19.13. 220 kV va undan past kuchlanishli taqsimlovchi elektr uskunalarida Ko‗chma
metall narvonlarni qo‗llash man qilinadi.
19.14. 330 kV va undan yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlovchi Elektr uskunalarida
Ko‗chma metall narvonlarni qo‗llash quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda ruxsat
etiladi:
- narvon gorizontal holatda ishboshchini, navbatchini yoki IV gruppaga ega bo‗lgan
tezkor-ta‘mirlash xodimini uzluksiz nazorati ostida bir joydan ikkinchi joyga olib
borilishi;
- ishlab turgan elektr uskunalarini ta‘siri ostida narvonda hosil
bo‗lgan kuchlanishni
yo‗qotish maqsadida narvonga erga tegib turuvchi metall zanjir mahkamlab osib
qo‗yilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |