Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

Ko‗chma erga ulagichlar 
2.1.81.  Ko‗chma  erga  ulagichlar  odamlarni  o‗chirilgan  tok  o‗tkazuvchi 
qismlarda  ishlayotganda  xatolik  bilan  berilgan  yoki  tashqi  elektr  kuchlanish 
ta‘sirida paydo bo‗lgan kuchlanishdan himoya  qilish  uchun ishlatiladi. 
2.1.82.  Ko‗chma  erga  ulagichlar  erga  ulovchi  simlarga  ulash  uchun  xizmat 
qiluvchi  qisqich  (qisma)dan,  erga  ulovchi  va  uskunaning  barcha  fazalari  tok 
o‗tkazuvchi  qismlarini  o‗zaro  tutashtiruvchi  simdan  hamda  erga  ulashga  yoki  erga 
ulangan  konstruksiyaga  ulashga  mo‗ljallangan  uchlik  yoki  strubsinadan  tashkil 
topgan. Har bir fazaga  alohida ko‗chma erga ulagichni  qo‗llashga ruxsat beriladi. 
2.1.83. Ko‗chma erga ulagichlar  quyidagi  talablarni  qondirishi shart: 
1)  Ular  yalang‗och  egiluvchan  ko‗p  tolali  mis  simdan  tayyorlanishi  va 
kesimi  bir  fazali  yoki  fazalararo  qisqa  tutashuv  jarayonida  termik  bardoshlik 
talablarini  qoniqtirishi  kerak,  lekin  kuchlanishi  1000  V  dan  yuqori  bo‗lgan  elektr 
uskunalari  uchun  25  mm
2
  dan,  kuchlanishi  1000  V  gacha  bo‗lgan  elektr uskunalari 
uchun  esa  16  mm
2
  dan  kam  bo‗lmasligi  zarur.  Mis  simlar  kesimini  termik 
bardoshligi bo‗yicha tanlab olishda boshlang‗ich haroratni 30° S, yakuniy haroratni 
850°  S  qabul  qilishga  ijozat  beriladi.  Ko‗chma  himoya  erga  ulagachlarni  qisqa 
tutashuv  tokidan  qizishini  hisoblashda  quyidagi  sodda  formuladan  foydalanish 
tavsiya  qilinadi: 
 
Bunda:  S
min
  —  simning  minimal  ko‗ndalang  kesimi;  I
ust
  —  qisqa  tutashuv 
tokining  eng yuqori miqdori, t
f
 — fiktiv  vaqt. 
Amaliyotda  t
f
  uchun  ushbu  elektr  uskunasini  asosiy  releli  himoyasining eng 
katta  o‗rnatilgan  ishlash  vaqti  olinishi  kerak.  Qisqa  tutashuv  tokining  qiymati 
yuqori  bo‗lgan  holda  bitta  erga  ulashning  termik mustahkamligi etarli bo‗lmasa, bir 
nechta parallel  erga ulash o‗rnatishga ruxsat beriladi. 
2)  Bir-biri  bilan  tutashtiruvchi  simlarni  shinalarga  ulovchi  qisqich 
(qisma)ning  konstruksiyasi  shunday  bo‗lishi  kerakki,  ko‗chma  erga  ulagich  qisqa 
tutashuv  toki  o‗tganda  dinamik  kuch  ta‘sirida  o‗rnatilgan  joyidan  chiqib ketmasligi 
kerak.  Qisqich  (qisma)lar  erga  ulagichlarni  tok  o‗tkazuvchi  qismlarga  shtanga 
yordamida  o‗rnatish  va  olishga  mo‗ljallangan  moslama  bilan  jihozlangan  bo‗lishi 
zarur.  Egiluvchan  mis  sim qisqich (qisma)ga bevosita yoki mustahkam presslangan 
mis  uchlik  yordamida  ulangan  bo‗lishi  zarur.  Sim  ulangan  joylaridan  sinmasligi 
uchun  uni  egiluvchan  po‗lat  simli  prujina  shaklidagi  qobiqqa  joylashtirish  tavsiya 
qilinadi.  Egiluvchan  mis  sim  tolalarini  mexanik  shikastlanishlardan  saqlash 
maqsadida simni  aniq ko‗rinadigan  qobiqqa solib qo‗yish ham tavsiya qilinadi.   
3)  Simdagi  erga  ulash  uchun  mo‗ljallangan  uchlik,  strubsina  ko‗rinishida 
yoki  erga  ulangan  konstruksiya  yoxud  erga  ulagich  simiga  mahkamlanuvchi 
qisqich konstruksiyasiga  (barashkasiga) mos holda bajarilishi  zarur. 


344 
 
4)  Ko‗chma  erga  ulagich  elementlarining  kontakt  yuzalari  qalaylab 
oqartirilgandan  so‗ng  presslash,  payvandlash  yoki  bolt  bilan  mustahkam  va  qattiq 
ulanishi  shart. Buning  uchun kavsharlash  man qilinadi. 
2.1.84.  Havo  elektr  uzatish  tarmoqlari  simlarini  erga  ulash  uchun 
ishlatiladigan  ko‗chma  erga  ulagich  uskunalarini  metall  ustunlar  konstruksiyasiga, 
yog‗och  ustunlarni  erga  ulash  qurilmasiga  yoki  maxsus  vaqtinchalik erga ulagichga 
ulashga  ruxsat etiladi. 
2.1.85.  Sinash  sxemalarida  ishlatiladigan  ko‗chma  erga  ulagich  simining 
ko‗ndalang  kesimi  kamida  4  mm
2
,  elektr  uzatish  tarmoqlaridagi  ustundan 
izolyasiyalangan 
yashin 
qaytargich 
troslari 
hamda 
ko‗chma  uskunalarni 
(laboratoriya  va  h.  k)  erga  ulashda  esa  mexanik  mustahkamligiga  qarab  kamida  10 
mm
2
 bo‗lishi shart. 
2.1.86.  Har  bir  ko‗chma  erga  ulagichda  uning  raqami  va  erga  ulovchi 
simlarning  ko‗ndalang  kesimi  ko‗rsatilgan  bo‗lishi  lozim.  Bu  ma‘lumotlar  erga 
ulagichga  mahkamlangan  birkaga  yoki  strubsinaga  (uchlikka)  o‗yib  yozilgan 
bo‗lishi lozim. 
2.1.87.  Har  bir  ko‗chma  erga  ulagich  har  3  oyda  bir  marta  hamda 
ishlatishdan  oldin  va  qisqa  tutashuv  toki  ta‘sirida  bo‗lgan  hollarda  ko‗zdan 
kechirilishi 
shart. 
Simlarning 
ulangan 
kontaktlari 
emirilganda, 
mexanik 
mustahkamligi  pasayganda,  ular  erib  tushganda,  5  foizdan  ko‗p  sim  tolalari 
uzilganda  va  shunga  o‗xshash  holatlarda  ko‗chma  erga  ulagichlar  ishlatishdan  olib 
tashlanishi  kerak. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish