Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Ruxsat beruvchi xavfsizlik shiorlarini osish, ish joyini to‗sish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

     Ruxsat beruvchi xavfsizlik shiorlarini osish, ish joyini to‗sish  
Havo  va  kabel  elektr  tarmoqlaridan  tashqari,  elektr  uskunalarida  ish  bajarish 
uchun tayyorlangan  ish joylariga  «SHu erda ishlang!» degan shior osilishi zarur. 
 


 
132 
5-MA‘RUZA 
 
ELEKTR JIXOZLARGA XIZMAT KO‗RSATISH VA ISHLASH. 
Reja: 
1.  Elektr maydoni ta‘siri doirasidagi ochiq  taqsimlovchi elektr uskunalari 
va elektr uzatish  tarmoqlaridagi ishlar 
2.  Generatorlarda ishlash. 
3.  Elektrodvigatellarda ishlash. 
4.  Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunllarda ishlash 
 
 
 
Elektr maydoni ta‘siri doirasidagi ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va elektr 
uzatish tarmoqlaridagi ishlar 
Elektr  maydoni  ta‘siri  doirasidagi  ochiq  taqsimlovchi  elektr  uskunalari  va  330 
kV  va  undan  yuqori  kuchlanishli  elektr  uzatish  tarmoqlaridagi  ishlarni  bajarishda 
GOST  12.1.002-84  talablariga  asosan  ishchining  ushbu  maydonda  bo‗lish  vaqti 
chegaralanib  qo‗yilishi
 
keraq 
Elektr  maydoni  kuchlanganligi  5  kV/m  gacha  bo‗lgan  maydonlarda 
ishchilarning  u  erda  bo‗lishi  vaqti  chegaralanmaydi.  Elektr  maydoni  kuchlanganligi 
20  dan  25  kV/m  gacha  bo‗lgan  maydonlarda  ishchilarning  u  erda  bo‗lishi  10 
minutdan  oshmasligi  shart.  Elektr  maydoni  kuchlanganligi  25  kV/m  dan  yuqori 
bo‗lganda  himoya  vositalarini qo‗llash keraq Bunda ishlash muddati bir ish kuni vaqti 
bilan  chegaralanadi. 
Elektr  maydoni  kuchlanganligi  5  dan  20  kV/m  gacha  bo‗lgan  maydonda  (ma‘lum  bir 
kuchlanganlik  ostida)  bo‗lishi  mumkin  bo‗lgan  vaqt  T  soat,  quyidagi  formula  bilan 
hisoblanadi, ya‘ni 
 
bu erda, E — nazoratda bo‗lgan elektr maydonining  ta‘sirchan kuchlanganligi,  kV/m. 
Ko‗rsatilgan  formula  bilan  elektr  maydoni  kuchlanganligi  10  kV/m  bo‗lganda  turish 
vaqti 180 minut,  kuchlanganligi  15 kV/m bo‗lganda esa 80 minutni  tashkil  qiladi. 
Ushbu  band  talablari,  xodimlarga  elektr  razryadi  ta‘siri  bo‗lishi  mumkinligi  batamom 
bartaraf qilingan  hollarda kuchlidir. 
Ish  kuni  ichida  ishchilarning  elektr  maydonida  bo‗lish  vaqtini  bir  marotaba 
yoki  bo‗lib-bo‗lib  ishlatish  mumkin.  Ish  vaqtining  qolgan  paytida  himoya 
vositalaridan  foydalanishlari  yoki  elektr  maydoni  kuchlanganligi  5  kV/m  dan  kam 
bo‗lgan maydonda bo‗lishlari  kerak. 
Elektr  maydoni  kuchlanganligi,  hamda  uning  ta‘sir  maydoni  va  uni  ekranlash 
chegarasi  o‗lchash  natijalari  bilan  belgilanadi.  Barcha  hollardagi  ishlarni  bajarishda 
odamlar  bo‗lishi  mumkin  bo‗lgan  maydonni  hamma  joyida  o‗lchayotgan  xodim 
ta‘siridan  tashqaridagi  joyda  aniq  o‗lchanadigan  elektr  maydonining  kuchlanganligi 
o‗lchanishi  shart. 
Uskunalar 
va 
konstruksiyalarga 
ko‗tarilmasdan 
bajariladigan 
ishlarda 
kuchlanganlikni  o‗lchash quyidagicha amalga  oshirilishi  shart: 
2
50


E
T


 
133 
- himoya  vositalari  yo‗q paytida—er yuzidan 1,8 metr balandlikda; 
-  umumiy  himoya  vositalari  ishlatilganda  er  yuzidan  0,5;  1,0  va  1,8  metr  balandlikda 
o‗lchanishi  zarur. 
Uskunalar  va  konstruksiyalarga  ko‗tarilib  bajariladigan  (himoya  vositalarini  bor-
yo‗qligidan  qatiy  nazar)  ishlarda  o‗lchash  ish  joyining  sathidan  0,5;  1,0  va  1,8  m 
balandlikda  va  erga  ulangan  tok  o‗tkazuvchi  uskunalar  qismidan  0,5  m  uzoqlikdagi 
masofada o‗lchanishi shart. 
Nazorat  qilinayotgan  maydonda  bo‗lish  vaqti  maydon  kuchlanganligining  eng 
yuqori bo‗lgan qiymatini  hisobga olib belgilanadi. 
Himoya  vositalari  sifatida  quyidagilarni  ishlatish  mumkin:  mustahkam 
o‗rnatilgan  ko‗chma  va  ko‗chirma  ekranlash  uskunalari;  mashina  va  mexanizmlarga 
o‗rnatilib,  olinuvchi  ekranlash  uskunalari;  ekranlash  komplektlari. 
Ekranlash  uskunalari  GOST 12.4 154-85 talablarini  qoniqtirishi  shart. 
Erga  ulangan  avtomashina  kabinalari  va  kuzovlarida,  mexanizmlar,  ko‗chirma 
ustaxona  va  laboratoriyalarda  shuningdek  temir-betondan,  yoki  metall  sinchli  temir-
beton  bilan  yopilgan  g‗ishtdan  ishlangan  imoratlarda,  elektr  maydoni  bo‗lmagan 
tunuka  tomlari  erga  ulangan  imoratlarda  ishlanganda  u  erga  himoya  vositalarini 
qo‗llash talab qilinmaydi.   
Qo‗chma  va  ko‗chirma  ekranlash  uskunalari  o‗rnatilgan  joylarida  erga 
ulanadigan  qurilmalarga  yoki  ularga  ulangan  metall  konstruksiyalarga  yo‗g‗onligi 
kamida  10 mm
2
 bo‗lgan yumshoq mis sim orqali erga ulanishi  shart. 
Mashina  va  mexanizmlarga  o‗rnatilgan  olinuvchan  ekranlash  uskunalari  ularga 
galvanik  ulangan  bo‗lishi shart. 
Mashina  va  mexanizmlar  erga  ulangan  taqdirda  ularga  o‗rnatilgan  olinuvchan 
ekranlash  uskunalarini  qo‗shimcha erga ulash talab qilinmaydi. 
Alohida  shaxsiy  ekran  komplektlarini  erga  ulash  maxsus  tagcharmli  tok  o‗tkazuvchi 
maxsus  oyoq  kiyimida  bajarilishi  kerak.  Izolyasion  asos  ustida  (bo‗yalgan  metall, 
izolyator,  yog‗och  to‗shalma  va  boshqalarda)  turib  ishlanganda  yoki  erga  ulangan 
konstruksiyalarni  ochiq  qo‗l  bilan  (qo‗lqopsiz)
 
tegish  kerak  bo‗lgan  ishlarda, 
ekranlash  kiyimlari  qo‗shimcha  qalinligi  10  mm
2
  yumshoq  maxsus mis sim bilan erga 
ulash  uskunalariga  yoki  ushbu  uskunalarga  ulangan  metall  konstruksiyalarga  ulanishi 
shart. 
1000  V  kuchlanishgacha  kuchlanish  ostida  bo‗lgan  tok  o‗tkazuvchi  qismlarga 
tegib  ketish  mumkin  bo‗lgan  hamda  elektr  uskunalarini  sinash  paytida  (yuqori 
kuchlanish  ostida  sinov  o‗tkazayotgan  xodimning  faqat  o‗zi
 
uchun)  va  elektr 
kavsharlash  ishlarida  ekranlash  komplektlarni  ishlatish  man  qilinadi.  Bunday  hollarda 
ishlayotgan  ishchilarni  ekranlash  uskunalarini  qo‗llab himoya  qilish  shart. 
O‗chirib  qo‗yilgan  tok  o‗tkazuvchi  qismlarning  uchastkalarida  ishlanganda 
kuchlanish  ta‘sirida  paydo  bo‗ladigan  potensialni  olib  tashlash  uchun  ushbu  uskuna 
erga  ulanishi  zarur.  o‗chirib  qo‗yilgan,  lekin  erga  ulanmagan  tok  o‗tkazuvchi 
qismlarga 
himoya 
vositalarisiz 
tegish 
man 
qilinadi. 
SHuningdek 
erdan 
izolyasiyalangan  holda  qolishi  mumkin  bo‗lgan  ta‘mirlash  moslamalari  va  jihozlari 
ham erga ulanishi  shart. 
Elektr  maydoni  ta‘sir  doirasida  turgan  g‗ildiraklari  siqilgan  havo  yordamida 
ishlaydigan  mashina  va mexanizmlar  erga ulangan  bo‗lishi shart. 


 
134 
Ushbu  transport  vositalarini  elektr  maydoni  ta‘sir  doirasida  harakat  qilganda 
kuchlanish  ta‘sirida  paydo  bo‗ladigan  potensialni  olish  uchun  uning  shassisiga  yoki 
kuzoviga  erga tegib turuvchi  metall  zanjir  ulangan  bo‗lishi zarur. 
Elektr  maydoni  ta‘sir  doirasida  mashina  va  mexanizmlarga  yoqilg‗i va moylash 
materiallarini  qo‗yish man qilinadi. 
Elektr  maydoni  ta‘sir  doirasidagi  uskuna  va  konstruksiyalarga  ko‗tarilish  kerak 
bo‗lib  qolganda,  elektr  maydoni  kuchlanganligi  va  ish  jarayonining  muddatidan  qatiy 
nazar himoya  vositalaridan  foydalanish  shart. 
Teleskopik  minora  va  gidroko‗targichda  ko‗tarilganda  uning  ko‗tarma  kajavasi  ekran 
bilan  ta‘minlanishi  kerak yoki ekranlash  komplektidan  foydalanish  zarur. 
Ekranlash  maydonida,  ochiq  taqsimlovchi  uskunaning  konstruksiyalari  ichida 
shuningdek  gaz  relesiga,  kuch  transformatorlaridagi  moy  sathini  ko‗rsatuvchi  relega 
narvon  orqali  ko‗tarilishda  elektr  maydonining  ta‘siriga  qarshi  himoya  vositalari 
ishlatilishi  shart emas. 
Ochiq  taqsimlovchi  elektr  uskunalarini  ko‗zdan  kechirishga  va  ish  joyiga 
borishda,  xodim  ushbu  maqsadlar  uchun  ishlab  chiqilgan  yo‗nalish  yo‗li  bo‗yicha 
yurishi  kerak. 
 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish