Amaliy mashg’ulot № 11.
Kinematik operatsiyalar yordamida modellar qurish
Kinematik operatsiya uchun ikkita eskiz kerak bo’ladi. Birinchi eskiz kesim hisoblanadi, ikkinchi eskiz esa mana shu kesim ko’chirilishi uchun trayektoriya bo’ladi.
Kesim eskizida faqat bitta ochiq yoki yopiq kontur bo’lishi kerak, yo’naltiruvchi trayektoriya eskizida esa bitta yoki ochiq yoki yopiq kontur bo’lishi kerak. Agar u ochiq bo’lsa unda bu konturning boshi va oxirgi nuqtalari kesim konturida yotishi kerak.
Bu qanday ko’rinishda bo’ladi. Kesim eskizini ko’ramiz. Eskizdan chiqamiz.
Oldindan oriyentatsiya olamiz. Kesim eskizi XY tekisligida qurilgan, tabiiyki, trayektoriya eskizining agar trayektoriya yopiq bo’lmasa bosh va oxirgi nuqtalari shu tekislikda yotgan bo’lishi kerak.
Trayektoriya qurish uchun tekislik tanlaymiz, unga eskiz yaratamiz va ikkita bo’lakdan iborat bo’lgan trayektoriya quramiz.
Parametrlash menyusiga o’tamiz. Bo’shlik darajasini ko’rsatish – nuqtalarni gorizontal bo’yicha tenglashtirishni tanlaymiz. Berilgan holatda bizni faqat boshlang’ich nuqta qiziqtiradi, u shubhasiz kerakli tekislikda yotishi kerak.
Eskizdan chiqamiz va belgilanganlarni olamiz.
Kinematik operatsiyani tanlaymiz. Kesimni tanlaymiz. Trayektoriyani tanlaymiz.
Kesimning asosiy uchta harakati mavjud. Birinchi harakat – qiyalik burchagini saqlash. Qiyalik burchagi kesim eskizi tekisligi va yo’nalish oralig’ida saqlanadi. Kesim eskizi o’ziga parallel bo’lgan tekislikka ko’chadi, eskiz perpendikulyar bo’lgancha aylanadi.
Obyektni yaratamiz.
Trayektoriya yopiq bo’lishi mumkin. Trayektoriyani yopiq qilib tahrirlaymiz.
Nuqtalar boyicha chiziq olamiz. Yopiq obyektni tanlaymiz.
Obyekt yaratamiz va eskizdan chiqamiz.
Qirralar topilmagan yoki bitta yoki bir nechta asos obyektlari yo’qolgan.
Operatsiyani tahrirlaymiz.
Sistema trayektoriya eskizi bilan aloqani qayta yangilaydi va yangi obyekt quradi.
Yaratilgan elementni o’chiramiz.
Fazoviy egrilikdan foydalanib kinematik operatsiyani quramiz. Yuqoridan ko’rinishni tanlaymiz.
Fazoviy egrilikni qurish uchun fazoviy egrilik paneliga o’tamiz.
Unga silindrik spiral va konussimon spiral kiradi.
Konussimon spiralni quramiz.
Spiral qurish uchun unga bazaviy tekislik tanlash kerak. Tekislik tanlaymiz.
Spiral tanlaymiz. Parametrlarni tahrirlaymiz. O’ng tomondan aylanadigan 10 mm qadamli 15 ta burama quramiz.
Diametr parametriga o’tamiz. Boshlang’ich diametrik – 50 mm, oxirgi diametr – 20 mm.
Obyekt yaratamiz. Endi qaysi tekislikda trayektoriya boshlanishini aniqlash kerak. Ko’rib turganimizdek, trayektoriya XY tekisligidan boshlangan.
XY tekisligida kesim eskizini yaratamiz. Normalga nisbatan.... ni tanlaymiz.
Tugundagi eng yaqin nuqtadan foydalanib ellips quramiz. Uning markazi aniq.
Endi uni aylanishdan ozod qilish kerak va nuqtalarni gorizontal bo’yicha tenglashtirish kerak.
Ikkita o’lcham tanlaymiz.
Eskizdan chiqamiz. Detalni tahrirlash menyusiga o’tamiz. Kinematik operatsiya menyusiga o’tamiz, kesim va trayektoriyani tanlaymiz
Shuningdek, ingichka devor bo’limidan ichki tomondan ham devorni aniqlash mumkin. Qalinlikni 0.5 mm qilib beramiz.
Obyektni yaratamiz.
Trayektoriya eskizini qoplaymiz. Spiral kontekst menyusini ochamiz va qoplashni tanlaymiz.
Belgilanganlarni ajratib olamiz. Izometriyani tanlaymiz.
Detalning to’g’ri sifatli ko’rinishi siz ishlayotgan kompyuterga bog’liq. Sifatni ozgina oshirish mumkin.
Servis – parametrlar – joriy detal – chizmaning aniqligi menyusiga o’tamiz va chizmaning aniqligini maksimal darajaga qo’yamiz. Natijada bu elementni ozgina aylanasimon qiladi.
Devor qalinligini kattalashtiramiz.
Spiral qadamini tahrirlaymiz. Spiralni tanlaymiz, tahrirlashni tanlaymiz. Qadamni 15 mm qilamiz.
Obyektni yaratamiz.
Kesim yasaymiz. Detalni tahrirlashdan kesim yuzasini tanlaymiz. Yuzani ko’rsatamiz.
Obyekt yaratamiz. Korpusning barcha qismini qoldiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |