17.8. DISPETCHERLIK VA TEXNOLOGIK BOSHQRUV VOSITALARINI APPARAT XONALARI. 17.8.1. Elektrostansiya va podstansiya elektr uskunalarini apparat xonalariga
o‗rnatilgan aloqa uskunalarida ishlash, ularni tarmoqqa ulash va tarmoqdan uzish va
shuningdek telefon aloqasi, radiotranslatsiya apparatlarini ta‘mirlash ishlari III
gruppaga ega bo‗lgan bir xodim tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
17.8.2. Havo va kabel aloqa tarmoqlari ulangan va ularni ulash-sinash tayanchlari,
uzoqdan boshqariladigan manba tayanchlari, kuchlanishni avtomatik boshqaruv
tayanchi, tok taqsimlash tayanchi oldidagi erga rezinkali dielektrik gilamcha
to‗shalgan yoki izolyasion taxtasupa qo‗uyilgan bo‗lishi shart.
17.8.3. Uzoqdan boshqariladigan manbadan elektr toki olayotgan uskunalar
g‗iloflariga ular kuchlanish ostida ekanligini ogohlantiruvchi himoya belgilari bo‗yoq
bilan tushirilgan bo‗lishi shart.
17.8.4. Qidiruv kontaktlarini (kontakt maydonlarini) va relelarni yuvish, faqat ulardan
kuchlanish olingandan keyingina bajarilishi zarur.
17.8.5. Uskunalarni tozalashda bandi metall bilan o‗ralgan cho‗tkadan, hamda chang
yutuvchi apparatlarning uchi metalldan qilingan shlangalaridan foydalanish man
qilinadi.
17.8.6. Apparatlardagi lampalarni faqat ulardan kuchlanish olingandan keyingina
almashtirish kerak. 250 Volt kuchlanishgacha bo‗lgan lampalarni kuchlanish ostida
himoya vositalarini qo‗llab almashtirishga ruxsat etiladi.
17.8.7. Kirim-sinov tayanchlariga yoki krossning himoya chegarasiga ulangan aloqa
tarmoklarida 42-Voltdan yuqori begona kuchlanish paydo bo‗lsa (elektr uzatish
tarmoqlari, uzoqdan boshqariladigan manba anparaturasi va hokazolar orqali),
navbatchi xodim bunday tarmoqni himoya positalari yordamida o‗chirishi va
izolyasiya qilib qo‗yishi shart. 42-Voltdan yuqori begona kuchlanish paydo
bo‗lganligi to‗g‗risida ushbu korxona navbatchisi yoki u yo‗q bo‗lgan taqdirda yuqori
tashkilot navbatchisi xabardor qilinishi kerak.
Razryadniklar va saqlagichlar ushbu apparatdan begona kuchlanish olingandan
keyingina almashtirilishi mumkin.
17.8.8. Havo elektr uzatish tarmoqlari va o‗zgaruvchan tok bilan ishlaydigan
elektrlashtirilgan temir yo‗l ta‘siriga tushadigan aloqa tarmoqlari apparatlaridagi
ishlar, tarmoq himoya uskunalarini almashtirish dielektrik qo‗lqopda (yoki izolyasion
dastakli ombir ishlatib) va himoya ko‗zoynagini taqib, izolyasion dielektrik gilamcha
to‗shab bajarilishi shart.
17.8.9. Mahalliy telefon stansiyasi kommutatori va avtomatik telefon stansiyasini
uzatish stolidagi telefonistlarni ish joyi akustik zarbadan cheklagich bilan himoya
qilingan bo‗lishi zarur. Momaqaldiroq paytida telefonistlar mikrotelefon garnituri
o‗rniga mikrotelefon trubkasidan foydalanishlari kerak.