yuzasini to'liq yuvib turishini va o'z vaqtida qaytishini, charx toshning suyuqlikka botgan xolda turmasligini kuzatish (faqatgina, detallarni suyuqlikka botgan xolda maxsus ishlov berishga mo'ljallangan holatlarda stanoklarda ishlaganda ruxsat etiladi);
15.3. sovitish suyuqligi ta'sirida jilvir toshlar yemirilishi holatlarida ishni to'xtatish va bu haqda ustaga xabar berish;
15.4. ish tugagandan so'ng sovitish suyuqlik uzatilishini to'xtatib, jilvir toshni quritish uchun stanok 2-3 minut davomida ishlatiladi.
16. To'sqichlarni jilvir tosh to'xtatilgandan so'ng siljitish.
17. Jilvir toshga dastaki suriladigan detallarni tutib turish uchun qo'ltirak(podruchnik) lardan foydalanish, ularni ishonchli mahkamlash, quyidagicha o'rnatish lozim:
17.1. qo'ltirak (podruchnik) cheti bilan jilvir toshning ishchi yuzasi orasidagi tirqish (zazor) silliqlanayotgan buyum qalinligining yarmidan kichik bo'lishi, ammo 3 mm dan oshmasligi kerak;
17.2.detalning jilvir tosh bilan to'qnashish yuqori nuqtasi jilvir tosh markazidan o'tuvchi gorizontal tekislikdan baland joylashishi, ammo 10 mm dan oshmasligi kerak.
18. Qo'ltiraklar quyidagi talablarga javob berishi shart:
18.1. ularni kerakli holatda o'rnatish va mahkamlash imkoniyatini ta'minlash uchun suriladigan bo'lishi;
18.2. ishlov berilayotgan detalni barqaror o'rnatish uchun kattaligi jihatidan yetarlicha maydonga ega bo'lishi;
18.3. ishchi yuzasi tekis, uning jilvir tosh tomonidagi chetlarida o'yiqlar, siniq va boshqa nuqsonlar bo'lmasligi kerak..
19. Magnit stolli, plitali va patronli stanoklarda ishlaganda quyidagi talablarga amal qilishi zarur:
19.1. stanokka qiyshaygan detallarni o'rnatmaslik;
19.2. avvaliga uniformerni, so'ngra stanok yuritmasini ishga solish;
19.3. magnit uzellari temperaturasi oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik, chunki bu izolyasiyan yonishiga, detalni otilib chiqishiga va plita ichida portlash ro'y berishiga olib kelishi mumkin;
19.4.elektromagnit qoldiq magnitizmi bilan ushlab turilgan detallarni yechish uchun tokni teskari yo'nalishga ulash va bir vaqtning o'zida detallarni yechish yoki demagnizatordan foydalanish;
19.5.shpindelning urishi stanokka o'rnatilgan texnik talablaridan oshmasligi shart;
20. Harakatlanuvchi stolli stanoklarda ishlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
20.1. odamlarni harakatlanuvchi stol bilan qisilib qolmasligi uchun xar qanday buyumlarni stanok yon tomonidan o'rnatishga yo'l qo'ymaslik;
20.2. odamlarni stol "qulochi" xavfli zonaga qo'ymaslik va uni to'sishlarini talab qilishi;
20.3. quvvati katta bo'lgan tezyurar harakatlanuvchi stolli stanoklarda ilintirish mexanizmlari yaroqlilik holatini nazorat qilish.
21. Jilvir toshlarni qayrashda quyidagilarga amal qilish zarur:
21.1. to'g'rilash moslamalari ishonchli mahkamlanganligini tekshirish;
21.2. maxsus to'g'rilash moslamalaridan foydalanish (olmos qalamchalar, metall roliklar, metallo keramik disklar va boshqalar).
22. Abraziv changni tozalash uchun maxsus cho'tkalardan va kurakchalardan foydalanish, bu ishni saqlagich ko'zoynaklarda bajarish kerak.
23. Quyidagi xollarda stanokni to'xtatib elektrodvigatelni o'chirish shart:
23.1. stanok oldidan hattoki qisqa vaqtga uzoqlashganda;
23.2. ishni vaqtincha to'xtatganda;
23.3.detal va asboblarni o'rnatganda va yechib olganda;
23.4. stanokni tozalaganda va moylaganda;
23.5. jihozda xar qanday nosozliklar aniqlanganda.
24. Ish joyini yig'ishtirganda, stanokni tozalaganda, moylaganda va sozlaganda ishga tushirish moslamasiga "ULAMANG, ODAMLAR IShLAYaPDI!" yozuvli ogohlantiruvchi plakat osiladi, bundan tashqari yaqinda ishlayotganlarni ogohlantirish zarur.
25. Faqatgina gaykalar va boltlar kallaki o'lchamlariga mos yaroqli gayka kalitlarini ishlatish kerak.
26. Topshirilgan ishga aloqasi bo'lmagan shaxslarni stanokka yaqinlashtirmaslik, ishlayotgan stanokni ustaning ruxsatisiz boshqaga topshirmaslik.
27. Tezligi sekundiga 40 m dan yuqori tezkor rejimda ishlovchi stanoklarda himoya kojuxi stanok rangidan farq qiladigan rangda bo'lishi shart.
28. Silliqlovchiga quyidagilar taqiqlanadi:
28.1. stanok yonida ovqat iste'mol qilish;
28.2. stanokka sinovdan o'tmagan jilvir toshlarni o'rnatish;
28.3. har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan barmoqlar bilan ishlash;
28.4. rezbalari yaroqsiz mahkamlash boltlaridan foydalanish;
28.5. nosoz va zarur to'siqlari bo'lmagan stanoklarda detallarni silliqlash;
28.6. detalning jilvir charxtoshga bosimni oshirish uchun richaglardan foydalanish;
28.7. to'g'ri profilli magnezial biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanilganda sekundiga 20 m ishchi aylanma tezlikdan oshirish;
28.8. jilvir charxtosh yon yuzasi bilan ishlash, agarda jilvir charxtosh bu turdagi ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa;
28.9. nam silliqlashda mineral biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanish;
28.10. jilvir toshni to'g'rilashda moslamani butun gavda bilan bosish va jilvir tosh aylanish tekisligida turish;
28.11. stanokka asbob, detal va boshqa buyumlarni qo'yish;
28.12. harakatlanayotgan ishlov berilayotgan detal va jilvir toshga to'liq to'xtashiga qadar tegish;
28.13. teshiklardagi changni og'iz bilan puflab chiqarish, hamda ishlov berilayotgan yuza va stanokni shlangdan kelayotgan havo bilan tozalash;
28.14. qoldiq magnitizm bilan ushlab turilgan detallarni zarba yoki siltash bilan yechib olish;
28.15. stanok ishlash vaqtida qo'ltiraklarni joyini o'zgartirish, xamda to'siq va saqlash moslamalarni ochish va yechib olish;
28.16. ta'mirlashni mustaqil amalga oshirish;
28.17. ular mo'ljallanmagan operasiyalarni bajarish;
28.18. ish va o'tish joylarini tiqilinch qilib qo'yish va ivirsitish.
29. Ishlov berish rejimini faqatgina texnologik kartaga muvofiq usta bilan kelishilgan xolda o'zgartirish mumkin.



Download 249 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish