Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

1. UMUMIY QOIDALAR 
 
1.1. Ishlarni bajarishga qo‗yiladigan talablar 
 
1.1.1.  Mazkur  qoidalarning  talablari  energetika  sohasidagi  qurilish-montaj  va 
sozlash  tashkilotlarining  elektr  uzatish  liniyalari  va  elektr  podstansiyalarini  qurilishi 


 
93 
bilan  band  bo‗lgan  hamda  energetika,  sanoat  va  boshqa  soha  ob‘ektlarining  elektr 
uskunalarini  montaj  qilish  va  sozlash  ishlarini  olib  boruvchi  ishchilar  va  muhandis-
texnik  xodimlari  uchun,  shuningdek  xodimiga  ishlayotgan  elektr  uskunalarida 
ishlashga  ruxsat  berish  borasida  ekspluatatsiya  qiluvchi  korxonalarning  xodimlari 
uchun bajarilishi  majburiydir. 
1.1.2.  Elektr  montaj  (sozlash)  ishlarini  bajarishda  mazkur  qoida  talablariga, 
qurilish  me‘yorlari  va  qoidalariga  (QMQ)  (qurilishda  xavfsizlik  texnikasi), 
umumrespublika  standartlari  va  davlat  nazorati  organlarining  me‘yoriy  xujjatlariga 
rioya qilinishi  shart. 
1.1.3.  Elektr  uzatish  liniyalarini  qurish,  elektr  montaj  va  sozlash  ishlarini 
bajarish,  faqat  elektr  montaj  (sozlash)  tashkilotining  bosh  muxandisi  tomonidan 
tasdiqlangan  va  ekspluatatsiya  qilish  korxonasining  bosh  muxandisi  bilan  kelishilgan 
ishlarni  bajarish  bo‗yicha  loyixalar  yoki  texnologik  kartalar  mavjud  bo‗lgandagina 
ruxsat etiladi. 
Elektr  montaj  ishlarining  bevosita  rahbarlari  va  pudratchilari  ishlarni  bajarishga 
ijozat  berilishidan  oldin  ishlarni  amalga  oshirish  loyihasi  (IAOL)  yoki  texnologik 
karta  hajmida  xavfsizlik  talablari  va  ishlab  chiqarishning  aniq  sharoitlari  bilan 
tanishtirilishi  kerak.  
1.1.4.  Elektr  montaj  (sozlash)  ishlari  bilan  band  shaxslarga  buyurtmachi  yoki 
bosh  pudratchining  elektr  xo‗jaligini  ekspluatatsiya  qilishga  tegishli  ishlarni  bajarish 
taqiqlanadi. 
1.1.5.  Montaj  qilish  bosqichidagi  elektr  uskunalaridan  elektr  montaj  (sozlash) 
ishlarining,  hamda  bosh  pudratchi  yoki  buyurtmachi  ob‘ektlarining  elektr  ta‘minoti 
uchun vaqtinchalik  uskuna sifatida  foydalanish taqiqlanadi. 
1.1.6.  Bino  va  inshootlarning  kirish  yo‗llari,  yo‗lakchalari,  eshiklari  va 
darvozalarini,  ishlayotgan  qurilmalar,  elektr  uskunalari,  yong‗inga  qarshi  jihozlar 
yoniga o‗tish yo‗llarini  material  va jihozlar  bilan  to‗sib qo‗yish taqiqlanadi. 
1.1.7.  Ishlab  chiqarish  xonalari  va  elektr  montaj  ishlarini  bajarish  uchun 
foydalaniladigan  maydonchalar  «Mehnat  xavfsizligi  standartlari  tizimi.  Ob‘ektlarni 
himoyalash  uchun  yong‗in  texnikasi.  Asosiy  turlari.  Joylashtirish  va  xizmat 
ko‗rsatish»  Davlat  standartlarining  va  «Energetika  korxonalari  uchun  yong‗in 
xavfsizligi  qoidalari»ning  talablariga  asosan  yong‗in  o‗chirish  vositalari  bilan 
jihozlanishi  kerak. 
1.1.8.  Ish  joylarini,  hamda  o‗tish  yo‗llari  va  yo‗lakchalarni  sun‘iy  yoritish 
«Qurilish  maydonchalarining  elektr  yoritilishini  loyihalash  bo‗yicha  yo‗riqnomalar» 
(QMQ  «Elektrotexnika  qurilmalari»)  talablariga  muvofiq  bo‗lishi  kerak. 
YOritilmaydigan  joylarda  yoki  yoritilganligi  me‘yorlanadigan  darajadan  past  bo‗lgan 
joylarda  ishlash taqiqlanadi. 
1.1.9.  Balandlikda  ish  bajarilganda  ish  joylarida  «Mehnat  xavfsizligi 
standartlari  tizimi.  Qurilish.  Saqlovchi  asbob-anjomli  to‗siqlar.  Umumiy  texnik 
shartlar»  va  «Qurilish  maydonchalari  va  qurish-montaj  ishlarini  bajarish 
uchastkalarini  asbob-anjomli  to‗siqlari.  Texnik  shartlar»  Davlat  standartlariga 
muvofiq  balandligi        1,1  m  dan  kam  bo‗lmagan  to‗siqlar,  zarur  hollarda  esa  - 
himoyalovchi va saqlovchi qurilmalar (to‗r, soyabon, to‗shama va boshqalar) bo‗lishi 
kerak. 


 
94 
1.1.10.  So‗rilar,  havoza  va  boshqa  ko‗tarma  vositalar,  narvonlar  «Qurilish 
montaj  ishlari  uchun  maydoncha  va  narvonlar.  Umumiy  texnik  shartlar»  va  «Qurilish 
montaj  ishlari  uchun  tik  turuvchi  tirab  qo‗yiladigan  havozalar.  Texnik  shartlar» 
Davlat  standartlariga  muvofiq bo‗lishi kerak. 
1.1.11.  Elektr  montaj  (sozlash)  ishlarini  bajarishda  montaj  qilingan,  montaj 
qilish 
bosqichida 
bo‗lgan  yoki  montajga  tayyorlangan  konstruksiyalarga 
(qurilmalarga)  ko‗tarish  vositalarini  o‗rnatish  (maxkamlash)  taqiqlanadi,  agarda  bu 
IBLda  ko‗zda  tutilmagan  yoki  loyixalash  tashkiloti  bilan  kelishilgan  hisob-kitoblar 
bilan  tasdiqlanmagan  bo‗lsa. 
1.1.12.  So‗rilar  va  havozalarga  qo‗yiladigan  yuklama  texnik pasportda yoki ish 
bajarish  loyixasida  ko‗rsatilgan  qiymatdan  oshmasligi  lozim. 
Montaj  qilinayotgan  konstruksiyalar  va  qurilmalar  ostida  ishlarni  bajarish, 
hamda ishchilarni  turishi  taqiqlanadi. 
1.1.13.  Elektr  uskunalarining  metall  korpuslari,  elektr  yuritmali  mashina  va 
mexanizmlarning  metall  qismlari,  so‗rilar  va  havozalaring  metalli  elementlari,  hamda 
kran  yo‗llari  «Elektr  uskunalarining  tuzilish  qoidalari»  va  «O‗zbekenergo»  DAKning 
«Erga  tutashtirish  va  nolga  ulash  tarmoqlarining  tuzilishi  bo‗yicha  yo‗riqnoma»  IKN 
02-2005y.  siga muvofiq erga tutashtirilishi  kerak. 
1.1.14.  Ishlab  chiqarish  uskunalarining  aylanuvchi  va  xarakatlanuvchi  tugunlari 
va  qismlarining  olinuvchi,  suriluvchi  va  qaytarma  to‗siqlari,  hamda  bu  uskunalar 
korpuslaridagi  texnologik  teshiklariga  o‗rnatilgan  eshiklar  va  qopqoqlar,  tasodifan 
ochilib  ketmasligi  uchun  qulflash  qurilmasiga  ega  bo‗lishi  kerak.  To‗siq,  eshikcha  va 
qopqoqlar,  ular  olinganda  yoki  ochilganda  uskunaning  to‗xtashini  ta‘minlaydigan, 
blokirovka  qurilmasiga  ega  bo‗lishi  kerak,  agar  bu  mazkur  qurilmalar  uchun 
amaldagi  me‘yorlar  va  xavfsizlik  texnikasi  qoidalarining  talablarida  ayitib  o‗tilgan 
bo‗lsa.     
1.1.15.  Ochiq  havoda  bajariladigan  ishlarni  tashqi  havoning  xarorati  va 
shamolning  kuchi  sababli  to‗xtatilishi  yoki  ishlayotganlar  uchun  alohida  ish  va  dam 
olish  rejimining  joriy  etilishi  O‗zbekiston  Respublikasi  Mexnat  vazirligining 
me‘yoriy xujjatlari  bilan  respublikaning  har bir iqlim  zonasi uchun belgilab  beriladi. 
1.1.16. 
Bosim 
ostida 
ishlovchi 
uskunalarni 
ekspluatatsiya 
qilganda 
«Sanoatkontexnazorat»  DI  sining  «Bosim  ostida  ishlovchi  idishlarning  tuzilishi  va 
ularni  xavfsiz  ekspluatatsiya  qilish  qoidalari»  talablariga  amal  qilish  shart.  
1.1.17.  Elektr  montaj  ishlarini  bajarish  joyida  uskuna  va  materiallarni  to‗plash, 
ishlarni  bajarish loyihasiga  asosan amalga oshirilishi  kerak. 
Muhofaza  zonasida  va  HL  simlari  ostida material va uskunalarni to‗plash mann 
etiladi. 
1.1.18.  Ishlarni  bajarish  joyida  odamlar  hayoti  va  sog‗ligiga  xavf  soluvchi 
sharoitlar  paydo  bo‗lganda,  ishlar  darhol  to‗xtatilishi,  ishchilar  xavfli  zonadan 
chiqarilishi  va  bu  to‗g‗risida  elektr  montaj  tashkilotining  raxbariyatiga  xabar  berilishi 
kerak. 
Ishlarni  qaytadan  boshlash  faqat  uchastka  boshlig‗ining  yozma  ruxsatnomasi 
bilan  amalga  oshirilishi  lozim.   
1.1.19.  Tarmoqdagi  «Maxsus  kiyim,  maxsus  poyafzal,  himoya  va  saqlovchi 
tegishlilamalar  bilan  bepul  ta‘minlash  bo‗yicha  namunaviy  meyo‘rlar»ga  muvofiq 


 
95 
ishlovchilarga  maxsus  kiyim,  maxsus  poyafzal,  himoya  va  saqlovchi  tegishlilamalar 
berilishi  kerak.  
1.1.20.  Elektr  montaj  (sozlash)  tashkilotining  raxbariyati  tashkilot  xodimlariga 
beriladigan  maxsus  kiyim,  maxsus  poyafzal  va  himoya  tegishlilamalarini  yuvilishi, 
changdan  tozalanishi,  dezinfeksiya  qilinishi  va  ta‘mirlanishini  (himoya  moddasining 
singdirilishini)  ta‘minlashi  kerak.  
1.1.21.  Elektr  montaj  (sozlash)  ishlarini  bajarish  jarayonida  qo‗llaniladigan 
ishlovchilarning  individual  himoya  vositalari  «Mehnat  xavfsizligi  standartlari  tizimi. 
Ishlovchilarni  himoya  qilish  vositalari.  Umumiy  talablar  va  tasniflash»  Davlat 
standartlari  talablariga  muvofiq bo‗lishi kerak.   
1.1.22.  Himoya  vositalarini  ishlatish  «Elektr  uskunalarida  qo‗llaniladigan 
himoya  vositalarini  ishlatish  va sinash qoidalari»ga  asosan amalga oshirilishi  kerak. 
1.1.23.  Montaj  pistoleti    qo‗llaniladigan  ishlar  «Qurilish  montaj  pistoletlarini 
ishlatishda  xavfsizlik  texnikasi  bo‗yicha yo‗riqnoma»ga muvofiq bajarilishi  kerak. 
1.1.24.  Ishlayotgan  korxona  (ishlayotgan  elektr  uskunasi)  hududida  ishlarni 
bajarish  uchun  elektr  montaj  (sozlash)  tashkilotining  ma‘muriyati  mazkur 
korxonaning    ma‘muriyati  bilan  birgalikda  «Qurilishda  xavfsizlik  texnikasi»  QMQda 
ko‗rsatilgan  shaklda ijozat-dalolatnomasini   rasmiylashtirishi  lozim. 
1.1.25.  Elektr  montaj  tashkilotining  xodimlari  tomonidan  ajratilgan  uchastkada 
bajariladigan  o‗ta  xavfli  ishlar  uchun  energetika  sohasidagi  qurilish-montaj 
tashkilotlari  va  sanoat  korxonalarida  o‗ta  xavfli  ishlarni  tashkil  qilish  va  bajarish 
yo‗riqnomasiga  muvofiq  elektr  montaj  tashkiloti  tomonidan  naryad-ruxsatnoma 
berilishi  kerak. 
 
 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish