Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 0,63 Mb.
bet126/190
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#211519
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   190
Bog'liq
2017 G'OYA MAJMUA LAT

Milliy-madaniy markazlar - xalqlarning ma’naviy yaqinligi man-baidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O’zbekis-ton xalqini, millatidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqa-rolari tashkil etadi», deb aniq belgilab qo’yilgan. «O’zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Konstitutsiyamizda «O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb ta’kidlangan. Bu borada hayotimizda ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimizda 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urf-odatlari, an’analari, tiliga, konstitutsiyaviy huquqiy tenglikka ega.

Respublika Baynalminal Madaniyat Markazi (RBMM) va milliy madaniyat markazlari (MMM)ning faoliyati bu yerda yashovchi xalqlarning milliy an’analari, urf odatlari va marosimlarini qayta tiklash, ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirishga qaratilgan. Turli millatlarga mansub fuqarolarimizning katta umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish, mamlakat madaniy turmushidagi shonli voqealarni nishonlashda faol ishtirok etayotganliklari samimiy sahovat va mehr oqibat muhitini yaratmoqda. Bu muhit bizga yagona oila tuyg’usini qayta-qayta his etish «O’zbekiston umumiy uyimiz» degan so’zlar zamiridagi chuqur ma’noni anglab olish imkonini beradi.

Dastlabki milliy madaniyat markazlari koreyslar, qozoqlar, yaxudiylar, armanlar tomonidan Respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. O’sha paytda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida O’zbekiston hukumatining qaroriga binoan Madaniyat ishlari vazirligi huzurida Respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi. Ammo bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi 1991 yildan mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. 1992 yilning yanvarida I.A.Karimovning tashabbusi bilan Respublika millatlararo Baynalmilal markazi qoshidagi Madaniyat ishlari vazirligi Respublika «baynalmilal madaniyat» markaziga aylantirildi.

1992 yilda 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyatini birlashtirgan bu jamoat tashkiloti - «Baynalminal madaniyat» 2005 yilga kelib 120 ga yaqin markazlar ishini muvofiqlashtirib kelmoqda. Bugungi kunda ana shun-day markazlarni tuzish bo’yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda.

RBMM to’g’risidagi nizomda uning mustaqil muassasa ekanligi belgilab qo’yilgan. Markaz milliy-madaniy markazlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi. O’zbekistonda yashovchi milliy guruhlarning madaniy ehtiyojlarini qondirishda davlat idoralariga va jamoat tashkilotlariga ko’maklashadi.

Respublika Baynalminal Madaniyat Markazining moddiy texnikaviy baza bilan ta’minlanishi RBMM va MMM ishlarini faollashtirdi, ular-ning barlashuvi va samarali hamkorlik qilishi uchun keng istiqbollar ochdi.

O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Buning ijobati maktablarimizda 9 ta milliy tilda o’qitish ishlari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko’rsatayotganligida ko’rinmoqda.

Mazkur milliy-madaniy markazlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyo-siy barqarorligini ta’minlashdagi roli beqiyosdir. Milliy madaniy mar-kazlarning asosiy vazifalari 3 yo’nalishga ega:

1) Har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusum-larini tiklash, tarixiy Vatan bilan aloqa va munosabatlarni jonlantirish, milliy his-tuyg’ularning namoyon bo’lishiga keng yo’l ochish.

2) Mustaqil O’zbekistonni o’zining haqiqiy vatani deb bilish va unga beminnat hamda sadoqat bilan xizmat qilish.

3) Vatan bilan mushtarak hayot kechirish, uning madaniyati, turmush tarzi va tilini o’rganish, mustaqil davlatga nomi berilgan millat bilan do’stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash.

Ana shu 3 yo’nalishda olib borilayotgan ishlar yil sayin yangidan- yangi shakllarda, turlarda, yo’nalishlarda rang-barang bo’lib bormoqda. SHu jumladan:

- o’z milliy tarixini, madaniyatini, tilini, urf-odatlarini o’rganish to’garaklari ishlanmoqda;

- O’zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o’rganish to’garaklari faoliyat ko’rsatmoqda;

- milliy musiqa, raqs va hunar to’garaklari o’z ishini kengaytirmoqda;

- milliy bayram kunlariga bag’ishlab tadbirlar o’tkazmoqda, festi-vallar tashkil qilmoqda;

- tarixiy Vatanning rassomlari, yozuvchilari, shiorlari, oqimlari va baxshilari, madaniyat va siyosat arboblariga bag’ishlangan ko’rgazmalar tashkil qilinmoqda;

- tarixiy Vatandan kelgan siyosiy arboblar va madaniyat namoyondalari bilan uchrashuvlar o’tkazilmoqda va h.k.

Umuman, milliy madaniyat markazlari O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga katta hissa qo’shmoqdalar.

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarining o’z ona tilida o’qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, oliy o’quv yurtlari va maktablarda bunga amal qilinayotgani, ko’plab tillarda gazeta va jur-nallar chop etilib, teleko’rsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani va boshqa ishlar ham bu borada samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.

Qayerdaki millatlararo totuvlik g’oyasining ahamiyati anglab yetilmasa, jamiyat, hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga kelsa, bu jarayon - tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo’layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.

Turli millat vakillarining ijodiy tadbirlari, badiiy ko’rgazma-lari, bir tomondan, ayni millatning O’zbekiston fuqarosi sifatida o’z o’rni borligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, shu zaminda yashovchi barcha millat-larning O’zbekiston xalqi - O’zbekiston fuqarosi ekanligini namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g’oya atrofida birlashuviga olib boradi.

Bashariyat tushunchasi rango-rang millatlar va elatlar, shuningdek, turli din va irqqa mansub insonlarni o’ziga qamrab oladi. Demak, har bir inson bashariyat va ayni vaqtda o’z xalqi, o’z Vatanining farzandi hamdir. Har bir kishida o’z xalqining tili, ruhiyati, ana’analari, qadriyatlari barq urib turadi.

Milliy g’oya o’z mazmun-muhoyatiga ko’ra barcha millatlar-ning umumiy manfaatlarini ro’yobga chiqaradi. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik hamda ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

Zotan, har qanday polietnik davlatda turli millatlar o’rtasidagi munosabatlar davlat va jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratuvchi omillardan hisoblanadi.

3) Milliy-diniy bag’rikenglik g’oyasi hamda uning tarixiy va huquqiy asoslari. «Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi - xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi». Din qadim-qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o’zida mujassam etib keladi.

Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayot-gani ham ularning bir-birlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga ega bo’lganligidan dalolat beradi. CHunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va bag’rikenglikka da’vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo’lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda turli diniy ta’limotlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo’lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o’z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir. Tariximizning eng murakkab, og’ir davrlarida ham ular o’rtasida diniy asosda mojarolar bo’lmagani xalqimizning dinlararo bag’rikenglik g’oyasiga amal qilib yashab kelayotgan-liklaridan dalolat beradi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tash-kilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning o’z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunda o’z ifoda-sini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo’lib, ulug’ va mushtarak g’oyalar yo’lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish