Aralashtirib – tindiruvchi ekstraktorlar bir necha pog’onadan iborat bo`lib, ulardan har biri tarkibida aralashtirgich va ajratgich bo`ladi. Tashqaridan berilayotgan energiya hisobiga aralashtirgichda suyuqlik fazalaridan biri tomchi holida purkaladi va natijada dispersion faza hosil bo`ladi. Tomchi holidagi dispersion faza dispers fazada tarqaladi. Dispers faza sifatida engil faza ham yoki og’ir faza ham bo`lishi mumkin.
Differenstial – kontaktli ekstraktorlar fazalar o`rtasidagi to`qnashishni uzluksiz va ulardagi konstentrastiyalarning asta - sekin, uzluksiz o`zgarishini ta’minlaydi. Bu turdagi qurilmalarda fazalarning bo`ylama siljishi hisobiga ideal siqib chiqarish qurilmasiga qaraganda o`rtacha harakatga keltiruvchi kuch birmuncha past bo’ladi. Undan tashqari, suyuq fazani purkash uchun ham energiya safrlanishi zarur. Ekstraktorda energiya sarflanish turiga qarab, tashqi energiya hisobiga va bunday energiyasiz qurilmalarga bo`linadi. O`zaro ta’sirda bo`lgan fazalarga tashqi energiya aralashtirgich, tebratgich va pulsatorlar yordamida uzatiladi.
Pog‟onali (sekstiyali) ekstraktorlar alohida sekstiyalardan tarkib topgan bo`lib, ularda fazalar konstentrastiyalari notekis, sakrab-sakrab o`zgaradi. Ayrim hollarda har bir sekstiyada konstentrastiyalar maydoni ideal siqib chiqarish qurilmasiga yaqinlashib qoladi. Shunday bir necha sekstiyadan tashkil bo`lgan ekstraktor ideal siqib chiqarish qurilmasi deb hisoblanishi mumkin. Kolonnali ekstraktorlar tarelkali, ichi bo`sh kolonna, nasadkali, pulsastion va rotor - diskli bo`lishi mumkin.
Tarelkali ekstraktorlar turli konstrukstiyadagi elaksimon tarelka va іuyilish moslamasi bor kolonnali qurilmadir o`zaro qarama - qarshi yo`nalishdagi fazalar oqimlarining har bir tarelkada to`qnashishi tufayli ro`y beradi. Fazalardan biri tarelka teshiklari orqali o`tib mayda tomchilarga parchalanadi. Yaxlit faza tarelka bo`ylab harakatlanadi va quyilish patrubkasi orqali keyingi tarelkaga o`tadi va jarayon shu yo`sinda qaytariladi.Mayda tomchi holatidagi suyuqlik dispers faza deb, qurilmaning butun hajmini egallagan suyuqlik esa, dispersion (yaxlit) faza deb nomlanadi.
Tarelkada tomchilar birlashib, uning osti yoki ustida yaxlit suyuqlik qatlamini hosil qiladi. Јurilmani sekstiyalash, jarayonni harakatga keltiruvchi kuchni ortishiga olib keladi.Tarelka teshiklaridagi dispers fazaning tezligi oqimchali rejim hosil bo`lish shartidan aniqlanadi.
Aralashmani ekstrakt va rafinatga sifatli ajratish uchun ekstraktorning yuqori va pastki qismlarida separastion (tindirish) seksiyalari bor. Nasadkali, elaksimon va boshqa turdagi ekstraktorlar samaradorligini oshirish uchun qarama – qarshi yo`nalgan oqimlarga bo`ylama tebranish ta’sir ettirish kerak. Tebranish (pulsastiya) larning amplitudasi va chastotasi etarli miqdorda bo`lsa, suyuqlik o`ta kichik tomchilar o`lchamida purkaladi va ikkala fazalar aralashish intensivligi ortadi. Tebranishlar asosan pulsastiya va vibrastiyali usullarda tashkil etish mumkin. pulsastiyali ekstraktor sxemasi ko`rsatilgan. Bunda engil fazaning kirish yo`ligi gidravlik yoki pnevmatik pulsator o’rnatilgan. Suyuqlik oqimiga ilgarilama - qaytma harakat berish uchun klapansiz porshen, plunjer yoki membranali nasosdan, hamda maxsus pnevmatik moslamadan foydalanish mumkin. Pulsastiya tebranishlari ta’siri ostida suyuqlik oqimining turbulentligi va fazalarning tomchilarga parchalanishi ortadi. Bu hol o`z navbatida tarelkali yoki nasadkali ekstraktorlarda massa almashinish jarayonining o`sishiga olib keladi. Pulsastiyali ekstraktorning ishlash rejimi pulsastiyalar intensivligiga bog’liq bo`lib, amplitudaning chastotaga ko`paytmasi bilan xarakterlanadi. Agar, pulsastiya intensivligi kichik bo`lsa, engil faza og’ir fazada yoki og’ir faza engilda galma-gal
tarqaladi. Agar, pulsastiya intensivligi katta bo`lsa, kolonnaning ishchi zonasi yaxlit fazaga qarama – qarshi yo`nalishda harakat qilayotgan mayda tomchilar bilan bir tekisda to`lib turadi. Bunday rejim pulsastiyali ekstraktorning optimal rejimi hisoblanadi. Tebranishlar amplitudasi siqilgan havoning bosimi bilan belgilanadi. Pulsastiyalar chastotasi odatda minutiga 30...250, amplitudasi esa - 2...25 mm ni tashkil etadi. Agar, pulsastiyalar intensivligi yanada oshirilsa, ekstraktorda tiqilib qolish hodisasi ro`y beradi. Pulsastiyali ekstraktorlar kolonnasidagi butun suyuqlikni tebratish uchun energiya sarfi katta, ko`ndalang kesim bo`yicha oqim tezliklar bir xil emasligi va kavitastiya hodisa hosil bo`lishi mumkinligi, hamda qurilmaning ayrim bo`laklarida havfli kuchlanishlar barpo bo`lishi - bu turdagi ekstraktorlarning kamchiliklaridir. Bir dasta elaksimon tarelkalar vibrastiyasi tufayli kolonnadagi suyuqlikka tebranish berish, pulsastiyali usulga nisbatan samarasi yuqori bo`lib chiqdi
Pulsastiya va vibrastiyali ekstraktorlarda massa almashinish intensivligi rotor –diskli qurilmanikiga qaraganda ancha yuqori. Bunga sabab, massa berish va o`rtacha harakatga keltiruvchi kuchning kattaligidir. Undan tashqari, solishtirma yuklama 30...80 m3/(m2soat). Bu ko`rsatkich boshqa ekstraktorlar uchun ruxsat etilgan yuklamadan ancha ortiq. Yana bir afzalligi shundaki, qurilmada yuqori massa almashinishga erishilgani uchun, metall va kapital sarflar kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |