Texnikaviy daraja – mahsulotni texnikaviy takomillashtirishning nisbiy tavsifi bo’lib, mana shu mahsulot turini takomillashtirishda fan-texnika yutuqlarini tavsiflovchi, mahsulot sifatini belgilovchi eng asosiy xossa-xususiyatlarining yig’indisiga aytiladi.
Sifat ko’rsatkichlari
7. rasm. Sifat ko’rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo’yicha taqqoslash.
Texnikaviy darajani baholash - mahsulotning jahon, regional, milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o’rnatishdan iborat. Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko’rsatkichini bazis namuna ko’rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna – bu baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fan-texnikaning ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtiruvchi mahsulot namunasidir.
Baholash natijasida mahsulotni quyidagi uchta darajadan biriga kiritiladi:
Jahon darajasidan yuqori;
Jahon darajasiga javob beradi;
Jahon darajasiga javob bermaydi.
Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladi:
Texnikaviy topshiriqqa (TT) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
Normativ xujjatlarga (NH) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish to’g’risidagi qarorni qabul qilishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki almashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishda;
Mahsulotni eksporti yoki importi bo’yicha muloxazalarning shakllanishida.
Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:
A.Baholash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar nomenklaturasini aniqlash:
Ko’rsatkichlar nomenklaturasi bir turdagi mahsulot namunalarini, ya’ni bir xil nomdagi va bir xil maqsadda foydalanilaniladigan mahsulot namunalarini taqqoslashni ta’minlashi zarur.
Baholovchi ko’rsatkichlar baholanayotgan namunani bazis namuna bilan bevosita taqqoslash uchun va iste’mol xususiyatlarini, ishonchlilik, havfsizlik, ekologik hamda iqtisodiy ko’rsatkichlarni baholash uchun qo’llaniladi.
B.Analoglar guruhining shakllanishi va ko’rsatkichlarining ahamiyati:
Analoglar guruhiga kiritilganlarning hammasi va baholanayotgan mahsulot ishlatilish maqsadlari va qo’lanish sohasiga ko’ra mos bo’lishi, ya’ni bir xil guruhlovchi ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak.
Guruhlarga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarishga joriy etilayotgan mahsulotni baholashda – baholanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish davrida jahon bozoriga kelib tushishi kutilayotgan ilg’or hamda eksperimental namunalar;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotni baholashda – ko’rsatkichlarining qiymati ularning hujjatlari yoki sinov natijalari asosida o’rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan namunalar.
V.Analoglar guruhidan bazis namunalarni ajratish: Bazis namuna sifatida baholanayotgan ko’rsatkichlar qiymati bo’yicha barcha analoglarni ketma-ket jufti bilan taqqoslash usuli bilan analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib olinadi.
Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida ajratish quyidagi amalga oshiriladi:
agar analog jami baholovchi ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa analoglardan qolishmasa, ya’ni birorta ham ko’rsatkich bo’yicha boshqa analogdan qolishmay, boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha ustun bo’lmasa, u namuna sifatida tan olinmaydi va keyingi taqqoslash ishlarida ishtirok etmaydi;
agar birinchi analog ba’zi ko’rsatkichlari bo’yicha ustun bo’lsa, boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha esa ikkinchi analog ustun bo’lsa, bunda analoglarning ba’zi ko’rsatkichlarining qiymati bir-biriga mos kelsa, ikkala analog ham boshqa analoglar bilan keyingi taqqoslash ishlarini bajarish uchun qoldiriladi.
Analoglarni jufti bilan taqqoslash natijasida har bir baholovchi ko’rstkichlar to’plamida qolganlardan ustun bo’lgan analoglargina qoladi. Bu analogalar bazis namunalari hisoblanadi.
G. Baholanayotgan namunani bazis namuna bilan taqqoslash – bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mahsulotni va uning ko’rsatkichlari qiymatlarini xalqaro standart ko’rsatkichlariga havfsizlik ko’rsatkichi, ekologiya ko’rsatkichi va boshqa ko’rsatkichlarni ham inobatga olgan xolda mos kelishi tekshiriladi. Ushbu shartlardan birortasiga javob bermaydigan mahsulot jahon bozori darajasiga javob bera olmaydi. Yuqoridagi shartlar bajarilsa, ikkinchi bosqichga o’tiladi.
Ikkinchi bosqichda baholanayotgan mahsulotni har bir bazis namuna bilan baholash ko’rsatkichlarining qiymati bo’yicha jufti bilan taqqoslash usuliga ko’ra solishtiriladi.
Mahsulotning texnikaviy darajasini baholashning ushbu bosqichlarini amalga oshirish yakuniga ko’ra mahsulot yuqoridagi 3 ta guruhdan qaysi biriga kiritish mumkinligi to’g’risida xulosa chiqariladi.
Baholanayotgan mahsulotning analoglari bo’lmagan hollarda, agar mahsulot avtorlik guvohnomalari yoki patentlari bilan himoyalangan yangi texnik yechimlar bilan tavsiflansa, u jahon darajasiga javob beradigan hisoblanadi.
Ishning yakunida qo’yilgan maqsadlar va olingan natijalarga bog’liq xolda mahsulot ishlab chiqarishga qo’yish, ishlab chiqarish va takomillashtirish to’g’risida qaror qabul qilish uchun taklif va muloxazalar tayyorlanadi.
Xulosa
Iqtisodiyotda mahsulotlarni ishlab chiqarishda sifatni ta’minlash, mahsulot sifatini tekshirishda ishlab chiqilgan sifat menejmenti tizimini korxonada joriy etib va uni sertifikatlashtirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport satohiyatini
oshirish Va korxona raqobatbardoshligini ta’minlab, ishlab chiqarish texnologiyalarini
rivojlanishida muhim o’rin tutadi.
Ushbu mavzu korxona va tashkilotlarda sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etilgan sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirishda o'tkazilgan ichki audit natijalarini tahlil qilish, tahlil natijalari asosida sifat menejementi tizmini muvofiqligini baholash va tasdiqlash tartiblari, fan tarixi va rivojining tendensiyasi,istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar narijalari va sertifikatlashtirish
sohasidagi halqaro, hududiy muammolarning sertifikatlashtirish istiqboliga ta’siri masalalarini, maxsulotlar sifatini oshirishni yanada tezlashtirish va maxsulotlarni
sifat ko'rsatkichlarini boshqarishni aniqlashtirishda hisoblash va boshqarish, ma'lumotlar bazasini sifatli boshqarishda avtomatlashtirish tizimini va tajribaviy nazorat qilish uslublarini o'rganishni qamrab oladi.
Mahsulotlarimizning xalqaro bozorda raqobatbardosh bo'lishi uchun ularning sifatiga ko'rsatilgan ichki bozor talablari yetarli bo'lmasligi mumkin, chunki iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda mahsulotlar sifatiga yanada yuqoriroq talablar qo'yiladi. Shuning uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ular ko'rsatadigan xizmat turlariga me'yoriy hujjatlar (standartlar, texnik shartlar va h.k.) ishlab chiqish jarayonida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi xalqaro tajribalarni
muntazam hisobga olish zarur bo'ladi. Mahsulot sifatini boshqarish, sinash va sertifikatlashtirish tizimining davlatlararo o'zaro tan olinishi hamda mahsulot sifatiga mas'ullik borasidagi qonuniy aktlar va kelishuvlar bundan mustasnodir.
Sifatni boshqarish bo'yicha mavjud boshqaruv tizimlari korxona va tashkilotlar miqyosida ishlab chiqilgan bo'lib, bu tizimlar korxonada mahsulot ishlab chiqarilishi uchun zarur bo'lgan xomashyo va yordamchi materiallar, texnologik jihoz va to'ldiruvchi qismlar sifatini to'la hisobga olish imkoniyatlarini yarata olmas edi, chunki ular boshqa korxona mahsulotlari bo'lishi sababli, pirovardida, tayyor mahsulotning sifatini to'la kafolatlab bo'lmas edi. Xalqaro va mintaqaviy standaI11ar esa korxonalarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga imkon beradi. Tashqi va xalqaro bozor uchun chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati yuqori darajada bo'lishi bilan birgalikda, mahsulot ishlab chiqarish, saqlash, tashish, foydalanish jarayonlarida ham atrof-muhit, inson salomatligi va hayoti uchun xavfsiz bo'lishi kerak. Shu maqsadda barcha rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan hamda mamlakatga olib kelinayotgan mahsulotlar ixtiyoriy va majburiy ravishda, yuqorida ko'rsatilgan mezonlar asosida xavfsizligi jihatidan sertifikatlanadi. Sifatni boshqarish masalalarini o'rganish, ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati asosiy iste'molchi - inson salomatligiga xavfsiz bo'lishi, barcha moddiy resurslarimiz manbayi yer va atrof-muhitning ekologik muvozanatiga daxlsizlik tamoyillaridan kelib chiqishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |