1.2.Ekstraksiya haqida umumiy tushuncha.
Ekstraksiya deb, moddalarni (metall birikmalarini) eritmadan suvga aralashmaydigan suyuq organik fazaga o‘tazishga aytiladi. Organik fazadan metall birikmalarini suv fazasiga o‘tkazish reekstraksiya deb ataladi.
O‘ta suyultirilgan eritmadan ekstraksiya-reekstraksiya yo‘li bilan yuqori konsentratsiyali eritma olishga ekstraksiya jarayonlari deb ataladi. Hozirgi kunda gidrometallurgiyada ekstraksiya uran, indiy, talliy, germaniy, tellur moddalarini ajratib olish va tozalashda; misni ajratib olishda, kobalt va nikelni bir biridan ajratishda; volframni ajratib olishda va platina guruhidagi metallarni ajratib olish va tozalashida qo‘llaniladi.
Ekstraksiya jarayonida quyidagi tushuncha va atamalar ishlatiladi:
Ekstragent - eritmadan ajratib olinishi kerak bo‘lgan metall ioni yoki molekulasi bilan birikma hosil qiluvchi va hosil qilgan birikmasi boshqa biror organik suyuqlikda erish xossasiga ega bo‘lgan organik modda. Bularga organik kislotalar, spirtlar, efirlar va boshqalar kiradi.
Suyultirgich - eksragentni suyultirish uchun xizmat qiluvchi, suvda erimaydigan suyuq organik modda (kerosin, ksilol, uayt - spirt va boshqalar).
Faollantirgichlar - eritmadagi metall ioni bilan oson ekstraksiyalanuvchi molekula yoki kompleks hosil qiluvchi anorganik moddalar.
Ekstrakt - ekstraksiyadan keyingi organik faza.
Rafinat- ekstraksiyadan keyingi suvli faza.
Reekstrakt - reekstraksiyadan keyingi suvli faza.
Regeneratsiya- ekstragentning dastlabki xossalarini qayta tiklash jarayoni.
Ekstraksiya jarayonining miqdoriy ko‘rsatgichlarini ifodalash uchun moddaning taqsimlanish koeffitsenti (D), ajratish koeffitsenti (β), taqsimlanish doimiyligi (Kd) va ajralish (ekstraksiya) darajasi (E) kabi atamalardan foydalaniladi.
Taqsimlanish koeffitsenti deb, tizim muvozanatlashgan vaqtda moddaning organik fazadagi umumiy konsentratsiyasini suvli fazadagi konsentratsiyasi nisbatiga aytiladi.
=
Bu yerda, Csuv ...., Corg - moddaning suvli va organik fazalardagi har xil birikma holdagi konsentratsiyalari.
Agar modda organik va suvli fazalarda faqat bir xil birikma holda bo‘lsa, taqsimlanish koeffitsiyenti quyidagi shakilda yoziladi.
D=Kd=
Bu yerda, Kd - taqsimlanish doimiyligi.
Taqsimlanish doimiysi Kd muvozanat doimiysi Km bilan quyidagicha bog‘langan.
Kd=Km
Bu yerda, Km - muvozanat doimiysi ; γsuv va γorg - moddaning suvli va organik fazalaridagi faollik koeffitsiyentlari.
O‘ta suyultirilgan eritmalar uchun γsuv = γorg = 1, va ajratish koeffitsenti (β) - ikkita ajratilayotgan moddalar taqsimlanish koeffitsentlarining o‘zaro nisbati
Moddalarni bir-biridan ekstraksiya yo‘li bilan ajratib olish uchun β ³ 2 bo‘lishi kerak.
Ajratish (ekstraksiya) darajasi (E) - moddaning umumiy mikdoridan organik fazaga o’tgan qismi foizlar hisobida:
Suv va organik fazalarning har xil hajmlarida:
Bu yerda va - moddaning organik va suvli fazalardagi konsentratsiyalari; va - organik va suvli fazalarning hajmlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |