Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti Energo-Mexanika fakulteti


O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari



Download 246,55 Kb.
bet3/4
Sana30.10.2022
Hajmi246,55 Kb.
#858479
1   2   3   4
O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari
O‘zbekiston Respublikasi o‘zi¬ning milliy davlat hududiga ega bo‘lib, uning ma’muriy-hudu¬diy tuzilishini o‘zi mustaqil belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo minta¬qasining o‘rtasida, Amu¬daryo bilan Sirdaryoning oralig‘ida joylashgan. O‘zbekiston hududi shimoli-g‘arbda Тuron past¬tekisligining, janubi-sharqda Тyanshan va Olay tog‘larining va ja¬nubi-g‘arbda Qizilqum cho‘llarining bir qismini egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming km2 ni tashkil etib, sharqdan g‘arbgacha 1425 km ga, janubdan shi¬mol¬gacha 930 km ga cho‘zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo‘riqlanadi. O‘zbekiston qadimda ham, hozir hamsharq va g‘arb, shimol va janub orasidagi ko‘pdan ko‘p xalqlar va mamlakatlar orasidagi alo-qalarni bir-biri bilan bog‘lovchi mamlakatdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68—69- mod¬dalarida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqal¬pog‘iston Respublikasidan iborat bo‘lib, ularning chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qi¬lish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬sining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgi¬lab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Res¬publikasi va 12 ta ma’muriy viloyat kiradi. Uning poytaxti Тoshkent shahridir. Yuqoridagi 4- chizma O‘zbekiston Respub¬li¬ka¬si¬¬¬ning ma’muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko‘rsatadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (sobiq Qoraqalpog‘iston muxtor respublikasi) 1990- yil 14- dekabrda suveren respublika deb e’lon qilingan. 1991- yil 31- avgustda bu holat „O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘¬risida“gi Qonunda o‘z aksini topgan. Uning maydoni 166,6 ming km2 ga teng bo‘lib, 1569,9 ming kishi yashaydi. Qoraqal¬pog‘iston Res¬publikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amu¬daryo, Beruniy, Kegayli, Mo‘ynoq, Nukus, Тaxtako‘pir, Тo‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot), 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo‘ston, Mang‘it, Mo‘ynoq, Тaxiatosh, Тo‘rtko‘l, Xalqobod, Chimboy, Shumanay, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot) va 17 ta shaharcha kiradi. Qoraqalpog‘istonning poytaxti Nukus shahri bo‘lib, unda 236700 kishi yashaydi. Andijon viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 4,2 ming km2 ni tashkil etadi, aholisi 2342,71 ming kishi. Andijon viloyati tarkibida 14 ta qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo‘z, Jalolquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘on¬tepa, Paxtaobod), 11 ta shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Oxun¬boboyev, Paxtaobod, Poytug‘, Xonobod, Xo‘jaobod, Shah¬rixon, Qorasuv, Qo‘rg‘ontepa) va 5 ta shahar¬cha mavjud. Viloyatning markazi Andijon shahridir. Buxoro viloyati — (1938- yil 15- aprelda tashkil etilgan) maydoni 40,3 ming km2 ni tashkil etadi, aholisi 1507,6 ming kishi. Buxoro viloyati tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romiton, Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, G‘ijduvon, G‘alaosiyo, Vobkent, Olot, Gazli, Romiton, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor) va 3 ta shaharcha bor. Viloyatning markazi Buxoro shahridir. Jizzax viloyati — (1973- yil 28- dekabrda tashkil etilgan) maydoni 21,2 ming km2 ni tashkil etadi, viloyatda 1043,3 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 12 ta qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish, Yangiobod, G‘alla¬orol), 7 ta shahar (Dashtobod, Do‘stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Gagarin, Paxtakor, G‘allaorol) va 8 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Jizzax shahridir. Navoiy viloyati — (1982- yil 20- aprelda tashkil etilgan, 1988- yil 6- sentabrda tugatilib, 1992- yil 28- iyunda qayta tiklan¬di) maydoni 111,0 ming km2 ga teng bo‘lib, 810,2 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 8 ta qishloq tumani (Konimex, Navbahor, Karmana, Nurota, Тomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qizil¬tepa) va 7 ta shahar (Zarafshon, Navoiy, Nurota, Uch¬quduq, Karmana, Qiziltepa) va 8 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Navoiy shahridir. Namangan viloyati — (1941- yil 11- martda tashkil etilgan, 1960- yil 25- yanvarda tugatilib, 1967- yil 18- dekabrda qayta tiklangan) maydoni 7,4 ming km2 bo‘lib, 2073,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 11 ta qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Тo‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on) va 8 ta shahar (Kosonsoy, Namangan, Pop, Тo‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Haqqulobod) va 12 ta shaharcha mavjud. Vilo¬yat markazi Namangan shahridir. Samarqand viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 16,8 ming km2 bo‘lib, 2867,1 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 ta qishloq tumani (Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Тoyloq, Urgut, Qo‘shrobod), 11 ta shahar (Bulung‘ur, Jomboy, Juma, Ish¬tixon, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Samar¬qand, Urgut, Chelak) va 12 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Samarqand shahridir. Sirdaryo viloyati — (1963- yil 16- fevralda tashkil etilgan) maydoni 4,3 ming km2 bo‘lib, 672,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 8 ta qishloq tumani (Boyovut, Guliston, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sir¬dar¬yo, Xovos), 5 ta shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer) va 6 ta shaharcha bor. Viloyat markazi Gu¬lis¬ton shah¬ridir. Surxondaryo viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 20,1 ming km2 bo‘lib, 1894,9 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod, Oltinsoy, Sari¬osiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi, Qiziriq, Qum¬qo‘r¬g‘on), 8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Ter¬miz, Sharg‘un, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on) va 7 ta shahar-cha mavjud. Vilo¬yat markazi Termiz shahridir. Тoshkent viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni Toshkent shahri bilan birga hisoblaganda 15,6 ming km2 bo‘lib, 4520,4 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Oqqo‘r¬g‘on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Тoshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chir¬chiq) va 16 ta shahar (Angren, Bekobod, Bo‘ka, Do‘stobod, Keles, Olma-liq, Ohangaron, Oq¬qo‘rg‘on, Par¬kent, Piskent, Тo‘ytepa, Chinoz, Chir¬chiq, Yangi¬obod, Yangiyo‘l, G‘azalkent) mavjud. Viloyat markazi Тoshkent shahrida joylashgan. Тoshkent shahrida 2135,7 ming kishi yashaydi. Тoshkentda 11 ta — Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Sirg‘ali, Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Yunus¬obod, Yak¬ka¬¬saroy, Hamza tumanlari mavjud. Farg‘ona viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,7 ming km2 bo‘lib, 2840,9 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Beshariq, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Oxunboboyev, Rishton, So‘x, Тoshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Fur-qat, O‘zbe¬kiston, Quva), 9 ta shahar (Farg‘ona, Mar¬g‘ilon, Quva, Quvasoy, Qo‘qon, Beshariq, Rishton, Yaypan, Hamza) va 10 ta shaharcha bor. Viloyat markazi Farg‘ona shahridir. Xorazm viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,1 ming km2 bo‘lib, 1432,8 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 10 ta qishloq tumani (Bog‘ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir), 3 ta shahar (Pitnak, Urganch, Xiva) va 7 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Urganch shahridir. Qashqadaryo viloyati — (1943- yil 20- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 28,6 ming km2 bo‘lib, 2378,5 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 13 ta qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroq¬chi, Shah¬risabz, Yakkabog‘, Qamashi, Qarshi, G‘uzor), 12 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Тallimarjon, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor, Yakkabog‘, Yangi Nishon, Shahrisabz) va 4 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Qarshi shahridir. O‘zbekiston aholisi tez o‘sib bora¬yotgan mam¬lakatlar qatoriga kiradi. 1991-¬yilda O‘zbekiston aholisining soni 20,7 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, mustaqillikdan ke¬yingi yillar davomida aholi soni o‘sdi va 2009- yilda 28 mln dan oshdi. O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlarning vakillari yashaydi. Aholi sonida o‘zbeklarning salmog‘i yildan yilga o‘sib bormoqda. Aholi tarkibida o‘zbeklarning salmog‘i 1989-¬ yilda 71,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005- yilda 80- foizga yetdi. O‘zbekistonning haqiqiy boyligi uning mehnatsevar, saxiy va mehmondo‘st xalqidir. O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deyish mumkin, negaki 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Respublika umumiy aholisining 64 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston qudratli mehnat salohiyatiga ega. Uning mehnat zaxiralari butun aholining deyarli 50 foizini tashkil etadi va mehnatga yaroqli aholi soni har yili o‘rtacha 210—220 ming kishiga ko‘payib bormoqda. Respublika aholisining savodxonlik darajasi 99,06 foizni tashkil etadi. 15 va undan katta yoshdagi har ming kishiga hisoblaganda, oliy va to‘liqsiz oliy ma’lumotlilar soni 143 kishini, o‘rta maxsus ma’lumotlilar soni 200 kishini tashkil etadi. Bilim darajasi jihatidan respublikamiz haqli ravishda o‘qimishli mamlakatlar qatoridan o‘rin oladi. O‘zbekistonning iqlim sharoiti qu¬lay, uning zaminida ulkan yo¬qilg‘i, energetika, mineral xom-ashyo, stra¬tegik va qurilish mate¬ri¬allari zaxiralari mavjud.



Download 246,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish